Сущность гендерного анализа в управлении государством и обществом и его методологические подходы

CC BY f
85-92
4
0
Поделиться
Азизова, М. (2024). Сущность гендерного анализа в управлении государством и обществом и его методологические подходы. Современные тенденции в развитии науки: перспективы и практика, 1(1), 85–92. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/trends-development-science/article/view/29657
Махбуба Азизова, Академия государственного управления при Президенте Республики Узбекистан
базовый докторант
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье раскрывается сущность понятия гендерного анализа и подчеркивается необходимость его применения в социально-политической реальности. Также рассматриваются методологические подходы к проведению гендерного анализа.

Похожие статьи


background image

«Современные тенденции в развитии науки:

перспективы и практика»

85

DAVLAT VA JAMIYAT BOSHQARUVIDA GENDER TAHLIL

MOHIYATI VA UNING USLUBIY YONDASHUVLARI

Azizova Mahbuba

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi

Davlat boshqaruvi Akademiyasi tayanch doktoranti

mahbubaazizova95@gmail.com

Annotatsiya.

Maqolada gender tahlili tushunchasining mazmun-mohiyati va

uning ijtimoiy-

siyosiy voqelikda qo‘llanilish zarurati, shuningdek gender tahlil

o‘tkazishning uslubiy yondashuvlari bayon qilingan.

Kalit soʻzlar:

gender tahlil, davlatning gender siyosati, Moser sxemasi,

gender tahlil matritsasi, Garvard analitik yondashuvi.

Аннотация.

В статье раскрывается сущность понятия гендерного

анализа и подчеркивается необходимость его применения в социально

-

политической реальности. Также рассматриваются методологические

подходы к проведению гендерного анализа.

Ключевые слова:

гендерный анализ, государственная гендерная

политика, схема Мозера, матрица гендерного анализа, Гарвардский

аналитический подход.

Annotation.

The article describes the essence of the concept of gender

analysis and the need for its application in social-political reality, as well as

methodological approaches to gender analysis.

Key words:

gender analysis, state gender policy, Moser scheme, gender

analysis matrix, Harvard analytical approach.


Gender tushunchasi (inglizcha gender, lot. Genus

urug‘, jins) jam

iyatning

ijtimoiy tabaqalanishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, u an’anaviy jamiyatlarda

erkaklarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda ayollardan ustunligining

sabablarini aniqlash asosida tashkil topgan. Oxirgi o‘n yilliklarda mazkur

hodisalar q

ayta ko‘rib chiqilmoqda, va bu jarayonlar siyosiy va ijtimoiy gender

masalalari bo‘yicha muhokamalarda o‘z ifodasini topmoqda. Misol uchun, BMT

kun tartibiga kiritilgan gender tengligi bo‘yicha vazifalar o‘z ichiga ayollarning

jamiyat siyosiy hayotida faol

ligini kuchaytirish, ularning jamiyatdagi ta’sirini

oshirish, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish kabilarni oladi.

Gender tengligi sohasidagi eng samarali va foydali qurollardan biri

bu

gender tahlili (GT) hisoblanadi va u jamiyatning barcha sohalaridagi ayollar va

erkaklarning turli guruhlarining manfaatlari, imkoniyatlari va ehtiyojlarini

hisobga olish, shuningdek, mazkur maqsadlar uchun byudjet mablag‘larini


background image

"Современные тенденции в развитии науки:

перспективы и практика"

86

yo‘naltirish imkonini beradi. GT davomida ayollar va erkaklarga xos bo‘lgan turli

faoliyat turlarining o‘ziga xos xususiyatlari, ularning hayot tarzlari, ehtiyojlari,

ularning turli resurslarga egalik qilish imkoniyatlari tadqiq etiladi. Gender

tahlilida mazkur o‘zaro aloqador hodisalarning barchasi kengroq ijtimoiy, siyosiy

va ekologik kontekstda tadqiq qilinadi, va unda hokimiyatning taqsimlanishining

o‘ziga xos xususiyatlari va sabablari nisbatan chuqur o‘rganiladi. Gender

tahlilining metodlaridan, shuningdek, inson resurslarini boshqarish va davlat

byudjetini ishlab chiqish kabi ama

liy sohalarni baholashda ham qo‘llanilishi

mumkin.

