Jild 43 № 4 (2025)
Maqolalar
TABIAT MO’JIZALARI IQLIM O’ZGARISHIDA AKS ETISHI
Annotatsiya. Iqlim bu biror joydagi ob-havo holatlari toʻplamidir. Yerni shakli,
uning Quyosh atrofidagi harakati va ekliptika tekisligiga qiyaligi, yer yuziga quyosh
energiyasi turli kengliklarda turlicha tushishi, Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi
natijasida havo va suv harakatlari yoʻnalishini oʻzgartirishiga taʼsiri va bu taʼsirning
yuqori kengliklarda kuchli boʻlishi Iqlimni hosil qiluvchi astronomik omillar
hisoblanadi. Biroq bir kenglikning oʻzida ham Iqlim qosil qiluvchi jarayonlar tabiiy
geografik omillarga, yaʼni yer yuzasining xususiyatlariga bogʻliq holda turlicha
boʻladi. Ushbu maqolada iqlim o`zgarishining sabablarini tahlil qilish, ta`sirini
o`rganish haqida so‘z yuritilgan.
MOLIYA BOZORI VA QIMMATLI QOG’OZLAR BOZORINING IQTISODIY BARQARORLIK OMILI SIFATIDA RIVOJLANISHI
Annotatsiya. Moliya bozori va qimmatli qog’ozlar bozori milliy
iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga ta’sir etuvchi muhim mexanizmlardan biri
hisoblanadi. Ushbu bozorlar kapital jamg’arish, investitsiyalarni jalb qilish va
moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash imkoniyatlarini yaratadi. Iqtisodiy
barqarorlikni ta’minlashda moliya bozorining shaffofligi, likvidligi va samaradorligi
muhim o’rin tutadi. Shuningdek, qimmatli qog’ozlar bozorining institutsional
rivojlanishi, investorlarning ishonchi va huquqiy muhitning barqarorligi ushbu
bozorlarning samarali faoliyat yuritishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu maqolada
moliya bozori va qimmatli qog’ozlar bozorining iqtisodiy barqarorlikka ta’siri,
rivojlanish omillari hamda samaradorlikni oshirish yo’nalishlari tahlil qilinadi.
DINIY TURIZM.
Annotatsiya: Diniy turizm so‘nggi yillarda global turizm sohasida muhim o‘rin
egallamoqda. Ushbu maqola O‘zbekistonning diniy turizm salohiyatini tahlil qilishga
bag‘ishlangan bo‘lib, mamlakatdagi muqaddas ziyoratgohlar, ularning tarixiy
ahamiyati va turistik jozibadorligini o‘rganadi. Maqolada diniy turizmning iqtisodiy,
ijtimoiy va madaniy ta’siri, shuningdek, ushbu sohani rivojlantirishdagi muammolar
va imkoniyatlar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonning diniy turizmni
rivojlantirish strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar bilan yakunlanadi.
TIBBIY TURIZM: ZAMONAVIY DAVOLANISH VA DAM OLISHNI BIRLASHTIRGAN YANGI IMKONIYATLAR.
Annotatsiya: Tibbiy turizm bemorlarning tibbiy yordam olish maqsadida
boshqa mamlakatlarga yoki hududlarga safar qilishini anglatadi. Ushbu soha so'nggi
yillarda xalqaro miqyosda sezilarli darajada rivojlanib, yangi sanoat tarmog'iga
aylanmoqda. Tibbiy turizmning asosiy jihatlaridan biri – bemorlar nafaqat davolanish,
balki dam olish va sog'liqni tiklash uchun ham safar qiladilar. Shuningdek, bu turizm
turi o'z ichiga sog'liqni saqlash, estetik jarrohlik, tish davolash, reabilitatsiya va
sanatoriy-sog'lomlashtirish xizmatlarini oladi.
