Mualliflar

  • Iminov Omadbek

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95499

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Hidoyatun Nahv Husayn ibn Muhammad arab tili grammatikasi nahv ilmiy meros diniy ta’lim.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu  maqolada  “Hidoyatun Nahv” asarining muallifi bo‘lgan 
Husayn ibn Muhammadning hayoti va ilmiy merosi tahlil qilinadi. Asarning arab tili 
grammatikasidagi  o‘rni,  uslubiy  yondashuvi  hamda  ta'limiy  ahamiyati  yoritiladi. 
Muallifning boshqa asarlari va ularning ilmiy an'anadagi o‘rni haqida ham qisqacha 
ma'lumotlar beriladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

209

“HIDOYATUN NAHV” ASARI MUALLIFINING HAYOTI VA UNING

ASARLARI

Oriental universiteti

1-kurs magistranti

Iminov Omadbek

Annotatsiya:

Ushbu maqolada “Hidoyatun Nahv” asarining muallifi bo‘lgan

Husayn ibn Muhammadning hayoti va ilmiy merosi tahlil qilinadi. Asarning arab tili
grammatikasidagi o‘rni, uslubiy yondashuvi hamda ta'limiy ahamiyati yoritiladi.
Muallifning boshqa asarlari va ularning ilmiy an'anadagi o‘rni haqida ham qisqacha
ma'lumotlar beriladi.

Kalit so‘zlar:

Hidoyatun Nahv, Husayn ibn Muhammad, arab tili grammatikasi,

nahv, ilmiy meros, diniy ta’lim.

Abstract:

This article explores the life and scholarly legacy of Husayn ibn

Muhammad, the author of the well-known Arabic grammar book

Hidāyat an-Nahw

.

The work’s methodological approach, its importance in Arabic linguistic studies, and
its educational significance are discussed. A brief overview of the author's other
contributions to Islamic sciences is also provided.

Keywords:

Hidāyat an-Nahw, Husayn ibn Muhammad, Arabic grammar, Nahw,

scholarly legacy, Islamic education.

Аннотация:

В данной статье рассматривается жизнь и научное наследие

Хусейна ибн Мухаммада — автора знаменитого труда по арабской грамматике

«Хидаят ан-Нахв»

. Освещаются методология книги, её значение в изучении

арабского языка и образовательная ценность. Также кратко упоминаются другие
труды автора и их роль в исламской науке.

Ключевые слова:

Хидаят ан-Нахв, Хусейн ибн Мухаммад, арабская

грамматика, нахв, научное наследие, исламское образование.


“Hidoyatun nahv” kitobi muallifining to‘liq ismi Asriddin Abu Abdulloh

Muhammad ibn Yusuf ibn Hayyon al-Andalusiy al-G‘arnotiy al-Jayyoniy bo‘lib, u
hijriy 654 yilda tug‘ilgan va ulamolar oraisda “Abu Hayyon” laqabi bilan mashhur
bo‘lgan. Yoshligida Qur’oni karimni yod olib, qiroat, tajvid, hadis fanlarida katta
martabalarga erishgan.
Ustozlari:

Abu Hayyon rohmatullohi alayh Abu Muhammad Abdulhaq rahmatullohi

alayhdan tajvid fanini, Abu Ja’far G‘arnotiy, Abu Ali Husayn ibn Abdulaziz
rahmatullohi alayhlardan qiroat ilmini, Abdul Halim rohmatullohi alayhdan hadis
ilmini, Iroqiy rohmatullohi alayhdan fiqh, usulu din ilmini, mantiq, kalom ilmlarini


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

210

Abu Ja’far ibn Zubayrdan, nahv ilmini Abul Hasan Abu Ja’far ibn Zubayr va ibn
Soig‘dan olgan.

