Mualliflar

  • Matkarimov Joxongir Solaydinovich
  • Rahimova Mahliyoxon
  • Toshnazarova Musharrafxon

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95542

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: Insoniyatning sivilizatsiyas Hukmron qonunlari munosabat subektlari hokimyat ilm fan taraqiyotlari.

Annotasiya

 
Annotatsiya: Darhaqiqat, ilmning kishilik jamiyatining, ayniqsa, uning uzviy 
qismi bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarning shakllanishida va rivojlanishidagi o‘rni va 
ahamiyati beqiyosdir. Agarda ilm, bilim va ma’rifat kabi xususiyatlari bo‘lmaganda 
insoniyatning sivilizatsiyalari  ham bo‘lmasdi. Abu Ali ibn Sino ham mazkur mavzuga 
oid diqqatga sazovor fikrlarni yozib qoldirgan.  Abu Ali ibn Sino o‘z fikrlarida bu 
masalaga  o‘ziga  xos  tarzda,    faylasufona  yondoshadi.  Bu  bilan  u  o‘zini  nafaqat 
mashhur  tabib  bo‘lganligini,  balki  buyuk  faylasuf  ekanligini  namoyon  etadi. 
Allomaning fikricha, ilm o‘z-o‘zidan birdaniga paydo bo‘lmaydi 1 . Ilmning vujudga 
kelishi uchun bir necha bosqichlardan o‘tishi kerak.  


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

89

MARKAZIY OSIYOLIK ALLOMALARNING IJTIMOIY

MUNOSABATLARGA DOIR FALSAFIY TA’LIMOTLARI.

PHILOSOPHICAL TEACHINGS OF CENTRAL ASIAN ALLOMAS ON

SOCIAL RELATIONS.

ФИЛОСОФСКИЕ УЧЕНИЯ СРЕДНЕАЗИАТСКИХ УЧЕНЫХ О

СОЦИАЛЬНЫХ ОТНОШЕНИЯХ.

Andijon davlat pedagogika instituti

Boshlang’Ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi

Matkarimov Joxongir Solaydinovich

Kechki bo’lim boshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabalari:

Rahimova Mahliyoxon, Toshnazarova Musharrafxon

Annotatsiya:

Darhaqiqat, ilmning kishilik jamiyatining, ayniqsa, uning uzviy

qismi bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarning shakllanishida va rivojlanishidagi o‘rni va
ahamiyati beqiyosdir. Agarda ilm, bilim va ma’rifat kabi xususiyatlari bo‘lmaganda
insoniyatning sivilizatsiyalari ham bo‘lmasdi. Abu Ali ibn Sino ham mazkur mavzuga
oid diqqatga sazovor fikrlarni yozib qoldirgan. Abu Ali ibn Sino o‘z fikrlarida bu
masalaga o‘ziga xos tarzda, faylasufona yondoshadi. Bu bilan u o‘zini nafaqat
mashhur tabib bo‘lganligini, balki buyuk faylasuf ekanligini namoyon etadi.
Allomaning fikricha, ilm o‘z-o‘zidan birdaniga paydo bo‘lmaydi

1

. Ilmning vujudga

kelishi uchun bir necha bosqichlardan o‘tishi kerak.

Abstract:

In fact, the role and significance of Science in the formation and

development of a personality society, especially social relations, which are its integral
part, is incomparable. Without such characteristics as science, knowledge, and
enlightenment, there would not have been human civilizations. Abu Ali ibn Sina also
recorded noteworthy points on the subject. Abu Ali ibn Sina, in his thoughts,
approaches this issue in his own way, philosophically. With this, he manifests himself
not only as a famous healer, but also as a great philosopher. Alloma believes that
science does not appear on its own at once . In order for science to occur, it must go
through several stages.

Аннотация:

Действительно, роль и значение науки в формировании и

развитии человеческого общества, особенно тех общественных отношений,
которые являются его неотъемлемой частью, неоценимы. Не было бы и
человеческих цивилизаций, если бы не такие черты, как наука, знания и

1

ШАРҚ МУТАФАККИРЛАРИНИНГ КОМИЛ ИНСОН ТАРБИЯСИ МАСАЛАЛАРИ ТАҲЛИЛИ. Oriental

Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. Volume: 2, lssue 4, 2022. -Р.1345-1354.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

90

просвещение. Абу Али ибн Сина также оставил заметные замечания по этому
вопросу. Абу Али ибн Сина в своих мыслях подходит к этому вопросу по-своему,
философски. Этим он показывает, что он не только был известным целителем,
но и был великим философом. Ученый считает, что наука не возникает сама по
себе сразу . Чтобы наука возникла, она должна пройти несколько этапов.

