Mualliflar

  • Sattorova Nargiza Abduraupovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95553

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: Sadr Ziyo Musahhiba Shukurova Muhammad Shakuriy tazkira Mehtari Orif madrasasi.

Annotasiya

Annotatsiya:    Ushbu  maqolada  Buxoro  adabiy  muhiti  vakili  Sadr  Ziyo 
xususidadir.  Uning  hayoti,  faoliyati  hamda  asarlar  to'g'risida  batafsil  ma'lumotlar 
berilgan. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

33

SADR ZIYO – MUNAQQID.

Sattorova Nargiza Abduraupovna

BuxDpi magistranti

nargizasattorova1997@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Buxoro adabiy muhiti vakili Sadr Ziyo

xususidadir. Uning hayoti, faoliyati hamda asarlar to'g'risida batafsil ma'lumotlar
berilgan.

Kalit so'zlar:

Sadr Ziyo, Musahhiba Shukurova, Muhammad Shakuriy, tazkira,

Mehtari Orif madrasasi.

Ключевые слова:

Садр Зия, Мусаххиба Шукурова, Мухаммад Шакурий,

тазкира, медресе Мехтари Ариф.

Keywords:

Sadr Ziya, Musahhiba Shukurova, Muhammad Shakuriy, tazkira,

Mehtari Arif madrasa.

Sadri Ziyo (taxallusi; asl ismsharifi Mirza Muham mal Sharif Sadr ibn

Abdishukur) (1867—Buxoro—1932) — shoir, olim. Buxoro madrasalarida tahsil
koʻrgan. Arab va fors tili grammatikasi, mumtoz adabiyot, tarix fanlarini, xattotlik
sanʼatini puxta egallagan. "Tazkor ulashʼor" tazkirasini tuzgan. Asar nazmda yozilgan.
Unda Ahmad Donish, Shamsuddin Mahmud Shoqin kabi shoir va olimlarning hayoti,
ijodiga keng oʻrin berilgan. Asar Oʻrta Osiyo, xususan, 19-asr 2yarmi — 20-asr
boshlaridagi Buxoro adabiy muhitini oʻrganishda muhim manba hisoblangan.
"Tazkirat ushshuaroi mutaqaddimin va salatini maosirin va buzurgoni mutavarrin"
("Oʻtmish va hozirgi zamon shoirlari, sultonlari tazkirasi"), "Shuaroi mutaaxxirin va
fuzaloi maosirin" ("Soʻnggi davr shoirlari va zamondosh fozillar"), "Tazkirat
ulhukamo" ("Hokimlar tazkirasi"), "Navodiri ziyoiya" ("Ziyo nodirliklari") kabi
adabiyot, tarix, geografiyaga oid asarlar muallifi.Ayrim manbalarda Sharifjon
Maxdum qalamiga mansub turli mavzulardagi asarlar soni 75 tani tashkil etadi
deyilgan. Bugungi kunda Oʻzbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik institutining qoʻlyozmalar xazinasida Sadri Ziyoning oʻz dastxati bilan
koʻchirilib, 9 ta jildda jamlangan koʻplab risolalari, tazkiralari va tarixiy asarlari
saqlanmoqda. Bu asarlarning aksariyati L. M. Yepifanova tomonidan qisqacha
tavsiflangan. Asarlari XIX asrning ikkinchi yarmi — XX asr boshlariga oid Buxoro
amirligi tarixi, ilmiy, adabiy muhitini oʻrganishda qimmatli manbalar sirasiga kiradi.
Sadr Ziyo davlat ishlari bilan band bo‘lishiga qaramay, sermahsul ijod qilib, bir qancha
asarlar yaratgan. Bugungi kunda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon
Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar xazinasida Sadr Ziyoning
9 ta jildga jamlangan 70 dan ortiq risolalari, tazkiralari va tarixiy asarlari saqlanmoqda.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

34

Bu kitoblarning tadqiqot doirasi keng bo‘lib, Sharqning musulmon mamlakatlari
geografiyasi, Buxoro amirligining XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridagi
tarixini o‘rganishda muhimmanbalar bo‘lib hisoblanadi.

