Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_3-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
12
“UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA TA’LIM JARAYONINI TASHKIL
ETISHNING SAMARALI BOSHQARUV USULLARI”
ORIENTAL UNIVERSITETI 70411201 – Menejment (ta’lim menejmenti)
MELIBOYEV OLIMJON ALIBAYEVICH
Annotatsiya:
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim
jarayonini samarali boshqarishning ilg‘or usullari o‘rganilgan. Zamonaviy boshqaruv
yondashuvlari, innovatsion menejment texnologiyalari va pedagogik jarayonni
optimallashtirishga qaratilgan strategiyalar tahlil qilingan. Tadqiqotda ta’lim
muassasalarining samaradorligini oshirishda
raqamli texnologiyalar, monitoring
tizimlari va ta’lim sifatini baholash mexanizmlarining ahamiyati
o‘rganilgan.
Tadqiqot davomida xorijiy va milliy ta’lim tizimlarida qo‘llanilayotgan zamonaviy
boshqaruv usullari o‘rganilib, ularning o‘zbek ta’lim tizimiga implementatsiya qilish
imkoniyatlari aniqlangan.
Kalit so’zlar:
Tendensiya, ta’lim, Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Diagnostik
metodlar, akkreditatsiya, litsenziya, ichki monitoring.
XXI asrda ta’lim sohasidagi global tendensiyalar, raqobatbardoshlikni oshirish
va innovatsiyalarni joriy etish zarurati ta’lim muassasalarida boshqaruvni
takomillashtirishni dolzarb masalaga aylantirdi. Xususan, umumiy o‘rta ta’lim
muassasalari faoliyatida samarali boshqaruvni tashkil etish uchun mavjud jarayonlarni
chuqur ilmiy asosda o‘rganish zarurati ortib bormoqda. Ushbu tadqiqotda boshqaruv
jarayonlarini o‘rganish usullari, ularning turlari, afzalliklari va qo‘llanilish sohalari
tahlil qilinadi.
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida boshqaruv tizimi – ta’lim sifati, samaradorlik,
tashkiliy madaniyat va rahbarlik kompetensiyalarining uyg‘unligidan iborat murakkab
tizimdir. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (637-son, 2020-
yil 23-sentabr) 30-moddasida ta’lim sifatini ta’minlash va baholash davlat siyosatining
muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanadi. Ushbu me’yoriy asos boshqaruv
tizimini o‘rganishga huquqiy poydevor yaratadi. Ilmiy manbalarda qayd etilishicha,
umumiy o‘rta ta’limda boshqaruv tizimini tahlil qilish – bu nafaqat tashkiliy
boshqaruvda yuzaga keladigan muammolarni aniqlash, balki ilg‘or tajribalarni joriy
qilish va ijobiy o‘zgarishlarni bashorat qilish imkonini beradi.
Diagnostik metodlarni qo'llanilishi va yoyilishi bizning mamlakatimizdagi
axloqiy standartlarga yoki professional axloq kodeksiga bo'ysunishi kerak. Pedagog -
tashxischining professional axloqiy kodeksida insoniyat manfaatidagi fanning
shakllanishi bilan ayrim individlarning muvaffaqiyati va huquqlarini himoya qilishdek
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_3-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
13
qadriyatlarning nizolari o'rin olgan kritik vaziyatlarga nisbatan diqqat – e’tibor
qaratilgan bo'lishi kerak.
Yaxshi malakaga ega bo'lgan pedagog - tashxischi shunday metodikalarni tanlay
bilishi kerakki, ham shahsiy maqsad uchun o'tkazayotgan diagnostik jarayonga mos
kelishi, ham tekshirilayotgan konkret kishi uchun mos tushishi lozim. Shuningdek,
tanlangan metodikalarga aloqador ilmiy adabiyotlarni ham o'rgangan bo'lishi, hamda
texnik ko'rsatkichlar bo'lgan norma, ishonchlilik kabi xarakteristikalarni yaxshi bilishi
kerak.
