Mualliflar

  • Abduraimova Sabohat Ergash qizi,

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95504

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Buxoro amrligi Chiroqchi bekligi Sho‘r-quduq Uch-quduq Jar- quduq Qo‘sh-quduq Go‘r-quduq Gala-quduq Uz-quduq Chor-quduq Yetti-quduq “shuvoq” bargi sho‘ra Beglarsoy Qushbegi G’uzor Qarshi.

Annotasiya

 
ANNOTATSIYA:  Ushbu  maqolada  Buxoro  Amrligi  tarkibida  bo’lgan 
Chiroqchi bekligi aholisining yashash tarzi, ijtimoiy ahvoli, mehnat munosabatlari aks 
ettirilgan. Bu ziddiyatli davrda Chiroqchi bekligi Buxoro Amrligi ijtimoiy iqtisodiy 
hayotida alohida ahamiyat kasb etganligi va ularning turmush tarzi yoritib berilgan.              


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

186

UO’K 93/94 377.2

BUXORO AMRLIGI DAVRIDA CHIROQCHI BEKLIGI

MASKANLARINING O‘RGANILISHI

Abduraimova Sabohat Ergash qizi,

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti

“Tarix va ijtimoiy fanlar” kafedrasi

Assistent o’qituvchisi

E-mail:

sabohata535@gmail.com

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada Buxoro Amrligi tarkibida bo’lgan

Chiroqchi bekligi aholisining yashash tarzi, ijtimoiy ahvoli, mehnat munosabatlari aks
ettirilgan. Bu ziddiyatli davrda Chiroqchi bekligi Buxoro Amrligi ijtimoiy iqtisodiy
hayotida alohida ahamiyat kasb etganligi va ularning turmush tarzi yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar:

Buxoro amrligi, Chiroqchi bekligi, Sho‘r-quduq, Uch-quduq, Jar-

quduq, Qo‘sh-quduq, Go‘r-quduq, Gala-quduq, Uz-quduq, Chor-quduq, Yetti-quduq,
“shuvoq” bargi, sho‘ra, Beglarsoy, Qushbegi, G’uzor, Qarshi.


Buxoro amirligiga qarashli maʻmuriy-hududiy birliklardan biri bo‘lmish

Chiroqchi bekligi o‘zining geografik joylashuviga ko‘ra amirlik ijtimoiy-siyosiy va
iqtisodiy hayotida muhim o‘rin tutgan. Beklik tarixiga oid yozma maʻlumotlar nisbatan
kam bo‘lgani uchun aholining xo‘jalik turmush tarzi va iqtisodiy-maishiy hayotini
yoritish birmuncha mushkul. Aslida bu holatga beklik aholisining ijtimoiy-madaniy
hayoti tarixini yoritishda ham duch kelinadi. Shunga qaramay, Buxoro amirligiga
tegishli ayrim tarixiy asarlar va Qushbegi arxiv hujjatlaridagi aholi maskanlari bilan
bog‘liq maʻlumotlar hamda XIX – XX asr boshlari oralig‘ida hududda bo‘lgan asosan
rus, qisman esa boshqa Yevropa vakillari yozib qoldirgan qaydlar, shuningdek, XX asr
ilk yarmiga tegishli etnografik materiallar asosida Chiroqchi bekligi aholisining
kundalik turmushi, xo‘jaligi, tirikchilik manbai va hokazolar haqida muayyan tarixiy
tasavvurlarga ega bo‘lish mumkin.[1,23]

Chiroqchi bekligida chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi aholi ko‘pchilikni

tashkil etib, ayrim istisnolarni hisobga olmaganda, ular beklikdagi barcha
amlokliklardagi qishloq va ovullarda istiqomat qilishgan. Asosan, qo‘y va echki,
qisman esa yirik shoxli qoramollarga ega bo‘lgan beklik aholisi orasida tuyachilik ham
o‘ziga xos o‘rin tutgan. Aholi bahor, yoz va kuz oylarida yaylovlarda o‘tlatish orqali
o‘z chorvalarining qornini to‘yg‘izib, qish oylarida esa g‘amlab qo‘yilgan yem-xashak
bilan boqishgan. Mol-hollarning suvga bo‘lgan ehtiyoji quduq suvlari orqali
qondirilgan. Quduqlar Qashqadaryo vohasining asosan cho‘l va dasht hududlarida
ko‘pchilikni tashkil etib, Chiroqchi, G‘uzor va Qarshi bekliklaridagi amlokliklarga


