Mualliflar

  • Hasanova Ozoda Abdurashid qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95535

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Buxoro xonligi yer egaligi mulki devoniy mulki xususiy vaqf yerlar soliq tizimi ijarachilik agrar munosabatlar ijtimoiy tabaqalanish.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada Buxoro xonligida yer egaligi munosabatlarining 
tarixiy shakllanishi, asosiy yer mulk turlari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi 
o‘rni  tahlil  qilinadi.  Xonlik  davridagi  davlat  yerlarining  (mulki  devoniy),  vakolatli 
shaxslar  egaligidagi  (mulki  xususiy)  yerlar,  hamda  diniy  muassasalarga  ajratilgan 
(vaqf)  yerlar  asosida  jamiyatda  shakllangan  ijtimoiy  tabaqalanish,  iqtisodiy 
munosabatlar  va  boshqaruv  tizimi  yoritiladi.  Yer  egaligi  bilan  bog‘liq  soliqlar, 
majburiyatlar va ijarachilik tizimi ham tarixiy manbalar asosida tahlil etiladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

117

BUXORO XONLIGIDA YER EGALIGI MUNOSABATLARI

Hasanova Ozoda Abdurashid qizi

Qashqadaryo viloyati

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

Tarix yoʻnalishi

T-133-23 guruh talabasi.


Annotatsiya:

Ushbu maqolada Buxoro xonligida yer egaligi munosabatlarining

tarixiy shakllanishi, asosiy yer mulk turlari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi
o‘rni tahlil qilinadi. Xonlik davridagi davlat yerlarining (mulki devoniy), vakolatli
shaxslar egaligidagi (mulki xususiy) yerlar, hamda diniy muassasalarga ajratilgan
(vaqf) yerlar asosida jamiyatda shakllangan ijtimoiy tabaqalanish, iqtisodiy
munosabatlar va boshqaruv tizimi yoritiladi. Yer egaligi bilan bog‘liq soliqlar,
majburiyatlar va ijarachilik tizimi ham tarixiy manbalar asosida tahlil etiladi.

Kalit so‘zlar:

Buxoro xonligi, yer egaligi, mulki devoniy, mulki xususiy, vaqf

yerlar, soliq tizimi, ijarachilik, agrar munosabatlar, ijtimoiy tabaqalanish.


Buxoro xonligi O‘rta Osiyo tarixida muhim o‘rin egallagan davlatlardan biri

bo‘lib, uning iqtisodiy asosini qishloq xo‘jaligi, xususan, yer egaligi tizimi tashkil
qilgan. Yer munosabatlari xonlikda nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy va siyosiy
barqarorlikni belgilab beruvchi asosiy omillardan biri bo‘lgan.

Ashtarxoniylar davriga kelib Buxoro xonligi hududlari keskin qisqarib ketdi.

XVIII asr boshlariga oid manbalarda xonlikka bo‘ysunuvchi oltita viloyat: Buxoro,
Samarqand, Sagaraj, O‘ratepa, Shahrisabz va Xuzor tilga olinadi. Imomqulixon
hukmronligi davrida Hisor, Turkiston, Farg‘ona va Balx viloyatlari vaqtinchalik qayta
birlashtirilgan bo‘lsada, Abulfayzxon davriga kelib Xiva (viloyati) va Qo‘qon
xonliklari alohida davlat edi.

Ashtarxoniylar sulolasi Jo‘jixon avlodidan bo‘lib, XIV asrning oxirlaridan

boshlab Ashtarxon va uning atrofidagi hududlarga hokimlik qilgan. 1556-yilda
Rossiya Astraxanni bosib olgach, Ashtarxoniylardan Yormuhammadxon oilasi va
qarindoshlari bilan Buxoroga ko‘chib keladi. Buxoro xoni Iskandarxon ularni hurmat
bilan kutib oladi va o‘z qizi Zuhrabegimni Yormuhammadxonning o‘g‘li Jonibek
Sultonga turmushga beradi. Bu nikohdan Dinmuhammad, Boqi Muhammad va Vali
Muhammad ismli uch o‘g‘il dunyoga keladi. Jonibek Sulton va uning o‘g‘illari Buxoro
xonligida yuqori lavozimlarga ega bo‘lib, viloyatlar hokimi sifatida faoliyat yuritadilar.

