Mualliflar

  • Xamroqulova Guluzro Dilmurodovna
  • Karimova Dilobod Halimovna
  • Ergasheva Muslima Omonjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95517

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: To‘nyuquq bitikdoshi O'rxon-Unasoy yozma yodgorliklari qadimgi turkiy til siyosiy tarix falsafa va madaniyat turk xalqlari tarixiy ahamiyat yodgorliklar qadimgi turk davlati lingvistik tahlil

Annotasiya

Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  "To‘nyuquq"  bitikdoshi  tarixiy  yodgorlik 
sifatida  o‘rganilib,  uning  yaratilish  davri,  mazmuni,  til  xususiyatlari  va  tarixiy 
ahamiyati ilmiy tahlil qilinadi. Ushbu bitik orqali qadimgi turkiy xalqning siyosiy va 
ma’naviy tafakkuri, harbiy strategiyasi va ijtimoiy tuzilmasi haqida muhim xulosalar 
chiqariladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

302

TO’NYUQUQ BITIKDOSHINING TARIXIY AHAMIYATI

Andijon davlat pedagogika instituti filologiya fakulteti f.f.b.f.d.

Katta o’qituvchisi

Xamroqulova Guluzro Dilmurodovna

Va stajyor o’qituvchisi

Karimova Dilobod Halimovna

va o’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi talabasi

Ergasheva Muslima Omonjon qizi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada "To‘nyuquq" bitikdoshi tarixiy yodgorlik

sifatida o‘rganilib, uning yaratilish davri, mazmuni, til xususiyatlari va tarixiy
ahamiyati ilmiy tahlil qilinadi. Ushbu bitik orqali qadimgi turkiy xalqning siyosiy va
ma’naviy tafakkuri, harbiy strategiyasi va ijtimoiy tuzilmasi haqida muhim xulosalar
chiqariladi.

Анноция:

В данной статье рассматривается надпись "Тоньюкука" как

исторический памятник. Анализируются время её создания, содержание,
языковые особенности и историческое значение. Благодаря этому источнику
можно сделать важные выводы о политическом мышлении, военной стратегии и
социальной структуре древнетюркского народа.

Annotation:

This article analyzes the "Tonyukuk" inscription as a historical

monument, focusing on its creation period, content, linguistic features, and historical
significance. The study reveals essential insights into the political thought, military
strategy, and social structure of the ancient Turkic people

Kalit so‘zlar:

To‘nyuquq bitikdoshi, O'rxon-Unasoy yozma yodgorliklari,

qadimgi turkiy til, siyosiy tarix, falsafa va madaniyat, turk xalqlari, tarixiy ahamiyat,
yodgorliklar, qadimgi turk davlati, lingvistik tahlil

Ключевые слова:

Надпись Тоньюкука, Орхон-Енисейские памятники,

Древнетюркский язык, политическая история, философия и культура, тюркские
народы, историческое значение, памятники, древнетюркское государство,
лингвистический анализ

Keywords:

Tonyukuk inscription, Orkhon-Yenisey monuments, Old Turkic

language, political history, philosophy and culture, turkic peoples, historical
significance, monuments, ancient Turkic state, linguistic analysis


Turkiy xalqlarning qadimiy yozma yodgorliklari orasida "To‘nyuquq

bitikdoshi" alohida o‘rin tutadi. Bu bitik Markaziy Osiyo tarixini, qadimgi
turkiylarning ijtimoiy-siyosiy hayotini va dunyoqarashini o‘rganishda muhim manba


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

303

hisoblanadi. Ushbu maqolada To‘nyuquq bitikdoshi yaratilgan tarixiy sharoit, uning
mazmun-mohiyati va ilmiy jihatlari tahlil qilinadi

1

.

Bitikdoshlikning yaratilish tarixi
To‘nyuquq bitikdoshi VIII asrda, ya’ni Qadimgi Turk xoqonligi davrida

yaratilgan. Ushbu yozuv hozirgi Mo‘g‘uliston hududidagi Orxon daryosi bo‘yida
topilgan. U toshga o‘yib yozilgan bo‘lib, qadimgi turkiy run yozuvida bitilgan. Bitikda
voqealar ishtirokchisi bo‘lgan To‘nyuquq shaxsan o‘z hayoti va faoliyati haqida hikoya
qiladi. Bu esa uni nafaqat tarixiy, balki avtobiografik ahamiyatga ega yodgorlikka
aylantiradi.

To‘nyuquq – davlat arbobi va sarkarda
To‘nyuquq – turkiy xalqlar tarixida muhim shaxs. U Ikkinchi Turk

xoqonligining nufuzli maslahatchisi, sarkarda va donishmandi bo‘lgan. Bitikda u
o‘zining Bilga xoqon va Kultegin bilan birga yuritgan siyosiy-ijtimoiy faoliyatini,
urushlarda erishgan g‘alabalarini hikoya qiladi. Uning davlat boshqaruvidagi roli va
donoligi Turk davlatchiligi tarixida muhim iz qoldirgan.

2

Bitikdoshlik mazmuni va tili
To‘nyuquq bitikdoshi mazmunan juda boy. Unda turk xalqining boshdan

kechirgan qiyinchiliklari, ichki va tashqi dushmanlarga qarshi kurashi, urush
strategiyalari, xalqni uyg‘otish va birlashtirish yo‘lidagi sa’y-harakatlar yoritilgan. Til
jihatidan qaralganda, bitik qadimgi turkiy tilning yorqin namunasi hisoblanadi. Uning
sintaksisi, leksikasi va uslubiy vositalari zamonaviy turkiy tillar rivojiga ta’sir
ko‘rsatgan.