Gender tahlili -

o‘rganilayotgan ob’yektning, masalan, ijtimoiy hodisaning

gender omiliga bog‘liqligini yoki aksincha

-

o‘rganilayotgan ob’yektning jinsga

ta’sirini aniqlash [1].

Shuningdek, gender tahlili - jamiyat va davlatning barcha sohalarida

mavjud yoki taklif etilayotgan dasturlar, qonunchilik, davlat siyosati orqali ayollar

va erkaklarga turli ta’sirlarni baholash jarayonidir hamda sifatli ma’lumot

to‘plash va iqtisodiyot va jamiyatdagi gender tend

ensiyalarini tushunish, bu

bilimlardan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni aniqlash va kundalik

ishda yechim topish uchun foydalanishni nazarda tutadi. Shu bilan birga, u

ijtimoiy jarayonlarni tushunish uchun vositadir.

Gender tahlili jamiyatdagi erk

aklar va ayollarning o‘zaro munosabatlarini

tadqiq etadi va aniqlaydi, bu boradagi tengliklarga urg‘u beradi va quyidagi

savollarni o‘rtaga tashlaydi:

Kim nima bilan shug‘ullanyapti?

Kim nimaga egalik qilyapti?

Kim qanday tarzda qaror qabul qilyapti?

Kim yutyapti?

Kim yutqazyapti?

Ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar jarayonida

tadqiqotchilar, shuningdek, erkaklar va ayollarning jamiyatdagi rollari va

maqomlari to‘g‘risida ham ma’lumotga ega bo‘ladi. Gender tahlilida oiladagi

hukmronlik munosabatlari va xalqaro, davlat, bozor va mahalliy jamoatchilik

darajasidagi hokimiyat munosabatlari bilan aloqasi ko‘rib chiqiladi. Ayollar va

erkaklar orasidagi barcha tengsizliklar, shuningdek, ijtimoiy sinf, irq etnik va

diniy kelib chiqish, n

ogironlikning mavjud bo‘lishi kabi omillar bilan ham

belgilanadi.

Erkaklar va ayollar tomonidan bir xil sharoitlarda qabul qilinadigan

qarorlar bir-biridan keskin farqlanishi mumkin va u yoki bu savollarning turli

gender guruhlari uchun ahamiyati ham bir xil emas. Masalan, UN Global Pulse va

Leyden universiteti tomonidan o‘tkazilgan “Sex disaggregation of social media
posts” (UN Global Pulse, 2016) loyihasida ayollar va erkaklarning muhim deb

hisoblovchi sohalari turlicha bo‘lib chiqqan (mazkur tahlil Twitter tarmog‘iga

joylangan postlar asosida o‘tkazildi). Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ayollarni


background image

«Современные тенденции в развитии науки:

перспективы и практика»

87

ko‘proq transport tizimi va yo‘l tarmog‘ining yaxshilanishi, yaxshi ta’lim, erkaklar

va ayollar tengligi, jinoyatchilik va zo‘ravonlikdan himoya, telefon aloqasi v

a

Internet tarmog‘iga egalik muammolari o‘ylantiradi. Erkaklar esa ko‘proq iqlim

o‘zgarishlariga qarshi kurashish, korrupsiyalashgan mas’uliyatli hukumat,

mehnat bozorida imkoniyatlarning yaxshilanishi, va siyosiy erkinliklar masalalari

ustida ko‘proq bosh

qotiradi. Tadqiqot shundan dalolat bermoqdaki,

diskriminatsiya va ta’qiblardan himoya masalalari ham erkaklar va ham ayollar

uchun bir xil darajada dolzarb ahamiyatga ega.

Ijtimoiy-

iqtisodiy siyosatga oid tadbirlarni o‘tkazishda qaror qabul qilish

asosid

a ularning gender jihatdan neytralligi to‘g‘risidagi tasavvur yotadi. Biroq,

bir qator tadqiqotlarga ko‘ra, bu neytrallik –

shunchaki yuzakidir, bir xil

tadbirning ikki xil gender guruhlari vakillariga bir xil ta’sir qilishi to‘g‘risidagi

tasavvur esa xatodir.

