Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_3-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
277
BUXORO XONLIGIDA, XAYRLI KASALLIK NOMINI OLGAN “RISHTA”
VA UNGA SABAB BO’LGAN OMILLAR HAQIDA
Bayramova Nodira
BuxDu Arxelogiya va Buxoro tarix kafedrasi,
“Tarixshunoslik va manbashunoslik” yo’nalishi birinchi bosqich magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Buxoro xonligida “xayrli kasallik” nomi bilan
tanilgan “Rishta” kasalligi va uning tarqalish sabablari tahlil qilingan. Muallif tarixiy
manbalar va xorijiy sayohatchilar — J.Volff, A.Vamberi kabi mualliflarning asarlariga
tayangan holda, bu kasallikning tarixi va Buxoro jamiyatidagi o‘rni haqida fikr yuritadi.
Rishta kasalligi, asosan, gigiyenik sharoitlarning yetarli emasligi, xususan, yozda suv
havzalarida hosil bo‘ladigan gijjalar orqali tarqalgan. Kasallik belgilari, inson
tanasidagi o‘ziga xos harakatlar va davolash usullari haqida ham izohlar berilgan.
Tadqiqotdan ko‘rinadiki, bu kasallik suv resurslari bilan bog‘liq bo‘lib, o‘sha davrdagi
ijtimoiy va sog‘liqni saqlash sharoitlarini yoritib beradi.
Аннотация:
В данной статье рассматривается болезнь «Ришта», известная
в Бухарском ханстве как «благословенная болезнь», а также причины её
распространения. Автор, опираясь на исторические источники и труды
зарубежных путешественников, таких как Дж. Вольфф и А. Вамбери,
анализирует историю болезни и её место в обществе Бухары. Болезнь ришта в
основном была связана с недостаточными санитарными условиями, особенно в
летний период, когда в водоёмах появлялись паразиты. Также описаны
симптомы заболевания, особенности поведения паразита в теле человека и
методы лечения. Исследование показывает, что распространение ришты
напрямую связано с водными ресурсами и отражает состояние социальной и
медицинской среды того
Annotation:
This article explores the disease known as "Rishta," referred to as
a "blessed illness" in the Bukhara Khanate, and the factors that contributed to its spread.
The author analyzes historical sources and the works of foreign travelers such as J.
Wolff and A. Vambery to examine the history of the disease and its role in Bukhara
society. Rishta was primarily associated with poor hygiene conditions, particularly in
the summer, when parasites would develop in water reservoirs. The article also
describes the symptoms of the disease, the parasite's behavior within the human div,
and treatment methods. The research highlights that the spread of Rishta was directly
linked to water resources and reflects the state of social and medical conditions of that
era.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_3-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
278
Krish.
Buxoro- biz bilamizki,O'zbekistonning ilm-marifat va tarixiy madaniy
yodgorliklari kop joylashgan makondir. Tarixiy davrlardan ham Buxoro o'ziga xosligi,
turmush tarzi bilan boshqa o'lkalardan ajralib turganligi barchamizga ma'lum. Shu kabi
masalalarni biz ingliz zabon yozuvchilar va osha davrda olkamizga sayohat qilgan
sayyohlarni asarlarida ko'rishimiz mumkin.Shular qatorida Josep Volff, A.Vamberi
kabi sayyohlarning asarlari mamlakatimiz tarixi uchun qimmatli manba hisoblanadi
.Misol tariqasida J.Volffning ,,Narratives of a mission to Bokhara" va A.Vamberyning
,,Travels to Central Asia’’ asarlarini keltirishimiz mumkin va shuni takidlash joizki
ushbu asarlarda Buxoroning ijtimoiy-madaniy hayoti va turmush tarziga oid tarixiy
qiymatga ega bo’lgan ma’lumotlarni ko’rishimiz mumkin.
Ushbu asarlarni tahlil qilarkanmiz, o’sha davrdagi boshqa turdagi kasalliklardan
farq qiladigan ,,Rishta’’ deb nomlangan bedavo kasallikni keng tarqalganligi va asosan
iste’mol suvidan kelib chiqishi haqida bazi bir fikrlarga duch kelishimiz mumkin.