1601-yilda Boqi Muhammad Buxoro taxtiga o‘tiradi va shu bilan Buxoroda

Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi boshlanadi. Bu sulola 175 yil davomida
mamlakatni boshqargan. Boqi Muhammad boshqaruv davrida davlat sarhadlarini


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

118

mustahkamlashga intilgan. 1602-yilda Eron Safaviylariga qarshi yurish qilib, Balxni
egallaydi va ukasi Vali Muhammadni u yerga hokim qilib tayinlaydi. Shuningdek,
Toshkent uchun qozoqlarga qarshi kurashib, 1604-yilda ularni yengib, Buxoro xonligi
tarkibiga qo‘shadi.

Boqi Muhammad vafotidan so‘ng, ukasi Vali Muhammad taxtga chiqadi. Biroq

qabila beklarining noroziligi kuchayib, Buxorolik amirlar isyon ko‘taradi. Natijada,
Vali Muhammad asir olinib, qatl etiladi. Uning o‘rniga Imomqulixon taxtga chiqadi.
U qozoqlar, jung‘orlar, qalmoqlar va qoraqalpoqlarga qarshi muvaffaqiyatli harbiy
yurishlar olib boradi. 1613-yilda Toshkentni xonlik tarkibiga qo‘shadi va o‘g‘li
Iskandar Sultonni u yerga hokim etib tayinlaydi. Ammo Iskandar Sultonning zulmkor
siyosati natijasida Toshkentda qo‘zg‘alon ko‘tarilib, u o‘ldiriladi. Imomqulixon bu
isyonga qarshi qo‘shin yuborib, isyonchilarning jazolanishiga buyruq beradi.

Imomqulixon davrida markaziy hokimiyat kuchaysa-da, viloyatlarni o‘z

qarindoshlariga mulk sifatida taqsimlashi davlatchilik asoslarini zaiflashtirdi. 1645-
yilda qozoqlar Movarounnahrga yurish qilib, Xo‘jandgacha yetib keladi.

XVI-XVII asr davri haqida aynan Buxoroning ijtimoiy-iqtisodoiy strukturasi

haqida va hukmdorlarning shaxsiy fazilatiyu olib borgan islohotlari to’g’risida Yaqin
Sharq va Uzoq Sharq davlatlari yozma hujjatlarida uchraydi. Eron va Hindiston bilan
olib borilgan diplomatik aloqalari natijasida qoldirilgan hujjatlar ham bunga guvohlik
beradi. Mamlakatdagi siyosiy vaziyat qanday bo’lishidan qat’iy nazar Ashtarxoniylar
ilm, madaniyat, san’at va me’morchilikka homiylik qilganlar. Shuning uchun ham
Shayboniylar davrida rivoj topgan fan va madaniyat o’z an’analari bo’yicha
ashtarxoniylar davrida ham davom etdi.

Ashtarxoniylar davrida ham davom etgan siyosiy parokandalik, urushlar va

o‘zaro kurashlar mamlakat iqtisodiyotining asosi bo‘lgan qishlok xo‘jaligiga ham ta’sir
etmasdan qolmadi. XVIII asrga oid ayrim manbalar Zarafshon va Farg‘ona vodiysidagi
dehqonlarning o‘z yerlaridan qochib ketishi holatlari haqida ham ma’lumotlar beradi.
Hukmdorlar soliq va o‘lponlarni o‘z vaqtida va doimiy yig‘ib olish uchun ham
mamlakat iqtisodiyotini ko‘tarishga harakat qilsalar-da, bu harakatlar aksariyat
hollarda samarasiz tugardi. XVII asrning boshlariga kelib ko‘plab sug‘oriladigan yerlar
jo‘ybor shayxlariga berilgan. Shariat qonunlariga ko‘ra, suv sotilmasligi va sotib
olinishi mumkin bo‘lmasada, boy amaldor va ruhoniy yer egalari sug‘orish
kanallarining xo‘jayinlari edilar.