Abu Hayyon qiroat ilmida ham mashhur, ulug‘ ustozlar huzurida tahsil olgan

hofiz edi. U avval qiroatni al-Xatib Abu Ja’far ibn at-Tabbo’ huzurida, undan so‘ng
esa al-Hofiz Abu Ali ibn Abul-Ahvas huzurida o‘rganib, qiroat ilmining mashhur
usullarini ham egalladi. Andalus va Afrikaning boshqa hofizlariga ham quloq tutdi.
Keyin Iskandariyaga keldi va u yerda qiroat ilmidan Abdunnasir ibn Ali al-Marbutiy
huzurida, Misrga kelib esa Abu Tohir Ismoil ibn Abdulloh al-Maliyjiy huzurida ta’lim
oldi. Ustoz ash-Shayx Bahouddin ibn an-Nahhosni uchratgandan so‘ng, uning etagidan
mahkam tutdi va uning huzurida juda ko‘p adab kitoblarni o‘qidi

1

.

Abu Hayyonning o‘zini guvohlik berishicha, u ta’lim olgan ustozlarining soni

to‘rt yuz ellikdan oshgan.

As-Safadiy: “Men Abu Hayyonni qachon ko‘rmayin, u birovdan ta’lim

olayotgan yoki yozayotgan yoki biror kitobni mutolaa qilayotgan holda bo‘lardi, hech
bekor o‘tirmasdi”, deydi.
Shuningdek, Abu Hayyon she’r va muvashshah

2

yozardi, lug‘at, nahv, sarf ilmlarida

ustozu mutloq edi. Nahvga oid “Jam’ul javomi’” kitobining muallifi Suyutiy
rahmatullohi alayh: “Kitobimda yozilgan ma’lumotlarni Abu Hayyon rohmatullohi
alayhning asarlaridan olganman”, degan

3

.

Olimning ham asri bo‘lgan Salohiddin Safaviy Abu Hayyon rohmatullohi alayh

haqida quyidagilarni aytgan: “U nahvda amirul mo‘miniyn bo‘lgan”. U Misr, Iroq,
Shom, Hijoz va Yamanga ilmiy safarlar qilgan.
Uning ilmida benazrligi, ustozlarning ko‘pligidan tashqari ilmning turli sohalarini
egallagan shogirdlari ham ko‘paydi.

Shogirdlari: Ibn Aqiyl va Ibn Hishom rohmatullohi alayhlar Abu Hayyon

rohmatullohi alayhning shogirdlari hisoblanishadi.
Yozgan asarlari: Olim 65 ga yaqin arab, fors tillarida kitob yozgan. Ulardan eng
mashhurlari quyidagilar:.”Al-Bahrul muhiyt”,” Sharhi tas’hiyl”, “Manhajus solik”
(Alfiya ibn Molikning sharhi), Hidoyatun nahv”, “G‘aribul Qur’on” “Nihoyatul-
e’rob”, “Xulosatul-bayon” nomli kitoblarni sanab o‘tishimiz mumkin. Qur’on tajvidi
haqida Ash-Shotibiyning mazmumasi kabi unga nisbatan qisqaroq bo‘lgan mazmuma
(she’riy kitob)i ham bor.

Abu Hayyon avvalda hech bir mazhabda bo‘lmagani, keyinroq Shofiiy

mazhabini qabul etgani haqida ulamolardan rivoyatlar bor. U falsafa va e’tizoldan
yiroq, salaf ulamolarning yo‘lini mahkam ushlagan kishi edi.
U 745 hijriy yilda Misrda vafot etgan

4

.

1

Ramatulloh qori Obidov. Qur’on, Tafsir va Mufassirlar. Toshkent: Movarounnahr. 2013. – B. 163.

2

Muvashshah-biror odamning ismidagi harflar tartibida yozilgan bag‘shlov g‘azal.

3

Ramatulloh qori Obidov. Qur’on, Tafsir va Mufassirlar. Toshkent: Movarounnahr. 2013. – B. 163.