Misol uchun, moliyaviy rejalashtirish bo‘yicha mutaxassislar fikricha,

byudjet xarajatlarining aholi soniga qarab baholanishi bu borada barchaning

tengligining kafolatidir. Bu yerda murakkablik ayol va erkaklarning amaliy

ehtiyojlari sohasidagi gender farqlarida va bu farqlarning moliyaviy rejalarda,

byudjetlarda aks etishi mexanizmlarida namoyon bo‘ladi. Mohiyatan, bu yerda

gap byudjetning “gender neytral” sifatida idrok etilishi haqida ketmoqda, amalda

esa bu “gender so‘qir” byudjet degani, va bu mavjud bo‘lib kelayotgan

diskriminatsion amaliyotlarni yanada mustahkamlashi mumkin. Masalan,

davlatning ijtimoiy xizmatlarga ajratiluvchi xarajatlarini keskin qisqartiruvchi

qattiq byudjet siyosati daromadga ega bo‘lmagan va uyda o‘tiruvchi ayollarning

og‘ir ahvolga tushib qolishlariga sabab bo‘lishi mumkin, ayollar esa o‘zlariga

ko‘rsatilgan yordamni davlatga qaytarishga va iqtisodiyotga o‘z ishchi kuchlari va

mahsulotlari bilan o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Aholining barcha qatlamlarini

toza suv va sanit

ariya jihozlariga bo‘lgan imkoniyatlarini kengaytiradigan ijtimoiy

insfrastruktura sohasidagi davlat investitsiyalari ayollarga ko‘proq haq

to‘lanadigan ish bilan band bo‘lish va bu esa nafaqat ayollarning oiladagi

mavqeining oshishiga, balki ularning shaxsiy farovonlik darajasining oshishiga va

farzandlarining turmush darajasining yaxshilanishiga sabab bo‘ladi. Bu esa uzoq

muddatga mehnat mahsuldorligining oshishiga olib keladi. Ijtimoiy himoya

tarmoqlarini kengaytirishga qaratilgan dasturlar esa, masalan,

pul o‘tkazmalari

dasturlari, oilalar va bolalar farovonligini oshirishda ayniqsa samaralidir, chunki

uy xo‘jaligi resurslari erkaklar tomonidan emas, balki ayollar tomonidan

yo‘naltiriladi [2]. Misol uchun, Mark Pit va Shaxidur Handkerning “Guruh kredit

d

asturlarining Bangladeshdagi kambag‘al oilalarga ta’siri: qatnashuvchilarning

jinsi ahamiyatga egami?” nomli tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, hayot darajasini

oshirish maqsadida yordam sifatida berilgan har 100 tak pul miqdoridan
ayollarga berilganda h

ar yili oilaning xarajatlari 18 tak miqdorida o‘sgan,

erkaklarga berilgan har 100 takdan esa harakatlar 11 takga o‘sgan.


background image

"Современные тенденции в развитии науки:

перспективы и практика"

88

Qolaversa, agar berilgan kreditlarning ta’sirini hayot darajasining boshqa

bir qator ko‘rsatkichlari (oila xarajatlari, ayollarda mavj

ud mulk egaligi; ayollar

va erkaklarning mehnat resurslari; o‘g‘il bolalar va qiz bolalarning o‘qish

ko‘rsatkichlari) bilan solishtiradigan bo‘lsak, kreditning ayollarga berilgan

taqdirda yuqoridagi parametrlarning barchasi bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlar

kuz

atilishini ko‘rish mumkin. Agar bu misolda erkak kishi kredit qabul qiluvchi

bo‘ladigan bo‘lsa keltirilgan olti parametrlarning faqat bittasida ijobiy o‘zgarish

kuzatiladi [3].

Bugungi kunda dunyo mamlakatlarining 90 dan ortig‘i fuqarolik jamiyati,

hukumat va xalqaro tashkilotlarni qamrab oluvchi turli gender byudjet

tashabbuslarini amalga joriy qilmoqda. Mazkur mamlakatlar malakasi

ko‘rsatmoqdagi, gender byudjet siyosati aholi uchun xizmatlar sifatini oshirish

imkonini beradi, konkret iste’molchining tala

blarini hisobga olgan holda byudjet

xarajatlarini nisbatan aniq va ravshan taqsimlashga, shuningdek mavjud

resurslardan samarali foydalanishga imkon beradi [4].

Shunday qilib, ijtimoiy-iqtisodiy siyosatda barcha darajadagi qaror qabul

qilish jarayonlarida gender omillarini hisobga olish kerak. Gender tengsizligining

fundamental sabablari ustida olib borilgan chuqur tahlil siyosiy va dasturli

javoblarni talab qilishi mumkin.