MA'NAVIY-AXLOQIY TARBIYANING YOSHLAR HAYOTIDA AHAMIYATI
Annotatsiya: Ma'naviy-axloqiy tarbiya - bu insonning ichki dunyosini, axloqiy
qadriyatlarini, ijtimoiy munosabatlarini shakllantirish jarayoni bo'lib, yoshlar hayotida
muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda, zamonaviy hayot sharoitida yoshlar o'zlarini
qanday tutishlari, qanday qadriyatlarni o'z ichiga olganligi va qanday maqsadlar sari
intilishlari ko'p jihatdan ma'naviy-axloqiy tarbiyaning natijasidir. Ushbu maqolada
ma'naviy-axloqiy tarbiyaning yoshlar hayotidagi o'rni, ahamiyati va uning ijtimoiy
rivojlanishga ta'siri haqida ma'lumotlar berilgan.
ABDULLA QODIRIY ASARLARIDA MILLATNI UYG’OTISH, ERKINLIK VA O’ZLIKNI ANGLASH G’OYALARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Abdulla Qodiriy haqida ma’lumotlar, millatni
uyg’otish, erkinlik va o’zlikni anglashga doir olib borgan ilmiy izlanishlari haqida fikr
mulohazalar keltirilgan.
ABDULLA QAHHORNING “DAHSHAT” HIKOYASIDAGI SO‘ZLARNING SEMIOTIK TAHLILI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasi
struktural va semiotik jihatdan tahlil qilindi. Hikoyadagi belgi munosabat bildiruvchi
so‘zlar tatqiq etildi.
SADR ZIYO – MUNAQQID.
Annotatsiya: Ushbu maqolada Buxoro adabiy muhiti vakili Sadr Ziyo
xususidadir. Uning hayoti, faoliyati hamda asarlar to'g'risida batafsil ma'lumotlar
berilgan.
O’ZBEKISTONDA BIOIQTISODIYOTNI RIVOJINING EKOLOGIYAGA TA’SIRI.
Annotatsiya. Ushbu maqolada, O‘zbekistonning bioiqtisodiyoti rivojlanishining
ekologiyaga ko’rsatadigan ta’sirlari ilmiy jihatdan o’rganilgan. Bundan tashqari,
mamlakatda qishloq xo‘jaligi, hayvonchilik, o‘simliklar resurslari va bioenergiya
sohalarini iqtisodiy rivojlantirishning amaliy chora strategiyalari amaliy jihatdan
tahlil qilingan.
O’ZBEKISTONDA KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA ICHKI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYALARI.
Annotatsiya. Ushbu maqolada, O'zbekistonda kambag'allikni qisqartirishning
zamonaviy usullari va ichki rivojlantirish strategiyalari ilmiy jihatdan o’rganilgan.
Bundan tashqari maqolada, mamlakatda amalga oshirilgan iqtisodiy va ijtimoiy
islohotlarning ahamiyati va beroyatgan natijalari tahlil qilingan.
KIBERXAVFSIZLIK:RAQAMLI DUNYODA MA’LUMOTLARNI HIMOYA QILISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada kiberxavfsizlik tushunchasining mazmuni, unga
oid asosiy tahdidlar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Xususan,
ma’lumotlar buzilishi, fishing, zararli dasturlar va DDoS hujumlari kabi muammolar
hamda ularning oldini olish uchun texnik, ijtimoiy va siyosiy choralar ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston va xalqaro tajriba misolida kiberxavfsizlik sohasidagi dolzarb islohotlar
va tavsiyalar bayon etiladi.
MOBIL ILOVALAR VA ULARNING ZAMONAVIY HAYOTDAGI O‘RNI
Annotatsiya: Maqola XXI asrda mobil ilovalar va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining rivojlanishini, ularning jamiyatdagi ijtimoiy va iqtisodiy ta’sirini
tahlil qiladi. Mobil ilovalar, ayniqsa, aloqa, moliya, ta’lim, sog‘liqni saqlash va
elektron tijorat sohalarida katta qulayliklar yaratmoqda. 1997-yilda boshlangan mobil
ilovalar bozori bugungi kunda global miqyosda kengayib, yangi ish o‘rinlari
yaratmoqda. O‘zbekiston sharoitida esa, IT-Parklar va StartUp loyihalari orqali mobil
ilovalar sanoati jadal rivojlanmoqda. Maqola, shuningdek, bu sohaning kelajakdagi
istiqbollari va iqtisodiy rivojlanishga ta’sirini ko‘rsatadi.
AXBOROT TEXNOLOGIYASINING TA’LIMDAGI RO’LI
Annotatsiya: Ushbu maqolada axborot texnologiyalarining zamonaviy ta’lim
tizimidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli vositalar orqali ta’lim
jarayonining samaradorligini oshirish, masofaviy o‘qitish imkoniyatlari, interaktiv
platformalar, elektron darsliklar va sun’iy intellekt yordamida individual yondashuv
kabi jihatlar yoritiladi. Shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalanish natijasida
o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi muloqotning yangi shakllari hamda bilim
olishga bo‘lgan motivatsiyaning oshishi haqida fikr yuritiladi. Maqolada ushbu
sohadagi yutuqlar bilan bir qatorda, mavjud muammolar va ularning yechimlari ham
muhokama qilinadi.
SUN’IY INTELLEKTNING KUNDALIK HAYOTDAGI QO‘LLANILISHI
Annotatsiya: Mazkur maqola sun’iy intellektning kundalik hayotdagi
qo‘llanilishi va uning turli sohalarda ishlatilishiga oid keng qamrovli tahlilni taqdim
etadi. Sun’iy intellekt (SI) bu o‘z atrof-muhitini idrok etish, o‘rganish va tahlil qilish
orqali maqsadlarga erishish uchun harakat qiladigan tizimlar bo‘lib, u inson ongi bilan
bog‘liq imkoniyatlar, jumladan, tilni tushunish, tarjima qilish, masalalarni hal qilish va
boshqalarni amalga oshiradi. Maqolada SI turlari va ulardan foydalanish masalan,
ChatGPT, Gemini, Midjourney kabi mashhur texnologiyalar haqida batafsil ma’lumot
berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida 2021-yilda qabul qilingan qaror
asosida sun’iy intellekt texnologiyalarini kengaytirish, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi
va bank sohalaridagi qo‘llanilishini rivojlantirishga oid reja va vazifalar ham
keltirilgan. Maqola SI texnologiyalarining amaliy ahamiyatini, uning rivojlanish
tarixini va kelajakka bo‘lgan ta’sirini ko‘rsatib beradi.
ИНВЕСТИЦИОННАЯ ПОЛИТИКА НА ЖЕЛЕЗНОДОРОЖНОМ ТРАНСПОРТЕ КАК МЕХАНИЗМ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ И КОНКУРЕНТОСПОСОБНОСТИ ОТРАСЛИ
От состояния и качества работы железнодорожного транспорта зависят
перспективы дальнейшего стратегического развития государства, и это
обуславливает необходимость развития железных дорог. В общем объёме
перевозок значительную роль в экономическом отношении занимают
транзитные перевозки.
Удовлетворяя транспортные потребности экономики Узбекистана,
железнодорожный транспорт напрямую зависит от всех происходящих в ней
процессов. Показатели его работы в полной мере отражают тенденции
социально-экономического развития., в т.ч. отдельных отраслей экономики,
формирующих соответствующую грузовую базу.
За годы независимости железнодорожная отрасль Узбекистана проделала
не простой путь развития. Железнодорожная отрасль является независимой,
единой и целостной системой, жизненно необходимой для надёжной и
эффективной связи всех регионов республики.
KLASTERLI YONDASHUV ASOSIDA O`QUVCHILARDA BADIIY- ESTETIKLIKNI RIVOJLANTIRISH
Annotatsiya. Mazkur maqolada klasterli yondashuvning o‘quvchilarda badiiy-
estetiklikni shakllantirish va rivojlantirishdagi o‘rni ilmiy-nazariy hamda amaliy
jihatdan tahlil qilinadi. Klasterli yondashuv zamonaviy ta’lim metodikalaridan biri
sifatida o‘quvchining dunyoqarashi, didi, estetik qobiliyatlarini chuqurlashtirishga
xizmat qilishi ta’kidlanadi. Maqolada estetik tarbiyaning asosiy omillari, klaster
tuzilmalari orqali adabiyot darslarini samarali tashkil etish usullari ham keng
yoritilgan.
SUN‘IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK AMALIYOTGA TATBIQ ETISHDAGI MUVAFFAQIYATLAR VA QIYINCHILIKLAR
Annotatsiya
Ushbu maqolada sun‘iy intellekt (SI) texnologiyalarining pedagogik amaliyotga
tatbiq etilishi, uning ta‘lim jarayonidagi muvaffaqiyatlari va yuzaga kelayotgan
muammolari tahlil qilingan. Pedagoglar faoliyatida sun‘iy intellektdan foydalanish
natijasida dars sifati oshgani, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi yaxshilangani
haqida misollar keltirilgan. Shu bilan birga, SI ni amaliyotga joriy qilishda duch
kelinayotgan texnik, psixologik va metodik muammolar ham yoritilgan.
SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING DUNYO MAMLAKATLARI MADANIYATLARIGA TA’SIRI
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining turli mamlakatlar
madaniyatiga ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilingan. Maqolada SI vositalarining madaniy
merosni asrash, madaniyatlararo muloqotni kuchaytirish, san’at va ijodkorlik
sohalarida yangi imkoniyatlar yaratishdagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, SI
texnologiyalarining madaniy xilma-xillikka bo‘lgan xavfi, axloqiy muammolar va
texnologik nomutanosiblik kabi muammolari ham yoritilgan.
MARKAZIY OSIYOLIK ALLOMALARNING IJTIMOIY MUNOSABATLARGA DOIR FALSAFIY TA’LIMOTLARI.
Annotatsiya: Darhaqiqat, ilmning kishilik jamiyatining, ayniqsa, uning uzviy
qismi bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarning shakllanishida va rivojlanishidagi o‘rni va
ahamiyati beqiyosdir. Agarda ilm, bilim va ma’rifat kabi xususiyatlari bo‘lmaganda
insoniyatning sivilizatsiyalari ham bo‘lmasdi. Abu Ali ibn Sino ham mazkur mavzuga
oid diqqatga sazovor fikrlarni yozib qoldirgan. Abu Ali ibn Sino o‘z fikrlarida bu
masalaga o‘ziga xos tarzda, faylasufona yondoshadi. Bu bilan u o‘zini nafaqat
mashhur tabib bo‘lganligini, balki buyuk faylasuf ekanligini namoyon etadi.
Allomaning fikricha, ilm o‘z-o‘zidan birdaniga paydo bo‘lmaydi 1 . Ilmning vujudga
kelishi uchun bir necha bosqichlardan o‘tishi kerak.
THE IMPACT OF ONLINE SHOPPING ON TRADITIONAL RETAIL STORES IN UZBEKISTAN
Abstract: Online shopping has grown rapidly worldwide and is increasingly
influencing retail trends in Uzbekistan. This research investigates how the rise of e-
commerce affects traditional retail stores in Uzbekistan, including consumer behavior,
business challenges, and market dynamics. Using both primary and secondary data, the
study explores customer preferences and identifies key factors contributing to the
shifting landscape. A structured questionnaire with a five-point Likert scale was used
to collect the data from respondents in Tashkent city.
MASOFAVIY TA’LIM TO’G’RISIDAGI UMUMIY TUSHUNCHALAR. IMKONIYATLAR VA AFZALLIK TOMONLARI
Annotatsiya: Mazkur ishda masofaviy ta’limning mohiyati, afzalliklari,
kamchiliklari hamda turlari tahlil qilinadi. Masofaviy ta’lim an’anaviy ta’limdan farqli
o’laroq, o’qituvchi va o’quvchi bir joyda bo’lmasdan, texnologiyalar yordamida
amalga oshiriladigan ta’lim shakli ekanligi ta’kidlanadi. Albatta, maqolada masofaviy
ta'limning qulayligi, moslashuvchanligi, arzonligi va tanlov imkoniyati kabi
afzalliklari, shuningdek, ijtimoiy aloqalarning yetishmasligi, texnik muammolar, o'z-
o'zini intizomga ehtiyoj va amaliy ko'nikmalarni o'rganish qiyinligi kabi kamchiliklari
ko'rib chiqiladi. Bundan tashqari, onlayn ta'lim, video-konferentsiya orqali ta'lim,
maktub orqali ta'lim va gibrid ta'lim kabi masofaviy ta'limning turli xil turlari haqida
ma'lumot beriladi. Maqola masofaviy ta'limning zamonaviy ta'lim tizimidagi o'rni va
ahamiyatini baholash bilan yakunlanadi.
FONETIK USLUBIYAT
Mazkur maqolada fonetik uslubbiyatning nazariy asoslari,uning tilshunoslikdagi
o`rni va ahamiyati yoritilgan.Unda fonetik vositalarning uslubiy funksiyasi,badiiy
matnlarda ovoz,urg`u,intonatsiya va ritmning estetik ta`siri tahlil qilingan.
Shuningdek, fonetik uslubiyatning turli uslubiy qatlamlarda qanday ko`rinishlarda
namoyon bo`lishi haqidagi fikr-mulohazalar yoritilgan.
ILK BOLALIK DAVRI PSIXOLOGIYASI
ANNOTATSIYA
Ilk bolalik davri psixologiyasi – bu 0 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning
ruhiy rivojlanishini o‘rganuvchi psixologiya sohasi hisoblanadi. Ushbu davrda
bolaning shaxs sifatida shakllanishi, hissiy va aqliy rivojlanishining asoslari yaratiladi.
Tashqi muhit, ota-onalar bilan bo‘lgan munosabat, o‘yin faoliyati hamda nutqning
rivojlanishi bola psixologiyasining markaziy yo‘nalishlaridandir. Ilk bolalik davrida
bolaning harakatlanish qobiliyatlari, sezgi organlari, emotsional holatlari va ijtimoiy
ko‘nikmalari shakllanadi. Shu sababli bu davrni to‘g‘ri tushunish va uni ilmiy asosda
o‘rganish bola tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. Mazkur fan, pedagoglar, psixologlar va
ota-onalarga bolalar bilan samarali muloqot qilish hamda ularning sog‘lom ruhiy
rivojlanishini ta’minlashda amaliy yordam beradi.
YOSHLIK DAVRI PSIXOLOGIYASI
ANNATATSIYA
Ushbu mavzu yoshlar (o'smirlik va ilk yetuklik) davrining psixologik
xususiyatlarini, ularning rivojlanish bosqichlarini, ijtimoiy va emotsional
o'zgarishlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Yoshlar davri shaxs shakllanishida hal
qiluvchi bosqich hisoblanib, unda mustaqil fikrlash, o‘zini anglash, dunyoqarashning
shakllanishi, kasb tanlash, hayotiy maqsadlarni belgilash kabi muhim jarayonlar
kechadi. Mavzuda shuningdek, yoshlarning ijtimoiy muhitga moslashuvi, rollar
almashinuvi, oila va do‘stlar bilan munosabatlari, ruhiy muvozanat va o‘ziga bo‘lgan
ishonchning shakllanishi haqida psixologik yondashuvlar asosida tahlil berilgan.
Mavzu yoshlar bilan ishlovchi mutaxassislar, psixologlar va pedagoglar uchun muhim
nazariy hamda amaliy asos vazifasini bajaradi.
USING AI FOR AUTOMATED LANGUAGE ASSESSMENT: PROS AND CONS
Abstract: Artificial Intelligence (AI) has revolutionized language assessment
by providing automated evaluation tools for various linguistic skills, including
speaking, writing, grammar, and vocabulary. AI-powered assessment systems offer
several advantages, such as efficiency, scalability, and consistency in evaluation. They
can provide instant feedback, reducing the workload for human examiners and enabling
large-scale testing. Additionally, AI-driven assessments can help learners track their
progress and personalize learning experiences. However, AI-based language
assessment also presents challenges. One major concern is the potential lack of
accuracy and fairness, as AI may struggle with nuanced language elements such as
creativity, cultural context, and emotional expression. Bias in training data can lead to
unfair evaluations, particularly for non-native speakers. Moreover, AI systems may not
fully capture the complexities of human communication, such as tone, intent, and
idiomatic expressions. Ethical concerns regarding data privacy and the role of human
educators in language learning also need to be addressed. This paper explores the
advantages and disadvantages of AI-driven language assessment, considering its
impact on learners, educators, and language testing methodologies. While AI offers
promising advancements in language assessment, a balanced approach combining AI
with human expertise may be necessary to ensure fairness, accuracy, and effectiveness.
BUXORO XONLIGIDA YER EGALIGI MUNOSABATLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Buxoro xonligida yer egaligi munosabatlarining
tarixiy shakllanishi, asosiy yer mulk turlari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi
o‘rni tahlil qilinadi. Xonlik davridagi davlat yerlarining (mulki devoniy), vakolatli
shaxslar egaligidagi (mulki xususiy) yerlar, hamda diniy muassasalarga ajratilgan
(vaqf) yerlar asosida jamiyatda shakllangan ijtimoiy tabaqalanish, iqtisodiy
munosabatlar va boshqaruv tizimi yoritiladi. Yer egaligi bilan bog‘liq soliqlar,
majburiyatlar va ijarachilik tizimi ham tarixiy manbalar asosida tahlil etiladi.
ARXAIK JAMIYATLARNING SIYOSIY TUZILISHI VA ZAMONAVIY PARALELLELLAR
ANNOTATSIYA. “Arxaik jamiyatlarning siyosiy tuzilishi va zamonaviy
paralellellar’’ mavzusi arxaik va zamonaviy siyosiy tuzilmalarning o‘xshashliklari va
farqlarini tahlil qilishga qaratilgan. Arxaik jamiyatlar, odatda, odat va an’analar
asosida, qudratli boshqaruvchilarning yoki jamoaviy qarorlar qabul qiluvchi
organlarning ta’siri ostida yashagan. Bunday tuzilmalar ko‘pincha qabilaviy yoki
feodal tizimlarga asoslangan edi. Bugungi kunda esa, zamonaviy siyosiy tizimlar,
asosan, demokratik, avtoritar va totalitar shakllarda tashkil topgan, bunda fuqarolik
huquqlari, davlat boshqaruvi va qonunlarning ro‘li muhim ahamiyatga ega.
Ushbu tahlilda arxaik jamiyatlarning boshqaruv tizimlari va ularning zamonaviy
siyosiy tizimlar bilan bo‘lgan o‘xshashliklari va farqlari ko‘rib chiqiladi. Arxaik
jamiyatlarning siyosiy strukturalari qanday shakllangan va ular zamonaviy siyosiy
tizimlarga qanday ta’sir ko‘rsatganligi haqida muhokama yuritiladi. Shu bilan birga,
zamonaviy siyosiy tizimlarning o‘zgarishlar, ta’sirchanlik va demokratiya kabi
sohalarda yuzaga kelgan rivojlanishlar ham tahlil qilinadi.
ЦИФРОВАЯ ТРАНСФОРМАЦИИЯ - КАК ПУТЬ К СОВЕРШЕНСТВОВАНИЮ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ПРЕДПРИЯТИЯ ЖЕЛЕЗНОДОРОЖНОЙ ОТРАСЛИ В СОВРЕМЕННЫХ УСЛОВИЯХ
Аннотация: статья посвящена вопросам цифровой трансформации
контейнерных перевозок на железнодорожном транспорте. В работе
использована теория функций Кобба -Дугласа и обоснована зависимость
получаемых реальных доходов железнодорожного транспорта от четырёх
основных факторов, таких как квалификация рабочих, развитие логистики,
цифровизации, повышение конкуренции. В статье были использованы
материалы за 2020-2022гг.