Mualliflar

  • Jumabekova Zilola Saitmurod qizi
  • Mirodil Xaydarov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95510

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlari: faqiha olima zuhd avliyo odob taqvo mo‘jiza so‘fiy ibrat

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  islom  olamidagi  faqiha,  olima  ayollarning 
hayoti, ulaning ibratli ilm yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, zamonamiz ayol qizlarining 
go‘zal hayoti uchun namuna va ibratli misollar keltirilgan. Maqolada keltililgan faqiha, 
olima ayollar nafaqat muslima ayollar uchun, balki butun jamiyat insonlari uchun ham 
katta  o‘rnak  bo’la  oladi.  Maqolada  sharq  va  g‘arb  olimlari  tomonidan  Robiyatul 
Adaviya,  Fotima  (Samarqandiy),  Hadichai  Munajjima  kabi  faqiha,  olimalar  haqida 
ko‘plab izlanishlar olib borilgani bayon etilgan.  


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

163

ILM YOG’DUSI

Jumabekova Zilola Saitmurod qizi

O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi

“Islomshunoslik” ta’lim yo`nalishi 1-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar: Mirodil Xaydarov

O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi

“Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedarasi dotsenti, (PhD)

Annotatsiya:

Ushbu maqolada islom olamidagi faqiha, olima ayollarning

hayoti, ulaning ibratli ilm yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, zamonamiz ayol qizlarining
go‘zal hayoti uchun namuna va ibratli misollar keltirilgan. Maqolada keltililgan faqiha,
olima ayollar nafaqat muslima ayollar uchun, balki butun jamiyat insonlari uchun ham
katta o‘rnak bo’la oladi. Maqolada sharq va g‘arb olimlari tomonidan Robiyatul
Adaviya, Fotima (Samarqandiy), Hadichai Munajjima kabi faqiha, olimalar haqida
ko‘plab izlanishlar olib borilgani bayon etilgan.

Kalit so‘zlari:

faqiha, olima, zuhd, avliyo, odob, taqvo, mo‘jiza, so‘fiy, ibrat,


Ayollar masalalari hozirgi kunda juda nozik masalaga aylanib bormoqda,

shunday ekan bu faqiha, olima ayollarni ularga misol tariqasida ko‘rsatishimiz kerak
deb o‘layman. Negaki, hozir zamon tezlik bilan rivojlanayaptiki, hatto mayda maishiy
texnikalar biz ayollarning ishlarini osonlashtirmoqda, bundan ko‘p ayol-qizlar unumli
foydalanishi lozim. Yani ko‘p vaqtini befoyda narsalarga emas, balki uyida sahifa
ochilmagan kitoblarga qarasa o‘zi va atrofdagilar uchun manfaatliroq bo‘ladi, shu bilan
birga o’zidan katta-kichik (farzandi, jiyani, aka-uka, bobo-buvi) lar ko‘rib ularning
ham kitobga bo’lgan qiziqishini ortiradi. Eng asosiysi ma’naviy hordiq oladi, fikralsh
doirasi kengayadi va keng mushohadali bo’ladi.

Hozirgi kunda ayol-qizlarning ta’lim olishiga keng imkoniyatlar yaratilmoqda

va xususan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bu masalalar bo‘yicha katta
tashabbuslar bilan chiqmoqdalar. Masalan, magistratura bosqichida o’qishni istagan
ayol-qizlarga to‘lov shartnomasi davlat tomonidan to‘lab berilmoqda.

Bu kabi e’tibor Payg‘ambarimiz a.s. qoldirgan hadislarda kelgan ayollarga

hurmat va ehtirom ila munosabatda bo‘lishning yorqin ifodasidir. Islomda ayolga
qo‘pol so‘zlanmaydi, ularga qo‘l ko‘tarilmaydi. Bunga misol qilib Payg‘ambarimiz
a.s.ning ahli baytlariga bo‘lgan munosabatlari misol bo‘ladi. Islomda ayollar jamiyat
va boshqaruv sohasida o‘zlarininig ilmlari va maslahatlari bilan ham katta iz
qoldirganlar.

Robiyatul Adaviya, islom olamidagi ilk valiy ayol, uning zuhdi Allohga bo‘lgan

taqvosi, nafaqat Basra ahli balki, butun Iroq, Xijoz o‘lkasi ham uning zohidligidan


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

164

o‘rnak oladi.

Bu olimadan oldin ham valiy olima ayollar o‘tgan, ammo, Alloh

qaysidir bandasini pana qilsa, qaysidir bandasini odamlar uchun sevimli qilib
qo‘yar ekan.

1

Sakson yoshdan ziyod umr ko‘rgan bo‘lsalar ham, umrining oxirigacha

faqat Allohga qulligini izhor qilish bilan vaqt o‘tkazdi. Hamma ayollar onalik baxtini
his qilish, farzandini tarbiyalash orzusi bilan yashasa, Robiyatul Adaviya esa
yoshligidan boshlab avliyolar bilan birga bo‘lishni istadi. Xazrati Robiyadan so‘ng u
erishgan maqomga hech bir ayol yetisha olmadi. Basra ahlining barcha buyuk dindor
ayollari uning atrofida parvona bo‘lib ilm olish niyatida edi, Abada bint Shavvol uning
jonajon hamrohiga aylandi, nima bo‘lsa hamki undan ajralmaslik ilojini qilar edi.
Yoshlik davri qiyinchilik va qashshoqlikda yashagan bo‘lsada, umuman Alloh man
etgan ishlarni qilmadi. Robiya oilada to‘rtinchi qiz farzand bo‘lib undan oldin uch
opasi bor edi. Otasining o‘g‘il ko’rish istagi bor edi, ammo, uni ko‘ngliga tugub qo‘ydi.
Shunda Payg‘ambarimizdan kelgan hadisni sokinlik ila o‘qir va o‘ziga tasalli berar edi:

Kimniki uch qizi bo‘lsa uni sabr ila o‘stirsa, topganidan ularni kiyintirsa ular

uning uchun do‘zaxdan parda bo‘ladi

2

.

Robiya ismining ma’nosi to‘rtinchi degan ma’noda keladi, to‘rt soni turli xil

hodisalar bilan bog‘liq. Masalan, insonning to‘rt davri: chaqaloqlik, yoshlik, o‘rta
yoshlik va qarilik. To‘rt jannat ayoli va to‘rt buyuk xalifa. Robiya esa to‘rtinchi
farzand. Robiya tug‘ilgan kezlar otasi tush ko‘radi, tushida: “G‘am chekma Ismoil”-
debdilar, yangi tug‘ilgan qizing ulg‘ayib ulug‘ ayol bo’ladi, ummatimdan o‘n ming
kishi uning shafoatini kutadi, degan nido bo‘ladi. Robiyada otasiga bo‘lgan mehr
kuchli edi, otasi betoblik paytida qizlari uni tuzalib ketishidan umid qilib duoga
qo‘llarini ochar edi. Bir kuni otasi Robiyani oldiga chaqirib: “Haromga mayl
bildirmanglar,, deb oxirgi gapini tugatdi.

Hamma qizlar uchun otalari bir qahramon siymosida edi, har bir qiz otasiga

shunday bir g‘urur ko‘zi bilan qaraydiki, undan oldin hech bir ayol otasiga bunday
nazar solmagan bo‘ladi. Robiyaning mehri ham shulardanda ziyoda edi. Otasidan so‘ng
sal o‘tmay onasi ham vafot topadi. Boshiga og‘ir kunlar kela boshladi, bir tarafdan
yo‘qchilik bo‘lsa bir tarafdan yetimlik. Ular haqiqatdan ham Allohga omonat qolgan
edi. Robiya opalari bilan non topish maqsadida ko‘chaga chiqadilar va topa
olishmaydilar, so‘ng oldilariga 3-4 kishi kelib ularni bir biridan ajratishadi va qullikkka
sotib yuboradi. Qullikda esa boshiga og‘ir kulfatlar solgan xojasi uni tinimsiz qiynardi,
Allohning mo‘jizasi ila xojasi uni ozod qiladi, so‘ng cho‘lda sargardonlik kunlar
boshlanadi.

Hasan Basriy haqida so‘z boshlar ekanmiz ,Robiya Adaviyaning birinchi ustozi.

U kishiga Umar r.a Xasan “go‘zal” degan ismni beradi. Robiya esa dastlabki ilmlarni
shu kishidan oladi. Qiyinchilik bilan haj safariga bordilar. Shunda bir tush ko‘radi:

1

Sa’diya Erol Aykoch. “Men Robiya” Misbah nashriyoti, 2023.244-b, 18-B

2

Imom Buxoriy “sahih al-Buxoriy” Qomuslar bosh tahririyati, 1991


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

165

Payg‘ambarimiz tushlariga kirib, “Ey Robiya, meni yaxshi ko‘rasanmi? sizni kim
sevmaydi Rasululloh, to‘g‘ri aytding. Ey Robiya, Robbisini sevgan meni sevadi”
dedilar. Bu voqeani ko‘plab odamlar ozru qilishadi ammo, Alloh xoxlagan kishini
bunday baxt bilan o‘ziga suyukli qiladi. Robiyaning Allohga bo‘lgan ishqi shunchalar
ediki, hatto butun koinotni yodirar edi. Tazkirot-ul avliyo kitobida Robiya Adviya
o‘sha davrning shayx va olimlari bilan bo‘lgan suxbatlari keltiriladi. Masalan: “

Alloh

bandalaridan qaysi ishdan rozi bo‘ladi?”-“Shunda dedi- berganiga shukur qilsa,
balosiga sabr qilsa, boshiga tushgan har bir ishni yaxshi-yomon ishni
Yaratgandan deb bilasa, Alloh xushnud bo‘lgay, deya javob berdi. Alloh
aytadi:Kim ehson qilsa ehsonning biriga o‘n beraman!”

3

Allohni kim do‘st tutsa

,dildan sevsa, u bandasini aldamaydi, deya ta’kidlaydi.

Hozirgi kunda bu ayollar haqida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi yetakchi ilmiy

xodimi filologiya fanlar nomzodi Burobiya Rajabova “Alisher Navoiyning, Nasoyim
ul muhabbat ” kitobida keltirilgan 35 nafar taniqli va ilmli ayollarning ichidan eng
mashhurlari: Bibichai Munajjima va Robiyatul Adaviya haqida ilmiy tadqiqotlar olib
borgan va o‘zning yozgan maqollarida buning o‘z aksini topishi mumkin, va bizdek
o‘quvchi yoshlarga ular haqida bizga kerakli ma’lumotlarni yetkazib berishda katta
hissa qo‘shgan.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, Robiya Adaviya islom ummatida o‘tkan
buyuk so‘fiy ayollar qatoriga kiradi, u Allohaga bo‘lgan muhabbatini hamma narsadan
ustun qo‘yadi, bu esa keltirib o‘tkan misollarimni yorqin dalili. Bu olima nafaqat
o‘zbek yozuvchilari tomonidan e’tirof etilmoqda balki turk va boshqa O‘rta Osiyo
xalqlari tomonidan hayoti haqida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Asosan Alisher
Navoiyning ikki yirik asarlarda Nasoyim ul muhabbat va Hayrat ul abror dostonlarida
uning shariat yo‘lida qanday yo‘l tutgan va xalqa qanday o‘rnak bo‘lgani haqida bayon
etilgan. Hozirgi kunda bu ikki ayolning tutgan yo‘li barcha muslimalar uchun o‘rnak
bo‘la oladi. Ular ustida ilmiy ishlar qilinmoqda va ularning qilgan amallari
yoshlarining tarbiyaviy ahamiyatiga ta’sir qiladi degan umiddaman, hatto ota-onalar
ham bu ma’lumotlardan o‘zlari uchun ko‘nikmalar shakillantiradi deb o‘ylayman.
Muhtarrama ayol-qizlarimizga shuni aytish joizki, shu ayollar singari tarixda qolishlari
uchun ularga, sabr va toqat, chiroyli muomala, ularda uchragan tirishqoqlikni
o‘zimizga go‘zal o‘rnak sifatida olsak bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Alisher Navoiy. “Nasoyim ul-Muhabbat” (3-qism), 96-b

2. Sa’diya Erol Aykoch. “Men Robiya” Misbah nashriyoti, 2023, 244-b
3. Imom Buxoriy “sahih al-Buxoriy” Qomuslar bosh tahririyati, 1991
4. Farididdin Attor “Tazkirot ul-avliyo” (nashri yo’q)
5.

https://www.iqbol.uz

(rasmiy sayt 03.04.2025)

3

https://www.iqbol.uz

(rasmiy sayt,03.04.2025)

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

Alisher Navoiy. “Nasoyim ul-Muhabbat” (3-qism), 96-b

Sa’diya Erol Aykoch. “Men Robiya” Misbah nashriyoti, 2023, 244-b

Imom Buxoriy “sahih al-Buxoriy” Qomuslar bosh tahririyati, 1991

Farididdin Attor “Tazkirot ul-avliyo” (nashri yo’q)

https://www.iqbol.uz (rasmiy sayt 03.04.2025)