Gender tahlili uch yo‘nalish bo‘yicha samarali qurol sifatida xizmat qilishi

mumkin:

Nishondagi guruhlar uchun maqsadga yo‘naltirilgan chora

-tadbirlarni

ishlab chiqish;

Gender tengligini ta’minlash masalalarini milliy, mintaqaviy va mahalliy

dasturlar va loyihalarga birlashtirish, barcha ijtimoiy-iqtisodiy qarorlarni qabul

qilishda gender yondashuvidan foydalanish;

Gender tengligi masalalarida ijtimoiy muloqotni rag‘batlantirish va

qo‘llab

-quvvatlash.

Gender tahlil texnologiyasini qo‘llash bilan asoslangan gender tengligiga

erishish imkonini beruvchi ma’muriy qarorlar milliy yo

ki mintaqaviy darajada

gender tengligini ta’minlashga imkon beruvchi maxsus harakatlar rejalarining

qabul qilinishi bilan to‘ldirilishi mumkin.

Gender tengligini mustahkamlashda ochiq siyosiy ixtiyor ifoda qilinishi

kerak. Biroq siyosatchilar ham, mahalliy hokimiyat vakillari ham mazkur ixtiyorni

amaliyotga va hayotga tatbiq etish uchun amaliy qurollarga muhtojlik sezadilar.

Gender yondashuvning boshqaruv tizimiga kompleks integratsiya qilinishi

gender omillarini har tomonlama hisobga oluvchi va olinadigan natijalarni gender

tengligini mustahkamlashi nuqtai-nazaridan baholovchi gender tahlilini joriy

qilinishiga asoslanadi.

Gender tahlilini o‘tkazishga nisbatan yagona yondashuv yoki uning yagona

modeli mavjud emas, chunki turli mamlakatlarda va turli faoliyat sohalarida turli

sub’yektlar faoliyat olib boradi (hukumat, parlamentlar yoki nodavlat


background image

«Современные тенденции в развитии науки:

перспективы и практика»

89

tashkilotlari) turli vazifalar, strategiyalar, madaniy an’analar, ijro hokimiyati

darajalari va siyosiy vaziyatlar bilan ish olib borishga to‘g‘ri keladi. Shuning uc

hun

ham mualliflar konkret sharoitlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan tahliliy

qurollarni ishlab chiqqan.

Gender tahlilining barcha metodlari ijtimoiy tadqiqotlarda integratsiyalash

imkoniyatini ta’minlashga va ijtimoiy

-

iqtisodiy siyosat, hamda ma’muriy qa

rorlar

qabul qilish chora-

tadbirlarini ishlab chiqishga qarab mo‘ljal oladi. Gender

analitik byudjetining maxsus metodlari yaxshi ishlab chiqilgan, biroq ularning

tavsifi mazkur tadqiqot doirasiga taalluqli emas.

Har bir metod mantig‘iga ko‘ra, ulkan miqd

ordagi muammolar orasidan

faqatgina cheklangan miqdordagi muhim deb hisoblangan omillar o‘rganib

chiqilganligi sababli, ularning har bir voqelikning faqatgina qo‘pol modelini

yaratish imkonini beradi. Har qanday yondashuvda omillarning tanlanishi uning

mua

llifi tomonidan muayyan qadriyatlar va qarashlarning to‘plamini o‘zida aks

ettiradi. Shuningdek, bugungi kungacha ishlab chiqilgan metodlarning tarkibiy

qismlarini birlashtirib, gibrid yondashuvlardan ham foydalanish mumkin. Gender

tahlilida erkaklar va ayollar hayotining muayyan omillari hisobga olinadi,

shunday ekan biz uchun gender doiralari asosida yotuvchi tafakkur tarzini

qo‘ldan kelguncha hisobga olish lozim.

Gender tahlili uchun yondashuv tanlash qo‘yilgan vazifa, kontekst va

mavjud resurslarga bog

‘liq bo‘ladi.

