Mualliflar

  • Maxmadiyorova Nigora Egamshukurovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95483

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Tarix ta’limi zamonaviy texnologiyalar interaktiv metodlar AKT multimedia sun’iy intellekt virtual ta’lim.

Annotasiya

Annotatsiya. Ushbu maqolada tarix fanini zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning samarali metodlari tahlil qilinadi. 
Interaktiv usullar, raqamli platformalar, virtual laboratoriyalar, multimedia vositalari 
va sun’iy intellekt texnologiyalarining dars jarayoniga integratsiyalashuvi yoritiladi. 
Maqolada  tarix  darslarida  o’quvchilarning  faolligini  oshirish,  mustaqil  fikrlashini 
shakllantirish  hamda  bilim  olishga  bo’lgan  qiziqishini  kuchaytirish  imkoniyatlari 
ko’rib chiqiladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

49

TARIX FANINI ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIB

O‘QITISH METODIKASI

Maxmadiyorova Nigora Egamshukurovna

Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktabi

Umumta’lim kafedrasi tarix fani oʻqituvchisi.


Annotatsiya.

Ushbu maqolada tarix fanini zamonaviy axborot-kommunikatsiya

texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning samarali metodlari tahlil qilinadi.
Interaktiv usullar, raqamli platformalar, virtual laboratoriyalar, multimedia vositalari
va sun’iy intellekt texnologiyalarining dars jarayoniga integratsiyalashuvi yoritiladi.
Maqolada tarix darslarida o’quvchilarning faolligini oshirish, mustaqil fikrlashini
shakllantirish hamda bilim olishga bo’lgan qiziqishini kuchaytirish imkoniyatlari
ko’rib chiqiladi.

Kalit so’zlar:

Tarix ta’limi, zamonaviy texnologiyalar, interaktiv metodlar,

AKT, multimedia, sun’iy intellekt, virtual ta’lim.


Bugungi globallashuv va raqamli texnologiyalar asrida ta’lim jarayonini

zamonaviy texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ayniqsa, tarix kabi o’tmish
voqealarini o’rgatishda texnologik vositalar orqali talabalarga hayotiy misollarni
ko’rsatish, tarixiy joylarga virtual sayohat uyushtirish, animatsiyalar va interaktiv
xaritalar yordamida darsni jonlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi kunda ta’lim tizimida interfaol usullar, innovatsion pedagogik va

axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishga bo’lgan qiziqish va e’tibor tobora
ortib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan mashg’ulotlar
o’quvchilarning bilimlarni mustaqil izlab topishlari, ularni tahlil qilishlari hamda
xulosalar chiqarish malakalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Bugun ta’lim
muassasalarida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e’ tibor bilan
qaralmoqda. Bu holatning asosiy sabablari quyidagilardir:

Birinchidan, pedagogik texnologiyalar shaxsning har tomonlama rivojlanishini

ta’ minlaydigan ta’limni tashkil qilish imkoniyatini beradi.

Ikkinchidan, ular o’quv-tarbiyaviy jarayonga tizimli va faol yondashuvni keng

joriy etishga yordam beradi.

Uchinchidan, pedagogik texnologiyalar orqali o’qituvchi ta’lim-tarbiya

jarayonining maqsadidan boshlab, tashxis qo’yish va bu jarayonni monitoring
qilishgacha bo’lgan bosqichlarni oldindan rejalashtira oladi.

1

1

Mavlonova R. “Pedagogik texnologiyalar asoslari”. T.: Fan va texnologiya, 2020.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

50

Tarix fanini chuqur o’rgatishda ijtimoiy fan o’qituvchilariga jamiyat tomonidan

yangi talablar qo’yilmoqda. Hozirgi zamon tarix o’qituvchisi ta’lim jarayoniga butun
umr davom etadigan faoliyat sifatida qaraydi. O’quvchilarda tarixiy tafakkur va tarixiy
ongni shakllantirish, turli xalqlar va ko’pmillatli xalqimiz tarixiga, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, shuningdek, davlatimiz
tarixining jahon sivilizatsiyasidagi o’rnini anglatish tarix fanining asosiy
maqsadlaridandir. Shu bilan birga, o’quvchilarda tarix faniga oid umumiy va
chuqurlashtirilgan kompetensiyalarni shakllantirish ham muhim vazifadir.

Tarix ta’limida AKT vositalaridan foydalanish quydagilardan iborat:

Multimedia taqdimotlari tarixiy voqealarni vizual materiallar bilan
boyitish.

Interaktiv doskalar dars jarayonini jonli va o’zaro aloqador qilish.

Online platformalar testlar, videodarslar, interaktiv topshiriqlar uchun.

Shuningdek, Virtual muzeylar va tarixiy joylarga 3D sayohatlar orqali

o’quvchilarning qiziqishini oshirish.

Chatbotlar va sun’iy intellekt yordamida tarixiy shaxslar bilan “virtual

suhbatlar’’.

Interaktiv metodlar orqali o’quvchini faollashtirish uchun esa quydagilarni

ko‘rishimiz mumkin:

Tarixiy rolli o’yinlar va debatlar tashkil etish.

Gamifikatsiya usuli orqali tarixiy faktlarni oson eslab qolish.