4

--O‘sha asar.. – B. 163.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

211

Abu Hayyon rohimahullohning “al-Bahrul-muhit” asari sakkizta kitobdan

iborat, ulamolar xususan qiroat usullari va kalimalarning tarkiblanishi bilan qiziqqan
toliblar bu kitobga ko‘p murojat qiladilar. Muallif ushbu nahv qoidalarini yozayotgan
paytda hali juda yosh edi. Shunga qaramasdan, Alloh bergan iste’dod sababli, nahviy
olimlar o‘trasidagi ixtiloflarni shu qadar batafsil yoritib berganki, uning bayonlariga
qaraganda kitob tafsirdan ko‘ra nahv kitobiga yaqinroq bo‘lib qolgan. Lekin Abu
Hayyon nahv qoidalari dengiziga shunchalik sho‘ng‘ib ketganiga qaramasdan,
tafsirning boshqa sohalariga beparvo bo‘lgan emas. Uning tafsirida lug‘at ilmi ham,
sababi nuzul, nosih-mansux, qiroat, balog‘at, fiqh ilimlari borasida ham me’yorga
yetkazib fikrlar aytilgan va tafsir qilingan. Bu haqda muallifning o‘zi tafsir
muqaddimasida shunda deydi: “Mening bu kitobni yozishdagi tartibim shunday, ya’ni
men avval oyatning har bir so‘zi haqida, uning tafsiri, lug‘aviy ma’nosi, jumlada
egallagan o‘rni-tarkibi, ikki yoki undan ko‘p ma’noli so‘z bo‘lsa oyatning tafsiriga
muofiq ma’noni tanlab olish uchun hamma ma’nolarin keltirib, keyin oyatning tafsiriga
o‘taman. Tafsirda esa, tartib bilan oyatning sababi nuzuli, nosix yoki mansuxligi,
yuqoridagi oyatga bog‘liqligi, munosabati, shu oyat ustida qurrolarning mashhur yoki
kam eshitilgan qiroatlari haqida to‘xtalib, keyin oyatning ma’nosini tushunishda
yordam beradigan salaf va keyingi ulamolarning fikrlarini bayon etaman. Lekin
takrordan qochgan holda, biror oyat yoki biror kalima haqida avval gapirgan bo‘lsam,
uni qaytarmaslikka harakat qilaman va takrorlash zarur bo‘lgan joyda avvalgi
mavze’ga havola qilaman. Biror fiqhiy masala haqida gapirsam, bu masala borasida
to‘rt mazhabning fikrlarini bayon etish bilan birga, qaysi manbadan olinganini ham
ko‘rsatib o‘taman.

Shuningdek, nahv qoidalarini bayon etganimda ham uning tahlilini batafsil qilib,

keyin nahviy olimlarning kitoblaridan ham dalil sifatida iqtiboslar keltiraman va u
manba’larga ham ishora qilaman.
Oyat tafsirini hamma tamonlama mukammal tafsir qilib bo‘lganimdan keyin ma’nosini
tasdiqlovchi naqliy rivoyat keltiraman-da, ana shunga suyanib, gapni unchalik cho‘zib
yubormagan holda mazkur oyatni sharhlayman. Mendan keyin biror kishi ushbu ishni
qilaman (tafsir yozaman) desa, mening uslubim unga namuna bo‘lsin. Ba’zi
oyatlarning tafsirida tasvvuf ahlining kalomlarini ham keltirganman. Lekin ularning
ba’zilarining aqldan uzoq gaplaridan qochganman. Men tafsirda botiniylarning Alloh,
Hazrat Ali va u kishining avlodlari haqida botil fikrlarini keltirmadim.”

5

Abu Hayyon o‘z tafsirida az-Zamaxshariy, Ibn Atiyya tafsirlaridan foydalangan

va ulardan iqtiboslar keltirgan. Shu bilan birga nahv qoidalari borasida bu ikki
mufassirning gaplariga juda ko‘p raddiyalar bergan. Abu Hayyonning tafsirida mazkur
ikki olimning fikrlariga munosabati va raddiyalari nihoyatda ko‘pligidan, uning

5

Ramatulloh qori Obidov. Qur’on, Tafsir va Mufassirlar.. Toshkent: Movarounnahr. 2013. – B. 164.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

212

shogirdi Tojiddin Ahmad ibn Abdulqodir ibn Ahmad ibn Maktum

6

muxtasar qilib,

undan ustozining az-Zamaxshariyga va Ibn Atiyyaga nahv borasida bergan
raddiyalarini olib tashlagan. Muxtasarning nomi “Ad-Durrul laqit minal-Bahril muhit”
bo‘lib, “Al-Bahrul muhit” kitobining hoshiyasida chop etilgan va uning bir qo‘lyozma
nusxasi Al-Azhar kutubxonasida saqlanmoqda.

