Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_4-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
28
ABDULLA QAHHORNING “DAHSHAT” HIKOYASIDAGI SO‘ZLARNING
SEMIOTIK TAHLILI
Rasulova Shahlobonu Shavkat qizi
Buxoro davlat pedagogika instituti
O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasi
struktural va semiotik jihatdan tahlil qilindi. Hikoyadagi belgi munosabat bildiruvchi
so‘zlar tatqiq etildi.
Kalit so‘zlar:
Badiiy tahlil , strukturalizm , semiotika , belgilar , Abdulla
Qahhor, “Dahshat” hikoyasi.
Keywords:
Artistic analysis, structuralism, semiotics, signs, Abdulla Qahhor,
story “Horror”.
Ключевые слова:
Художественный анализ, структурализм, семиотика,
знаки, Абдулла Каххор, рассказ “Ужас”.
KIRISH:
Badiiy matnning asosiy xususiyatlaridan biri uning cheksizligida
koʻrinadi. Mana shu cheksizlik alomatiga koʻra matnni koinotga muqoyasa etish
mumkin. Bunday bepoyonlik matnning gorizontal (yon) va vertikal (tik) ravishda har
tarafga qarab muttasil kengayib borishi tufayli yuzaga keladi. Natijada matn oʻzining
hajmi, chegaralarini uzluksiz uzaytiradi. Ushbu kattalashish matnning harakati, yaʼni
oʻzidagi belgilarning bir-biri bilan doimiy aloqa-munosabatlarga kirishishidan yuzaga
keladi. Atoqli semiotik, postmodernizm namoyandasi Rolan Bart badiiy asardan farqli
ravishda badiiy matnga koʻplik xususiyati xosligini koʻrsatgan edi. Uning yozishicha,
matnda mazmun aynan mana shu koʻplik matnni yuzaga keltirishga xizmat qiladi.
“Matnning koʻpligi uning mundarijasidagi unsurlarning ikki maʼno (denotativ va
konnotativ)ga ega boʻlishi bilan emas, bildiruvchilarning koʻp tarmoqligi sababli
paydo boʻladi”.
1
Olim aynan mana shunaqa bildiruvchilar matn “mato”sini hosil
qilishini koʻrsatgan.
Biz ushbu ishda yozuvchi Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasining semiotik
tahlili orqali matn cheksizligi hodisasini oydinlashtirishga harakat qilamiz.
Mazkur badiiy yaratma yozuvchining tarixiy mavzuda yaratgan boshqa
hikoyalari – “Anor”(5,5 bet), “Bemor”(2,2 bet) “Oʻgʻri”( qariyb 4 bet),
“Millatchilar”(4,5 bet), “Tomoshabogʻ”(2,3 bet)dan hajm jihatdan birmuncha katta –
oʻzi hayotligida nashrga tayyorlagan olti jildlik “Asarlar”ining birinchi jildida sakkiz
1
Барт Р. Избранные работы: Семиотика: Поэтика: Пер. с фр. / Сост., общ. ред. и вступ. ст. Г. К. Косикова.— М.:
Прогресс, 1989. – С.416.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_4-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
29
sahifani tashkil qiladi. Bu farqning sababi shundaki, adib hikoyachilik faoliyatining
dastlabki bosqichi (oʻtgan asrning 30-yillarida) imkon darajasida qisqalikka rioya
qilgan. Shunga qaramay. urush (1941-1945 yillar)kelib garchi muxtasar tasvirlash
prinsipidan voz kechmagan boʻlsa-da, ushbu janrda yaratilgan baʼzi asarlari hajman
kattalashgani koʻrinadi: “Asror bobo” 15, “Xotinlar” 20, “Kartina”11, “Dumli
odam”10, “Nurli choʻqqilar”12 betdan iborat. Aslida hikoya “qisqa epik janr”deb
hisoblansa-da, uning ixchamligi sahifalarning ozligidan kelib chiqmaydi; qissa va
romanga nisbatan hajman kichikligi bu badiiy shaklga yuqorida koʻrsatilgan taʼrif-
baho berilishiga sabab boʻlgan. Binobarin, mazkur nasr shaklining 10-15, hatto undan
koʻp sahifadan tashkil topishi odatiy hol hisoblanadi. Tadqiqotchi Bahor
Shukurovaning yozishicha, hikoyada qisqalik boʻyicha Abdulla Qahhorning ustozi
hisoblangan Anton Chexovning baʼzi kichik asarlari 50-100 bet doirasida yaratilgan,
uning “Chiroqlar”(1988) - 37, “Zerikarli voqea”(1890) – 67, “Noma’lum odam
hikoyasi”(1893) - 82 betni tashkil etadi”.
2
Bir janr (hikoya) doirasida hajmning ixchamligi yoki kattaligi undagi
belgilarning adadi, bu miqdor esa ifoda etilishi lozim boʻlgan badiiy konsepsiyaning
talab hamda ehtiyojlari bilan bogʻliq.