Krossvord va savatga joylashtirish metodlari.

Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar yoshlarning hayotiy

muammolar va yutuqlarga nisbatan o’z munosabatlarini bildirish istaklarini ro’yobga
chiqaradi, ularni mustaqil fikrlashga va shaxsiy qarashlarini asoslashga undaydi.
Pedagogik texnologiya esa texnologik yondashuv prinsiplariga tayangan holda amalga
oshiriladi. Texnologik yondashuv deganda, ishlab chiqarish jarayonlariga o’xshash
tarzda aniq natijaga erishishga qaratilgan usul va vositalar majmuasi tushuniladi. U
ta’lim jarayonida qo’yilgan maqsadlarga erishishni kafolatlaydigan tizimli metodlarni
anglatadi. Agar metod bu bilim va ko’nikmalarni egallash, tadqiqot olib borish yoki
faoliyatni amalga oshirish usullari to’plami bo’lsa, pedagogik texnologiya bu ta’lim-
tarbiya jarayonining uslublari, shakllari, vositalari va metodlarining uzviy tizimidir.

Bundan tashqari, dars jarayonida fikrlar xilma-xilligini rag’batlantirish

demokratik hayot tarzining ajralmas qismi hisoblanadi. Shu bilan birga, erkinlikning
asl mohiyatini tushuntirishda uning ma’naviy chegaralari mavjudligini o’quvchilarga
anglatish muhimdir. Bu borada eskicha targ’ibot uslublari va mazmunsiz, siyqasi
chiqqan misollardan foydalanishga barham berish lozim.

Zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar o’quvchilarning darsdagi

faolligini oshirish, bilimlarni samarali o’zlashtirish va shaxsiy fazilatlarini


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

51

rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu metodlarni qo’llash dars sifatini oshiradi. Shu bilan
birga, o’quvchilarni guruh yoki sinf bo’lib ishlashga jalb etadigan topshiriqlar, yozma
ishlar va boshqa usullar ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishda muhim
rol o’ynaydi. Bu metodlar barcha fanlarda qo’llanilganda, ta’lim samaradorligini
sezilarli darajada oshirishga yordam beradi.

Tarix fanini o’qitish jarayonida esa uning asosiy tarkibiy qismlari – maqsad,

mazmun, metod va usullar hamda natijalar o’zaro chambarchas bog’liq. O’rta va o’rta
maxsus ta’limda tarix fanining samarali o’qitilishi, birinchi navbatda, uning
mazmunining g’oyaviy, siyosiy va nazariy jihatdan puxta tayyorlangan bo’lishiga
bog’liq. O’quvchilarning tarixiy bilimlarni o’zlashtirish darajasi esa o’qitish maqsadi
va mazmuniga mos keladigan o’quv shakllari, metodlar va vositalarning to’g’ri
tanlanishiga bog’liq.

Shuningdek, o’qitish natijalari ham o’qituvchining aniq maqsadni belgilashi,

o’quv-tarbiya vazifalariga mos metodlardan ilmiy asoslangan tarzda foydalanishiga
bevosita ta’ sir ko’rsatadi.

Ta’limdan kuzatilgan maqsadlarning muvaffaqiyatli ravishda amalga oshmog‘i

uchun, ular ilmiy asosda belgilanmog‘i lozim. Bu maqsadlar tarix ta’limining mazmuni
va vazifalari bilan belgilanadi. Shuningdek, bunda ta’limning boshqa shartsharoitlari:
o‘quvchilarning saviyasi, bilimi, ko‘nikmalari va malakalari, dars uchun ajratilgan
vaqt, darsni o‘tish imkoniyatlari va boshqalar ham nazarda tutiladi. Ta’lim
maqsadlarining ilmiy asosda belgilanishi ularning realligini ta’minlaydi. Ta’limdan
ko‘zlangan maqsadlarni o‘qituvchi naqadar chuqur anglab olgan bo‘lsa, tarix fanini
o‘qitish mazmunan shunchalik g‘oyaviy va tarbiyaviy natija beradi.

Xulosa qilib aytganda, tarix fanini zamonaviy texnologiyalar yordamida o’qitish

nafaqat bilim berishni osonlashtiradi, balki o’quvchilarning tarixga bo’lgan qiziqishini
ham kuchaytiradi. Texnologiyalar vositasida tarixni jonli holatda ifodalash, uni
zamonaviy metodlar bilan uyg’unlashtirish kelajak avlodning tarixiy ongini
shakllantirishda muhim omildir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. T.: Ma’naviyat, 2008.

2.

Mavlonova R. Pedagogik texnologiyalar asoslari. T.: Fan va texnologiya, 2020.

3.

Abdullayeva M. Tarix ta’limida zamonaviy metodlar. T.: O’zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi nashriyoti, 2021.

4.

UNESCO. ICT in Education: A Curriculum for Schools and Programme of
Teacher Development, 2020.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. T.: Ma’naviyat, 2008.

Mavlonova R. Pedagogik texnologiyalar asoslari. T.: Fan va texnologiya, 2020.

Abdullayeva M. Tarix ta’limida zamonaviy metodlar. T.: O’zbekiston

Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi nashriyoti, 2021.

UNESCO. ICT in Education: A Curriculum for Schools and Programme of

Teacher Development, 2020.