Mualliflar

  • Maxmudova Sadoqat Xolmatovna
  • Sirojova Dilyora Fayzullo qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95555

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Jadidchilik millat erkinlik “To’y” she’ri “Millatimga bir qaror” she’ri “O’tkan kunlar” romani

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  Abdulla  Qodiriy  haqida  ma’lumotlar,  millatni 
uyg’otish, erkinlik va o’zlikni anglashga doir olib borgan ilmiy izlanishlari haqida fikr 
mulohazalar keltirilgan. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

25

ABDULLA QODIRIY ASARLARIDA MILLATNI UYG’OTISH, ERKINLIK

VA O’ZLIKNI ANGLASH G’OYALARI

Maxmudova Sadoqat Xolmatovna

Buxoro davlat pedagogika instituti f.f.f.d.(PhD), dotsent

Sirojova Dilyora Fayzullo qizi

Buxoro davlat pedagogika instituti magistiranti

Annotatsiya

: Ushbu maqolada Abdulla Qodiriy haqida ma’lumotlar, millatni

uyg’otish, erkinlik va o’zlikni anglashga doir olib borgan ilmiy izlanishlari haqida fikr
mulohazalar keltirilgan.

Kalit so’zlar

: Jadidchilik, millat, erkinlik, “To’y” she’ri, “Millatimga bir qaror”

she’ri, “O’tkan kunlar” romani

Аннотация

: В данной статье представлены сведения об Абдулле Кодирие

и приведены его научные исследования и размышления о пробуждении нации,
свободе и осознании собственного «я».

Ключевые слова

: Джадидизм, нация, свобода, поэма «Той», поэма

«Миллатимга бир карор», роман «Откан кунлар».

Annotation

: This article presents information about Abdulla Qodiriy, his

scholarly research on the awakening of the nation, freedom, and the understanding of
one's identity.

Keywords

: Jadidism, nation, freedom, the poem “To'y” (The Wedding), the

poem “Millatimga bir qaror” (A Decision for My Nation), the novel “O’tkan kunlar”
(Days Gone By).


Ulkan iste’dod egasi Abdulla Qodiriy 1894-yil 10-aprelda Toshkentda bog’bon

oilasida tug’ildi. Bo’lajak adib hayot mohiyatini, turmushdagi tirikchilik tashvishlari-
yu ziddiyatlarini juda erta angladi. XX asr avvali ijtimoiy hayotidagi tang holatlar yosh
Abdullaning bolaligiga ham soya tashladi. U bolaligidanoq turmush tashvishlari ichiga
sho’ng’idi.Shu ma’noda adib o’z tarjimayi holiga Abdulla Qodiriyning bolaligi oid
manbalarda o’sha zamonlarni xotirlab shunday yozadi: “Men qaysi yilda va qaysi oyda
tug’ilg’onimni bilmayman. Har holda bemavridroq bo’lsa kerak, kambag’al,
bog’bonlik bilan kun kechiruvchi bir oilada tug’ulib, yaqinlarimning so’zlariga
qaraganda, mustabid Nikolay taxtga o’tirgan yilida tug’ulg’onman. Boshida boy oilada
tug’uldimmi yoki kambag’al bilmayman. Har holda bemavridroq bo’lsa kerak,
kambag’al, bog’bonlik bilan kun kechiruvchi bir oilada tug’ulib, yaqinlarimning
so’zlariga qaraganda, mustabid Nikolay taxtga o’tirgan yilida tug’ulg’onman…”

Bilamizki, Abdulla Qodiriy o’zbek adabiyotining buyuk yozuvchisidir. Uning

ijodi 1913-1914-yillarda boshlandi. Uning asarlarida chuqur milliylik yarqirab turadi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

26

Dastlab she’rlar ham ijod qilgan. Muallifning butun ijodida millat va uning kelajagi,
milliylik aks etib turadi. Jumladan, uning “Ahvolimiz”, “To’y”, “Millatimga bir qaror”,
“Fikr aylag’il” she’rlari mavjud. “Fikr aylag’il” she’ri Behbudiyning “Oyina” jurnalida
1915-yil 12-sonida bosilib chiqqan. Bu ham tasodif emas. Ikki buyuk ijodkorning
munosabatini ko’rsatadi. Shuningdek, “Millatimga bir qaror” she’ri millatga
xitobnoma tarzida yozilgan .