1. Garvard analitik yondashuvi

(Harvard Analytical Framework)

“Gender rollari strukturasi” deb ham ataluvchi mazkur yondashuv Garvard

xalqaro rivojlanish instituti tomonidan USAID “Rivojlanishdagi Ayollar” ofisi bilan

hamkorlikda ishlab chiqilgan va birinchi marotaba 1984-yilda Ketrin Overholt

(Catherine Overholt) va boshqalar tomonidan ta’riflangan. Mazkur

yondashuvning eng asosiy g‘oyalaridan biri bu rivojlanish uchun ko‘rsatiladigan

ijtimoiy yordam dasturlarida moliyaviy yordam mablag‘la

rini erkaklar va ayollar

uchun alohida ajratish va ularni alohida yetkazib berish, ularning mo‘ljallangan
egalariga borib tushishini ta’minlash chuqur iqtisodiy mazmunga ega: bu

“samaradorlikni oshirishga yondashuv” deb ataladi. Garvard analitik yondashuvi

jamiyat va uy xo‘jaliklaridan axborotni yig‘ib olishda qo‘llaniladi. Unda kim

qanday vazifalarni bajaradi, kimlar muayyan resurslarga egalik yoki ularni

nazorat qilish imkoniga ega, degan savollarga javob olishingiz mumkin,

shuningdek, unda gender rollari

ga bo‘lgan ta’sir ham ochib beriladi. Faoliyat

profilida barcha mos produktiv va reproduktiv vazifalar uchun “Kim nima qiladi?”

savoliga javob beradi. Egalik va nazorat qilish profili faollik profilida ko‘rsatilgan

vazifalarni amalga oshirishda qo‘llanilad

igan resurslarni aniqlaydi, va mazkur

resurslarga kim egalik qilishini, ulardan kim foydalana olishini, ularni kim nazorat
qilishini aniqlaydi. Unda har bir harakatning amalga oshirilishi natijasida yuzaga

keluvchi imtiyozlar aniqlanadi va kim mazkur imtiyozlarga ega va ularni nazorat

qilishi aniqlanadi. So‘nggi “Ta’sir omillari” bo‘limida har ikkala profilda


background image

"Современные тенденции в развитии науки:

перспективы и практика"

90

ko‘rsatilgan har ikkala jinsning farqlanishini taqozolovchi omillar ta’riflanadi.

Unda gender rollarini o‘zgartirish imkoni bo‘lgan sohalar belgilab qo‘yiladi.

Neytral va faktlarga yo‘nalgan mazkur metod ko‘pincha ayollar va erkaklar

orasidagi kuchlar muvozanati masalalarida mushkulotlarga duch keluvchi

insonlar bilan gender rollari masalalari muhokamasini boshlash uchun foydali

ahamiyatga ega. Bu metodni iqtisodiy tafakkur tarziga ega insonlar bilan

bahslarda qo‘llash yaxshi natija beradi.

Ko‘rib chiqilayotgan yondashuv dasturlarga emas, loyihalarga,

natijadorlikka emas, balki samaradorlikka e’tibor qaratadi. Bu strategik gender

ehtiyojlarini aniqlash imkonini bermaydi va gender tengsizligini hal qilish uchun

yechimlar taklif qilmaydi. Yondashuvga ko‘ra, gender ehtiyojlar iqtisodiy

samaradorlik uchun ham qondirilishi kerak va unda adolat, hokimiyat

munosabatlari yoki qaror qabul qilish jarayoni tushunc

halariga kam e’tibor

beriladi. Yondashuv ko‘rib chiqilayotgan masalani soddalashuviga olib keladi va

unda vaziyatning sub’yektlari, irq, sinf, etnik kelib chiqish va boshqa

samaradorlikni oshirishga xizmat qiluvchi omillar hisobga olinmaydi. Shuningdek

und

a turli kontekstdagi va turli hayot sikllaridagi uy xo‘jaliklari tiplari ham ko‘rib

chiqilmaydi.

2.

Insonlarga

yo‘naltirilgan

rejalashtirish

konsepsiyasi

(PeopleOriented Planning Framework)

ko‘pincha planlashtirish konsepsiyasi

deb ham ataladi, u Garvard yondashuviga asoslanadi va favqulodda vaziyatlarda

qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Mazkur konsepsiya Kanada xalqaro taraqqiyot

agentligi (CIDA) moliyaviy ko‘magi asosida ishlab chiqilgan.

Yuqorida keltirilgan ikki metodlar har qanday loyiha yoki chora tadbirlarni

qo‘llash uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan ma’lumotlarni to‘plash va qayta

ishlash uchun qo‘llansa yaxshi natijalarga olib keladi. Har ikkala yondashuvda

ham mikrodarajali tahlil qo‘llaniladi. Ularni insonlarning ijtimoiy va iqtisodiy

mavjudlik shart-sharoitlari bir birinikidan tubdan farqlanuvchi katta

mintaqalarga qo‘llash qiyin. Mazkur yondashuvlar gender muammosi bilan yangi

boshlangan ish uchun qulay, chunki ular asosan faktlarga asoslanadi. Mazkur

metodlar ko‘pincha Moser sxemasi bilan biriktirilgan holda qo‘llaniladi, chunki

mazkur sxema strategik gender manfaatlari konsepsiyasini ham tadqiqot

doirasiga kiritish imkonini beradi.

3. Moser gender tahlili sxemasi

Kerolayn Moser 1980-yillarda London universiteti rivojlanishni

rejalashtirish bo‘l

imida ishlay turib gender analizi uchun Moser Framework deb

ataluvchi sxemani ishlab chiqqan. Karen Levi bilan hamkorlikda u uning

yondashuvini gender siyosati va rejalashtirish metodologiyasiga kengaytirdi.

Moser tizimi “Gender va taraqqiyot” tamoyiliga a

soslanadi, bunda gender

munosabatlarining ahamiyati tan olinadi, va empirik faktlarning to‘planishi

nazarda tutiladi. Mazkur sxemaga ko‘ra, gender tahlili gender rollarini ta’riflashni,


background image

«Современные тенденции в развитии науки:

перспективы и практика»

91

gender ehtiyojlarini baholashni, uy xo‘jaligida resurslar ustidan nazo

rat va

qarorlar qabul qilishda qo‘shiluvchi hissani teng taqsimlashni ko‘rib chiqadi.

Moser sxemasiga ko‘ra gender tahlilining mohiyati shunday:

1. Gender rollarini aniqlash (uch tomonlama rollar: reproduktiv, ishlab

chiqaruvchi, tashkiliy-ijtimoiy faoliyat);

2.

Gender ehtiyojlarini baholash. O‘z ichiga ayollarning amaliy va strategik

gender ehtiyojlarini

ya’ni o‘zlarining rollari va vazifa va burchlari natijasida

kelib chiquvchi ehtiyojlarni; va agar qondirilsa ayollarga mavjud gender

tengsizligidagi

kurashda yaxshiroq qatnashish imkonini beruvchi ehtiyojlarni o‘zi

ichiga oladi.

3.

Uy xo‘jaligida resurslar ustidan nazorat va qarorlar qabul qilishda

qo‘shiluvchi hissani teng taqsimlash (Kim nimani nazorat qiladi? Kim nimani hal

qiladi? Qanday?).

4. Uch tomonlama rollar muvozanatini rejalashtirish.

5. Strategik yondashuvlar va hukumatning aralashishi maqsadlari (ijtimoiy

ta’minot, adolat, kambag‘allikka qarshi kurash, iqtisodiy salohiyatni oshirish,

qarorlar qabul qilishda ishtirok etish) ni bir biridan farqlash.

6. Ayollarni, shuningdek gender munosabatlarini anglashga xizmat

qilayotgan tashkilotlar va alohida shaxslarni qarorlarni rejalashtirish va qabul

qilish jarayoniga tortish.

Mazkur tizimni barcha darajadagi rejalashtirishda, misol uchun loyihaviy

yoki davlat rejalashtirishida, shuningdek, ayollarning bo‘ysunuvchan rolidan

boxabarlik va uni bartaraf qilish uchun tashkil etilgan treninglarda, va

muammolarni hal qilishning ehtimoliy yechimlarini izlashda qo‘llash mumkin.

4. Gender tahlili matritsasi. Rani Parker tomonidan ishlab chiqilgan.

Yondashuvning asosiy g‘oyasi –

ma’lumotlar to‘plash imkoni yo‘q yoki qiyin

bo‘lgan vaziyatlarda elastiklikni ta’minlash imkonini beruvchi partisipativ

(ishtirokchi) rejalashtirish.