Ushbu kasallikda odamlarning tizzasidan xuddi ipga o’xshash va yo’g’onligi taxminan
1mm dan 3mm gacha bo’ladigan qurt chiqgan hamda bu kasallik tufayli odamlar
oqsoqlanib yurishga majbur bo'lgan.[pp.238].Bu kasalga duchor bo’lganlar bir necha
oylab to’shakda yotar,ba’zan oqsab,oyoqsiz bo’lib so’ng tuzalardi.Rishta kasalligini
sababini ko’pchilik Buxoro hovuzlaridagi suv deb bilganlar.
Haqiqatdan ham yozda hovuzlar gijjaga to’lardi,ushbu gijjalar qizil rangli
xalqasimon va ba’zan uzun uzun kichik qurtlar bo’lib ko’zga tashlanardi.Bazilar o’sha
paytlarda suvni dokadan o’tkazib ichardi,lekin baribir kasallikni oldini olishga yordam
bermasdi.Tadqiqotlarga ko’ra,kimning mijozi rishtaga moyil bo’lsa va yozda Buxoro
hovuzlaridan suv ichgan bo’lsa kelasi yil bahorda rishta chiqarardi.Bu qurt dastlab
odam belining yuqori qismida ,ko’pincha ko’krak va uning atrofida harakatga
keladi.Ammo bu davrda terinining tagida biron narsa borligi sezilmagan, qo’l bilan
paypaslaganda bilinmagan.U kishi belidan pastroq tushganida uning qimirlashi
tezlashib harakati belgiliroq bo’lardi.Lekin rishtaning qorin, kindik atrofida teri ostidan
chiqishi kam uchrardi.Agar bu qismida rishta nish urib chiqsa,uni tortib olish juda oson
kechgan.Qo’shimcha qilib aytish kerakki, to’piq ustida va uning atrofida rishta chiqsa,
kishining avoli og’rlashgan va kuchli istma bilan kurashishga majbur
bo’lgan.Rishtaning yana bir qiziq xususiyatlaridan birini aytadigan bo’lsak,rishta
kasalligi havo sovuganda tinchlangan va kelasi yil bahorda yana qimirlab harakatga
tushgan.
Bu davrda Buxoro xalqini deyarli yarmi rishta bilan kasallanganlar va bu
kasallikdan odamlar judayam aziyat chekishgan.Rishta mavsumida Peterburg va
Moskvadan ketma-ket bir qancha mikrobshunos olimlar kasallik haqida ilmiy
izlanishlar olib borish uchun kelishgan.Ular rishtakash sartaroshlardan yangigina tortib
olingan rishtalarni olib o’z labarotoriyalarida tahlil qilib ko’rishgan va bu
tadqiqotlarning natijasi aholiga ma’lum qilinmagan.Kishida rishta chiqqanida faqat
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_3-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
279
malakali sartaroshlargina uni tanadan chiqarib olishga muvofiq bo’lishgan .Lekin
soddadil odamlardan foydalangan bazi firibgarlar cho’ntaklarini to’ldirardilar,ayniqsa
chetdan kelgan savdogar,choyfurushlar o’zlarini tabib qilib ko’rsatib Buxoro aholisini
talardilar.Bundan tashqari Buxoroning o’zida istiqomat qiluchi duoxon va tabiblar ham
davo izlab borgan odamlarning hech qanday samara bermaydigan usullari va yaraga
duo o’qib qo’yishlari bilan aldab pullarini olishardi.
Bu davrda yashab xatto o’zining boshidan o’tkazgan, ya’ni ushbu dardga
chalinib aziyat chekkan Sadriddin Ayniy o’zining asarida ham rishtaning davolash
usullari va uning o’ziga xos xususiyatlari haqida bir qator ma’lumotlar berib
o’tgan.Sadriddin Ayniy aytadiki,rishtaning suyuqligi qonga aralashsa ispara paydo
bo’ladi.Uning qichishishi chidab bo’lmas darajada bo’lgan va dardning birinchi davosi
qashimaslikdir.Qichimani pasaytiradigan ikkinchi davo yog’ surtirishdir. Ko’pincha
shamni eritib,uni yara joyga surtilgan. Qichitma xavfini yo’qotish uchun mulla Ro’zi
muazzinga attorlikdan bir necha misqol maxzar guli va baqqoldan bir kosa qatiq yoki
surma keltrishni buyirdi.Bu narsalar kelganidan so’ng maxzar gulini bir kosa qattiqa
qorishtrib menga birdaniga ichirdi va ustidan suv ichib turishimni buyirdi.[1,235.b]
Sadriddin Ayniy o’z asarida keltirganidek ,ushbu kasallikka tabiblar va tabobatdan
xabari bor kishilar tomonidan og’riqni kamaytirish uchun shifobaxsh o’simliklardan
turli damlamalar tayyorlashgan.
To’g’ri, aholining o’ziga to’q qismi yoki yuqori lavozimga ega shaxslar bu
kasallikdan qutilish uchun tabiblar ,mutaxasislarga murojat qilishgan, Lekin shuni
aytish kerakki,oddiy xalqda bu kasallik davri o’g’r kechgan,davo izlab tabobat
egalariga yuzlanish uchun qurbi yetmagan va natijada oylab to’shakda rishta kasalligi
bilan kurashishga majbur bo’lgan.Manbalarda keltirilishicha,Buxoro aholining deyarli
yarmi bu kasallikka chalinishgan. Albatta bu kasallik juda og’riqli tarzda bo’lgan
bo’lsada ,odamlarni o’ldirmagan va shu sababli rishta kasalligi xalq orasida ,,dardi
baxayr’’ya’ni ,,xayrli kasallik’’ deyilgan.
Diyorimizga sayohat qilgan A.Vambery ham Buxoroda paytidaligida ushbu
kasallikka duch kelgan.Asarida aytadiki,Buxoro havosi juda issiq edi va meni eng
tashvishga solgan narsa bu rishta bo’lib , har 10 kishidan 1 tasi kasallikdan aziyat
chekishgan.Bu kasallik oyoqda va tananing boshqa qismlarida qichish hissini paydo
qilgan. Dastalab hech qanday og’riq kuzatilmagan keyichalik esa dog’ paydo bo’lgan.
Agar qurtni olib tashlash jarayonida uzilib ketsa o’sha joyda yalig’lanish paydo
bo’lgan va bir o’ringa 6 ta qurt qaytib paydo bo’lgan.Qurt chiqarilib olingan
taqdirdayam odamlar ancha vaqt yotoqda qolishi kerak bo’lgan.Buxoroning iqlimi va
suvi juda iflos bo’lganligi ayniqsa ayollarda ko’proq ko’zga tashlangan.
Ayollar bu kabi omillar va turmush tarzi tufayli yuzlariga yaralar chiqqan va
juda xunuk ko’rinishiga sabab bo’lgan.[2,219b] Buxoro vohasi Zarafshon daryosidan
suv ichgan va bu asosiy suv manbayi hisoblangan lekin suv yetarlicha toza holatda
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_3-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
280
bo’lmagan. Daryo atrofida istiqomat qilivchi yosh-u qarilar oldin bu suvdan yuvinish
uchun va o’zining shaxsiy ehtiyojlari uchun foydalanishgan , undan so’ng sigir ,ot va
eshak kabi hayvonlarni yuvishgan va ular daryodan suv ham ichgan.[2,220.b]Ular
ketganidan keyin barcha zararli bakteriyalar suv tubiga cho’kib qolgan .Shu sababli
ham Buxoroda rishta kabi bir qator kasalliklar avj olganligini inkor qilib bo’lmaydi.
Xulosa
.Yuqorida takidlanganidek,Buxoro o’lkasida ,amirlik davrlarida rishta
deb atalmish bedavo kasallik avj olgan edi.Bedavo deyilishiga sabab uni davolash
uchun aniq bir dori-darmon yoki giyoh yoq edi .Faqatgina tabiblar tomonidan og’riqni
yengillashtirish va qichimani kamaytirish uchun bazi bir usullar qo’llaniladi.Bu
kasallikning kelib chiqish sababi hovuzlarning iste’molga yaroqsiz suvlari ekanligi
hech kimga sir bo’lmagan.Amirlar tomonida bu muammoni hal qilish uchun biron
ijobiy say-harakatlar amalga ham oshirilmagan.O’sha davrda mansab egalari xalqqa
suvni qaynatmasdan ichmasligini qattiy buyursa va bemorlarni davolash uchun moddiy
ham ma’naviy yordam berilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi .
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Sadriddin Ayniy. Esdaliklar’’.T: Toshkent 1966 b.235-237.
2.
A.Vamberiy,,Travelsin Central Asia’’, NewYork: Harper & Brothers, Publishers,
Franklin Squari. Pp.219-220.1865
3.
J.Volff ,,Narrative of a mission to Bokhara,in the years 1843-1845,to ascertain the
fate of colonel Stoddart and captain Conolly ’’ ,1845.New York: Harper
&Brothers,82 Cliff Street. pp.238