Mualliflar

  • Bahodirov Egamberdi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95503

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Oltoy Saljuqiylar qipchoqlar o‘g‘uzlar G‘arbiy turklar.oʻzbeklar qadimgi Turklar shamanizm diniga eʼtiqod

Annotasiya

Annotatsiya: Jahonning eng yirik etnoslardan biri - turkiy xalqlardir. Ularning 
kelib chiqish tarixi uzoq davrlar borib taqaladi Maqolamizda turk xalqilarning etnik 
shakllanishi tarixiga eʼtibor qaratmoqchimiz  


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

194

TURKIYLARNING ETNIK KELIB CHIQISH TARIXI

Bahodirov Egamberdi

Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti

Amaliy fanlar fakulteti2-kursSirtqi. Tarix

(ShMT): turk-ingliz

Annotatsiya:

Jahonning eng yirik etnoslardan biri - turkiy xalqlardir. Ularning

kelib chiqish tarixi uzoq davrlar borib taqaladi Maqolamizda turk xalqilarning etnik
shakllanishi tarixiga eʼtibor qaratmoqchimiz

Kalit so‘zlar:

Oltoy, Saljuqiylar, qipchoqlar, o‘g‘uzlar, G‘arbiy

turklar.oʻzbeklar qadimgi Turklar shamanizm diniga eʼtiqod

Abstract:

One of the largest ethnic groups in the world is the Turkic peoples.

Their history of origin dates back to ancient times. In our article, we would like to focus
on the history of the ethnic formation of the Turkic peoples.

Keywords:

Altai, Seljuks, Kipchaks, Oghuz, Western Turks. Uzbeks, ancient

Turks, belief in the religion of shamanism

Аннотация:

Одной из крупнейших этнических групп мира являются

тюркские народы. История их происхождения восходит к глубокой древности. В
нашей статье мы хотели бы остановиться на истории этнического формирования
тюркских народов.

Ключевые слова:

Алтай, Сельджуки, Кыпчаки, Огузы, западные тюрки.

Узбеки, древние тюрки, шаманизм

Turkiylar jahondagi eng qadimiy va doimiy xalqlardan biridir. Bu katta milliy

jamoa bo‘lib, uning tarixi to‘rt ming yildan oshadi. Turk, turkiylar - jahondagi eng yirik
etnoslardan birining nomi. Turk so‘zining ma’nosi “baquvvat”, “barkamol”, “odil”
degan ma’nolarni anglatadi. Umuman olib qaraganda, turk atamasiga doir turli farazlar,
talqinlar mavjud. Ular orasida turk atamasini Avestanning “tur”lar bilan bog‘liq -k
qo‘shimchasini ko‘plik qo‘shimchasi, deb tushuntiradi. A.H. Kononov turk so‘zini
“tur” so‘ziga bog‘lab, “hurmatga sazovorlar uchun yuqoridagi o‘rin”, “o‘choq oldidagi
hurmatga loyiq joy”, “qonun, qoida, odat” kabi talqin qiladi.[1] I.V. Rak esa turk
so‘zini hind-yevropa til umumilliyligi bilan bog‘lab yovvoyi “ho‘kiz-tur” orqali
izohlaydi.[2] V.P. Yaylenko Yensey ketlari tilida turk so‘zi “toza, pokiza” deb
tushuntiradi.[3] Turkiy xalqlar haqida Xitoy manbalarida “turk-turkyut-turkyu” kabi
nomlar bilan atalgan. Ularni etnik kelib chiqishini Xitoyning shimoliy-g‘arbida
joylashgan Oltoy etaklari bilan bog‘laydi. Bunday qarashlar turkiy xalqlarning asl
makonlari haqidagi tasavvurlarini juda tor qilib ko‘rsatadi. Shu bilan birgalikda Xitoy
Oltoydagi vaziyat bilan yaqindan tanish bo‘lgan. Ammo mil.avv. I ming yilikdayoq


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

195

turkiy xalqlarning O‘rta Osiyo, Volgabo‘yi, Don Kuban havzalari, Shimoliy Kavkaz,
Janubiy Rus cho‘llari - to Dunaygacha hududlarda kechgan etnik jarayonlardan
bexabar edi. Turkiylarni shimolda xavf solib turuvchi kuch sifatida qaragan.[4] Turkiy
xalqlarining vatani qayerda degan savolga olimlar o‘z fikrlarini bildirishgan. Klaprot
va Vamberi turkiylar tarixini xitoy manbalariga tayanib, Oltoy tog‘larining etaklari
turkiy xalqlarining vatani deb atashgan.[5] Taniqli turkolog Radlovning yozishicha, bu
hudud Oltoyning sharqidagi hozirgi Mo‘g‘uliston hududini qamrab olgan. Ramstedt
turkiy va mo‘g‘ul tillarining o‘xshashligiga asoslanib, turklar Mo‘g‘ulistondan kelib
chiqqan deb taxmin qilgan. O‘rta Osiyodagi turkiylar tarixi bo‘yicha taniqli mutaxassis
Bartold Mo‘g‘uliston hududidagi mintaqani turkiy xalqlarning vatani, deb hisoblaydi.
Bugungi kunda bu qarashlar eskirgan va ko‘rib chiqilayotgan hududni kengaytirish
kerak