TADQIQOT METODI VA NATIJASI:
Badiiy matn tadqiqida sarlavhaning
alohida, ustuvor oʻrni va vazifalari bor. Sarlavha hamisha matndagi yetakchi fikrni
yuzaga chiqaruvchi ochqich rolini oʻtaydi. Shu boisdan biz tahlil uchun tanlab olingan
hikoya matnining sarlavhasiga dastlabki eʼtiborimizni qaratamiz.
“Dahshat”. Dastavval sarlavha sifatida tanlab olingan bu lugʻaviy birlikning
birinchi semasiologik tizim (til)dagi maʼnosiga eʼtiborni qaratamiz, chunki soʻzning
birlamchi (denotativ) maʼnosi tahlil jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Arab
tilidan oʻzlashgan bu kalima hayronlik, hayratda qolish maʼnolarini bildiradi
“Oʻzbek tilining izohli lugʻati” da bu birlikning bir-biriga aloqador boʻlgan uchta
maʼnosi berilgan:
1.Nihoyat darajada qoʻrqinch, xavf, vahima.
2.Azob-iztirobga soluvchi mudhish ahvol, voqea-hodisa, manzara.
3
3.Ortiq darajada qoʻrqqan, vahimaga yoki azob-iztirobga tushgan kishining,
koʻrinishi, ruhiy-holati.
Matn tarkibidagi belgilarni tahlil qilish jarayonida sarlavha (“Dahshat”)ning
yuqorida qayd etilgan qaysi kategoriyaga mos kelishini tekshiramiz. Badiiy-poetik
tizimning dastlabki leksiya (birligi) quyidagicha berilgan:
2
Shukurova Bahor Boltayevna. Zamonaviy oʻzbek hikoyachiligi poetikasi (Sh.Xolmirzaev, E. A’zam, N.Eshonqul
ijodi asosida). Филол. фан. бўй. фал. д-ри (PhD). дисс. Бухоро – 2024. – Б. 35
3
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. Биринчи жилд. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси
давлат миллий нашриёти, 2006 . – Б. 583-584.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_4-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
30
“Yaqin ikki haftadan beri koʻz ochirmayotgan kuzak shamoli yaydoq daraxtlar
shoxida chiyillaydi, uvillaydi; tomlarda vishillaydi, yopiq eshik va darchalarga bosh
urib uf tortadi”.
4
Ushbu boʻlakda bitta belgi mavjud boʻlib, u bir vaqtning oʻzida ham asl
(denotatsiya), ham koʻchma (konnatatsiya) fikrni ifodalamoqda. Aynan shu belgi
(shamol) misolida biz Rolan Bart koʻrsatgan “bildiruvchining koʻp tarmoqligi”
ekanligini koʻrishimiz mumkin boʻladi.
Shamol har qanday matndan tashqarida alohida olib qaralganda, faqat
denotatsiya tarzida namoyon boʻlib, tabiat hodisasi (havoning bir yoki turli tomonga
qarab jadal harakati)ni anglatadi. Biz tahlil etayotgan matnda esa u ikki qatlamning har
bir birida alohida xususiyatga ega boʻlgan birlik tarzida qoʻllanilgan.
Matnning dastlabki qatlamida shamol lugʻaviy birligi soʻz sifatida oʻzining
denotativ xususiyatini saqlab qolgan va u kommunikativ (axborot yetkazish) vazifasini
bajarmoqda: adresatga voqea (ikki haftadan buyon shamol esayotgani) haqida xabar
bermoqda. Shu bilan birga, u sintaktik segment tarkibida chiyillaydi, gʻuvillaydi,
vishillaydi, bosh urib uf tortadi sof feʼllari va ravishdosh bilan birikib birlamli
konnotatsiyani hosil qilyapti. Matn doirasida shamol shunchaki shiddat bilan
esmayapti; qandaydir maxluq-jonzod tarzida namoyon boʻlib badiiy tasvir vositasi
(intoq)ni yuzaga keltiryapti. Garchi shamol birligi adresant nutqidagi oddiy
axborotdan farqli suratda badiiy-poetik ifodaga aytlangan boʻlsa-da, u dastlabki badiiy
sathda kitobxonga shamolning oʻta shiddat bilan atrofga xuruj qilayotganini hususida
badiiylashtirilgan tasvir asosidagi xabar bilan cheklangan.
Navbatdagi badiiy sathda shamolga bogʻliq badiiy boʻlak ramziy xususiyat kasb
etadi. U konnotatsiya tarzida ayol erkini paymol etayotgan muhit (dodho xonadoni va
istibdodni oʻz shaxsi va harakatlarida mujassamlashtirgan yovuz shaxs, keng miqyosda
olib qaralganda esa nafaqat ayol, shuningdek. zulmga giriftor etgan ijtimoiy tizim)ni
va mana shu muhitni yuzaga keltirgan istibdod vakillarini ifoda etadi.
