Mualliflar

  • Yuldosheva Elmira Akmal qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95528

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: obrazlilik nazm nasr qiyoslash toʻrtlik badiiy boʻyoqdorlik kulminatsiya adabiy tushuncha ijod koʻlami badiiy adabiyot tashbeh epitet tasviriylik.

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  sheʼrlardagi  falsafiy  mushohadalar,  ruhiy 
kechinmalar  badiiy  tasvir  vositalari    va  shoirning  ichki  iztiroblari  qanchalik  goʻzal 
hamda teran aks etganini tahlil qilamiz. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

252

"FAYNBERG IJODIGA YANGI NAZAR"

Yuldosheva Elmira Akmal qizi

Oʻzbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti

xorijiy til va adabiyoti 3- fakulteti talabasi

Tel: 97.670.35.99

E-mail:elmirayoldosheva4@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada sheʼrlardagi falsafiy mushohadalar, ruhiy

kechinmalar badiiy tasvir vositalari va shoirning ichki iztiroblari qanchalik goʻzal
hamda teran aks etganini tahlil qilamiz.

Kalit soʻzlar:

obrazlilik, nazm, nasr, qiyoslash, toʻrtlik, badiiy boʻyoqdorlik,

kulminatsiya, adabiy tushuncha, ijod koʻlami, badiiy adabiyot,tashbeh, epitet,
tasviriylik.


Adabiyot inson ruhining eng nozik pardalarini chertib, yurakdagi sezgilarga jilo

beradigan ilohiy san’atdir. U inson tafakkurining mahsuli, tuyg‘ularning ifodasi,
kechinmalarning so‘z vositasida jilo topgan shaklidir. Adabiyot — bu hayotning o‘ziga
xos aksidir, unda insoniyatning armonlari, quvonchlari, dardlari va umidlari mujassam.
U nafaqat inson qalbining teran qatlamlariga yetib boradigan kuch, balki jamiyatning
tarixi, madaniyati va axloqiy qiyofasini aks ettiruvchi ko‘zgudir.

She’riyat esa adabiyotning eng nozik va his-tuyg‘ularga boy janrlaridan biri

bo‘lib, shoir o‘zining ichki dunyosini, yurak nidosini, qalb haroratini har bir misrada,
har bir ohangda ifodalab, o‘quvchi qalbiga yetkazadi. She’riyat tafakkurning eng
baland cho‘qqilariga ko‘tarilish, inson ichki olamining eng nozik va murakkab
jihatlarini ochib berish vositasidir. Har bir she’rda shoirning ruhiy kechinmalari,
shaxsiy dardu iztiroblari, tabiat va borliq bilan munosabati o‘z aksini topadi. She’rlar
orqali inson o‘zini anglaydi, o‘tmish va kelajak o‘rtasidagi bog‘liqlikni his qiladi,
hayotning abadiyligi va o‘tkinchiligi haqida mushohada yuritadi.

Adabiyot shunchaki so‘zlar yig‘indisi emas, u ong va qalb mahsuli bo‘lib,

kishining ichki dunyosini shakllantiradi, hislarini tarbiyalaydi, uni hayot haqiqatlariga
ko‘nikishga o‘rgatadi. She’riyat esa inson ruhiyati va kechinmalarining eng nozik va
betakror jilvalarini ochib beruvchi badiiy haqiqatdir. Aynan shu sababli har bir she’r
o‘zining ichki mohiyati, badiiy obrazlari, hissiyotlarning mujassamlanishi bilan inson
yuragiga ta’sir qiladi.
Axir, menga kimlar ishongandi- ya,
Pinhon umid qilib yurakka malham?!
Maysalar, hayvonlar ishongandilar...
Menga ishongandi onajonginam.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

253

Erkinlik deb barin boy berib qoʻydim
Onam qabri uzra yuzlarim shuvut
Oʻt qoʻydim, maysalar qovjirab kuydi,
Oʻt qoʻydim, hayvonlar boʻlishdi nobud.

Sheʼrning dastlabki bandi mazmun jihatidan falsafiy va ruhiy iztirobga

yoʻgʻrilgan. Shoir oʻziga kim ishonishini, umid va ishonch tuygʻularini qaysi
manbalardan topishini soʻroq qilishi bilan sheʼrni boshlaydi. " Maysalar, hayvonlar
ishongandilar..." degan misralar esa tabiat bilan inson orasidagi bogʻliqlikni yana bir
bor koʻrsatadi. Bu yerda shoir oʻzining yolgʻizligi, jamiyat ichida oʻzini begona his
qilishi alohida seziladi.

Onaning obrazi esa sheʼrning eng asosiy badiiy unsurlaridan biridir, shuning

uchun ham alohida oʻrin egallaydi. " Menga ishongandi onajonginam" satri inson
qalbidagi eng yaqin va aziz kishisining ishonchi qanday muhimligini bildiradi. Bu ,oʻz
navbatida , individualizm va inson motivlarining kuchayishini taʼkidlaydi. Keyingi
misralarda ona vafot etganidan keyingi boʻshliq, dunyoning sovuq va begona koʻrinishi
yanada yaqqol seziladi. " Onam qabri uzra yuzlarim shuvut" satri oʻquvchida ogʻir bir
qaygʻu hissini uygʻotadi.

Qushdek erkin boʻldim, mana, nihoyat
Kishandamasman- ku bamisoli qul?
Bolaligimdagi soʻlim tabiati
Nega tushlarimga kirmaydi nuqul?


Ikkinchi bandni " ozodlik va qismat paradoksi" deb nomlasak ham boʻladi.

Qolaversa, sheʼrning eng taʼsirli qismlaridan biri bu- erkinlik haqidagi satrlar. "
Qushdek erkin boʻldim, mana, nihoyat" degan jumla dastlab insonning ozod boʻlishiga
ishora qilayotgandek tuyuladi. Ammo keyingi misralar orqali shoir ozodlikning ham
qaramlik ekanligiini koʻrsatadi. " Kishandamasman- ku bamisoli qul?" satri orqali
inson erkin boʻlsa- da, baribir nimagadur bogʻliq ekanligini , qismatning taqdiridan
qochib boʻlmasligini anglatadi.

Bu yerda sheʼriy sanʼatlardan - antiteza( qarama- qarshilik) sanʼati ustalik bilan

qoʻllangan. Inson qush kabi erkin boʻlishni istaydi, lekin erkinlik ham uning ichida
boʻshliq, yolgʻizlik va mung paydo qiladi. Shoir bolaligini tabiiy va begʻubor holatini
sogʻinadi. " Bolaligimdagi soʻlim tabiat, Nega tushlarimga kirmaydi nuqul?" misrasi
hayotning shafqatsiz oʻtishini , bolalik begʻuborligini yoʻqotish motivini ochib beradi.
Qancha mamlakatlar tushdi kulfatga,
Ummonlarim qani? Qani dengizim?
Boqdim osmondagi noxush kalxatga,


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

254

Asli shu kalxatni uchirgan oʻzim.

Sheʼrning keyingi qismida insoniyat boshiga tushayotgan qiyinchiliklar haqida

falsafiy mushohadalar mavjud. " Qancha mamlakatlar tushdi kulfatga" misrasi orqali
tarixiy voqealar, insoniyatnig tinimsiz kurashi, jabr- zulm va nohaqliklar haqida oʻy
suriladi. Shoir kechinmalari individualistik ruhiy iztirobdan jamiyat va insoniyat
muammolariga kengayib boradi.

Shoir oʻzini yoʻqotgan, dunyo oldida ojiz boʻlgan inson sifatida tasvirlaydi. "

Oyogʻim ostida yerlar shoʻr, taqir" satri esa uning hayot yoʻlidagi safarini, maʼno
izlashini, shaxsiy fojiasini ochib beradi.

Oyogʻim ostida yerlar shoʻr, taqir,
Ketyapman yelkamda safar xaltam shay.
Uyatdan yuragim oʻrtanar axir,
Issiqda tashnalik qiynar ayamay.


Ushbu toʻrtlikda shoirning ichki kechinmalari, hayotiy iztiroblari va ruhiy holati

juda teran badiiy vositalar bilan ifodalangan. Sheʼrda " yerlar shoʻr, taqir" degan tasvir
bilan quruq, hayotsiz, umidsiz makon ifodalangan. Shoʻr va taqir yer metafora sifatida
inson hayotining murakkabliklari , mashaqqatligi va umidsizligini anglatadi. Bu tasvir
shoirning ruhiy holatini, uning ichki iztiroblarini yanada teranroq ochib beradi.

Sheʼrdagi eng taʼsirli qism- " Uyatdan yuragim oʻrtanar, axir," misrasidir. Bu

yerda shoir oʻzining ichki alamini, nadomatini, vijdon azobini ifoda qilgan. U hayotiy
qiyinchilik qarshisida oʻzini ojiz his qiladi va bu unga chuqur taʼsir koʻrsatadi.
Sheʼrning ritmik tuzilishi ham uning taʼsir kuchini oshirgan. Har bir misra oxiridagi
ohang inson yuragidagi toʻlqinlarini aks ettirgandek tuyuladi. Shoir sodda , ammo
nihoyatda taʼsirli soʻzlarni tanlagan , bu esa sheʼrni yanada jonli hamda jozibali
qilishga koʻmaklashgan.

Buloqqa tiz choʻkib, egilib pastga,
Chol kabi suv icha boshlayman uzoq.
Suvdagi aksimga qoʻshilib asta,
Yer qaʼriga singib ketadi buloq.


Sheʼrning oxirgi parchasi ham Buloqqa tiz choʻkib suv ichayotgan inson

obrazini aks ettirgan. Buloq- tabiatning goʻzal inʼomi, hayot manbai. Shoir Buloqqa
egilib , undan suv ichadi va shu jarayonda oʻzining ichki dunyosiga sayohat qiladi. "
Chol kabi suv icha boshlayman uzoq" misrasi esa hayot falsafasini, tajribani, hayot
yoʻlida toʻplangan bilim va anglash jarayonlarini eslatadi. Chol timsoli donolik va
sokinlik ifodasi sifatida talqin qilinadi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

255

Yuqoridagi toʻrtlikda mahorat bilan foydalanilgan eng kuchli sanʼatlardan biri

bu- tasviriylik. Suvda aks etayotgan obraz va uning buloq bilan birlashib, yer qaʼriga
singib ketishi inson umrining oʻtkinchiligi, borliq bilan qoʻshilib ketish motivini yodga
soladi. Inson va tabiat bir butunligini , uning bir-biriga taʼsirini shoir juda nafis hamda
taʼsirchan uslubda tasvirlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Researchgate.net

2.

O. Muxtor. Adabiyot va tafakkur. Toshkent. Maʼnaviyat nashriyoti, 2012.

3.

Ziyo.uz

4.

Cyberleninka. rus

5.

Aleksandr Faynberg. Qoralamaga qasida






Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Researchgate.net

O. Muxtor. Adabiyot va tafakkur. Toshkent. Maʼnaviyat nashriyoti, 2012.

Ziyo.uz

Cyberleninka. rus

Aleksandr Faynberg. Qoralamaga qasida