Kalit soʻzlar:

Insoniyatning sivilizatsiyas, Hukmron qonunlari, munosabat

subektlari, hokimyat, ilm fan taraqiyotlari.

Keywords:

Human civilization, ruling laws of mankind, subjects of attitude,

authority, branches of science.

Ключевые слова:

Цивилизация человечества, господствующие законы,

субъекты отношений, власть, достижения науки.

Darhaqiqat, ilmning kishilik jamiyatining, ayniqsa, uning uzviy qismi bo‘lgan

ijtimoiy munosabatlarning shakllanishida va rivojlanishidagi o‘rni va ahamiyati
beqiyosdir. Agarda ilm, bilim va ma’rifat kabi xususiyatlari bo‘lmaganda
insoniyatning sivilizatsiyalari ham bo‘lmasdi. Abu Ali ibn Sino ham mazkur mavzuga
oid diqqatga sazovor fikrlarni yozib qoldirgan. Abu Ali ibn Sino o‘z fikrlarida bu
masalaga o‘ziga xos tarzda, faylasufona yondoshadi. Bu bilan u o‘zini nafaqat
mashhur tabib bo‘lganligini, balki buyuk faylasuf ekanligini namoyon etadi.
Allomaning fikricha, ilm o‘z-o‘zidan birdaniga paydo bo‘lmaydi

2

. Ilmning vujudga

kelishi uchun bir necha bosqichlardan o‘tishi kerak.
Abu Ali ibn Sino ilmga erishishning quyidagi bosqichlari mavjudligini ko‘rsatib
o‘tgan: «1) sezgi yordami blan erishish; 2) tasavvur bilan erishish — bu fikri
Aristotelning fikriga tug‘ri keladi; 3) aql bilan baholash qobiliyati — bu fikr Ibn
Sinoning o‘ziga tegishlidir; 4) universaliya deb ataluchi umumiy tushunchalarning
hosil kilinishi»

3

. Allomaning bu qarashidan ilmning o‘zi hamda unga erishish ko‘p

bosqichli, murakkab jarayon ekanligi ayon bo‘lmoqda.

Ma’lumki, ijtimoiy munosabatlarning barcha jabxalari to‘xtovsiz o‘zgarishda va

harakatdadir. Ushbu o‘zgarishlar va harakatlarning asosiy manbaasi va sababchisi esa
insonlardir. Ijtimoiy munosabatlarning sub’ekti bo‘lgan insonlarning ongli faoliyatlari
– jamiyatdagi shart-sharoitlarni va uning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolining darajasini
belgilab beradi.

Biroq, bu jarayonlar o‘z-o‘zidan sodir bo‘lib qolmaydi. Chunki

«Yangilanayotgan va o‘zgarayotgan hamma narsa-hodisalarning qandaydir sababi
bo‘lishi kerak»

4

. Shunday, hech bir o‘zgarish besabab, o‘z-o‘zicha sodir bo‘lmaydi.

2

ШАРҚ МУТАФАККИРЛАРИНИНГ КОМИЛ ИНСОН ТАРБИЯСИ МАСАЛАЛАРИ ТАҲЛИЛИ. Oriental

Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. Volume: 2, lssue 4, 2022. -Р.1345-1354.

3

Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари. – Тошкент: Фанлар Академияси, 1954. XL.

4

Ибн Сина (Авиценна). - Москва: Наука, 1980. - С. 171.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

91

Yakka olingan inson hayotidagi hodisalar ham yoki jamiyatda kechayotgan jarayonlar
muayyan sabablar ta’sirida yuz beradi. Ibn Sino aytganidek, «Inson qalbi ikki
ko‘rinishga ega: biri yuqoriga, o‘zining asl o‘rniga qarab intilsa, boshqasi unga teskari
tomon intiladi». Ushbu xulosaning mazmuni shundaki, inson qalbida ikki kuch
mujassamlashagan: biri, yaratuvchilik, bunyodkorlik, ulug‘vorlik, komillik kabi
yuksak axloqiy fazilatlarga yo‘naltirsa, boshqasi buzg‘unchilik, vayronkorlik, tubanlik,
razillik kabi noaxloqiy illatlarga yetaklaydi

5

.

