Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
254
KONCHILIK SANOATIDA OG‘IR YUK TASHUVCHI
AVTOSAMOSVALLARNING HAVO FILTRLARINING ISHLASH
MUDDATLARIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
A.A.Gaffarov, L.N.Atakulov, N.O. Abduahatov
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
nozimjonabduahatov@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu ilmiy maqolada konchilik sanoatida keng qo‘llaniladigan
og‘ir yuk tashuvchi avtosamosvallarning havo filtrlari ishlash muddatiga ta’sir etuvchi
omillar tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari havo filtrlari resursini oshirish va texnik
xizmat ko‘rsatish muddatini uzaytirishga qaratilgan muhim tavsiyalarni o‘z ichiga
oladi.
Kalit so‘zlar:
Avtosamosval, havo filtri, eskirish jarayoni, chang zarralari, texnik
xizmat, filtratsiya samaradorligi.
Kirish.
Avtomobil transporti dunyoda keng tarqalgan transport hisoblanib tashish
hajmi va ular karyerlarda ishlash bo‘yicha boshqa transport vositalariga nisbatan keng
qo‘llaniladi. Avtomobil transporti karyerlarda foydali qazilmalarni, konchilik sanoati
kimyoviy mahsulotlarni, qurilish materiallarini hamda yordamchi uskunalarni
tashishda ishlatiladi.
Material va metodlar
. Konchilik sanoatida og‘ir yuk tashuvchi transport
vositalarining ishonchliligi va samaradorligi muhim ahamiyat kasb etadi. 1-rasmdan
ko‘rinib turibdiki karyer avtosamosvallari dvigatellarining ishlash samaradorligi
bevosita havo filtri holatiga bog‘liq. Chang miqdorining ortishi filtr xizmat muddatini
30-40% ga qisqartiradi. Namlik darajasining 50% dan oshishi filtrning tiqilib qolish
ehtimolini oshiradi. Harorat 80°C dan yuqori bo‘lsa, filtr materiali deformatsiyaga
uchraydi. Havo filtrining ishdan chiqishi dvigatel samaradorligini pasaytirib, yoqilg‘i
sarfini oshiradi va ekspluatatsiya xarajatlarini ko‘paytiradi.
1- rasm. Ichki yonuv dvigetilli ishchi mexanizmlari
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
255
Asosan yoqilg’i sarfini oshishi bilan qatorda ichki yonuv dvigetilidagi ishchi
uzellarining ishlash rejimiga bevosita ta’siri natijasida yemirilish va sinishlarini
kuzatishimiz mumkin bo‘ladi. 1-rasmda ichki yonuv dvigetilining shatun va
porshenning yemirilishi va yallig‘lanishi hisobiga zararli chang zarralarining ta’siridan
yoqilg‘i sarfi keskin ortib ketishini kuzatishimiz mumkin bo‘ladi.
Xulosa va taklif.
Ushbu modelga ko‘ra, filtrning ishlash samaradorligi
eksponensial tarzda kamayadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, havo filtrlari
samaradorligi 80% dan pastga tushganda ularning almashinuvi talab qilinadi.Ichki
yonuv dvigatelining uzoq muddat ishlashini ta’minlash uchun havodagi zararli chang
zarralaridan samarali filtrlash uchun havo filtrlariga yordamchi filtr qo‘yish orqali ish
holatini optimal holatda saqlab qolishimiz mumkin bo‘ladi. Qo‘shimcha o‘rnatilgan
mahalliylashtirilgan filtr o‘rnatish orqali dvigatelning ishlash samaradorligini oshirish
va uning xizmat muddatini uzaytirish mumkin. Kelajakda nanofiltrlar va katalitik
tozalash usullarining yanada rivojlanishi ushbu sohada yangi imkoniyatlar yaratishni
talab qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Andreev A.V., Dyakov V.A., Sheshko E.E. “Transportnie mashini i avtomati-
zirovannie kompleksi otkritix razrabotok”: Uchebnik dlya vuzov. — M.: Nedra,
1975.-463 s.
2.
Vasilev M.V. “Transport glubokix karyerov”. — M.: Nedra, 1983. — 360 s.
3.
Mariev P.A., Kuleshov A.A., Egorov A.N., Ziryanov KV. “Karyerniy
avtotransport stran SNG v XXI veke”. — SPb.: Nauka, 2006. — 387 s.
4.
A.A. Gaffarov “Karyer va shaxtalarda avtotransportlarning samaradorligiga ta’sir
etuvchi omillarni asoslash” Multidisciplinary Scientific Journal