Mazkur sathdagi tiyiqsiz har tomonga bosh urayotgan shamol konnotativ birlik
sifatida izohli lugʻatda qayd etilgan birinchi banddagi izohga mos kelyapti (nihoyat
darajada qoʻrqinch, xavf, vahima) – u hali azob-iztirobga soluvchi mudhish ahvol,
voqea-hodisa, manzara yoxud ortiq darajada qoʻrqqan, vahimaga yoki azob-iztirobga
tushgan kishining, koʻrinishi, ruhiy-holatini ifodalamaydi. Bu holni quyidagi chizmada
koʻrsatamiz:
4
Абдулла Қаҳҳор. Асарлар. Олти томлик. Биринчи том. – Тошкент:Ғафур Ғулом номидаги бадиий адабиёт
нашриёти,1967. – Б. 41. Ҳикоядаги кейинги иқтибослар ҳам мана шу манбадан олинган ва матнда саҳифаси
кўрсатилган.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_4-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
31
nihoyat darajada qoʻrqinch, xavf, vahima
shamol
shakl + konsept = belgi
Maʼlum boʻlyaptiki, hikoya matni muqaddimasidagi dastlabki leksiyada ifoda
topgan belgi (shamol) hali biror-bir voqea, insonga bogʻlanmagan holda tasvirlangan.
Biroq badiiy matndagi har qanday tasvir, ifoda oʻz-oʻzicha poetik tizimga shunchaki
kiritilmaydi. U matn strukturasida oʻziga aloqador muayyan bir vazifani bajarishi kerak
boʻladi. Rus yozuvchisi A.P. Chexovning pyesa boshida devorga osilgan miltiq asar
tugaguncha bir marta boʻlsa ham otilishi zarur degan fikri bejiz aytilmagan. Shunday
ekan, badiiy matn strukturasida shamol belgisi ham matn davomida oʻzining badiiy-
poetik yumushini bajarishi koʻzga tutilgani ayon haqiqatdir. Faqat mana shu haqiqatni
semiotik tadqiq davomida oydinlashtirish zarur boʻladi.
Tabiiyki, adresant tomonidan adresatga moʻljallangan ushbu segment va undagi
belgi kitobxonda qiziqish uygʻotadi, chunki chinakam matnda har bir tasvir, ifoda,
shuningdek, soʻz, hatto soʻz tarkibidagi fonemalar va tinish belgilari badiiy strukturani
yuzaga keltirish, uning “toʻqima”sini mukammallashtirish ishiga xizmat qiladi.
Xususan, matnning badiiy-poetik yaxlitligini yuzaga keltirishdagi asosiy vazifani
undagi belgilar, ular orasidagi aloqa-bogʻlanishlar bajaradi.
XULOSA:
Odamlar turmushidan olingan epizodlarda , lavhalarda ular hayotiga
, qismatiga daxldor fojiaviy mohiyatni ko‘rish , teran his etish , personajlar xarakteri
va qismatini ularning ruhiyati ifodasi orqali yorqin badiiy detallar vositasida
gavdalantirish Qahhor hikoyanavislik san’atining eng muhim jihatlaridir. Shu o‘rinda
Said Ahmadning Qahhor hikoyalari haqidagi ushbu fikrlari o‘rinlidir. “Abdulla Qahhor
hikoya va qissalaridagi har bir so‘z , har bir iboraning o‘rni shu qadar muqim va
mustahkamki , ularni boshqa so‘z , boshqa ibora yoxud jumla bilan o‘zgartirish deyarli
imkonsiz. Men tajriba uchun ustozning “O‘gri”, “Bemor” , “Anor” hikoyalaridagi ba’zi
so‘zlarni olib tashlab ko‘rdim. Bo‘lmadi. Hikoya bir ustuni olib tashlangan ayvonga
o‘xshab lapanglab qoldi”. Abdulla Qahhor hikoyalarida o‘ziga xos belgi
munosabatlardan foydalangan. Qahhor hikoyalarida timsollar, ramzlar, belgilar
bildiruvchi birliklar talaygina. Ushbu birliklarning mohiyatini o‘rganish hikoyalarning
tub mohiyatini to‘laqonli tushunishga yordam beradi.Hikoya janrida sutruktural va
semiotik tahlilni qo‘llash asar jozibasini va muhitini yanada teranroq tasavvurlarda aks
ettiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Барт Р. Избранные работы: Семиотика: Поэтика: Пер. с фр. / Сост., общ.
ред. и вступ. ст. Г. К. Косикова.— М.: Прогресс, 1989. – С.416.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_4-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
32
2.
Shukurova Bahor Boltayevna. Zamonaviy oʻzbek hikoyachiligi poetikasi
(Sh.Xolmirzaev, E. A’zam, N.Eshonqul ijodi asosida). Филол. фан. бўй. фал.
д-ри (PhD). дисс. Бухоро – 2024. – Б. 35
3.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. Биринчи жилд. – Тошкент:
“Ўзбекистон миллий энциклопедияси давлат миллий нашриёти, 2006 . –
Б. 583-584.
4.
Абдулла Қаҳҳор. Асарлар. Олти томлик. Биринчи том. – Тошкент:Ғафур
Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти,1967. – Б. 41.