GTMning asosiy tamoyillari:
-

Gender tahlili uchun barcha zarur ma’lumot insonlar orasida mavjud, va

ularning hayoti tahlildan maqsad hisoblanadi;

-

Gender tahlili jamiyatdan tashqarida bo‘lgan insonlarning texnik malaka

va ko‘nikmalariga ehtiyoj sezmaydi (ular shunchaki fasilitat

orlar sifatida

maydonga chiqishi mumkin);

-

Gender tahlil faqat o‘sha guruhning o‘z a’zolari tomonidan amalga

oshirilsagina ijtimoiy-

iqtisodiy siyosatdagi o‘zgarishlarga turtki bo‘lib xizmat

qilishi mumkin.

Tahlil jamiyatning to‘rt “darajalari” da: ayollar, erkaklar, uy xo‘jaligi va

jamiyat darajalarida olib boriladi. GTMda to‘rt sohadagi ta’sir ko‘rib chiqiladi,

bular: mehnat, vaqt, resurslar (ulardan foydalanish imkoni va ularni nazorat

qilish imkoni) va ijtimoiy-madaniy omillar.


background image

"Современные тенденции в развитии науки:

перспективы и практика"

92

1-jadval

Gender tahlili matritsasi (andoza)

Mehnat

Vaqt

Resurslar

Madaniyat

Ayollar

Erkaklar

Uy xo‘jaligi

Jamoatchilik

Mehnat: buning xarakteristikasiga vazifalardagi (masalan, daryodan suv

tashish) o‘zgarishlar, talab qilinadigan malaka darajasi (malakali va malakasiz

mehnat, formal ta’lim, o‘qitish), va mehnatga layoqat (Vazifani necha kishi bajara

oladi va ular qancha vazifa bajara oladi? Ishchi kuchi yollash kerakmi, yoki buni

oilaning o‘zi ham bajara oladimi?)

Vaqt: tadqiqot muayyan vazifani bajarish uchun talab qilinadigan vaqt

miqdorining o‘zgarishini ta’riflaydi.

Resurslar: bu yerda gap resurslardan foydalanish imkoniyatida sodir

bo‘lgan o‘zgarishlar haqida ketmoqda.

Ijtimoiy-madaniy omillar: mazkur parametrlar loyiha natijasida

qatnashuvchilarning hayotining ijtimoiy jihatlarida sodir bo‘lishi lozim bo‘lgan

o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir.

Gender tahlili

matritsasining bir bora qo‘llanilishi shunchaki mavjud

vaziyatni bir bora, harakatsiz holda tasavvur qilish imkonini beradi. Biroq, bu

takroran qo‘llanilsa, o‘zgarishlarning ijobiy yoki salbiy ta’sirlari dinamikasini

ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Shevchenko, Z. V. (Uklad.). (2016). Gender atamalarining lug'ati.

Cherkassy: Vidavets Chabanenko Yu.

2. Pickbourn, L., Ndikumana, L. The Impact of the Sectoral Allocation of

Foreign aid on Gender Inequality // Journal of International Development.

Volume 28, Issue 3, April 2016.

3.

Нуреев

Р

.

М

.

Экономика

развития

:

модели

становления

рыночной

экономики

:

учебник

/

Р

.

М

.

Нуреев

. 2-

е

изд

.,

перераб

.

и

доп

.

М

.:

Норма

:

ИНФРА

-

М

, 2010.

С

. 335

339

4

. Гендерные аспекты бюджетирования на местном уровне.

Практическое пособие. —

К., 2012. —

С. 2. [Электронный ресурс] Режим

доступа:

http://library.fes.de/pdf-files/bueros/ ukraine/09513.pdf.

Библиографические ссылки

Shevchenko, Z. V. (Uklad.). (2016). Gender atamalarining lug'ati. Cherkassy: Vidavets Chabanenko Yu.

Pickbourn, L, Ndikumana, L. The Impact of the Sectoral Allocation of Foreign aid on Gender Inequality // Journal of International Development. Volume 28, Issue 3, April 2016.

Нуреев P.M. Экономика развития: модели становления рыночной экономики: учебник / Р.М.Нуреев. 2-е изд., перераб.и доп. — М.: Норма: ИНФРА-М, 2010. — С. 335-339

Гендерные аспекты бюджетирования на местном уровне. Практическое пособие. — К., 2012. — С. 2. [Электронный ресурс] Режим доступа: http://library.fes.de/pdf-files/bueros/ ukraine/09513.pdf.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов