Mualliflar

  • Sabatayeva Jadira Nurpeisovna
  • Duysebaeva Aqmaral Nuraliyevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.trtteztro.119970

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: kasb-hunar yo‘naltirish maktab psixologi kasbiy orientatsiya psixologik maslahat qiziqish qobiliyat shaxsiy rivojlanish test-diagnostika kasb tanlash

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada kasb-hunarga yo‘naltirish jarayonida maktab psixologining o‘rni va roli tahlil qilinadi. Bugungi kunda o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlari, qobiliyatlari va shaxsiy xususiyatlarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni to‘g‘ri yo‘naltirish muhim pedagogik-psixologik vazifa hisoblanadi. Maktab psixologi o‘quvchilarning individual imkoniyatlarini aniqlash, kasbiy orientatsiya testlari, suhbatlar, diagnostik metodikalar orqali ularning kelajak kasb tanloviga yordam beradi. Maqolada kasbiy yo‘naltirishning bosqichlari, maktab psixologining hamkorlik tamoyillari, ota-onalar va pedagoglar bilan birgalikdagi ishlari tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy psixologik yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida kasb tanlashga oid qarorlar qabul qilish mexanizmlari yoritiladi.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_1-qism_Iyun-2025

191

KASB HUNARGA YO‘NALTIRISH ISHLARIDA MAKTAB

PSIXOLOGINING O‘RNI

Sabatayeva Jadira Nurpeisovna

Toshkent viloyati Bo'stonliq tuman MMTBga qarashli

14-umumiy ôrta ta’lim maktabning amaliyotchi psixologi

Duysebaeva Aqmaral Nuraliyevna

Toshkent viloyati Bo'stonliq tuman MMTBga qarashli

27-umumiy ôrta ta’lim maktabning amaliyotchi psixologi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada kasb-hunarga yo‘naltirish jarayonida maktab

psixologining o‘rni va roli tahlil qilinadi. Bugungi kunda o‘quvchilarning kasbiy
qiziqishlari, qobiliyatlari va shaxsiy xususiyatlarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni
to‘g‘ri yo‘naltirish muhim pedagogik-psixologik vazifa hisoblanadi. Maktab psixologi
o‘quvchilarning individual imkoniyatlarini aniqlash, kasbiy orientatsiya testlari,
suhbatlar, diagnostik metodikalar orqali ularning kelajak kasb tanloviga yordam
beradi. Maqolada kasbiy yo‘naltirishning bosqichlari, maktab psixologining hamkorlik
tamoyillari, ota-onalar va pedagoglar bilan birgalikdagi ishlari tahlil qilinadi.
Shuningdek, zamonaviy psixologik yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida
kasb tanlashga oid qarorlar qabul qilish mexanizmlari yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

kasb-hunar, yo‘naltirish, maktab psixologi, kasbiy orientatsiya,

psixologik maslahat, qiziqish, qobiliyat, shaxsiy rivojlanish, test-diagnostika, kasb
tanlash


Prezidentimiz tomonidan yosh avlodga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-

sharoitlar yoshlarni ta’lim-tarbiya olishida, kelajakda kasb-hunar egallashiga va yetuk
kadr bo‘lib chiqishiga poydevor bo‘lmoqda. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarni
kelajakda o‘z o‘rnini topishi va davlatimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘shishi uchun ularni
kasb-hunarga yo‘naltirish, qiziqishlari bo‘yicha kelajakda mutahassis kadr bo‘lib
yetishishi uchun ta’lim tizimida bir qator tavsiyalar, qaror va buyruqlar mavjud.
Bugungi kunda, mustaqil yurtimizdagi inson ruhiyatini o‘rganish, tadqiq qilish,
qiziqishidan kelib chiqibkasb-hunarga yo‘naltirish va rivojlantirishga jiddiy e’tibor
berish masalasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi vazifalaridan biri bo‘lib
kelmoqda. Hozirgi kunda ta’lim dargohining amaliyotchi psixologlari tomonidan
o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari keng ko‘lamda tashkil etib kelinmoqda.

Misol uchun olib borilayotgan ishlarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz:
1. O‘quvchilarni kasb-hunar kolleji va oliy ta’limga olib borish, ta’lim tizimi

bilan tanishtirish;


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_1-qism_Iyun-2025

192

2. Maktabda “Kasblar guldastasi”, “Kasbim fahrim”, “Men tanlagan kasb”, “Kasb

tiplari”, “Odam-tabiat”, “Odam-odam” kabi ko‘plab tadbirlarni tashkil etilishi;

3. Ertalabki saflanishda kasblar to‘g‘risida kichik maruzalarning tashkil etilishi;
4. Maktabning kirish qismida “Kasblar burchagi” ning tashkil etilishi;
5. 6-11-sinflarda kasb tanlash motivini aniqlash, intellekt tiplari, kasb talash kabi

ko‘plab metodikalarning o‘tkazilishi va natijalar tahlil etilib tavsiyalar ishlab chiqilishi;

6. Sinflarda trening va davra suhbatlarining tashkil etilishi;
7. O‘quvchilarni to‘garaklarga yo‘naltirilishi va nazorat etilishi;
8. Tashxis markazi tomonidan tashkil etilgan kasbim kelajagim platformasida

o‘quvchilar ishtirokini ta’minlanishi, nazorat etilishi;

9. Yuqori sinf o‘quvchilarini “Ustoz-shogird” a’nanasi bo‘yicha ish tashkil etish

va nazorat qilish;

10. Oliy ta’limga yo‘naltirish bo‘yicha maktabda hamkorlikda ish tashkil etish,

bitiruvchilarni fan o‘qituvchilariga biriktirish.

Yuqoridagi misollarni yana bir nechta sanash mumkin, maktab psixologi bu kabi

ishlarni tashkillab olib borishi natijasida maktab o‘quvchilari kelajakda kasb-hunar
egallab, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishadi. Mashg‘ulotlarni bolalarni qiziqishlariga
qarab tashkillash lozim. Boshlang‘ich sinflardagi bolalarga ertaklarni tinglash va
muhokama qilish, unga o‘z fikrini bildirish, rebus, turli boshqotirmalarni yechiush
bilan, ularning aqliy-intellektual qobiliyatini rivojlantirish orqali kasbga bo‘lgan ilk
qiziqishi rivojlantirib boriladi. 12-13 yoshga kelib esa o‘quvchilarni ko‘plab mashxur
insonlar - olimlar, yozuvchilar, bastakorlar, rassomlarning ilm- fanga, adabiyot,
musiqa va san’atga bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirib borishi mumkin. 15-16
yoshlarda o‘quvchilarni kasbiy ma’lumotlar, kasblarning insonlarga qo‘yadigan
talablari, mehnat jarayonlarining xususiyatlari, mazkur kasblarni egallash borasida
o‘quvchilar o‘rtasida har xil so‘rovnomalar, suhbatlar tashkil etish maqsadga muvofiq.
Ularni o‘ziga yoqqan kasbga qat’iy qiziqish hosil qilish uchun zarur ma’lumotlar bilan
tanishtirish, to‘g‘ri maslahatlar berib boorish, o‘zining individual-psixologik
xususiyatlariga mos keladigan kasb-hunarga yo‘naltirish foyda beradi. Mazkur
ishlarning dastlabki bosqichi albatta, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat
yuritayotgan amaliyotchi psixologlar tomonidan tashkil etiladi va nazoratga olinadi.

Kasb-hunarga yo‘naltirish jarayonida kasbiy o‘zinini o‘zi belgilashda

o‘quvchilar orasida ikkita toifadagi o‘quvchilar ajralib turadi. Birinchilari, bu hayotda
hali qiziq narsa topa olishmaydi. Shunday bo‘ladiki, o‘qituvchilar ularda biron bir
fanga muhabbat uyg‘ota olishmaydi va iste’dodlar hali ham tuproqqa ko‘milgan holda
bo‘ladi, yashiringan holatda. Bunday bolalar yaxshi o‘qishlari mumkin, lekin ular hech
narsaga qaram emas, ularning hayoti zerikarli yoki sokin bo‘lishi mumkin. Ikkinchi
toifadagi bolalar ham o‘qishda, ham boshqa turli xil faoliyat shakllari juda faol. Ular
ham narsaga qiziqadi, bir vaqtning o‘zida 3-4 ta to‘garak, sport sessiyalarida


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_1-qism_Iyun-2025

193

qatnashadilar. Bundan tashqari, ular muvaffaqiyatga erishadilar. Ular aytganidek, agar
inson iste’dodli bo‘lsa, u hamma narsada qobiliyatlidir. Psixologlarning fikricha, kasb
tanlashda insonning psixologik xususiyatlari va kasbning tegishli xususiyatlari
o‘rtasidagi muvofiqlik juda muhimdir. Kasb qiziqarli bo‘lishi kerak. Agar o‘quvchi
hayvonlarni, o‘simliklarni yaxshi ko‘rsa, kasbiy faoliyatida yovvoyi tabiat obyektlarini
uchratishi u uchun qiziqarli bo‘ladi. O‘quvchi texnologiyani yaxshi ko‘rsa, unga
bo‘lgan qiziqishi sizni muhandis-dizayner yoki nazariy fizik faoliyatida qo‘llab-
quvvatlaydi. Har qanday kasb insonga “Kasbiy muhim sifatlar” deb ataluvchi
fazilatlatlarga bo‘lishini taqozo etadi – masalan, korrektorga e’tibor bering, rassom
uchun xayoliy fikrlash va uni aks ettira olish. Shuning uchun, ma’lum bir kasbni
tanlashda, sizda kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan fazilatlarga mos keladigan qobiliyatlar
bor yoki yo‘qligini tushunish muhimdir. Shubhali vaziyatda, qobiliyatingiz maksimal
bo‘ladigan kasbni tanlashi, bu faoliyatda u eng katta muvaffaqiyatga erishadi.

Maktab psixologi har bir o‘quvchi bilan ishlash jarayonida undan olingan test

natijalari va suhbatlar davomida natijalarga asoslanib kasb tanlashda ko‘maklashadi.
Kasb-hunarga yo‘naltiruvchi kasbga oid o‘quv qo‘llanmalar va adabiyotlar bilan
ta’minlash ishlarini olib borishi lozim. Farzandiga to‘g‘ri kasb-hunar tanlashda ota-
onalar ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlarni olib borishi bugungi kunning eng
dolzarb masalalaridan biri bo‘lib kelmoqda. Kasb-hunarlar soni kun sayin ortib
borayotgan bir davrda ota-onalar ular to‘g‘risida o‘zlari to‘liq ma’lumotlarga ega
bo‘lishlari lozim. Vazifani – yoshlarga ilm berish, kasb-hunar egallashi uchun shart-
sharoitlar yaratish. Yoshlar kasbni layoqatiga ko‘ra tanlashi, to‘g‘ri hayot tarzini
shakllantirishi, jamiyatning ma’naviy hamda iqtisodiy rivojiga turtki bo‘ladi. Kasbiy
mahorat ijtimoiy psixologik hodisa bo‘lib, uning omillarini bilish kasbga to‘g‘ri
yo‘naltirishda katta ahamiyat kasb etadi. Sodda qilib aytganda, kasb tanlash har bir
insonning shaxsiy ishi bo‘lib, unga bevosita ta’sir ko‘rsatish, bu ishni loyixalashtirish
uchun ko‘plab ishlarni tashkil etish lozim. Bu jarayonga ta’sir etuvchi omillar orasida
oila muhim ahamiyat kasb etadi.

Oilda farzandning qiziqishlari, yosh xususiyatlaridan kelib chiqib munosabat

bo‘lsa, u borgan sari o‘ziga nisbatan talabchan, intiluvchan bo‘lib boraveradi. Shuning
uchun psixologlar maktabda o‘quvchilarning ota-onalarini kichik tadbirlar tashkil etib,
ularga farzandlarini kasb-hunarga yo‘naltirishda tavsiyalar berishi, davra suhbatlarini
o‘tkazishi, farzandlarining yosh xususiyatlarida qanday munosabatda bo‘lishi
kerakligini tushuntirishi lozim. Yoshlarni bolalikdan kasb- hunarga yo‘naltirishdan
maqsad o‘sib kelayotgan avlodni kasbni ongli ravishda tanlashga tayyorlashdir.
Kasbga yo‘naltirishda yoshlarning kasbni erkin va mustaqil tanlashi uchun oiladagi
cheklovlarni bartaf etish, maktabda qiziqishlari bo‘yicha sharoitlar yaratish lozim.

Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, farzandlarimizni kasb-hunarga

yo‘naltirishda har birimiz e’tiborli bolishimiz, ma’suliyatni his etgan holda, ularning


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_1-qism_Iyun-2025

194

taqdiri va kelajagi uchun barcha sharoit va qulayliklarni yaratishimiz, hamkorlikda ish
tashkil etishimiz lozim. O‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va jalb etish biz
kabi amaliyotchi psixologlarning vazifamizdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. K. Jo‘raboyev, “O‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha psixologik-
pedagogik o‘yinlar, mashqlar va metodikalar” .
2. O‘zbekiston Respublikasida o‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish tizimini
rivojlantirish konsepsiyasi. Toshkent 2002 y.
3. E. G. G‘oziyev Umumiy psixologiya. Toshkent. 2019 y 1-kitob.
4.https//wikipedia.ru.org
5.https//.psychology akademy.

Bibliografik manbalar

K. Jo‘raboyev, “O‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha psixologik- pedagogik o‘yinlar, mashqlar va metodikalar” .

O‘zbekiston Respublikasida o‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish tizimini rivojlantirish konsepsiyasi. Toshkent 2002 y.

E. G. G‘oziyev Umumiy psixologiya. Toshkent. 2019 y 1-kitob.

https//wikipedia.ru.org

https//.psychology akademy.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари