Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_3-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
55
MUSTAQIL O’ZBEKISTON DAVLATIDA O’SIB KELAYOTGA YOSH
AVLOTNI TARBIYLASHDA ULARNI QALBIDA VATANPARVARLIK
HISINI UYGOTISH SHAKILANTIRISH PEDAGAGIK XODIMLARNI
O’RNI VA RO’LI
Imataliyev Kamronbek
Fargona davlat unverseti 2-kurs Harbiy ta’lim fakulteti
952724804
ANNOTATSIYA
Yoshlarni tarbiyalash va ularning ma'naviy barkamolligini shakllantirish
vazifasi bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri ekanligi hech kimga sir emas.
Globallashuv jarayoni va ushbu jarayonning salbiy oqibatlaridan biri bo'lmish
ommaviy madaniyatning yoshlar ongiga ta'siri nuqtai nazaridan olib qarasak, aqlan
barkamol ma'nan yetuk shaxslarni yetishtirish birmuncha mas'uliyatli va jiddiy
vazifadir.
Kalit so'zlar
: Tarbiya, ta'lim, jamiyat, aqliy tarbiya, badan tarbiyasi, axloqiy
tarbiya, go'zallik, ma'naviy tahdid, g'arblashish, ommaviy madaniyat.
ABSTRACT
It is no secret to anyone that the task of educating young people and forming
their spiritual perfection is one of the most urgent issues of this day. If we look at it
from the point of view of the impact of the globalisation process and the mass culture,
which is one of the negative consequences of this process, on the minds of young
people, the cultivation of highly spiritual, mentally competent and spiritually mature
persons is somewhat a responsible and serious task.
Keywords:
Education, Education, Society, mental training, physical
education, moral education, beauty, spiritual threat, Westernization, mass culture.
Bizni hamisha o'ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu
yoshlarimizning odob – axloqi, yurish – turishi, bir so'z bilan aytganda, dunyoqarashi
bilan bog'liq. Bu zamon shiddat bilan o'zgaryapti. Bu o'zgarishlarni hammadan ham
ko'proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o'z davrining talablari bilan uyg'un
bo'lsin. Lekin ayni paytda o'zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug'
zotlarning avlodimiz, degan da'vat ularning qalbida doimo aks – sado berib, o'zligiga
sodiq qolishiga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya
va faqat tarbiya hisobidan. Sh.M.Mirziyoyev KIRISH Tarbiya haqida fikr yuritar
ekanmiz, Abdulla Avloniyning ''Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo
halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir '' degan chuqur ma'noli so'zlarini eslayman.
Buyuk ma'rifatparvar bobomizning bu so'zlari o'tgan asrlarda qanchalar muhim va
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_3-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
56
dolzarb bo'lgan bo'lsa, hozirgi kunda ham shunchalik, balki undan ham ko'ra ko'proq
muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Inson, avvalo, tarbiyani ona qornida bo'lgan chog'idan boshlab ola boshlaydi.
Ona qornida u ilk rivojlanish, ya'ni inson bo'lib shakllanish davrini boshdan kechiradi.
Uning inson bo'lib shakllanishi o'z – o'zidan tarbiyani yuzaga keltiradi. Bola dunyoga
kelganidan so'ng, u ilk tarbiyani ota – onasidan, oilasidan oladi. Bolada tarbiyaning
shakllanishida ota – onaning , oilaning o'rni beqiyos. Tarbiya insonni inson ekanini
ko'rsatib turuvchi eng oliy qadriyatdir. Inson tarbiyasida uning ma'naviyati,
madaniyati, dunyoqarashi aks etadi. Kelajakda yuqori marralarni zabt etish ham
tarbiyaga bog'liq. Tarbiyaning asosi esa bu oiladir. Ota – ona bola tarbiyasiga yuzaki
qaramasdan, balki bola tarbiyasiga alohida e'tibor qaratmog'i lozim. Bola tarbiyasida
uni koyish, qattiqqo'llik qilish unchalik ham samara bermaydi, aksincha bolani
xushmuomalalik bilan, shirin so'z bilan tarbiyalash samaraliroqdir. Chunki yaxshi so'z
bilan aytilgan gap tushunarli bo'libgina qolmay, buning natijasi ham ijobiy bo'ladi.
Bola oilada vatanparvarlik, insonparvarlik, yaxshi va yomon nima ekanini tushunib
yetadi. Bolaga tarbiya berishda ota – ona ham yaxshi xulq – atvor sohibi bo'lmog'i
lozim. Agarda ota – onaning o'zi tarbiyasiz bo'lsa, u hech qachon farzandiga yaxshi
tarbiya bera olmaydi. Shuning uchun ham bola tarbiyasida ota – ona muhim rol
o'ynaydi. Zero, ''Qush uyasida ko'rganini qiladi ''. Tarbiya bir so'z bilan aytganda,
insonni kelajakda kim bo'lishini belgilab beradi. Birinchi o'zbek professori Abdurauf
Fitrat : '' Tarbiya – uch qismdan iborat: badan tarbiyasi, aqliy tarbiya va axloq tarbiyasi
'' – deya qismlarga ajratadi. Badan tarbiyasi bu mening fikrimcha, ozodalik,
tartiblilikdir. Ozoda, tartib – intizomli bo'lmoq insonni tarbiyali ekanining ilk
namunasidir. Aqliy tarbiya bu bevosita ta'lim jarayoni bilan bog'liq. Ta'lim haqida so'z
borar ekan Fitratning :''Hayot yo'lida birinchi masala – maktab masalasidir'' – degan
fikrlarini aytib o'tish joiz.
Demak, bolada aqliy tarbiyaning shakllanishi bevosita o'qituvchi bilan bog'liq
ekan. O'qituvchi ham bola tarbiyasiga ta'sir etuvchi muhim omil hisoblanadi.
O'qituvchi bolaga bilim berar ekan, albatta, kitobga yuzlanadi. Bolalarning yosh va
individual xususiyatlarini inobatga olgan holda, darsliklar yaratilgan. Bola
tarbiyasining rivojlanishida ushbu kitoblardagi ma'lumotlarning ta'siri nihoyatda katta.
Kitoblarda keltirilgan ma'lumotlarni esa bola o'qituvchisi orqali tushunib yetadi.
O'qituvchilar bolalarda kitobga bo'lgan mehr tuyg'usini uyg'otadi va bolalarda kitob
o'qishga bo'lgan qiziqish ortadi. Ko'p kitob o'qigan bola dunyoqarashi keng, nutqi
ravon, bilimli va o'z fikrini bayon eta oladigan shaxs bo'lib shakllanadi. Shunga ko'ra,
o'qituvchi ham pedagogik talablarning barchasiga javob berishi kerak. Afsuski, ayrim
o’qituvchilar borki, o’quv dargohiga o’zlariga ortiqcha zeb berib keladi va bolaga bilim
berishga yuzaki qaraydi. Bu ta’lim jarayoning og’riqli nuqtalaridan biri.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_3-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
57
O’qituvchining o’ziga ortiqcha zeb berib kelishi dars davomida o’quvchilar e’tiborini
tortadi. Bu esa o’quvchilarning bilim olishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki bola, o’z
e’tiborini darsga emas, o’qituvchining libosiyu, taqinchoqlariga qaratadi va dars
davomida bularga mahliyo bo’lib o’tiradi. Yana shu kabi ayrim o’qituvchilar borki,
yuzaki dars o’tishadi, bolaga yetarlicha bilim bera olmaydi. Axir dars – muqaddas !
Qanday qilib dars jarayoniga yuzaki qarash mumkin. Bilim olaman deb kelgan bolaga
bilim bermaslikka va bolaning qimmatli bo’lgan vaqtini behuda sarflashiga sababchi
bo’lishga hech kimning xaqqi yo’q! Shaxsan men bunday o’qituvchilarga ta’lim
dargohda o’rin yo’q deb aytman. Yuqorida aytgan fikrlarim bilan men barcha
o’qituvchilarni yomon demoqchi emasman. Shunday o’qituvchilar borki, o’qituvchi
degan sharafli nomga loyiq. Ular o’z kasbini sevadilar va mahorat bilan o’quvchilarga
bilim beradilar. Ta’lim sohasiga yurtimizda tarbiyaga ham alohida e’tibor
qaratilmoqda. Buning natijasida maktab darsliklarida alohida “Tarbiya fani yaratildi.
