Mualliflar

  • R.O.Atoyeva
  • Y.A.Abdug‘aniyeva
  • A.A.Komilova
  • Sh.I.Ibotova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95514

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: moshning “AVMU” navlari “Zilola” “Marjona” navlari poyaning o‘sish dinamikasi

Annotasiya

Annotatsiya: Mazkur maqolada turli xil mosh navlaridan “AVMU” ning 15 xil 
navi  hamda  “Zilola”  va  “Marjona”  navlarining  turli  xil  vegetatsiya  davrlar(  uch 
bargchalik,  g‘unchalash,  gullash,  pishish)da  poyaning  o‘sish  dinamikasi  o‘rganildi. 
Natijada,  tajriba  tizimiga  muvofiq  ravishda  eng  ijobiy  natija16-variantda  hamda 
“AVMU” ning 15 xil navlari orasidan 11-variantda kuzatilganligi aniqlandi.  


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

146

УДК:

632.9

.

TURLI XIL MOSH NAVLARIDA POYANING O‘SISH DINAMIKASI

R.O.Atoyeva

1

, Y.A.Abdug‘aniyeva

2

, A.A.Komilova

2

, Sh.I.Ibotova

2

1

Buxoro davlat universiteti,

2

Buxoro davlat universiteti magistr

Annotatsiya:

Mazkur maqolada turli xil mosh navlaridan “AVMU” ning 15 xil

navi hamda “Zilola” va “Marjona” navlarining turli xil vegetatsiya davrlar( uch
bargchalik, g‘unchalash, gullash, pishish)da poyaning o‘sish dinamikasi o‘rganildi.
Natijada, tajriba tizimiga muvofiq ravishda eng ijobiy natija16-variantda hamda
“AVMU” ning 15 xil navlari orasidan 11-variantda kuzatilganligi aniqlandi.

Kalit so‘zlar:

moshning “AVMU” navlari, “Zilola”, “Marjona” navlari,

poyaning o‘sish dinamikasi

Bugungi kunda progressiv ravishda ortib borayotgan dunyo aholisini sifatli oziq-

ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash global miqyosidagi masalalardan biri sanaladi.
So‘nggi yillarda, iqlim o‘zgarishi sababali butun dunyoda hosildorlik pasayishi
kuzatilmoqda. Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik tashkilotining olib borilgan statistik
tahlilariga ko‘ra, keyingi o‘n yillikda oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab ishlab
chiqarish darajasidan yuqori bo‘lishi ma’lum qilingan. qishloq xo‘jalik ekinlari orasida
turli xil navlar ichidan ertapishar, yuqori hosildorlikka ega bo‘lganlarini tanlab olish
va tavsiya etish dolzarb masalalardan biri sanaladi. Shu maqsadda, moshning 17 xil
navlari ichida tadqiqot ishlari olib borildi.

Mosh tarkibida oqsilning ko’pligi, vitamin va minerallarga boyligi, hamda

tezpisharligi bilan boshqa donli o’simliklardan ajralib turadi [1]. Shuningdek, mosh
oson hazm boʻladi, unidan makaron, undurilgan donidan salat tayyorlanadi. Ko‘k
massasi chorvachilikda toʻyimli ozuqa, poyasidan esa silos bostirishda foydalaniladi
[2 ].

Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakultetining

tajraba uchaskasida mosh navlarining turli fenofazalarida poyaning o‘sish
dinamikasini aniqlash maqsadida, 2023-2024 yillar davomida tadqiqot ishlari olib
borildi hamda turli xil mosh navlari ichidan poyaning o‘sish dinamikasi bo‘yicha eng
yuqori bo‘lgan navlar aniqlab olindi. Tajriba tizimiga ko‘ra, Buxoroning o‘tloqi -
allyuvial tuproq iqlim sharoitida moshning 15 xil AVMU, Zilola hamda Marjona
navlari dala sharoitida ekildi. Bunda 17 xil mosh navlari uch qaytariqda, egatlar ustida
ekildi hamda har oyning boshida fenologik - morfologik kuzatuv va tahlil ishlari olib
borildi [3]. Kuzatuv va tahlil ishlari har oyning beshinchi kunida moshning barcha
variantlar kesimida, turli fenofazalarida ya’ni uch bargchalik, g‘unchalash, gullash va
dukkaklash davrlarida olib borildi. Natijada, tajriba tizimiga muvofiq, 17 xil mosh


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

147

navlarining turli xil fenofazalarida poyaning uzunligi turli xil ko‘rsatkichlarni
namoyon etishi aniqlandi (1 jadval).

1-jadval

Turli xil mosh navlarida poyaning o’sish dinamikasi (2023-2024 yy.)