Yer egaligi – bu yerni egallash va undan foydalanish huquqini belgilovchi

yuridik asoslar (masalan, mulk huquqi, tasarruf qilish huquqi, meros qilib qolgan
yerdan doimiy foydalanish va ijaraga olish huquqi) orqali yerga egalik qilish shaklidir.
Bu yerlar xo‘jalik faoliyatiga jalb etilib, bozor iqtisodiy tizimining bir qismiga
aylanadi. Yer egaligi yer egasiga nafaqat huquqlar, balki ayrim majburiyatlarni ham
yuklaydi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

119

Markaziy Osiyo tarixida yer egaligining turli shakllari – amlok (davlat yeri),

vaqf (diniy muassasalar uchun ajratilgan yer), mulk (xususiy yer), tanho (xizmat
evaziga berilgan yer) mavjud bo‘lgan. Buxoro, Qo‘qon va Xiva xonliklarida ko‘plab
yerlar hukmdorlar qo‘lida bo‘lib, ular odatda nasldan-naslga o‘tgan va ijaraga berilib,
dehqonlar tomonidan ishlangan. 19-asrning o‘rtalariga kelib, Buxoro xonligidagi
yerlarning 65 foizi shunday shaklda edi. Xonlar o‘zlariga yaqin bo‘lgan odamlar, yirik
yer egalari yoki ruhoniylarga xizmat evaziga yerlar tortiq qilib, ularni vaqtinchalik va
shartli egalarga – tanholarga aylantirgan.

Rossiya imperiyasi Turkistonni egallaganidan keyin esa bu tizimga o‘zgarishlar

kiritildi: amlok yerlar to‘liq, vaqf va mulk yerlar esa qisman imperiya mulkiga
aylantirildi.

Ya’ni, Buxoro xonligida yer egaligi quyidagi shakllarda mavjud edi:

Mulki devoniy — davlatga tegishli yerlar bo‘lib, undan olinadigan
daromad xazinaga tushardi.

Mulki xususiy — boylar, amaldorlar, sarkardalar kabi shaxslarga tegishli
yerlar.

Vaqf yerlar — masjid, madrasalar kabi diniy muassasalarning ehtiyojlari
uchun ajratilgan, sotilishi yoki meros qilib berilishi mumkin bo‘lmagan
yerlar.

Buxoro amirligining iqtisodiy siyosatini, asosan, yerga egalik munosabatlari

tashkil etadi. Daromad manbai ham oʻsha davrda mavjud boshqa xonliklar – Xiva va
Qoʻqon xonliklari singari yerdan keladigan soliqlardir.

Har bir yer egaligi shakli o‘ziga xos soliq va majburiyatlarga ega edi. Davlat

yerlaridan foydalanilgan taqdirda xiroj, baj, salg‘u kabi soliqlar olinardi. Yer egalari
esa o‘z navbatida ijarachilarga yer berib, ulardan hosilning ma’lum qismini olgan.

Dehqonlar ko‘pincha o‘zlariga tegishli bo‘lmagan yerda ishlashga majbur

bo‘lgan. Ular yer egalariga yillik hosilning muayyan qismini topshirish, ayrim hollarda
esa bepul mehnat qilish (begar) majburiyatida bo‘lganlar.

Yerga egalik qilish darajasi jamiyatda shaxsning mavqeini belgilovchi asosiy

omil hisoblangan. Ko‘p yerga ega bo‘lgan shaxslar ko‘proq boylik, obro‘ va
hokimiyatga ega bo‘lganlar. Bu holat jamiyatda tabaqalanishning kuchayishiga olib
kelgan.