Monitoring – ta’lim jarayonining uzluksiz tahlilidir. U o‘quvchilar, pedagoglar,
rahbarlar va umumiy muassasa faoliyatini baholashni o‘z ichiga oladi. Bu jarayon ichki
va tashqi monitoring ko‘rinishida amalga oshiriladi. Ichki monitoringni muassasa
ma’muriyati, tashqi monitoringni esa xalq ta’limi boshqarmalari, nodavlat ekspertlar
olib boradi.
Ta’lim sifatini baholashda tashqi va ichki monitoringning o‘rni alohida
ahamiyat kasb etadi. Tashqi mustaqil baholash ta’lim dasturlarining amalga oshirilish
shart-sharoitlari va ularning natijalarini obyektiv o‘lchash, ta’lim muassasasining
imidjini shakllantirish, shuningdek, mustaqil ekspertlar ishtirokida sifat tahlilini
amalga oshirish imkonini beradi. Bunda ikkita asosiy yo‘nalish mavjud:
birinchisi – akkreditatsiya va litsenziyalash tartibida amalga oshiriladigan tashqi
baholash;
ikkinchisi – ichki baholash orqali uzluksiz monitoring va ichki tahlil asosida
ta’lim faoliyatining sifatini oshirish.
Akkreditatsiya jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan
belgilangan bo‘lib, unda ekspertlar ta’lim tashkilotining nizomida ko‘rsatilgan
yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat olib borayotganini nazorat qiladi. Shu bois ta’lim
muassasalari bunday baholashga puxta tayyorgarlik ko‘rishi zarur. Ichki baholash esa
ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga, o‘quvchilar tayyorgarligining sifatli
monitoringini yuritishga qaratilgan bo‘lib, u ta’lim faoliyatining holatini dinamik
kuzatish, tahlil qilish va samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishni ta’minlaydi.
Ichki monitoringning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: ta’lim sifatiga
ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash; ta’lim jarayonini takomillashtirishga qaratilgan
asoslangan boshqaruv qarorlarini axborot bilan ta’minlash; ta’lim samaradorligini
oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish; barcha ishtirokchilarni sifatli
ma’lumot bilan ta’minlash; boshqaruv tizimini doimiy yangilab borish.
Shuningdek, ta’lim sifati monitoringining yana bir yo‘nalishi ish
beruvchilarning bitiruvchilar tayyorgarligiga bergan baholarini tahlil qilish orqali
amalga oshiriladi. Bu jarayon ish beruvchilarning talablari va real ta’lim mazmuni
o‘rtasidagi moslikni aniqlash hamda ta’lim sifati tizimini mehnat bozori ehtiyojlariga
moslashtirish imkonini beradi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_3-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
14
Shu bilan birga, ta’lim muassasalari o‘z ichki sifat monitoring tizimiga
amaliyotchi ekspertlarni, ya’ni o‘quv jarayonida bevosita ishtirok etuvchi
mutaxassislarni jalb qilish orqali aniq fanlar kesimida talabalarning bilim darajasini
aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu holat amaliy mashg‘ulotlar sifati va umumiy
kasbiy tayyorgarlikning real darajasini aniqlashda muhim omil hisoblanadi. Ta’lim
faoliyatining sifati nafaqat ichki nazorat tizimlari orqali, balki tashqi baholash
mexanizmlari, amaliyotchilar fikri, ish beruvchilar tahlili orqali har tomonlama tahlil
etilishi kerak. Bu esa ta’lim muassasalarining uzluksiz rivojlanishiga, ta’lim
jarayonining zamonaviy talablar asosida shakllanishiga xizmat qiladi.
Strategik yondashuv asosida boshqaruvni tahlil qilishda SWOT tahlil, PEST
tahlil, Porter modelidan foydalanish muhim hisoblanadi. Bu usullar muassasaning
tashqi va ichki resurslarini aniqlash, xavf-xatarlarni baholash va imkoniyatlarni
prognozlashda yordam beradi. Xolmuratov Sh.B. boshchiligidagi tadqiqotda ushbu
usullar maktabni raqobatbardosh tashkilotga aylantirishda muhim deb ta’riflanadi.
Strategik boshqaruv — bu tashkilotning uzoq muddatli maqsadlariga erishishga
qaratilgan kompleks boshqaruv faoliyati bo‘lib, tashqi va ichki muhitni tahlil qilish,
maqsadlar qo‘yish, strategiyalar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish jarayonlarini
o‘z ichiga oladi. Bunday yondashuv ta’lim sohasida ham tobora dolzarb bo‘lib
bormoqda, chunki ta’lim muassasalari faqat bugungi ehtiyojlarga emas, balki ertangi
kadrlar bozorining talablariga ham moslashuvchan bo‘lishi zarur.
Ta’lim tizimida strategik boshqaruvning o‘ziga xosligi, eng avvalo, uning inson
kapitalini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qilishida namoyon bo‘ladi. Boshqa
sohalardagi strategik boshqaruv asosan moddiy resurslardan samarali foydalanishga
qaratilgan bo‘lsa, ta’limda bu jarayon bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni
rivojlantirish orqali jamiyatning intellektual salohiyatini oshirishni nazarda tutadi.
Tadqiqot jarayonida ob’ektning ideal modelini yaratish zarurati tug‘iladi, chunki
mavjud real holat ehtiyojlarga javob bermasligi mumkin. Shu bois, tadqiqotchi empirik
materiallarga tayanib, ilmiy eksperimentlar o‘tkazadi. Ushbu eksperimentlarda
ob’ektning rivojlanish istiqbollari sinovdan o‘tkaziladi, modellashtiriladi. Ammo ideal
modelning tashqi axborotlar orqali kiritilishi doimo ob’ekt tomonidan ijobiy qabul
qilinmaydi. Agar bu axborotlar ob’ektning immanent (ichki) xususiyatlariga zid bo‘lsa,
ijtimoiy qarshilik, hatto to‘qnashuv holatlarini yuzaga keltirishi mumkin. Shu sababli,
eksperimentlarga tayyorlash bosqichida ob’ektning tabiiy rivojlanish qonuniyatlariga
amal qilish muhimdir. Empirik va dala materiallarini o‘rganish, ularni tadqiqotning
zamon va makon kontekstiga mos holda tahlil qilish zarur. So‘nggi yillarda ta’lim
boshqaruvida raqamli texnologiyalar, elektron tizimlar (masalan: EMIS, e-DTS),
sun’iy intellekt va ma’lumotlarni tahlil qilish dasturlari (Power BI, Google Forms)
keng qo‘llanilmoqda. Bu vositalar yordamida boshqaruv jarayonlarini
avtomatlashtirish, real vaqtda nazorat qilish imkoniyati yaratiladi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_3-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
15
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida boshqaruv
jarayonlarini o‘rganish metodlari turli xil bo‘lib, ular o‘zaro bir-birini to‘ldiradi.
Diagnostik tahlil mavjud holatni aniqlashga, strategik yondashuv kelajakni
prognozlashga, monitoring doimiy nazoratga, empirik usullar esa real ijtimoiy holatni
ochishga xizmat qiladi. Boshqaruvning strategik tahlili, faoliyat yondashuvi va
zamonaviy texnologiyalarni integratsiyalash orqali umumiy o‘rta ta’lim tizimini sifat
jihatidan yangi bosqichga olib chiqish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Xolmatov A. "Ta’lim menejmentining nazariy asoslari." Toshkent, 2020
2.
Johnson M. "Educational Management and Innovation." Cambridge University
Press, 2019
3.
Axmedov Sh. "Axborot texnologiyalarining ta’lim boshqaruvidagi roli." Ta’lim va
taraqqiyot, 2021.
4.
Bass B. "Transformational Leadership in Education." Routledge, 2018
5.
Tursunpo'latova Sadbarxon Husanboy qizi
TA’LIM MUASSASALARIDA
BOSHQARUV USUL
VA USLUBLARINI TAKOMILLASHTIRISH
RESEARCH
FOCUS
|
VOLUME
2
|
ISSUE
1
|
2023
ISSN: 2181-3833
6.
Karimova N. "Differensial yondashuv asosida o‘qitish." Pedagogika ilmiy jurnali,
2022.
7.
Brown P. "STEAM Education and Future Skills." Oxford, 2020.
8.
Qodirov I. "O‘quv jarayonini baholash tizimining takomillashtirilishi." Toshkent,
2022.