Ash-Shayx Yahyo ash-Shoviy al-Mag‘ribiy esa Abu Hayyonning imom

Zamaxshariyga qilgan e’tirozlarini jamlab katta bir kitob qilgan. Bu kitobning
qo‘lyozmasi ham al-Azhar kutubxonasida saqlanmoqda.

Abu Hayyon o‘z tafsirining 2 jildining 276 chi va 7 jildining 85 betlarida Az-

Zamaxshariyning mo‘taziliylarga oid fikrlari uchun qattiq qoralash bilan birga, insofli
olim sifatida uning “Qur’on balog‘atlarini mohirlik bilan tushintirishi” haqida gapirib,
hatto: “Alloh taolo unga (Zamaxshariyga) Qur’on ilmini mukammal bergan, u Qur’on
lafzlarini yaxshi tushinish bilan birga, uning ma’nolarini ochib berishda ham benazir
olimdir”,-deydi

7

.

Abu Hayyon o‘z tafsirida keltirgan naqllarning barchasini ustozi Jamoliddin Abu

Abdulloh Muhammad ibn Sulaymon ibn Hasan ibn Husayn al-Maqdisiyning “Kitobut-
tahrir vat-tahbir li aqvoli aimmatit-tafsir” kitobidan olgan. “Ibn An-Naqib” laqabi bilan
mashhur bo‘lgan ustozning yozgan kitobi ulumul-Qur’on borasida yozilgan eng katta
asar bo‘lib, yuz jilddan iboratdir

8

.

Abu Hayyon rohmatullohi alayhning vafot etgan sanasi borasida turli ixtiloflar

mavjud. Ba’zilar hijri 743 yil, deyishsa, yana ba’zilar hijriy 745 yil deyishgan.

Ikkinchi bobning birinchi paragfiga xulosa: Abu Hayyon rohmatullohi alayhning

hayotiga nazar tashlasak, u zot barcha fanlarda o‘z davrining yetuk olimi bo‘lgani va
qarib to‘qson yillik umrida arab, fors tillarida Qur’on ilmi, tafsir, balog‘at, tajvid, nahv
borasida salmoqli asarlar bitganiga va she’riyat bilan shug‘ullanib, o‘z umrini
mazmunli va ibratli o‘tkazganining guvohi bo‘lamiz. Allomaning qoldirgan beqiyos
merosi hozirgacha olimlar va ustozlar tarafidan keng o‘rganilmoqda va yana uzoq vaqt
o‘rganiladi. Allomaning hayotini dengiz desak, men u zotu barokatning mazmunli
hayotini va arab gammatikasiga oid “Hidoyatu an-Nahv” asarini qisqacha o‘rganishim
dengizdan bir tomchi, deyilsa hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Alloh u zotning din yo‘lida
qilgan hizmatlarini dargohi oliyiga qabul qilsin va o‘z rahmatiga olgan bo‘lsin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Al-Hidāyah fī al-Nahw – Shayx Husayn ibn Muhammad

2.

Az-Zurqānī, Muhammad:

Sharh al-Muqaddima al-Ājurrūmiyya

6

U 749 hijriyda vafot etgan. Ramatulloh qori Obidov. Qur’on, Tafsir va Mufassirlar. Toshkent: Movarounnahr. 2013. –

B. 163.

7

Ramatulloh qori Obidov. Qur’on, Tafsir va Mufassirlar. Toshkent: Movarounnahr. 2013. – B. 164.

8

O‘sha asar.– B. 165.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

213

3.

Abdul Karim, A.:

History of Arabic Grammar

, Cairo University Press, 1981

4.

O‘zbekiston Islom Akademiyasi nashrlari – “Nahv va Sarf ilmlari” to‘plami

5.

Abduqodir Toirov:

Arab tili grammatikasi asoslari

, Toshkent, 2019


Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Al-Hidāyah fī al-Nahw – Shayx Husayn ibn Muhammad

Az-Zurqānī, Muhammad: Sharh al-Muqaddima al-Ājurrūmiyya

Abdul Karim, A.: History of Arabic Grammar, Cairo University Press, 1981

O‘zbekiston Islom Akademiyasi nashrlari – “Nahv va Sarf ilmlari” to‘plami

Abduqodir Toirov: Arab tili grammatikasi asoslari, Toshkent, 2019