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

187

qarashli aholi maskanlarida mavjud bo‘lgan. Ayniqsa, katta qismi dashtlardan iborat
Chiroqchi bekligi qishloqlarida o‘nlab quduqlar mavjud bo‘lgan. Amlokliklardagi
qishloqlarning nomi Sho‘r-quduq, Uch-quduq, Jar-quduq, Qo‘sh-quduq, Go‘r-quduq,
Gala-quduq, Uz-quduq, Chor-quduq, Yetti-quduq deb atalgani ham shu kabi omillar
bilan bog‘liq.[2,45]

Chiroqchi bekligidagi qishloqlarning kichik bir qismi tog‘oldi hududlar yoki

toqqa yaqin joylashgan qir-adirlardagi buloqlar orqali o‘zlarining suvga bo‘lgan
ehtiyojini qondirganlar. Zarafshon tog‘larining bir qismi – Jom tog‘lariga yaqinidagi
Besh-chashma amlokligining nomidan ko‘rinib turganidek, ushbu amloklikka qarashli
qishloq Qo‘chqor-buloq toponimi yuzaga kelishida ham ana shunday suv manbaini
ko‘rishimiz mumkin. Kezi kelganda aytib o‘tish kerak, Samarqand viloyatiga qarashli
bo‘lgan Jom mavzesi bir necha tog‘oldi qishloqlarni o‘z ichiga olib, aholisi Chiroqchi
bekligi aholisi bilan yaqin iqtisodiy-madaniy aloqalarga ega bo‘lgan.

Shuningdek, tog‘oldi hududlarga yaqin qishloqlar aholisi ekin-tikinlarni

sug‘orish maqsadida maxsus suv yig‘iladigan inshootlar qurishgan. Bunday inshootlar
“band” deb atalib, qish va bahor fasllarida yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan kezlarda
ortiqcha suvlarning bekorga sarflanib ketishining oldini olish, ehtiyoj bo‘lgan yoz va
kuz oylarida undan unumli foydalanish uchun aholi hashar orqali yoki hokimiyat
vakillarining tashabbusi bilan tog‘oldi hududlarida bandlar barpo qilingan. Besh-
chashma amlokligiga qarashli qishloqlar orasida Qiz-band, Arabbandi, Xon-bandi
(Xom-bandi) kabi aholi maksanlarining bo‘lgani bu qarashni tasdiqlaydi. [3,57]

Yuqorida keltirib o‘tilganidek, Chiroqchi bekligining Besh-chashma

amloklikligidagi bandlardan biri Xon-bandi deb atalgani ham shu anʻana bilan bog‘liq
bo‘lsa kerak. X asrga tegishli Forish tumanidagi Pasttog‘ darasida qurilgan va hozirgi
kunda Xon-bandi deb atalayotgan suv inshooti, XVI asrga oid Nurota tumanidagi
Beglarsoy darasida qurilgan Abdullaxon bandi yirik suv to‘g‘onlarining davlat
boshliqlari tashabbusi bilan qurilgani yoki shunday ishlarni amalga oshirgan kishilar
hokimiyat vakillari – amaldorlar bo‘lgani bilan bog‘liq.

Chiroqchi bekligida oqar suvlar kam bo‘lgani uchun asosan yerdan chuqur qilib

qazilgan quduqlardan suv tortib olish orqali o‘z ehtiyojlarini qondirganliklari bir qator
xorijlik sayyoh va elchilarning diqqatini o‘ziga tortgan. Chiroqchi bekligida yo‘lda
oqar suv bo‘lmagan deyarli 50 chaqirimdan ortiq masofada o‘nlab quduqlar joy olib,
ular shimolda Jom tog‘idan to Qashqadaryo daryosigacha, yaʻni Qarshi shahri
atroflarigacha cho‘zilib ketgan keng dashtdagi qishloqlar aholisining suvga bo‘lgan
ehtiyojini qondirgan. Jomga yaqin Umakay qishlog‘idan Qashqadaryoga qadar yaxshi
suvli quduqlar ko‘p. Quduqlarning chuqurligi har xil: Chiyalda 10-15 arshin bo‘lsa,
Umakayda ham shunga yaqinroq bo‘lgan, qir-adirlarda esa quduqlar chuqurroq bo‘lib,
25 arshindan 40-50 arshingacha yetgan. Masalan, Besh-chashma amlokligidagi Sho‘r-
quduq qishlog‘ida quduqlarning chuqurligi 40, hatto 50 arshingacha yetib, chuqurligi


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

188

qanchalik katta bo‘lsa, suv olish imkoniyati yuqori bo‘lgan. Qishloq va ovullarning
deyarli har biri alohida-alohida suv bilan taʻminlanib, kuniga 1000-2000 qo‘y suv bilan
taʻminlagan. [4,65]

Quduq devorlarining o‘pirilib tushib, suv ko‘zlari yopilib qolishi xavfi katta

bo‘lgani uchun aholi quduqdan suv olayotganda nihoyatda ehtiyotkorlik qilishiga
to‘g‘ri kelgan.

Chiroqchi bekligidagi aholining turarjoylari Buxoro amirligining dasht va cho‘l

hududlaridagiga o‘xshash bo‘lib, XX asr boshlarigacha “qora-uy” deb ataluvchi
o‘tovlar asosiy boshpana vazifasini bajargan. Beklikda ham boshqa joylarda, xususan,
qo‘shni Samarqand viloyati, Qarshi va G‘uzor tumanlarida bo‘lgani kabi ko‘chmanchi
aholi turarjoylari va o‘troq aholi uylariga qarab farqlangan. Mintaqaning qadimiy
shaharlarda bo‘lgani kabi beklik markazi Chiroqchi qo‘rg‘oni (shaharchasi)da asosan
paxsadan, qisman pishiq g‘ishtdan qurilgan turarjoylar bo‘lsa-da, beklikning boshqa
hududlarida ko‘pincha turarjoylar qora-uy (o‘tov)lardan iborat bo‘lgan. Shu o‘rinda
beklikning bosh maʻmuriy boshqaruv markazi Chiroqchi rus mualliflari tomonidan
XIX – XX asr boshlarida shahar sifatida tilga olingan. [5,62]

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida beklik hududida bo‘lgan sayyoh, elchi yoki

boshqa soha vakillari ko‘chmanchi o‘zbeklar “yurta” – o‘tovda yashashlariga eʻtibor
qaratib, o‘troq aholining turarjoylari turli xil ekaniga urg‘u berishgan. Shuningdek,
beklikning ko‘chmanchi yoki yarim ko‘chmanchi aholisi “to‘la”, “er-to‘la” deb
ataladigan joylar ham bo‘lib, bunday inshootlardan turli mahsulotlarni salqinda saqlash
uchun yerni qazib quriladigan yerosti omborlari sifatida foydalanilgan. Baʻzan esa
aholi ehtiyoj tug‘ilgan ana shunday to‘lalarda yashab, undan boshpana sifatida
foydalanish uchun moslashtirganlar (Hozirgi kunda ana shunday yerto‘lalarning o‘rni
Chiroqchi va Ko‘kdala tumanlarining Samarqand viloyatiga tutash qir-adirlarida
saqlanib qolgan –

mual

.).

Rus mualliflarning qayd etishicha, o‘troqlarning uylari oddiy paxsadan qilingan,

nisbatan kichikroq binolardan tashkil topib, baʻzan shaharliklarniki kabi ko‘rinishdagi
uylar ham uchrab turgan. Chamasi, Buxoro amirligi hududida bo‘lgan xorijliklar
“shaharlardagi kabi uylar” deganda qishloqning o‘ziga to‘q oilalari yashaydigan
boloxonali yoki hashamatli qilib qurilgan uylarni ko‘zda tutgan.


Ko‘pchilik xorijlik mualliflar Buxoro amirligi aholisi, xususan, Chiroqchi

bekligida qish paytlari uylarni isitish ancha qiyinchilik tug‘dirishi haqida yozsalar-da,
ayrim mualliflar aholi chorva mollari tezagidan unumli foydalanib, ovqat pishirish, suv
isitish kabi ehtiyojlarga ishlatish uchun tappi tayyorlab qo‘yishlari haqida ham
yozishgan. Shuningdek, daraxt shox-shabbalari topilishi qiyin bo‘lgan qishloqlarda
aholi “yantoq”, “jinjak” kabi bo‘tasimon o‘simliklar, shuningdek, ham supurgi yasash,
ham yoqilg‘i sifatida ishlatiladigan “burgan” deb ataluvchi o‘simlik turidan unumli


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

189

foylanishgan. Chiroqchi va Qarshi bekligi oralig‘ida joylashib, shimolda Samarqand
viloyatiga tutashib ketgan O‘rtacho‘l deb ataluvchi dashtda ushbu o‘simlik turlari mo‘l
bo‘lib, bahor yaxshi kelgan chog‘larda burganning bo‘yi 2 metrgacha yetgan.
Shuningdek, ham chorva mollari uchun qishliq ozuqa, ham uy-ro‘zg‘or ishlarida
yoqilg‘i sifatida foydalanish maqsadida “tuyaqorin”, “kakra”, “quziquloq”, “karrak”
deb ataluvchi bo‘tasimon o‘simliklar g‘amlab qo‘yilgan. Shuningdek, beklikning dasht
hududlarida “shuvoq” deb ataladigan yaxshi yonadigan o‘simlik turidan ham
foydalanilgan. Aytib o‘tilgan o‘simliklar orasida eng keng tarqalgani yantoq bo‘lib,
asosan tuya, qo‘y va echkilar qishda ushbu tikanli o‘simlik turi bilan boqilgan, eshak,
ot va qoramollar yantoq yemagan. Ular “shuvoq” bargi, “sho‘ra” (qorasho‘ra,
yalpoqsho‘ra), ajirim kabi o‘tlar bilan boqilib, ushbu o‘simliklarning bir qismi
sug‘oriladigan maydonlarda ko‘proq uchratilgan. Shuningdek, qishda mol-hollarning
ozuqasi sifatida yoz oylarida jinjak o‘simligini g‘amlashga katta eʻtibor qaratilgan.
Jinjakni ko‘pincha echki, qo‘y va otga berishgan.[6,49]


Chiroqchi bekligi qishloqlari orasida ham ichki yo‘llar bo‘lib, ular aravada

yurishdan ko‘ra ko‘proq yayov va otda yurishga mos bo‘lgan. Hududda bo‘lgan
rossiyalik vakillar Beklamish amlokligidan o‘tuvchi yo‘lning markaziy yo‘llardan biri
ekanini yozib, bu yo‘l orqali g‘arbga – Buxoroga ketuvchi yo‘l, sharqqa – Chiroqchi
bekligi markaziga va Shahrisabzga eltuvchi katta yo‘llar haqida to‘xtalib o‘tishgan.
Shuningdek, Jom tomondan boshlangan yo‘l Chiyal amlokligi orqali Ariq-ochgan va
Chim amlokligidan o‘tib, G‘uzorga tutashgan. Samarqand – Qarshi yo‘nalishidagi yo‘l
bir tomondan Chiroqchi bekligining shimoli-g‘arbiy va janubi-g‘arbiy hududlaridan
o‘tib, oraliqda bir necha kichik tarmoq yo‘llar asosan yayov va ulov (ot, eshak, tuya)
uchun mos bo‘lsa, har ikkala shaharni bog‘lovchi asosiy yo‘l o‘nlab qishloqlar yonidan
o‘tib, unda asosan aravada o‘tish imkoniyati bo‘lgan. Qarshidan Samarqandga qarab
yo‘lga chiqqan yo‘lovchilar Qo‘ng‘irtog‘ – Neko‘z orqali dastlab Beklamish
amlokligiga, keyin esa unga qo‘shni Besh-chashma amlokligigi qishloqlaridan Sho‘r-
quduqdan o‘tgan va Samarqand viloyatida joylashgan Ajirim – Jom – Anjirli – Sarig‘ul
– Ibrohim-ota deb nomlangan aholi maskanlari orqali Samarqand shahri tomonga
yo‘nalib, Xon-charbog‘, Juma-bozor (Juma) yoki Oq-soy orqali Samarqandga yetib
borgan. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerak, ruscha manbalarda bir necha bor Ajirim degan
aholi maskani tilga olingan bo‘lib, bu yer Samarqand viloyatidan Jom orqali Chiroqchi
bekligi Besh-chashma amlokligidagi Ayritom qishlog‘idan, undan keyin esa Sho‘r-
bozor qishlog‘iga, u yerdan esa Qoratikan (