Lingvistik va arxeologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, turkiy xalqlarning vatani

Oltoy tog‘larining g‘arbiga cho‘zilgan. Vengriyalik taniqli sharqshunos-turkolog
Nemetning fikricha, turkiy xalqlar vatani bugungi Qozog‘iston hududida, ya’ni, Oltoy
va Ural tog‘lari oralig‘ida bo‘lishi kerak. Sibir va Oltoy tog‘larining janubiy
viloyatlarida olib borilgan arxeologik va etnografik tadqiqotlar davomida turkiy
xalqlarning qadimiy hududlari bilan bog‘liq ba’zi natijalarga erishilgan. Sovet
davrining taniqli arxeolog-tarixchi olimi S.V.Kiselev (1905-1962 yy)ning «Sibirning
eng qadimgi tarixi» (1951 y) asarida ta’kidlanganidek, «g‘or rasmlari» va Baykal ko‘li
shimolida, Lena daryosi quyilishi va (Yettisuv) Semireche mintaqasida topilgan
arxeologik topilmalar bu yerlarning qadim zamonlardan beri saqlanib qolgan etnik
xususiyatlarini aks ettiradi. Tarixiy manbalarga ko‘ra, turkiy jamoalarning birinchi
turar joylari Oltoy tog‘lari hududida bo‘lgan. Tyan-Shan va Oltoy tog‘lari orasida
yashagan turklar Oltoy xalqlari qatoriga kiradi

Qadimgi Sibir tarixi" asarida (1951) ta'kidlanganidek, Baykal ko'lidan shimolda,

Lena daryosi va Semirechye mintaqasida topilgan "g'or rasmlari" va arxeologik
topilmalar bu yerlarning etnik xususiyatlarini aks ettiradi va qadim zamonlardan beri
saqlanib qolgan. Tarixiy manbalarga ko'ra, turkiy jamoalarning birinchi turar joylari
Oltoy tog'lari hududida bo'lgan. Tyan-Shan va Oltoy tog'lari orasida yashagan turklar
Oltoy xalqlari qatoriga kiradi. O'rta Osiyo hududlarida yashagan turkiy xalqlar,
geografik va ijtimoiy hayot sharoitlarining o'zgarishi tufayli bu yerlarni tark etishga
majbur bo'lgan. Yangi hududlarda turklar ko'plab mustaqil davlatlarga asos soldi.
Turklarning birinchi ko'chish oqimlari qaysi davrga to'g'ri kelishi aniq ma'lum emas,
lekin u miloddan avvalgi I ming yillik boshlarini o'z ichiga oladi deb ishoniladi. Katta
ko'chirish natijasida turklar Kaspiy dengizining janubi va Eron tog'lari orqali o'tib
(ularning ba'zilari Eronda qoldi) Mesopotamiyaga tushib, u yerdan Suriya, Misr,
Anatoliya va orollariga bostirib kirishdi, Egey dengizi. Bu yerda tarixning turli
davrlarida mustaqil turkiy davlatlar tashkil etilgan: Saljuqiylar davlati, Saljuqlar


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

196

sultonligi, Usmonli imperiyasi va Turkiya Respublikasi. IV asrning oxiriga kelib,
turklar Kaspiy dengizining shimolidan o'tib, Shimoliy -Sharqiy Osiyodan Sharqiy
Evropaga ko'chib o'tdilar. Vaqt o'tishi bilan ular Markaziy Evropaga, Bolqon yarim
oroli va Dunay daryosi vodiysiga joylashdilar. Keyinchalik bu hududlarda turkiy
davlatlar ham vujudga keldi. Miloddan avvalgi 2500 yilda boshlangan turkiy
xalqlarning sharqqa harakati uzoq vaqt ma'lum uzilishlar bilan davom etdi. Xitoyning
zamonaviy hududlari - Shansi va Gansuga joylashib olgan turklar o'z madaniyati va
sivilizatsiyasini bu yerlarga olib kelishdi va uzoq vaqt Xitoyda hokimiyatni qo'llarida
ushlab turishdi. Shan davlatiga asos solgan Shan sulolasi, turklar urug‘idan kelib
chiqqan.Chjou sulolasi tomonidan tor-mor qilingan (miloddan avvalgi 1050-247
yillar). Vaqt o'tishi bilan kuch topgan Chjou sulolasi Xitoy tarixining boshlanishi deb
hisoblaydigan

Geografiya, tarixiy rivojlanish, sheva va talaffuzlarga xos xususiyatlarga ko‘ra

qaysi qabilalarni turkiy jamoalarga oid deb hisoblaydigan Bu jihatdan bir necha turkiy
qabilalarni ajratish mumkin. Muhammad al Qoshg‘ariy «Devonu lug‘atit turk» asarida
XI asrda turkiy xalqlar haqida maʼlumot ber utgan ekan, o‘g‘uzlar, qipchoqlar,
uyg‘urlar, qarluqlar, qirg‘izlar, yag‘molar, bolgarlar, boshqirdlar va boshqalar haqida
ma’lumot bergan. Ularning ko‘pchiligi o‘g‘uz va qipchoq qabilalariga mansub.