Sadr Ziyoning “Mashhur shaharlar va ularning atrofidagi joy nomlari va ularning

alifbo tartibi haqida risola”, “Baland togʻlarning ajoyibotlari va vayrona tepaliklarning
qiziq jihatlari bayoni”, “Jugʻrofiya va yer yuzidagi mamlakatlar aholisi to‘gʻrisida
majmua”, “Yetti iqlim bayoni” kabi asarlarida XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi
Sharq mamlakatlari tabiati, boyliklari va shaharlari haqida maʼlumotlar berilgan bo‘lsa,
“Movarounnahrdagi mevalarning xususiyatlari haqida so‘z” asarida Turkistonda
yetishtiriladigan mahalliy mevalarning turkiy, arab va fors tilidagi nomlari,
xususiyatlari, isteʼmol qilish uchun foydali jihatlari haqida so‘z yuritiladi.

Sadr Ziyo Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Fariduddin Attor, Abduxoliq

Gʻijduvoniy, Imom Buxoriy, Abdulvohid Sadri Sarir Balxiyning hayoti va faoliyatini
yoritib beruvchi “Tarjimayi ahvoli imom Forobiy”, “Tarjimayi ahvoli shayx-ur-rais
Abu Ali ibn Sino”, “Tarjimayi holi Attor”, “Tarjimayi holi Xoja Abduxoliq
Gʻijduvoniy”, “Tarjimayi holi imom Hofiz al-din al-kabir al-Buxoriy”, “Mujmali
tarjimayi holi manoqibi Ogʻoyi Buzurg”, “Tarjimayi ahvoli qozi Abdulvohid sadri
Sariri Balxiy” kabi asarlar muallifi hamdir.

Sadr Ziyo qalamiga mansub “Buxoroyi Sharif ichkarisidagi madrasalar atalishi

to‘g‘risida” hamda “Buxoroyi Sharif ichkarisidagi masjidlar atalishi to‘g‘risida” nomli
asarlari Buxoro shahri tarixini o‘rganishda nihoyatda muhim manba hisoblanadi. Bu
asarlar orqali biz shaharning ichki tuzilmasi, diniy-ma’rifiy hayoti, me’moriy obidalari
va ularning tarixiy ahamiyati haqida boy ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Ayniqsa, bu
yozuvlar Buxorodagi madrasa va masjidlar soni, joylashuvi, o‘lchami va tarixiy
manbalardagi o‘rni haqida aniq faktlar asosida yozilgan bo‘lib, o‘z davri uchun beqiyos
ilmiy qimmatga ega.

Mazkur asarlarda Buxoro shahrida joylashgan 204 ta madrasa va 223 ta masjid

haqida so‘z yuritiladi. Har bir madrasa va masjid alohida tilga olinadi, ular haqida
qisqacha izohlar, qurilgan yili, bunyodkor hukmdor yoki homiylar ismi, hamda ayrim
me’moriy tafsilotlar ko‘rsatilgan. Bu jihatlar tarixiy shaharshunoslik va madaniy
merosni o‘rganishda ayni muddao hisoblanadi. Masalan, asarda keltirilishicha,
shahardagi eng yirik madrasa bu — Ko‘kaldosh madrasasi bo‘lib, undagi hujralar soni
147 taga yetgan. Bu esa o‘sha davrdagi ta’lim muassasalarining qamrovi va
imkoniyatlari qanday bo‘lganini ko‘rsatadi. Aksincha, eng kichik madrasa deb Mehtari
Orif madrasasi tilga olinadi, u atigi 2 ta hujraga ega bo‘lgan. Bu tafovut Buxorodagi
madrasalar orasidagi ijtimoiy va iqtisodiy farqni ham ifodalaydi.

Yana bir diqqatga sazovor holat shuki, hujralar soni yigirmadan ortiq bo‘lgan

madrasalar soni 60 taga yetgani, ellikdan ortiq hujrasi bo‘lgan yirik madrasalar esa 20


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

35

tani tashkil qilgani qayd etilgan. Bu raqamlar orqali biz Buxoro ilmiy hayotining
naqadar keng ko‘lamli va rivojlangan bo‘lganini anglashimiz mumkin.

Asar izohlarida har bir madrasa va masjidning qaysi hukmdor davrida, kim

tomonidan va qaysi yilda barpo etilgani aniq ko‘rsatilgan bo‘lib, bu ma’lumotlar tarixiy
tafsilotlarni tiklashda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, bu yozuvlarda ayrim
obidalar o‘zining o‘rni, diniy-ma’rifiy faoliyati va shahardagi nufuziga qarab
baholangan.

Sadr Ziyoning ushbu asarlari Buxoro shahrining diniy-ma’rifiy infratuzilmasini,

ilmiy markaz sifatidagi o‘rnini va islom sivilizatsiyasidagi ahamiyatini o‘rganishda
noyob tarixiy manbadir. Ular orqali biz nafaqat qadimiy bino va obidalar haqida, balki
o‘sha davrdagi ijtimoiy-ma’naviy hayotning qanday kechganini ham chuqur
anglaymiz.