Kel ey, millat, bu kun bir maslahat birlan qaror o’lsun,
Bu kundan o’tgan ishlarga pushaymon birla or o’lsun,
Qilaylik bul kuni g’ayrat hama birdan qilib himmat,
Jaholat cho’l sahrosiga min’bad sabzavor o’lsun.
Abdulla Qodiriy millatga qarata xitob qiladiki, bu kundan e’tiboran

maslahatlashib bir qaror qilinsinki, o’tgan ishlarga pushaymon qilmasdan, birlashib,
himmat qilaylikki, ishga g’ayrat bilan kirishaylik, cho’l sahrosidagi jaholat ham
gullagan maydonga aylansin!

Ayashmay kumush-oltunni hama boyonlar aslo,
Solub dorulfununlar ham makotiblar hazor o’lsun.
O’qushsun millat avlodi bizni doim duo aylab,
Qilib tahsil ulumlarni fununa yaxshi yor o’lsun.
Millat uchun kumush-oltinlarni ayamasdan ishlatib, ular uchun maktablar va

dorulfununlar barpo etib, millatimiz o’qib, fanlarni o’rganib, bizni ular har doim duo
qilsinlar. Ularning tahsillari o’zlariga, millatga buyursinlar.

A.Qodiriyning “To’y” she’ri hajviy usulida yozilgan bo’lib, zamona kulfati,

millatning loqaydligi, mustamlakachilik illatlari qoralanadi. To’y boy va badavlatlar
uchun pisand bo’lmasa-da, millat vakillari, ya’ni, beva-bechora hamda mehnat ahllari
uchun fojeaga aylanayotganligi aytiladi.

A.Qodiriyning nasriy asarlarida ham vatanparvarlik, erkinlik ,o’zlikni anglash

g’oyalari yetakchilik qiladi. Jumladan, “O’tgan kunlar” romanida “mavzuni moziydan,
yaqin o’tgan kunlardan, tariximizning eng kir, qora kunlari bo’lgan keyingi “xon
zamonlari” dan belgiladim” deydi . Bunday deyishiga sabab ayni davrda o’lka Chor
bosqinchilari tomonidan va mahalliy amaldorlarning zulmi kuchaygandan-kuchaygan
edi. Romanda milliylik masalasi birinchi o’rinda turadi. Millatning taqdiri masalasi
roman mavzusining tub negizini tashkil etadi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, roman yetuk milliy asar ekanligi, uning milliy

sharoitni, urf-odatni, milliy qadriyatni, milliy qahramonlarni yoritganligiga
olimlarimiz ko’proq e’tibor berib keldilar. Asrning mustabid tuzumning ta’sirida
yozilganligiga va shu tomondan asarning millatga bo’lgan ta’siri to’g’risida ham
ko’proq to’xtalish maqsadga muvofiq bo’ladi. Yana bir narsani ta’kidlashni istar
edimki, roman qatag’onlik va sovet qatag’onligi, qolaversa, mustaqillik yillarda nashr
qilinib kelinmoqda. Roman matnlarida turli davrlarda “ulug’ millat”ga tegib ketadigan


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

27

joylarning matniga o’zgartirish kiritilgan holatlarni kuzatish mumkin. Jumladan,
yuqoridagi keltirilgan matnda: “chor istibdodi Turkistonimizni egallar” jumlasi o’rnida
“o’ris istibdodi o’zining iflos oyog’i bilan” aslidan o’zgartirilganini ko’ramiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Abdulla Qodiriy. Besh jildlik.Asarlar to’plami.-Toshkent:Info Capital Group,2017.

2.

Qodiriy A. Diyori bakr. Uchinchi jild – Toshkent: “Info Kapital Group”, 2017. – 7-
11 b.

3.

Qodiriy A. O’tgan kunlar. – Birinchi jild. – Toshkent: “Info Kapital Group”, 2017.
– 7 153 b.

4.

Qodiriy A.O’tgan kunlar. – Toshkent: O’qituvchi, 1985. – 3 b.



Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

Abdulla Qodiriy. Besh jildlik.Asarlar to’plami.-Toshkent:Info Capital Group,2017.

Qodiriy A. Diyori bakr. Uchinchi jild – Toshkent: “Info Kapital Group”, 2017. – 7-

b.

Qodiriy A. O’tgan kunlar. – Birinchi jild. – Toshkent: “Info Kapital Group”, 2017.

– 7 153 b.

Qodiriy A.O’tgan kunlar. – Toshkent: O’qituvchi, 1985. – 3 b.