Shuningdek, Kafsan – mulkdor va yer egasining soliqlardan tashqari xirmondan

olinadigan haqi. Muhrona – yigʻim-terim mahali xirmondagi don uyumlari roʻyxatga
olinib, muhrlangan. Muhr loy yoki tactachadan tayyorlangan boʻlib, xirmondagi don u
olinmaguncha hech kimga sotilmagan. Agarda kimdir oʻgʻirlik qilib qoʻlga tushib
qolsa, unga nisbatan 52 tangagacha jarima solingan yoki shunga loyiq mol-mulki
undirilgan.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

120

Hosildorlik past bo‘lgan davrlarda ayrim soliq chegirmalari belgilangan. Davlat

xizmatini bajarayotgan amaldorlar xiroj va tanoba kabi majburiyatlarning bir qismini
to‘lashdan ozod qilingan. Shuningdek, hukmdor avlodlari ham soliq to‘lashdan ozod
bo‘lishgan. Viloyatlarda yig‘ilgan soliqlar teng ikkiga bo‘lingan: yarmi viloyat
hokimida qolgan, qolgan yarmi esa “to‘qson tortiq” shaklida amir saroyiga yuborilgan.
Ushbu yuk quyidagilardan iborat bo‘lgan: 9 dona zardo‘zi buxcha, 9 ta gilam, 9 ta mol
gilam, va har birida 10 ming tanga bo‘lgan 9 qop. Bular bilan birga viloyatning
daromad va xarajatlarini aks ettiruvchi daftar ham topshirilgan.

Suruvona esa Buxoro amirligi davrida yarim o‘troq chorvador aholiga qo‘yilgan

jarima bo‘lib, bu ular tomonidan davlatga qarashli ekin maydonlariga, yoki hukmdor
hamda amaldorlar yerlari va yaylovlariga chorva mollarini haydab o‘tkazganliklari
uchun belgilanardi.

Amir dalalarni kezib chiqqan vaqtlarda hamda harbiy yurishlar chog‘ida aholiga

qo‘shimcha soliq va to‘lovlar yuklatilgan. Jumladan, bunday favqulodda hollarda
“jo‘l” deb atalgan maxsus soliq joriy etilgan bo‘lib, bu tartib Amir Shohmurod davrida
paydo bo‘lgan. Keyinchalik, Amir Muzaffar hukmronligi davrida “aminona” nomi
bilan mashhur bo‘lgan yangi turdagi soliq kiritilgan. Bu soliq tovar va mol-mulk
qiymatining 1,5 foizi miqdorida undirilgan bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan doimiy soliq
shakliga aylangan.

Asosiy soliqlardan tashqari, savdo-sotiq maqsadida mollarni daryo orqali

qayiqda tashiganlardan ham maxsus yig‘imlar olingan. “Suv puli” deb atalgan bu
to‘lov daryo, kanal, zovur yoki ariqlardan mol olib o‘tilganda to‘lanadigan haq bo‘lgan.
Ushbu soliq aholi orasida ularning moliyaviy holatidan qat’i nazar bir xil tarzda
undirilgan.

Shuningdek, “ko‘prik puli” deb atalgan yig‘im ham mavjud bo‘lib, bu mahalliy

yoki hukumat tasarrufidagi ko‘priklardan mol olib o‘tayotganlardan undirilgan to‘lov
hisoblangan.

Dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi aholiga esa yer solig‘iga qo‘shimcha tarzda,

har bir tanob bog‘ yoki poliz uchun maxsus soliq – “tanob puli”, shuningdek,
bedazorlardan foydalanish uchun “alaf puli” to‘lash majburiyati yuklatilgan. Aksariyat
hollarda bu ikki turdagi soliq umumiy nom bilan “tanobona” yoki “tanob puli” deb
atalgan. Ushbu soliqlarning miqdori hududning bozorga yaqinligi va boshqa omillarga
qarab farqlanib turgan.

1

XIX asrning 1850-yillari oxirlarida, ya’ni Amir Nasrullo davrida ushbu

soliqlarga muayyan o‘zgartirishlar kiritilgan.

Alaf puli – asosan, bedazorlar, mevali bogʻ va uzumzorlardan olingan soliq turi.

1

Bobomurodov Sh. Buxoro amirligi ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi. – Toshkent: Fan, 2001.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

121

Tanob puli – mevazorlar, bedazorlardan yigʻib olingan hosil miqdoridan olingan

pul. U beda soligʻi, bogʻ soligʻi deb ham yuritilgan.

Barg puli – voha va vodiylarda oʻstiriladigan tutzorlardan olinadigan soliq.

Buxoro amirligida ana shunday tutzorga ega boʻgan dehqonlar har yili bahorda
tutzorlarni kesib, ipak qurti boqqanlar, shu orqali har yili bir marotaba soliq toʻlab
turganlar. Lekin xususiy xonadonlarda oʻstirilgan tut daraxtlaridan soliq olinmagan.

Buxoro amirligi davrida suv tegirmonlari va objuvozlar egalaridan ma’lum

miqdorda pul yoki natural shakldagi yig‘imlar undirilgan. Soliqlarni yig‘ish, ularni
hisobga olish va boshqarish bilan devonbegi – ya’ni moliya ishlari uchun mas’ul
amaldor shug‘ullangan. U o‘lpon daftarlari, ya’ni soliqlar ro‘yxatini tuzgan va
yuritgan.

“Jo‘ycha puli” deb atalgan to‘lov dehqonlar tomonidan kichik suv inshootlari –

ariq va zovurlardan foydalanilganligi uchun to‘langan. “Objuvoz puli” esa sholi, suli,
masxar kabi ekin turlarini objuvoz yordamida sug‘orish evaziga undirilgan bo‘lib, bu
soliq miqdori hududlarga qarab farq qilgan.

“Tegirmon puli” yoki “Osiyo puli” suv tegirmonlaridan foydalanganlik uchun

yiliga 20 dan 100 tangagacha bo‘lgan miqdorda to‘langan soliq bo‘lgan. Shuningdek,
“chig‘ir puli” ham mavjud bo‘lib, bu sug‘orma dehqonchilikda chig‘irdan
foydalanilgan yerlar uchun undirilgan. Agar dehqon bir tanob yerni chig‘ir bilan
sug‘organ bo‘lsa, u albatta bu soliqni to‘lashga majbur edi – hattoki, qarzdor bo‘lsa
ham.

“Cho‘p puli” esa ayrim manbalarda “o‘tin puli” yoki “xas puli” deb yuritilgan.

Bu soliq o‘rmonlar, to‘qaylar, saksovulzorlar va boshqa tabiiy resurslardan aholining
o‘simlik va daraxtlarni kesib olishlari bilan bog‘liq holda joriy etilgan edi.

Buxoro amirligi asosan Hindiston, Afg‘oniston, Eron, xitoy bilan savdo

aloqalarini olib borgan. Mamlakatning Samarqand va Buxoro shaharlariga ko’plab
chet ellik savdogarlar kelib turishardi.

Shu o‘rinda qo‘shimcha qilish lozimki, XVIII asrning birinchi yarmida Rossiya

va O‘rta Osiyo o‘rtasidagi savdo aloqalarining kengayishida Orenburg shahri muhim
ro‘l o‘ynagan. Ayniqsa, yangi Orenburg savdo yo‘lining ochilishi bu shaharni ikki
hudud o‘rtasida savdo almashinuvi markaziga aylantirdi. Bu holat esa to‘g‘ridan-
to‘g‘ri Rossiya-Hindiston savdo munosabatlarining shakllanishiga yo‘l ochdi.
Rossiyada diplomatik vazifalarni bajargan buxorolik savdogar Irnazar Maksutov
Orenburgga ko‘plab tovarlarni yetkazib, bu yerga Buxoro va Hindistondan kelgan
savdogarlarni jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi. Umuman olganda, ushbu davr mobaynida
Rossiya va Buxoro xonligi o‘rtasidagi savdo aloqalari mustahkamlanib, iqtisodiy
hamda siyosiy yaqinlik kuchaydi. Buxoro xonligi va Hindiston o‘rtasidagi aloqalar
qo‘shnichilikka asoslangan bo‘lsa-da, Eron bilan munosabatlar esa, bu xonlikning Eron
hududlarini egallash maqsadida olib borgan harbiy harakatlari tufayli ancha murakkab