Ushbu fan haqida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev quyidagi fikrlarni aytib o’tganlar :
“Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning asriy qadriyatlarimiz asosida yaratgan
“Turkiy guliston yoxud axloq “ asari sharqona tarbiyaning noyob qo’llanmasi sifatida
bugungi kunda ham o’zining qadri va ahamiyatini yo’qotgan emas. Biz “Tarbiya “
fanining nazariy asoslarini ishlab chiqishda mana shunday bebaho asarlardan samarali
foydalanishimiz zarur. Demak, anglashiladiki, “ Tarbiya “ fani uzoq – yaqin
o’tmishimizda yashab o’tgan ulug’ zotlar merosidan, qolaversa, umuminsoniy
qadriyatlarni o’zida mujassam etgan. Ushbu fanning yaratilishi bizning ta’lim – tarbiya
sohasidagi yana bir yutug’imiz hisoblanadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Axloq tarbiyasi deganda men insonining ma’naviyati va madaniyatini
tushunaman. Ma’naviyat insonning ichki go’zalligini o’zida namoyon etadi.
Madaniyat esa uni tashqi go’zalligini aks ettiradi. Biz go’zallik deganda, faqatgina
insonning husni-jamolini tushunamiz. Asl go’zallik bu insonning yuksak ma’naviyatli,
madaniyatli bo’lmog’idir. Bu fikrlardan so’ng buyuk ajdodlarimizdan Al –
Xorazmiyning “Agar inson yaxshi xulq sohibi bo’lsa, u bir (1) ga teng, u yaxshi husn
sohibi bo’lsa bir (1) ni yoniga nol (0) ni qo’sh o’n (10) bo’ladi, u boy – badavlat bo’lsa,
10 ni yoniga yana 0 ni qo’sh 100 bo’ladi, nasl – nasabli bo’lsa, 1000 ni yoniga yana 1
ta 0 ni qo’sh 1000 bo’ladi. Agar insonda birgina yaxshi xulq bo’lmasa, u 0 ga teng
bo’ladi “– degan so’zlarini aytish joiz. Bundan ko’rinib turibdiki, inson yaxshi xulq
sohibi bo’lmas ekan, bu olamda uning husn-u jamoli va boyliklarining umuman qadri
yo’q. Bizning ajdodlarimiz yuksak xulq – atvor sohibi bo’lishgan. Ular bilan
faxrlanamiz. Axir, ular orqali bizning sharqona tarbiyamiz shakllangan. Ming afsuslar
bo’lsinki, hozirgi shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamon jamiyatimizga ijobiy ta’sir
ko’rsatish bilan bir qatorda salbiy ta’sir ham ko’rsatmoqda. Ijobiy ta’siri bu yurtimiz
rivojlanishiga hissa qo’shayotgan bo’lsa, salbiy tomoni esa, bu yoshlar ma’naviyatiga
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_3-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
58
tahdid solayotganidir. Ma’naviy tahdid – inson ruhiyati, odobi, axloqi, kelajagi,
umuminsoniy qadriyatlariga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi harakatlar yig’indisi.
Jamiyatimizga xavf solayotgan ma’naviy tahdid bu – g’arblashish. Ulug’
allomalarimizdan biri aytganidek : “G’arblashish bu g’arblashish demakdir”. Endi
o’ylab ko’raylik, g’arblashish yurtimizda qay tarzda yuzaga kelmoqda ? Men bu
savolga :” Garblashishga asosiy ta’sir ko’rsatayotgan manba bu ijtimoiy tarmoqlar va
telekanallarda efirga uzatilayotgan teleko’rsatuv va seriallardir “– deya javob beraman.
Ayrim teleserial va teleko’rsatuvlar borki, umuman sharqona madaniyatimizga to’g’ri
kelmaydi. Nega deganda, ushbu seriallardagi qahramonlarning liboslari umuman sharq
madaniyatiga xos emas, o’zaro hurmat mehr – oqibat kabi fazilatlarni o’zida aks
ettirmagan, faqatgina ishq – muhabbat va qasos olish kabi g’oyalarni o’zida qamrab
olgan xolos. Yana bu seriallarda voqealar rivoji shunday aks ettirilganki, unda insonlar
bir – birini kamsitadi, haqorat qiladi, bir – biriga zarar yetkazadi, hattoki, o’z joniga
qasd qiladi. Bularning barchasi o’sib kelayotgan yosh avlod e’tiborini tortmay
qo’ymaydi. Natijada, insonlar bo’sh vaqtlarini kitob o’qishga emas, mana shunday
behuda sarf qilmoqdalar. Aytingchi, ushbu seriallar orqali yoshlar o’rganadimi yoki
odam o’ldirishnimi ? Qani sharqona qarashlar? Qani o’zbek millatiga xos ibo – hayo,
umuminsoniy qadriyatlar, qani vatanparvarlik tuyg’usi ? Ushbu seriallar va
ko’rsatuvlar yoshlar ma’naviyati va madaniyatiga o’z salbiy ta’sirini ko’rsatmoqda.
Yoshlar ongida g’arb kiyinish madaniyati va odob – axloqi yuzaga kelmoqda, bizning
sharqona qarashlar esa yo’qolib ketmoqda. Yoshlar g’arbga taqlid qilgan holda o’z
kelajaklariga bolta urmoqdalar. Afsuski, o’zimizning ayrim serial va
ko’rsatuvlarimizda ham asosiy g’oya bu ishq – muhabbat bo’lib qolgan. Bu esa
yoshlarning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi og’riqli nuqtamizdir. Albatta, yoshlar
ongiga vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarni singdiruvchi sharqona qarashlarni
o’zida mujassam etgan filmlarimiz ham yo’q emas, lekin ular sanoqligina xolos.
Menimcha, bunday film va ko’rsatuvlar sonini yanada ko’paytirib, yuqorida keltirilgan
g’arb madaniyatiga xos bo’lgan ko’rsatuv va teleseriallarni umuman efirga uzatmasak,
yana bir yuqori cho’qqini zabt etgan bo’lar edik.
XULOSA
Tarbiyali, ma’ naviyatli inson bugungi kun va kelajak haqida fikr yuritadi,
shuningdek, kelgusi hayot va turmushning ravnaqi uchun o’z hissasini qo’shishga
intiladi. Zotan, bugun xalqimizning “ Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari “
buyuk maqsadiga erishuvida ma’naviyati yuksak, barkamol insonlar zarur. Mazkur
masala o’ta dolzarb bo’lganligidan barcha zamonlar donishmandlari yoshlar tarbiyasi
haqida bosh qotirib kelishgan. Masalan, buyuk yunon faylasufi Aristotelning “ Vatan
taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi “ degan so’zlari bor. Zardushtiylik ta’limoti uch
asosiy axloqiy qoidaga tayanadi : “ Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal “. Shu uchchalasiga
rioya qilgan odam kamolotga yetgan hisoblangan. Imom Buxoriy tarbiya xususida
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_3-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
59
yanada yorqinroq so’z aytgan : “ Bolaning tabiati rivojlanishga moyil bo’ladi, uni
qanday g’oyalar bilan to’ldirish ota – onaga va ustozga bog’liq “. Har birimiz o’sib
kelayotgan yosh avlod tarbiyasiga befarq bo’lmasligimiz kerak. Foydalanilgan
adabiyotlar:
REFERENCES
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning "Ijtimoiy barqarorlikni
ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi
anjumanda so‘zlagan nutqi.T:2017-yil
2.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning “Umumiy oʻrta taʼlim
muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish
choratadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori T: 2020- yil
3.
Ahmad Lutfiy Qozonchi “ O’gay ona” 2018- yil 4. Islom Karimov “Yuksak
ma’naviyat – yengilmas kuch” 2008- yil 5. Jeyms Ngugi “Bolakay nidosi” 1981-
yil