hoz.

Ko‘kdala qishlog‘i)ga, u yerdan esa

Beglamish amlokligi markazi – Beglamish qishlog‘idan o‘tib, Qarshi bekligiga
qarashli Neko‘z orqali Qarshi shahriga yetib borgan. Yaʻni Ajirim nomli aholi markazi
Chiroqchi bekligining shimolida – Samarqand viloyatining bugungi Kattaqo‘rg‘on
volosti (bugungi Nurobod tumani)da joylashgan edi. Shu nomdagi qishloq beklikning


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

190

janubiy hududlari yaqinida ham joy olgan bo‘lib, hozirgi kunda Yakkabog‘ tumanida
Ajrim deb ataladigan aholi maskani mavjud.[7,105]

Ushbu yo‘lda oz bo‘lsa-da, karvonsaroy va uning yonida suv saqlanadigan

inshootlar ham mavjud bo‘lib, ulardan biri Beklamish amlokligiga qarashli Sho‘r-
bozor qishlog‘ida joylashgan edi. Sho‘r-bozordagi pishiq g‘ishtdan qilingan inoshoot
karvonsaroy o‘rni yoki sardoba ekani yaxshi o‘rganilmagani bois, unchalik aniq emas.
Shunga qaramay, meʻmoriy o‘ziga xosliklariga qarab ushbu yodgorlik XVI asrga,
Abdullaxon II davrida qurilgani taxmin qilinadi. So‘nggi o‘rta asrlarda ham karvonlar
uchun xizmat ko‘rsatgan ushbu majmua Sho‘r-bozor qishlog‘ining xalqaro karvon
yo‘li uchun ahamiyatli joy bo‘lganini ko‘rsatadi.[8,87]

Chiroqchi bekligi aholistining iqtisodiy-maishiy hayoti asosan geografik shart-

sharoitlarga, xususan, iqlimga bog‘liq bo‘lib, sunʻiy sug‘orish imkoniyati yuqori
bo‘lgan daryo havzalari, tog‘ yonbag‘irlaridagi aholi maskanlaridan farqli holda
chorvador aholi bahor oyining yog‘ingarchilik mo‘l bo‘lishidan manfaatdor edilar.
Buxoro amirligining bir qator bekliklarida bo‘lgani kabi Chiroqchi bekligi aholisi
uchun bahorda o‘t-o‘lanlarning ko‘p bo‘lishi natijasida chorva mollaridan keladigan
tushum yuqori bo‘lar, bu esa aholining turmush sharoiti yaxshilanishiga zamin yaratar
edi. Buning teskarisi bo‘lgan yillarda esa qashshoqlashuv kuzatilib, iqtisodiy
muammolar kuchayishiga olib kelar edi. Chorvador aholi shunday vaziyatlarga ko‘p
tushgani uchun iqlimi yaxshi joylarni tanlab, o‘zlariga makon qurishga intilar edi.
Bunday vaziyatda ko‘p hollarda chorvadorlar yaylov tanlab ko‘chib yurishga yoki kech
kuz va qishda o‘z qishloqlarida yashab, bahor va yozni o‘z mol-hollarini o‘tlatish
uchun tog‘larga yaqin qir-adirlarda o‘tkazishga intilganlar. Beklikning Qashqadaryo
daryosi yuqori havzasiga yaqin joylashgan Tosh-ariq, Qayirma va Xo‘ja-qo‘rg‘on
amlokliklarida ushbu daryodan u yoki bu darajada suv olish imkoniyatiga ega bo‘lsalar,
beklik markazidan ancha uzoqda – shimoli-g‘arb va g‘arbda joylashgan Besh-chashma
va Beklamish amlokliklaridagi ayrim qishloqlar Zarafshon daryosidan suv oluvchi
Eski Anhor kanali orqali ekinlarni suv bilan taʻminlashga intilganlar. [9,66]

Chiroqchi bekligining sunʻiy sug‘orish imkoniyati bo‘lmagan qismlarida laʻlmi

yerlarga ekin ekish imkoniyati bo‘lsa-da, bu imkoniyat beklikning barcha hududlari
uchun xos emas edi. Masalan, Besh-chashma amlokligining toqqa nisbatan yaqin
qishloqlari aholisi laʻlmi yerlarda tarvuz yetishtirishsaalar, ayrim qishloqlar aholisi,
xususan, Beklamish amlokligi aholisi ko‘proq sug‘orilmaydigan mahsulotlar –
bug‘doy va arpa yetishtirish bilan shug‘ullanar edilar. Biroq hosil olish bahorning
yog‘in-sochinli kelishiga bog‘liq edi. Beklikning maʻmuriy markazi – Chiroqchi shahri
va uning atrofidagi Qashqadaryo daryosi havzasidagi qishloqlar aholisi esa bog‘lar,
polizlarga ega bo‘lib, beda ekib, undan iqtisodiy foyda ko‘rish anchagina keng
yoyilgan edi. Chiyal amlokligiga qarashli qishloqlarning ayrimlarida ham bu holat
kuzatilib, yilning maʻlum vaqtida suv mo‘l, muayyan bir oylarida esa qurib qoladigan


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

191

Chiyal-soy barqaror bo‘lmasa-da, dehqonchilik qilish uchun sharoit yaratardi.
Beklikning o‘troq hududlarida – sharqiy hududlarda uzum, anor, anjir, shaftoli, o‘rik,
olma, nok, behi, olcha, bodom va jiydadan yaxshi hosil olinib, ular qo‘shni amlokliklar
bozorlaridan tashqari, boshqa bekliklardagi bozorlarga ham olib borilgan. Beklikning
bunday hududlarida yetishtirilgan bog‘dorchilik va poliz mahsulotlari sug‘oriladigan
joylarga daromadning 60%ini tashkil qilgan bo‘lsa, laʻlmi yerlarda yetishtirilgan
mahsulotlar – tarvuz, kunjut, bug‘doy, arpa va hokazolar 15% atrofida bo‘lgan.[10,95]

Chiroqchi bekligida yetishtirilgan laʻlmi yerlarning tarvuzlari atrof-tevarakda

ancha mashhur bo‘lib, Xon-bandi qishlog‘i va atroflari aholisi bu ishning anchagina
hadisini olgan edilar. Beklik aholisi yetishtiradigan yana bir mahsulot kunjut bo‘lib,
uning yog‘ini sotishdan katta foyda olingan. Kunjut asosan Chiyal amlokligida
yetishtirilgan. Rus mualliflari Besh-chashma amlokligiga qarashli Arab-bandi
qishlog‘i aholisi ham cheklangan miqdorda kunjut ekkanliklari haqida yozib
qoldirishgan.

Chiroqchi bekligi, shuningdek, atrofdagi Qarshi va G‘uzor bekliklarida

ekinlarga katta zarar keltiradigan tabiiy ofatlar orasida chigirtka keltirgan zarar ancha
katta edi. Chigirtka nafaqat yaylovlarga, balki sunʻiy sug‘oriladigan va laʻlmi
yerlardagi ekinlarga ham zarar yetqazib, aholining turmush tarzini nihoyatda
qiyinlashuviga olib kelgan.

Chiroqchi bekligining sug‘oriladigan unumdor yerlari va qo‘shni bekliklar –

Qarshi va G‘uzorda, shuningdek, Yakkabog‘ va Shahrisabzdagi o‘sha kezlarda “tanob”
deb ataladigan yerlarda yaxshi ishlov berilsa yuqori hosil olish imkoni bo‘lgan.
Masalan, serdaromad mahsulot o‘laroq qovun 1 tanobdan o‘rtacha 1 – 2 ming dona
hosil olinsa, yaxshi ishlov berilgan bir tanob yerdan 4 – 5 ming dona qovun olish
imkoniyati bo‘lgan. Shunday xaridorgir poliz mashulotlaridan yana biri qovoq bo‘lib,
mahalliy aholi uni “kadi” deb ham ataganlar. Beda ham shular qatoriga kirib, asosan
bahor va yoz oylari, qisman esa erta kuzda o‘sadigan ushbu o‘simlikdan 4-5 marta hosil
o‘rib olinib, uning bozori chaqqon bo‘lgan. Shuningdek, daromad keltiruvchi meva
o‘rik bo‘lib, undan olinadigan foyda ancha yuqori bo‘lgan. Chiroqchi bekligi va unga
qo‘shni dehqonchillikka mos hududlarda lavlagi, sabzi, turp, karam, piyoz, bodring,
no‘xat, yasmiq, loviya, qovun, tarvuz, qovoq yetishtirilib, aholi tomonidan keng
isteʻmol qilingan. Ushbu mahsulotlarni ekish oilalar uchun ancha daromadli
hisoblangan.[11,82]

Buxoro amirligining boshqa hududlarida bo‘lgani kabi Chiroqchi bekligi

aholisining ijtimoiy hayotida masjidlarning o‘rni katta bo‘lgan. Biroq ko‘pchilik
bekliklardan farqli holda ushbu beklik qishloqlarida jome masjid yoki oddiy masjidlar
ham bo‘lmasdan, asosan yirikroq qishloqlarda – amloklik markazidagi jome masjid
(juma masjid)larda jamoaviy namoz o‘qilgan. Shunday masjdilar beklik markazi
bo‘lmish Chiroqchi qo‘rg‘onida, Sichqonchi-soydagi Chiyal masjidi va Beglamish


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

192

amlokligidagi masjid turli qishloqlardan kelib juma namozi ado etiladigan joylar
bo‘lgan. [12,120]

Qisqasi, Chiroqchi bekligi aholisining xo‘jalik turmush tarzi va iqtisodiy-

maishiy hayoti bilan tanishib chiqish shundan beradiki, Buxoro amirligi davrida beklik
7 ta amloklik va ular tarkibidagi 120 ga yaqin qishloqlarni o‘z ichiga olib, ular
aholisining katta bir qismi ko‘chmanchi chorvador aholi “qora-uy” – o‘tovlarda
yashagan bo‘lsa, bir qismida esa paxsa uylardan qurilgan o‘troq aholi yashab, ular
hayotida dehqonchilik turmush tarzi yetakchilik qilgan. Ulardan birinchisining xo‘jalik
hayotida va iqtisodiy-maishiy hayotida chorva mollarini boqish ustuvorlik qilgan
bo‘lsa, o‘troq dehqon aholi ekin-tikinchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Mирза Абдал Азим Сами. Таърих-и салатин-и мангитийа (История
мангытского государства) / Изд. текста, предисл., пер. и примеч. Л.М.
Епифановой. – М., 1962;

2.

Мух,аммад Али Балжувоний. Тарихи нофеи. (Тожик тилидан таржима.
Сузбоши, изохлар муаллифлари Вохидов Ш. ва Чориев 3.). – Тошкент:
Академия, 2001;

3.

Населенные пункты Бухарского эмирата (конец XIX - начало XX в.) /
Материалы к исторической географии Средней Азии. Под. Ред. А.Р.
Мухаммеджанова. – Тошкент: Университет, 2001.

4.

Xаныков Н.В. Описание Бухарского ханства. – М., 1843; Евреинов.
Рекогносцировка пути через Джамский перевал на Гузар и на Карши. 1887 г.

5.

Сборник географических, топографических и статистических материалов по
Азии,

Вып.

XXXVI.

СПб.

1888.

С.

112-147

//

https://vostlit.info/Texts/Dokumenty/M.Asien/XIX/1880-
1900/Evreinov/text1.htm;

6.

Материалы по районированию Средней Азии. Кн.1: Территория и населения
Бухары и Хорезма. Часть 1: Бухара. – Ташкент: Туркпечать, 1926.

1

Жўраев

Б. Юқори Қашқадарё ўзбек шевалари. – Тошкент: Фан, 1969. – Б. 136.

7.

Eвреинов. Рекогносцировка пути через Джамский перевал на Гузар и на
Карши. 1887 г. // https://vostlit.info/Texts/Dokumenty/M.Asien/XIX/1880-
1900/Evreinov/text1.htm

8.

Mавлонов Ў. Марказий Осиёнинг қадимги йўллари. – Б. 196, 286.

9.

Eвреинов. Рекогносцировка пути через Джамский перевал на Гузар и на
Карши. 1887 г. // https://vostlit.info/Texts/Dokumenty/M.Asien/XIX/1880-
1900/Evreinov/text1.htm

10.

Ҳакимов А. Қашқадарё вилоятининг анъанавий ҳунармандчилиги //
Мозийдан садо. – 2008. – №4. – Б. 4.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

193

11.

Суюнов С., Раҳмонов Ҳ. Эски Анҳор каналининг бунёд бўлиш тарихи //
ҚарДУ хабарлари. Махсус сон, 2020. – Қарши давлат университети, 2020. –
Б. 135-137.

12.

Евреинов. Рекогносцировка пути через Джамский перевал на Гузар и на
Карши. 1887 г. // https://vostlit.info/Texts/Dokumenty/M.Asien/XIX/1880-
1900/Evreinov/text1.htm



Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

Mирза Абдал Азим Сами. Таърих-и салатин-и мангитийа (История

мангытского государства) / Изд. текста, предисл., пер. и примеч. Л.М.

Епифановой. – М., 1962;

Мух,аммад Али Балжувоний. Тарихи нофеи. (Тожик тилидан таржима.

Сузбоши, изохлар муаллифлари Вохидов Ш. ва Чориев 3.). – Тошкент:

Академия, 2001;

Населенные пункты Бухарского эмирата (конец XIX - начало XX в.) /

Материалы к исторической географии Средней Азии. Под. Ред. А.Р.

Мухаммеджанова. – Тошкент: Университет, 2001.

Xаныков Н.В. Описание Бухарского ханства. – М., 1843; Евреинов.

Рекогносцировка пути через Джамский перевал на Гузар и на Карши. 1887 г.

Сборник географических, топографических и статистических материалов по

Азии, Вып. XXXVI. – СПб. 1888. – С. 112-147 //

/Evreinov/text1.htm;

Материалы по районированию Средней Азии. Кн.1: Территория и населения

Бухары и Хорезма. Часть 1: Бухара. – Ташкент: Туркпечать, 1926. 1 Жўраев

Б. Юқори Қашқадарё ўзбек шевалари. – Тошкент: Фан, 1969. – Б. 136.

Eвреинов. Рекогносцировка пути через Джамский перевал на Гузар и на

/Evreinov/text1.htm

Mавлонов Ў. Марказий Осиёнинг қадимги йўллари. – Б. 196, 286.

Eвреинов. Рекогносцировка пути через Джамский перевал на Гузар и на

/Evreinov/text1.htm

Ҳакимов А. Қашқадарё вилоятининг анъанавий ҳунармандчилиги //

Мозийдан садо. – 2008. – №4. – Б. 4.

Суюнов С., Раҳмонов Ҳ. Эски Анҳор каналининг бунёд бўлиш тарихи //

ҚарДУ хабарлари. Махсус сон, 2020. – Қарши давлат университети, 2020. –

Б. 135-137.

Евреинов. Рекогносцировка пути через Джамский перевал на Гузар и на

/Evreinov/text1.htm