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

122

edi. Shunga qaramay, Eron, Hindiston va Afg‘onistondan ko‘plab vakillar Buxoroga
savdo ishlari bilan kelishgan va turli yarmarkalarda ishtirok etishgan. Hatto Buxoro
shahrida hind savdogarlari yashagan maxsus mahallalar mavjud bo‘lgan. Buxoro va
Balxlik savdogarlar esa tovar olib kelish maqsadida ko‘p hollarda Hindistonga sayohat
qilishgan. Hindistonga borgan fransuz sayyohi Fransua Bernening so‘zlariga ko‘ra,
Dehli meva bozorlarida Eron, Balx, Buxoro va Samarqanddan keltirilgan quritilgan
mevalar sotilgan. Hozirgi zamonaviy tilda aytganda, o‘sha davrda keng ko‘lamli
eksport va import amaliyotlari amalga oshirilgan.

Movarounnahrning iqtisodiy hayotida Samarqand, Buxoro va Toshkent kabi

yirik markazlar alohida o‘rin tutgan. Toshkent shahri va uning atrofidagi hududlar
savdo-sotiq uchun muhim nuqta bo‘lgan, bu yerda turli mamlakatlardan kelgan
savdogarlar uchun karvonsaroylar qurilgan. Ayniqsa, Chirchiq daryosi bo‘yidagi tog‘
yo‘llari atrofida ham karvonsaroylar qad rostlagan. Toshkentning dasht zonasi bilan
chegaradosh vohada joylashuvi shahar xo‘jaligining rivojiga turtki bo‘lgan. Shunga
qaramay, tarixiy manbalarda ko‘chmanchi qabilalar tomonidan uyushtirilgan hujumlar
to‘g‘risida ham ma’lumotlar uchraydi. Shaharni o‘rab olgan mudofaa devorlari esa
aholi xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynagan.

Buxoro esa Shayboniylar davridayoq poytaxt maqomini olgan bo‘lib,

Ashtarxoniylar sulolasining siyosiy, harbiy va ma’muriy markazi sifatida faoliyat
yuritgan. Hunarmandchilik bu davrda ko‘proq shaharlar atrofida rivojlangan bo‘lsa-da,
iqtisodiy aloqalarning susayishi va natural xo‘jalikning kuchayishi natijasida ko‘plab
yirik qishloqlarda ham hunarmandchilik faoliyati kengaydi. Aholining ehtiyojlari
ko‘proq mahalliy ustalar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar orqali qondirilgan.
Xususan, to‘qimachilik va unga yaqin sohalar ushbu davrda yanada taraqqiy etgan.

Shuni ham aytish joizki, siyosiy beqarorlik va o‘zaro urushlar hukm surgan

murakkab davrda ham dehqonlar o‘z faoliyatlarini davom ettirishga harakat qilganlar.
Buxoro xonligining asosiy dehqonchilik maskani Zarafshon vodiysi bo‘lgan. So‘nggi
o‘rta asr mualliflari boshqa hududlarda ham ekin maydonlari va bog‘-rog‘lar
mavjudligi haqida ma’lumot berganlar. Masalan, Farg‘ona “go‘zal bog‘lari va dalalari”
bilan, Qarshi “sug‘oriladigan yerlari” bilan, Toshkent vohasi esa “tog‘li g‘allakor
hududlari” bilan tilga olingan. Termiz “mazali qovunlari va g‘allasi”, Shahrisabz esa
“serhosil yerlari” bilan mashhur bo‘lgan. Ashtarxoniylar davrida sug‘oriladigan
yerlarda bug‘doy, arpa, jo‘xori, loviya, mosh, sholi, paxta, sabzavot va poliz ekinlari
yetishtirilgan, lalmi yerlarda esa bug‘doy, arpa, qovun, tarvuz kabi mahsulotlar
ekilgan. Garchi urushlar dehqonchilikka salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa-da, tinchlik
davrida yerlar yuqori hosil bergan.

Shuningdek, Xon davlat tasarrufidagi yerlar hamda aholisi yashaydigan

qishloqlarni shahzodalarga, yirik din arboblari, sayyidlar va ulamolarga suyurg‘ol
tarzida, harbiy qismlar rahbarlari hamda saroy mansabdorlariga esa tanho shaklida


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

123

taqdim etgan. Suyurg‘ol yerlar egalaridan davlat xazinasi uchun soliq undirilmagan.
Tanho tarzida berilgan yerlar esa mulkdorlarining shaxsiy mulki hisoblanmagan, balki
ularga bu yerlarda mehnat qilayotgan dehqonlardan soliq yig‘ish vakolati berilgan.
Shuningdek, xon o‘ziga alohida xizmat ko‘rsatgan kishilarga ham yer va mulklarni
hadya etgan, bunday yerlar soliqdan ozod etilib, “mulki xurri xolis” deb atalgan.
Xususiy yer egalari odatda bu yerlarni yersiz dehqonlarga ijaraga berib, katta foyda
ko‘rganlar. Diniy tashkilotlarga berilgan yerlar vaqf hisoblanib, ular ham soliqdan ozod
bo‘lgan. Yerni sotish, hadya qilish yoki vaqfga aylantirish huquqi faqat hukmdorga
tegishli bo‘lgan. Shartli yer egalari suyurg‘ol, iqto, tanho yoki tiul kabi nomlar bilan
atalgan. XVII-XVIII asrlarga kelib, suyurg‘ol tushunchasi ma’nan o‘zgaradi — bu
davrda suyurg‘ollar ko‘proq ruhoniylar, sayyidlar, xo‘jalar, shayxlar, ulamolar hamda
shoirlarga hadya qilina boshlagan. Mahmud ibn Valining ta’kidlashicha, agar hukmdor
yerlarni hadya tarzida beradigan bo‘lsa, ulamo va sayyidlarga ajratilgan yerlar
suyurg‘ol, harbiylarga berilgan yerlar esa tanho deb atalgan.

Ma’lumot o‘rniga shuni aytamizki, Shayboniylar davrida Buxoro xonligi diniy

jihatdan ham muhim o‘zgarishlar yuz berdi. O‘rta Osiyo hududida, xususan, Buxoroda
Islom dini chuqur ildiz otgan edi, va bu davrda Islomning ta’limotlari, uning tarixi,
huquqiy va diniy tizimlari Buxoro xonligi hayotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Shayboniylar
davrida, Buxoro xonligi va uning atrofidagi hududlarda, shuningdek, ilm-fan va diniy
tafakkur markazlari shakllandi. Buxoroda o‘sha davrda faoliyat yuritgan yirik olimlar,
ulama, va mutafakkirlar o‘z asarlarida diniy sohalarda yangiliklar kiritdilar.
Shayboniylar davrida Buxoroda ko‘plab masjid va madrasalar qurildi, ularning
ba’zilari hozirgi kunda ham o‘rganilmoqda. Ularning orasida Buxoro Madrasasi
(Shayboniylar tomonidan qurilgan madrasa) o‘zining katta ahamiyatiga ega. Bu davrda
diniy ta’lim juda yuqori darajaga ko‘tarildi va Buxoro Markaziy Osiyoda diniy
bilimlarning markaziga aylanishni davom ettirdi.

Shayboniylar davrida moliyaviy tizim va soliq siyosati ancha murakkab va ko‘p

qirrali bo‘lgan. Bu davrda boj, o‘lpon, soliq, jarima hamda majburiy to‘lovlarning 40
dan ortiq turi mavjud edi. Aholi, ya’ni oddiy xalq, yer va suvdan foydalanganliklari
uchun alohida to‘lovlar to‘lagan. Bundan tashqari, ular amaldorlar foydasiga ham
ma’lum miqdorda to‘lovlarni amalga oshirganlar. Shuningdek, shaharlardagi himoya
devorlari, diniy binolar – masjid va madrasalar, hamda sug‘orish inshootlari kabi
muhim infratuzilma obyektlarining qurilishi yoki ta’miri uchun maxsus to‘lovlar joriy
etilgan. Yo‘llar va ko‘priklar qurilishi uchun ham xalqdan turli shakldagi mablag‘lar
yig‘ilgan.

Buxoro xonligi davrida bu moliyaviy va soliq ishlarini tartibga solish maqsadida

maxsus devonxona faoliyat yuritgan. Ushbu devonxonada moliyaviy operatsiyalar,
soliqlar, ijara to‘lovlari hamda savdo-sotiqdan tushgan daromadlar alohida daftarlar


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

124

orqali hisobga olingan. Bu daftarlarda nafaqat soliq miqdori va turi, balki ularni
to‘lagan shaxslar yoki guruhlar haqidagi ma’lumotlar ham qayd etilgan.

Xulosa qilib aytganda, Buxoro xonligidagi yer egaligi tizimi o‘sha davr

jamiyatining iqtisodiy va ijtimoiy tuzilmasini aks ettirib, boshqaruv tizimining asosiy
bo‘g‘ini bo‘lgan. Shuningdek, Buxoro amirligida yerga egalik qilish va undan
foydalanish umuman yerga egalik munosabatlari shariat qonun-qoidalariga asoslanib
tartibga solinganini koʻrish mumkin. Yer egasi ham, unda ishlovchi ham bu tartibga
bevosita boʻysungan. Unga oʻzgartirish kiritish faqat hukmdor – amirning islohotlari
tufayligina boʻlgan. Yigʻim va toʻlovlar amir tayinlagan vakillar tomonidan yigʻib
borilgan. Mazkur yer munosabatlari hozirgi tarixiy-ilmiy tadqiqotlar uchun muhim
manba bo‘lib xizmat qilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Zamonov A., Egamberdiyev A. Buxoro amirligi, Xorazm va Qoʻqon xonliklari.
Darslik. – Toshkent: «BAYOZ», 2022. – 148 b.

2.

Karimov A. O‘rta asrlar Markaziy Osiyo tarixidan ma’lumotlar. – Toshkent:
O‘zbekiston, 2005.

3.

Bobomurodov Sh. Buxoro amirligi ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi. – Toshkent: Fan,
2001.

4.

Vohidov Sh. O‘rta asrlarda yer egaligi munosabatlari. – Toshkent: Sharq, 1998.

5.

Qosimov B. va boshqalar. O‘zbekiston tarixi. 2-kitob. – Toshkent: “O‘zbekiston
milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2000.

6.

Xo‘jayev M. Buxoro xonligi davrida mulkchilik munosabatlari. – Samarqand:
Imkon, 2010.

7.

Mahkamova M. Vaqf yerlarining ijtimoiy ro‘li. – “Tarix va haqiqat” jurnali,
2015, №2.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Zamonov A., Egamberdiyev A. Buxoro amirligi, Xorazm va Qoʻqon xonliklari.

Darslik. – Toshkent: «BAYOZ», 2022. – 148 b.

Karimov A. O‘rta asrlar Markaziy Osiyo tarixidan ma’lumotlar. – Toshkent:

O‘zbekiston, 2005.

Bobomurodov Sh. Buxoro amirligi ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi. – Toshkent: Fan,

Vohidov Sh. O‘rta asrlarda yer egaligi munosabatlari. – Toshkent: Sharq, 1998.

Qosimov B. va boshqalar. O‘zbekiston tarixi. 2-kitob. – Toshkent: “O‘zbekiston

milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2000.

Xo‘jayev M. Buxoro xonligi davrida mulkchilik munosabatlari. – Samarqand:

Imkon, 2010.

Mahkamova M. Vaqf yerlarining ijtimoiy ro‘li. – “Tarix va haqiqat” jurnali,

, №2.