Sadr Ziyo o‘z zamonasining mohir xattoti ham bo‘lgan. U zamondoshlaridan

Inoyatullo Shayxning “Oxund Shayx bar tahzib”, Najmiddin Umar ibn Ali
Qazviniyning “Xoniya”, Kamoliddin Xo‘jandiyning “Devoni Shayx Kamoli
Xo‘jandiy”, Mir Muhammad Siddiq Hashmatning “Nomayi Xusravon” nomli
asarlarni nastaliq xatida ko‘chirib bergan. Shuningdek, xattotlik sanʼati bo‘yicha Mirzo
Azim, Abdurahim Peshkuhiy, Abdulloh Mirzo Hisoriy, Mirzo Abdurahmon, Mirzo
Abdulvohid, Mirzo Abdulqayum, Mirzo Qori Olimxon, Mirzo Qobil, Mirzo Murod,
Muhammad Amin Qori, Abdulmo‘min, Qori Nazrulloh o‘roq, Qozi Hoji Neʼmatulloh,
Mirzo Safar, Mir Yahyo qorovulbegi kabilarga ustozlik qilgan.

Sadr Ziyo nafaqat o‘z davrining yetuk adibi, ma’rifatparvari va adabiy muhiti

vakili sifatida tanilgan, balki uning yana bir muhim jihati — kitobsevarligi va kitob
yig‘uvchilik faoliyati bilan ham ajralib turadi. U ilm-ma’rifatga cheksiz muhabbat
qo‘ygan, kitobni inson tafakkurining asosiy quroli deb bilgan ziyolilardan edi. Aynan
shuning uchun ham u Buxoroda shaxsiy kutubxona tashkil etgan va umrining asosiy
qismini ilmiy manbalarni to‘plash, o‘rganish va saqlashga bag‘ishlagan.

XX asr boshlarida Buxoro shahrida uchta yirik shaxsiy kutubxona mavjud

bo‘lib, ular orasida Sharifjon Sadr Ziyo kutubxonasi alohida ahamiyatga ega edi. Bu
uch kutubxona — Burhoniddin Sadr qozikalon kutubxonasi, Siddiqxon Hashmat
kutubxonasi va Sadr Ziyo kutubxonasi — o‘z davrining ilmiy-ma’rifiy markazlari
sifatida faoliyat yuritgan. Ular faqat kitob saqlanadigan joy emas, balki ma’rifat ahli
yig‘iladigan, munozaralar yuritiladigan, bilim almashiladigan maskanlar bo‘lgan.

Sadr Ziyoning kutubxonasi o‘zining nodir qo‘lyozmalari, ilmiy asarlari va

tarixiy manbalari bilan ajralib turgan. Bugungi kunda uning kutubxonasidan qolgan
meros Turkiston tarixini, adabiyoti, madaniyati vailm-fanini o‘rganishda nihoyatda
muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Kutubxonadagi asarlar orasida islom ilmlariga,
falsafa, tarix, tilshunoslik va adabiyotga oid ko‘plab noyob manbalar bor edi. Bu


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

36

kitoblar orqali Sadr Ziyoning o‘z davrida qanday ilmiy salohiyatga ega bo‘lgani, ilmga
bo‘lgan chuqur hurmati va mas’uliyati yaqqol namoyon bo‘ladi.

Afsuski, sovet hokimiyati davrida bu qimmatli kutubxona xavf ostida qolgan.

Bir necha marta Sadr Ziyo kutubxonasi davlat mulkiga aylantirilmoqchi bo‘lib, bu
yo‘nalishda harakatlar bo‘lgan. Biroq har gal bu harakatlar Sadr Ziyoning qat’iy
e’tiroziga uchragan. U ilmiy merosni o‘z hayotining bir bo‘lagi, milliy qadriyat deb
bilgan va bu merosni himoya qilish uchun hatto tahdidlar oldida ham bo‘yin egmagan.

Uning so‘nggi yillari, afsuski, og‘ir kechdi. 1924-yilda u sovet hokimiyatiga

qarshi targ‘ibot olib borganlikda ayblanib, fevral oyida hibsga olingan va 35 kun
davomida qamoqda saqlangan. Keyinchalik, 1931–1932-yillarda aholidan tilla va
qimmatbaho buyumlarni majburan tortib olish jarayonida Sadr Ziyoning mulkini
yashirgani haqidagi ayblov bilan yana hibsga olinadi. Bu safar u qamoqxonada tif
kasaliga chalinib, og‘ir darddan so‘ng vafot etgan. Uning o‘limi Buxoroning ma’rifatli
ziyolilari orasida chuqur iz qoldirdi.

U vafot etgach, hukumat tomonidan kutubxonasi musodara qilinadi. Uning 350

dan ortiq nodir kitobi Buxoro Xalq Sovet Respublikasi kutubxonasiga topshiriladi.
1936-yilda esa Sadr Ziyoning qolgan barcha kitoblari Toshkentga olib ketilib, hozirda
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondida saqlanmoqda. Bu qo‘lyozmalar
orasida ilmiy, diniy, adabiy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan asarlar bugun ham
tadqiqotchilar uchun bebaho manba hisoblanadi.

Sadr Ziyo faqat ilm ahli emas, balki mehribon turmush o‘rtoq,g‘amxo‘r ota

bo‘lgan. U Ibodulla Maxdumning qizi Musahhiba Shukurova bilan oila qurgan.
Afsuski, ularning 1889-yilda tug‘ilgan qizi hali 3 yoshga to‘lmasdan vabo kasalidan
vafot etadi.

Ammo keyinchalik dunyoga kelgan Muhammad Shakuriy (1925–2012) ismli

o‘g‘li otasining izidan borib, Tojikiston ilm-fani rivojiga katta hissa qo‘shgan taniqli
adabiyotshunos va tilshunos olim bo‘ldi. U ham otasiga o‘xshab ilmga sadoqatli, elga
xizmat qiluvchi ziyoli bo‘lib yetishdi.

Sadr Ziyo nafaqat Buxoroning, balki butun Turkistonning madaniy hayotida

muhim o‘rin egallagan siymolardan biridir. Uning ilmga, kitobga, milliy merosga
bo‘lgan muhabbati, mustabid siyosatga qarshi ko‘rsatgan jasorati va hayotini ma’rifat
yo‘liga bag‘ishlaganligi biz uchun ibrat maktabidir. Bugun ham uning nomi bilan
bog‘liq kutubxona boyligi, ilmiy merosi va ma’naviy jasorati xalqimiz xotirasida
munosib o‘rin egallaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Axmatov A. Buxoro adabiy harakatchiligi haqida ayrim mulohazalar (XX asr
boshlari). “Uchinchi renessans: ilm-fan va ta’lim taraqqiyoti istiqbollari”. Ilmiy
maqolalar to’plami. Uzbekistan: www.oriens.uz. 2021. –B. 367-370.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

37

2.

Axmatov A. Buxoro adabiy muhiti tarixi (XX asr) Tarix fanlari bo’yicha falsafa
doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Buxoro, 2022. –B.32.

3.

Ulugmurod, A. S. Abdurauf fitrat is one of the earliest researchers of Uzbek
folklore. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal.
Year: 2020, Volume: 10, Issue: 6. First page:(669) Last page:(673). Online ISSN,
2249-7137.

4.

Амонов, У. С. (2022). JADIDCHILIK HARAKATI VA «BUXOROYI SHARIF»
RO ‘ZNOMASI: Amonov Ulug ‘murod Sultonovich, BuxDUPI dotsenti,
filologiya fanlari bo ‘yicha falsafa doktori. Образование и инновационные
исследования международный научно-методический журнал, 5, 62-67.

5.

www.google.com

6.

www.ziyonet.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

Axmatov A. Buxoro adabiy harakatchiligi haqida ayrim mulohazalar (XX asr

boshlari). “Uchinchi renessans: ilm-fan va ta’lim taraqqiyoti istiqbollari”. Ilmiy

maqolalar to’plami. Uzbekistan: www.oriens.uz. 2021. –B. 367-370.

Axmatov A. Buxoro adabiy muhiti tarixi (XX asr) Tarix fanlari bo’yicha falsafa

doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Buxoro, 2022. –B.32.

Ulugmurod, A. S. Abdurauf fitrat is one of the earliest researchers of Uzbek

folklore. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal.

Year: 2020, Volume: 10, Issue: 6. First page:(669) Last page:(673). Online ISSN,

-7137.

Амонов, У. С. (2022). JADIDCHILIK HARAKATI VA «BUXOROYI SHARIF»

RO ‘ZNOMASI: Amonov Ulug ‘murod Sultonovich, BuxDUPI dotsenti,

filologiya fanlari bo ‘yicha falsafa doktori. Образование и инновационные

исследования международный научно-методический журнал, 5, 62-67.

www.google.com

www.ziyonet.