Garchand, insonga ilm, bilim berilgan bo‘lsada, u hamma vaqt ham aql-tafakkur

bilan ish ko‘ravermaydi, u gohida qalbi, ko‘ngli buyurgan ishlarni ham qilaveradi.
Shunda, inson qalbida yovuzlik ustuvor bo‘lsa, uning xatti-harakati yomonlik sari
yetaklaydi. Va natijada, biz yuqorida aytib o‘tganimizdek, ijtimoiy munosabatlarni
izdan chiqaruvchi, jamiyat barqarorligiga raxna soluvchi noxush holatlarni vujudga
keltiruvchi sabablarga aylanadi. Ming afsuslarki, hozirgi kunda jamiyatimiz
taraqqiyotiga g‘ov bo‘lib, uning yuksalishiga to‘siq bo‘layotgan salbiy holatlar
ko‘paymoqda. Oilaviy ajrimlarning soni oshayotganligidan tashqari odamlar orasida
mehr-oqibatni yo‘qolib borayotganligi, ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan jinoyatlarni
sodir etilayotganligi, ba’zilarning o‘zligini yo‘qotib, begona madaniyatlar ta’siriga
berilayotganligi, fahsh, zo‘ravonlik, shavqatsizlik va boshqa ko‘ngilsiz hodisalarning
avj olayotganligi shular jumlasidandir. Biroq, bu kabi yomonliklarga qarshi kurashni
hamda yaxshiliklarni qaror toptirishni yakka holda ruyobga chiqarib bo‘lmaydi.
Buning uchun jamiyat doirasida keng miqyosdagi tadbirlarni amalga oshirish zarurdir.

Avval ham, hozir ham, insonlar hayotida yaxshilik va yomonlik muhim rol

o‘ynab kelgan. Nafaqat, yakka olingan inson turmush tarzida, balki, ijtimoiy
munosabatlar faoliyatida ham yaxshilik va yomonlik doimo mavjud bo‘lib kelgan.
Dialektik mohiyatiga ko‘ra yaxshilik va yomonlik tushunchalari mazmunan qarama-
qarshi bo‘lsada, shu bilan birga bir-birisiz mavjud bo‘la olmaydi. Yaxshilik va
yomonlik o‘rtasidagi kurash azal-azaldan, minglab yillardan buyon davom etib
kelmoqda. Bu kurashda mutloq g‘olib ham yo‘q. G‘alaba qisman bo‘lishi mumkin.
Lekin, ana shu yomonlik ustidan yaxshilikning qisman g‘alabasiga ham osonlik bilan
erishilmaydi. Yomonlik bilan kurashda yaxshilik ustun kelishi uchun «Yaxshilik
odamlar uchun, umummiqyosda qilingan, hammaga maqbul bo‘lgan nizomga va odat
tusiga kirgan hamda o‘zaro munosabatlarida amal qilishi shart bo‘lgan qoidaga
aylanishi kerak»

6

. Shundagina biz yaxshilikni umumjamiyat miqyosida ustuvor

bo‘lishini ta’minlay olishimiz mumkin.

5

Салимов Б.Л. Ижтимоий муносабатларнинг коммуникация ва транспорт тизими билан детерминистик

боғлиқлигининг гносеологик таҳлили. Фалсафа фанлари доктори диссертацияси. Ўзбекистон Миллий
университети. Тошкент. 2022, 224 б.

6

Ибн Сина (Авиценна). - Москва: Наука, 1980. - С.

172.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

92

Biz yuqorida fikr yuritgan yaxshilik, ezgulik singari tamoyillardan ijtimoiy

munosabatlarni tashkil etishda foydalanish doimo maqsadga muvofiq bo‘lib kelgan.
Chunki bu kabi qadriyatlar insonlarning ma’naviy dunyosini shakllantiruvchi va ularni
komillik sari yo‘naltiruvchi muhim omillardir

7

. O‘z navbatida, shu omillarga asoslanib

qurilgan ijtimoiy munosabatlar ham bardavom bo‘ladi. Ayniqsa, ijtimoiy
munosabatlarning amal qilinishida muhim ta’sirga ega bo‘lgan qonunlarni
yaratilishida bu jihatni e’tiborga olinishi hal qiluvchi ahamiyatga molikdir. Abu Ali ibn
Sino ta’biri bilan aytganda «...Hukmron qonunlar majmuasini tuzayotganida,
xalqlarning ma’naviy xususiyatlarini va haqqoniyat sari rag‘batlantiruchi qadimiy
an’analarini hisobga olishi kerak. Chunki haqqoniyat – insonga xos odatlarning eng
guzalidir»

8

. Demak, ijtimoiy munosabatlarning amal qilinishida muhim ahamiyatga

ega bo‘lgan qonunlar xalqning asriy qadriyatlari hamda orzu-umidlari va istaklari
asosida yaratilishi kerak. Shuningdek, qonunlarda adolat, haqiqat, ya’ni haqqoniyat
g‘oyalari bilan sug‘orilishi shart. Ushbu jihat qonunlarning xalqchil bo‘lishini asosiy
omili bo‘lib xizmat qiladi. Negaki, adolat va haqiqat g‘oyalari azal-azaldan oddiy xalq
uchun hayot-mamot masalasi bo‘lib kelgan. Adolat va haqiqat ko‘magida yaxshilik va
yomonlik o‘rtasidagi azaliy kurashda yaxshilikni tantana qilinishi madh etilgan

9

.

Aksariyat allomalar qarashlarida va falsafiy ta’limotlarda jamiyatda yaxshilik va

yomonlik o‘rtasida kechadigan kurashda yomonlikka qarshi yaxshilik bilan javob
qaytarish uqtirilgan. Biroq, bu qoida hamma vaqt ham kutilgan ijobiy natijani
beravermagan. Bu jihat o‘tgan tarixiy tajribada bir necha marotoba o‘z isbotini topgan.
Shu bois, yomonlikka qarshi yomonlik bilan kurashish tarafdorlari avval ham bo‘lgan,
hozir ham bor. Xususan, Sharq dunyosining buyuk ijodkori Abulqosim Firdavsiyning
quyidagi fikrlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi:

Yomonlik-la kesay yomonlar qo‘lin,
Ruhimga yor etay yaxshilik yo‘lin

10

.

Ushbu o‘rinda ba’zilar e’tiroz bildirishi mumkinki, yomonlarlarga, ularning

yomonliklariga qarshi yomonlik bilan kurashsak, unda yomonlardan qanday farqimiz
qoladi. Bizlar ham yomonlik qilsak, yomonlar bilan bir xil bo‘lib qolamizku, - degan
ma’noda. To‘g‘ri, ezgulik va yaxshi amallar yuksak insoniy fazilatlar hisoblanadi.
Shunday ekan, ularga bo‘lgan munosabatning ham turlicha bo‘lishi tabiiy xoldir.
Ijtimoiy munosabatlarning shakllanishida va takomillashuvida yuqoridagi omillarning
ta’siri katta.

7

Expression of Dialectic Categories in the Individual’s Social Life // openaccessjournals. eu. International Journal of

InnovativeAnalyses and Emerging Technology. Volume: 1, lssue 4, 2021. -Р.16-18.

8

Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари. – Тошкент: Фанлар Академияси, 1954. XXXV.

9

Салимов Б.Л. Философская роль диалектических категорий в жизни человека // Историческая психология и

социология истории (historial psychology & sociology). – М., 2020. Т. 13. -№1. -С. 111-119.

10

Абулқосим Фирдавсий. Шоҳнома. – Тошкент: Ғофур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1984. – Б.

27.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

93

Insonlar ijtimoiy munosabatlarning sub’ektlari hisoblanadi. Insonlar esa xilma-

xil bo‘ladi. Shu sababdan, ularga bo‘lgan munosabatda biz yuqorida sanab o‘tgan
xususiyatlarini inobatga olish zarur. Shunda ijtimoiy munosabatlar doirasida kelib
chiqishi mumkin bo‘lgan tushunmovchiliklarga barham berilib, jamiyatning har bir
a’zosini hokimiyat ko‘rsatmalarini to‘g‘ri qabul qilish va unga to‘liq amal qilish
darajasi ancha yuqori bo‘lishi ta’minlanadi. Hozirgi zamonda yuksak taraqqiyotga
erishgan davlatlar va shu maqsad yo‘lida intilayotgan, rivojlanayotgan mamlakatlar
ushbu muhim tamoyilni o‘zlari uchun dastur-ul-amal qilib olishgan. Bunday
yondashuv bugun yoki kecha paydo bo‘lib qolgan emas. Hattoki, bundan bir necha
asrlar muqaddam yashab o‘tgan hukmdorlar ham shu tarzda mamlakatni idora etganlar.

Har tabaqa ahli nimaga moyil,
Ularni ajratib o‘tdi ellik yil.
Shunday tabaqalab xalqini bo‘ldi,
Maqsad – har kim yo‘lin belgilash bo‘ldi

11

.

Ushbu misralardan ko‘rinib turibdiki, millatlar va xalqlarning peshvolari

tomonidan aholini turli tabaqa va toifalarga bo‘linishini hamda ularning har birining
o‘z qiziqishlari, manfaatlari mavjudligini va shular asosida har kimning maqsad-
muddaolari shakllanishini anglab yetishgan. Va jamiyatdagi ahlu-fuqarolarning
manfaatlarini ko‘zlagan holda, yurgizgan siyosatlarida, shu jihatlarni hisobga olishgan.

Adabiyotlar

1.

Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. – Toshkent: Fanlar Akademiyasi, 1954. XL.

2.

Ibn Sina (Avitsenna). - Moskva: Nauka, 1980. - S. 171.

3.

Abulqosim Firdavsiy. Shohnoma. – Toshkent: G‘ofur G‘ulom nomidagi Adabiyot
va san’at nashriyoti, 1984. – B. 27.

4.

Salimov B.L. Ijtimoiy munosabatlarning kommunikatsiya va transport tizimi bilan
deterministik bog‘liqligining gnoseologik tahlili. Falsafa fanlari doktori
dissertatsiyasi. O‘zbekiston Milliy universiteti. Toshkent. 2022, 224 b.

5.

Salimov Baxriddin Lutfullaevich. The philosophical role of dialectical categories in
human life. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences. Volume: 1, lssue 6, 2021. -R.406-410.

6.

Matkarimov, J. S. (2024). PREZI SAYTIDA TAQDIMOT TAYYORLASHNING
DASTLABKI TUSHUNCHALARIGA OID.

INTERNATIONAL SCIENCES,

EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES

,

1

(12), 42-46.

7.

Matkarimov, J. S. (2024). TA’LIM MASHG‘ULOTLARIDA ZAMONAVIY
KOMPYUTER DASTURLARINI QO ‘LLASH.

8.

Matkarimov, J. S. (2024). TA’LIM MASHG‘ULOTLARIDA ZAMONAVIY
AXBOROT KOMMUNIKASIYA TEXNOLOGIYALARI DASTURLARINI QO
‘LLASH.

11

Абулқосим Фирдавсий. Шоҳнома. – Тошкент: Ғофур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1984. – Б.,

28-29.

Bibliografik manbalar

Adabiyotlar

Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. – Toshkent: Fanlar Akademiyasi, 1954. XL.

Ibn Sina (Avitsenna). - Moskva: Nauka, 1980. - S. 171.

Abulqosim Firdavsiy. Shohnoma. – Toshkent: G‘ofur G‘ulom nomidagi Adabiyot

va san’at nashriyoti, 1984. – B. 27.

Salimov B.L. Ijtimoiy munosabatlarning kommunikatsiya va transport tizimi bilan

deterministik bog‘liqligining gnoseologik tahlili. Falsafa fanlari doktori

dissertatsiyasi. O‘zbekiston Milliy universiteti. Toshkent. 2022, 224 b.

Salimov Baxriddin Lutfullaevich. The philosophical role of dialectical categories in

human life. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social

sciences. Volume: 1, lssue 6, 2021. -R.406-410.

Matkarimov, J. S. (2024). PREZI SAYTIDA TAQDIMOT TAYYORLASHNING

DASTLABKI TUSHUNCHALARIGA OID. INTERNATIONAL SCIENCES,

EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES, 1(12), 42-46.

Matkarimov, J. S. (2024). TA’LIM MASHG‘ULOTLARIDA ZAMONAVIY

KOMPYUTER DASTURLARINI QO ‘LLASH.

Matkarimov, J. S. (2024). TA’LIM MASHG‘ULOTLARIDA ZAMONAVIY

AXBOROT KOMMUNIKASIYA TEXNOLOGIYALARI DASTURLARINI QO

‘LLASH.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Matkarimov Joxongir Solaydinovich, Abdurahmonova Layloxon Bahriddin qizi,, Bozorova Oygul Shezodbek qizi,, Aliyeva Iroda Botirali qizi ., SUN‘IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK AMALIYOTGA TATBIQ ETISHDAGI MUVAFFAQIYATLAR VA QIYINCHILIKLAR , Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi : Jild 43 № 4 (2025)

Matkarimov Joxongir Solaydinovich, Mahamadaliyeva Gavharoy Muzaffar qizi,, Bozorboyeva Dilbaroy Sherzodbek qizi, SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING DUNYO MAMLAKATLARI MADANIYATLARIGA TA’SIRI , Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi : Jild 43 № 4 (2025)