XI asrning ikkinchi yarmidan keyin Sirdaryo vodiysida yashovchi qabilalardan

bo‘lgan o‘g‘uzlar G‘arbiy (Old) Osiyo va Anatoliyaga (Kichik Osiy yarim oroli), Irtish
daryosi havzasidagi qipchoqlar ommaviy ravishda Kaspiy va Qora dengiz shimolidagi
pasttekisliklarga ko‘chib ketishgan. VI asrda bolgarlarning bir qismi zamonaviy
Bolgariya hududiga joylashgan. Ko‘p yo‘nalishli migratsiya oqimiga qaramay, turkiy
qabilalar uyushmalarining muhim qismi O‘rta Osiyoda qolgan. Bu tarixiy fakt turkiy
jamoalarning shakllanishi va hozirgi tuzilishi nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega.

O‘g‘uzlar qabilasi «g‘arbiy turklar» nomi bilan mashhur bo‘lgan kata guruhga

asos bo‘lib qolgan. Qipchoqlar shuningdek, Qora dengizning shimolidan Dunay
qo‘shilishigacha bo‘lgan hududlarda yashagan boshqa turkiy xalqlarni o‘z ichiga olgan
katta jamoani tashkil qilgan. Binobarin, qipchoqlar bugungi kunda «Sharqiy Yevropa
turklari» nomi bilan mashhur bo‘lgan guruh asosiga aylangan. Uchinchi guruhni
Chig‘atoy va O‘zbek uluslarining birlashishi natijasida hosil bo‘lgan «Sharqiy turklar»
yoki «Turkiston turklari» tashkil qiladi. Bu jamoani O‘rta Osiyoda qolgan boshqa
turkiy qabilalar tashkil qilgan. Bu tarkibga keyinchalik

Turkistonga qaytgan qipchoqlar guruhlari ham kirgan. To‘rtinchi guruhga Sibir

va Oltoy turklari kiradi. G‘arbiy Sibir va Oltoyning turli qabilalari asosan qipchoq yoki
qirg‘iz qavmiga mansub turklar millatlari asli turkiylar ekanligi aytiladi di.
www.ziyouz.com kutubxonas.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

197

Qadimgi turklar shamanizm1 diniga e’tiqod qilgan. Ularning asosiy

ramziyorug‘lik bo‘lgan Ko‘k-Tangri va Moviy osmon muqaddas sanalgan. Ularning
tasavvuridagi Xudo – Tangri xalq, hoqonlik va hukmdorlar taqdirini belgilagan.

1 Shamanizm - “shaman»so'zi tungus– manchjur tilidagi “sa» – bilmoq fe'li bilan

bog'liq, “saman» – biluvchi kishi.

Shamanizm animizm, totemizm va fetishizm natijasida yuzaga kelib, u orqali

kishilar o'z totemlari, ota–bobolarining ruhlari bilan xayolan bog'lanishni amalga
oshirib kelganlar. O'tmishda ko'proq ayollar shamanlik bilan shug'ullanganlar.
Shamanlar jazavali, tez junbushga keladigan kishilar bo'lib, odamlar ularning ruhlar
bilan muloqotda bo'lishi, jamoaning umid va niyatlarini yetkazish, ularning irodasini
talqin qilish qobiliyatiga ega ekanligiga juda ishonganlar. Shamanlar ritual harakatlari
orqali – ovoz chiqarish, ashula aytish, raqsga tushish, sakrash yo'li bilan nog'oralar va
qo'ng'iroqlar ovozlari ostida o'zlarini jazavaga solib, o'zini yo'qotish, jazavani yuqori
natijaga yetkazish bilan afsungarlik qilishgan. Shaman marosim oxirida bir holatga
kelib hech narsani eshitmay, ko'rmay qolar edi. Shuning uchun uning ruhlar dunyosi
bilan muloqoti xuddi shu holatda amalga oshadi deb hisoblanardi. Bu odamlarning fikr
yuritishi, ongining mustahkamlanishida katta rolь o'ynadi va diniy ongning
shakllanishida muhim o'rin tutdi. Kadimgi turkiy xalqlar dev, jin, pari, ruhlar borligiga
ishonib, ular bilan shomonlar orqali bog'lanish mumkin, deb hisoblaganlar. Shomonlar
homiy ruhlarga atab qurbonliklar qilganlar, yovuz ruhlardan saqlanish maqsadida
afsunlar o'qib, poklanish uchun “chilla» o'tirganlar. Shomonlik asrlar davomida
saqlanib kelgan va muntazam rivojlangan. Hozirda ham shomonlik turli - shamanizm
xalqlar e'tiqodida saqlanib qolgan. Ular “baxshi», “parixon» deb ataladi