Mosh navlari

Moshning vegetatsion davrlari poyaning uzunligi sm hisobida

Uch bargchalik

G‘unchalash

Gullash

Dukkaklash

1

AVMU 1676

6,1

16,7

49,0

64,7

2

AVMU 1677

7,0

17,6

50,4

56,3

3

AVMU 1678

6,6

17,8

51,5

57,7

4

AVMU 1679

5,2

17,0

41,0

52,3

5

AVMU 1680

7,2

17,9

60,9

70,5

6

AVMU 1681

7,8

18,3

62,9

71,2

7

AVMU 1682

7,1

16,9

49,2

67,4

8

AVMU 1683

3,9

14,2

40,9

48,2

9

AVMU 1684

7,2

17,7

57,8

68,3

10 AVMU 1685

6,3

16,6

50,9

56,1

11 AVMU 2001

11,2

26,5

65,5

72,0

12 AVMU 2002

6,9

17,5

59,3

69,0

13 AVMU 2003

6,8

18,3

57,4

67,5

14 AVMU 2004

7,2

23,2

59,9

67,7

15 AVMU 2005

10,0

24,6

60,0

68,4

16 Zilola

12,6

29,5

69,9

76,9

17 Marjona

3,5

12,8

34,5

44,5

Olib borilgan ikki yillik tadqiqot natijalariga ko‘ra, moshning uch bargchalik

davrida, tajriba tizimiga muvofiq, birinchi variantdan o‘n yettinchi variantgacha
poyaning uzunligi 3,5 smdan - 12,6 sm oralig‘dagi natijalarni qayd etdi. Shuningdek,
AVMU navlarida poyaning uzunligi tajriba tizimiga muvofiq ravishda: 6,1; 7,0; 6,6;
5,2; 7,2; 7,8; 7,1; 3,9; 7,2; 6,3; 11,2; 6,9; 6,8; 7,2; 10,0 smlardagi natijalarni qayd etdi.
Mazkur mosh o’simligining fenofazasida AVMU navlari ichida eng yuqori natija 2001
navida 11,2 sm va eng past natija esa 1683 navida 3,9 sm kuzatilishi aniqlandi.
Shuningdek, mazkur barcha variantlar kesimida tahlil olib borilganda, eng yuqori natija
Zilola navida 12,6 sm va eng past natija Marjona navida 3,5 sm kuzatilishi aniqlandi.

Moshning g‘unchalash davrida poyaning o‘sish dinamikasi bo‘yicha olib

borilgan tadqiqot natijalari tahlil qilinganda, tajriba tizimiga muvofiq ravishda
AVMUning 1676 navidan 2005 navigacha bo‘lgan variantlarda poyaning uzunligi mos
ravishda: 16,7; 17,6; 17,8; 17,0; 17,9; 18,3; 16,9; 14,2; 17,7; 16,6; 26,5; 17,5; 18,3;
23,2; 24,6 smlardagi natijalar qayd etildi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

148

Gullash fenofazasida olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, eng ijobiy natija

16; 11 hamda 6; 5 variantlarda kuzatilib, eng past natija 8 hamda 17 variantlarda
kuzatildi. Mosh o’simligida boshqa bir qator o’simliklar singari poyaning baland
bo‘lishi hosil shoxlari va undagi hosil elementlar sonining ortishiga olib kelganligi
bois, tajribamizda poyaning o’sish dinamikasi yuqori bo‘lgan navlarda hosil salmog‘i
qolgan variantlarga nisbatan yuqori bo‘lishi aniqlandi [4].

Mosh o‘simligi vegetatsiya davrining oxirida tahlil ishlari olib borilganda,

AVMU navlariga nisbatan Zilola navida eng yuqori ko‘rsatkichni tashkil etib, eng
yuqori natijani qayd etgan AVMU naviga nisbatan 4,9 sm yuqori bo‘lishi aniqlandi.
Shuningdek, Mosh poyasida o‘sish dinamikaning yuqori bo‘lishi, hosil yaruslarining
ko‘proq hosil bo‘lishiga, natijada hosildorlik miqdorining ortishiga olib keladi.

Xulosa qilib aytganda, mosh o‘simligi geliofitlar o’simlik guruhiga mansub

bo‘lib, quyosh nuri yerga tik tushgan davrda yaxshi o‘sadi. Shuning uchun, Buxoro
viloyati tuproq-iqlim sharoitida mazkur o’simlikdan sug‘orish me’yorlariga rioya
qilish hamda tuproq unumdorligini ta’minlash orqali yuqori hosildorlikka erishish
mumkin. Turli navli mosh o‘simligining turli fenofazalarida (3-4 chinbarg,
g‘unchaalash va gullash hamda vegetatsiya oxirida) poyaning o’sish dinamikasi
o‘rganilganda, tajriba tizimiga muvofiq to‘rtala vegetatsion davrlar bo‘yicha eng ijobiy
natija 16; 11; 6 va 5 variantlarda hamda eng past natija 8 hamda 17 variantlarda ekanligi
aniqlandi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Mavlyanova R.F., Sulaymonov B.A., Boltayev B.S., Mansurov X.G., Kenjabayev

Sh.M. Mosh yetishtirish texnologiyasi (Tavsiyanoma) // Toshkent – 2018. 2-4 b.

2.

Atabayeva X.N., Idrisov X.A. Mosh yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish //

Monografiya. – Farg‘ona: 2021. 56-73 b.

3.

Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari – Toshkent: 2007. 12 - 143 b.

4.

G‘oziyeva G., Atoyeva R.O., Qozoqova D. Fitovak immunostimulyatorining mosh

poyasining o‘sish dinamikasiga ta’siri. O‘zbekiston agrar fani xabarnomasi. № 2 (8)
2023.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Mavlyanova R.F., Sulaymonov B.A., Boltayev B.S., Mansurov X.G., Kenjabayev

Sh.M. Mosh yetishtirish texnologiyasi (Tavsiyanoma) // Toshkent – 2018. 2-4 b.

Atabayeva X.N., Idrisov X.A. Mosh yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish //

Monografiya. – Farg‘ona: 2021. 56-73 b.

Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari – Toshkent: 2007. 12 - 143 b.

G‘oziyeva G., Atoyeva R.O., Qozoqova D. Fitovak immunostimulyatorining mosh

poyasining o‘sish dinamikasiga ta’siri. O‘zbekiston agrar fani xabarnomasi. № 2 (8)