Ilmiy tadqiqotlar va bugungi ahamiyati
To‘nyuquq bitikdoshi ustida ko‘plab olimlar tomonidan tadqiqotlar olib

borilgan. Ayniqsa, V. Tomsen, S. Malov, A. M. Shcherbak kabi tadqiqotchilar uni
o‘rganishda muhim hissa qo‘shganlar.

3

Hozirgi kunda bu bitik faqat tarixchilar emas,

balki tilshunoslar, madaniyatshunoslar va antropologlar uchun ham muhim manba
hisoblanadi. Undagi qadimiy turk madaniyati, urf-odatlari, diniy qarashlari haqida
ma’lumotlar mavjud.

Bitikdoshning yaratilish tarixi va arxitekturasi
"To'nyuquq" bitikdoshi 712-716-yillar oralig'ida, To'nyuquqning o'zi tomonidan

yozdirilgan. U marmar toshga o'yib yozilgan bo'lib, 62 satrdan iborat. Bitik ikki to'rt
qirrali tosh ustunga yozilgan bo'lib, janubiy ustun balandligi 170 cm, shimoliy ustun
esa 160 cm. Ulan-Bator shahridan 66 km janubi-sharqda joylashgan

To'nyuquqning shaxsi va faoliyati

1

1. Tomsen V. Orxon yozuvlari haqida. Sankt-Peterburg, 1893

2

2. Nauchniyimpuls.ru. “Историко-лингвистический анализ надписи Тоньюкука”, 2023

3

3. Fayllar.org. Erkinov M., Mirzayev B. “To‘nyuquq yodgorligining o‘rni va ahamiyati”, 2023.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

304

To'nyuquq taxminan 645-726-yillar oralig'ida yashagan. U Eltarish xoqonning

maslahatchisi va sarkardasi bo'lib, Ikkinchi Turk xoqonligining shakllanishi va
yukshalishida muhim rol o'ynagan. Bitikda To'nyuquq o'zining harbiy yurishlari,
siyosiy qarorlari va xalqni boshqarishdagi donoligi haqida hikoya qilinadi.

4

Falsafiy va ma'naviy asoslar
Bitikda To'nququq o'zining xalqiga bo'lgan sadoqati, vatanparvarligi va

donoligini namoyon etadi. Uning so'zlari orqali turk xalqining o'zlik anglash jarayoni,
milliy birlik va mustaqillikka intilishi aks etadi. Bu jihatlar bitikni nafaqat tarixiy, balki
falsafiy va ma'naviy jihatdan ham muhim yodgorlikka aylantiradi.

"To'nyuquq" bitikdoshi ustida ko'plab olimlar tadqiqot va izlanish olim

borganlar. V.Tomsen, V.V.Radlov, P.M. Melioranskiy kabi tadqiqotchilar bitikni
o'qish, tarjima qilish va tahlil qilish orqali uning tarixiy ahamiyatini ochib berganlar.
Bugungi kunda bu bitik faqat tarixchilar emas, balki tilshunoslar, madaniyatshunoslar
va antropologlar uchun ham muhim manba hisoblanadi.

To‘nyuquq bitikdoshi – bu faqatgina toshga bitilgan yozuv emas, balki bir

xalqning tarixiy xotirasi, tafakkuri va orzularining timsolidir. U turkiy xalqlarning
buyuk o‘tmishi, jipsligi va o‘zlik anglash jarayonidagi muhim qadamlardan biridir.
Uning o‘rganilishi bizga o‘z tariximizga chuqurroq nazar tashlash, ajdodlarimizning
donoligidan saboq olish imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Томсен В. Надписи Орхона. СПб., 1893.
2. Радлов В.В. Опыт словаря тюркских наречий. СПб., 1899.
3. Мелиоранский П.М. Памятники древнетюркской письменности. Казань, 1900.
4. Erdal M. A Grammar of Old Turkic Brill Academic Publishers, 2004.
5. Kononov A.N. Grammatika sovremennogo turetskogo yazyka. M.: Nauka, 1959.
6. Openidea.uz. "To‘nyuquq bitikdoshi – tarixiy va lingvistik tahlil", 2022-yil.
7. Nauchniyimpuls.ru. "Историко-лингвистический анализ надписи Тоньюкука",
2023-yil.
8. Uz.wikipedia.org – To‘nyuquq bitikdoshi maqolasi.
9. Fayllar.org – Erkinov M., Mirzayev B. “To‘nyuquq yodgorligining o‘rni va
ahamiyati”.

4

4. Openidea.uz. “To‘nyuquq bitikdoshi – tarixiy va lingvistik tahlil”,Aaa

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

Томсен В. Надписи Орхона. СПб., 1893.

Радлов В.В. Опыт словаря тюркских наречий. СПб., 1899.

Мелиоранский П.М. Памятники древнетюркской письменности. Казань, 1900.

Erdal M. A Grammar of Old Turkic Brill Academic Publishers, 2004.

Kononov A.N. Grammatika sovremennogo turetskogo yazyka. M.: Nauka, 1959.

Openidea.uz. "To‘nyuquq bitikdoshi – tarixiy va lingvistik tahlil", 2022-yil.

Nauchniyimpuls.ru. "Историко-лингвистический анализ надписи Тоньюкука",

-yil.

Uz.wikipedia.org – To‘nyuquq bitikdoshi maqolasi.

Fayllar.org – Erkinov M., Mirzayev B. “To‘nyuquq yodgorligining o‘rni va

ahamiyati”.