Mualliflar

  • Sabatayeva Jadira Nurpeisovna
  • Duysebaeva Aqmaral Nuraliyevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.trtteztro.119971

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: zoʻravonlik psixologik tazyiq jismoniy zoʻravonlik profilaktika ijtimoiy moslashuv huquqiy ong empatiya ta’lim-tarbiya tolerantlik fuqarolik jamiyati

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada jamiyatda zoʻravonlikning turli koʻrinishlari, ularning ijtimoiy va psixologik oqibatlari, shuningdek, zoʻravonlikka qarshi kurashishning samarali yoʻllari tahlil qilinadi. Zo‘ravonlik nafaqat jismoniy zarar yetkazadi, balki shaxsning ruhiy holatiga, ijtimoiy moslashuviga va umumiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy oʻrta ta’lim maktablari va oila muhitida zoʻravonlikning oldini olishga doir profilaktik chora-tadbirlar, ijtimoiy psixologik yondashuvlar hamda huquqiy asoslar yoritiladi. Shuningdek, yoshlar ongida tolerantlik va empatiya kabi ijobiy fazilatlarni shakllantirish orqali zoʻravonlikning oldini olish yo‘llari muhokama etiladi. Tadqiqot zoʻravonlikka qarshi kurashishda ta’lim, tarbiya va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rnini alohida ta’kidlaydi.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_1-qism_Iyun-2025

185

BIZ ZOʻRAVONLIKKA QARSHIMIZ

Sabatayeva Jadira Nurpeisovna

Toshkent viloyati Bo'stonliq tuman MMTBga qarashli

14-umumiy ôrta ta’lim maktabning amaliyotchi psixologi

Duysebaeva Aqmaral Nuraliyevna

Toshkent viloyati Bo'stonliq tuman MMTBga qarashli

27-umumiy ôrta ta’lim maktabning amaliyotchi psixologi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada jamiyatda zoʻravonlikning turli koʻrinishlari,

ularning ijtimoiy va psixologik oqibatlari, shuningdek, zoʻravonlikka qarshi
kurashishning samarali yoʻllari tahlil qilinadi. Zo‘ravonlik nafaqat jismoniy zarar
yetkazadi, balki shaxsning ruhiy holatiga, ijtimoiy moslashuviga va umumiy
rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada maktabgacha ta’lim muassasalari,
umumiy oʻrta ta’lim maktablari va oila muhitida zoʻravonlikning oldini olishga doir
profilaktik chora-tadbirlar, ijtimoiy psixologik yondashuvlar hamda huquqiy asoslar
yoritiladi. Shuningdek, yoshlar ongida tolerantlik va empatiya kabi ijobiy fazilatlarni
shakllantirish orqali zoʻravonlikning oldini olish yo‘llari muhokama etiladi. Tadqiqot
zoʻravonlikka qarshi kurashishda ta’lim, tarbiya va fuqarolik jamiyati institutlarining
o‘rnini alohida ta’kidlaydi.

Kalit so‘zlar:

zoʻravonlik, psixologik tazyiq, jismoniy zoʻravonlik, profilaktika,

ijtimoiy moslashuv, huquqiy ong, empatiya, ta’lim-tarbiya, tolerantlik, fuqarolik
jamiyati

Maktabda zoʻravonlik va uning ta’siri

Maktab — bu oʻquvchilar uchun bilim olish, rivojlanish va ijtimoiy koʻnikmalarni

shakllantirishning eng muhim joylaridan biridir. Ammo, maktabda ham
zoʻravonlikning mavjudligi bu jarayonni sezilarli darajada buzishi mumkin.
Zoʻravonlik — bu jismoniy, ruhiy yoki emosional zarar etkazishga yoʻnaltirilgan xatti-
harakatlar toʻplamidir. Maktabda zoʻravonlik nafaqat oʻquvchilarning bir-biriga
nisbatan qoʻllanadigan shaxsiy hujumlar, balki oʻqituvchilarga nisbatan ham boʻlishi
mumkin.

Zoʻravonlikning turlari

Maktabda zoʻravonlikni bir necha turga ajratish mumkin:
1.

Jismoniy zoʻravonlik

: Bu turdagi zoʻravonlik oʻquvchilarning bir-biriga

yoki oʻqituvchilarga nisbatan qoʻl koʻtarish, turli xil jismoniy hujumlar qilishni oʻz
ichiga oladi. Misol uchun, urish, itarish yoki haqoratlash kabi xatti-harakatlar.

2.

Psixologik yoki emotsional zoʻravonlik

: Bu, oʻquvchining ruhiy holatini

yoʻqotishiga olib keladigan harakatlardir. Bularga masxara qilish, kamsitish,
izolyatsiya qilish yoki tahdid qilish kiradi. Psixologik zoʻravonlik koʻpincha jismoniy


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_1-qism_Iyun-2025

186

zoʻravonlikdan kamroq koʻrinadi, ammo uning ta’siri oʻquvchining oʻzini anglashiga
va ijtimoiy hayotiga salbiy ta’sir qiladi.

3.

Kiber-zoʻravonlik

: Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga

oshiriladigan zoʻravonlik turi boʻlib, oʻquvchilar oʻzaro onlayn xabarlar, videolar, yoki
suratlar orqali haqoratli xatti-harakatlarga duchor boʻlishadi.

4.

Zoravonlikni

koʻrish

(viktim-blaming)

:

Ba’zan

oʻquvchilar

zoʻravonlikka uchraganlarida ular ayblanadi yoki bunday holatlar inkor qilinadi. Bu
holat, oʻquvchilarning oʻzini noqulay his qilishiga va qoʻllab-quvvatlash tizimlariga
ishonchni yoʻqotishiga olib kelishi mumkin.

Zoʻravonlikning ta’siri

Maktabda zoʻravonlikning salbiy ta’siri juda keng boʻlishi mumkin, va uning

ta’siri nafaqat jismoniy, balki emotsional va ijtimoiy sohalarga ham katta zarba beradi.

1.

Psixologik salbiy ta’sir

: Zoʻravonlikka duchor boʻlgan oʻquvchilarda

xavotir, depressiya, oʻz-oʻziga ishonchsizlik va oʻzini past baholash kabi holatlar
yuzaga kelishi mumkin. Bu oʻquvchilar oʻzlarini izolyatsiya qilishi, maktabdan
qochishi yoki akademik yutuqlarda pasayish boʻlishi mumkin.

2.

Akademik natijalarga ta’sir

: Zoʻravonlik oʻquvchilarning diqqatini

jamlashiga va oʻqishdagi muvaffaqiyatlariga toʻsqinlik qiladi. Ular maktabda oʻzini
xavfsiz his qilmasliklari sababli, darslarga nisbatan qiziqishlarini yoʻqotishi mumkin.

3.

Sosial aloqalarga ta’sir

: Zoʻravonlik, oʻquvchilarning doʻstlar

orttirishiga toʻsqinlik qiladi. Bunday oʻquvchilar maktabda oʻzini yakkalanib,
tashqariga chiqishga yoki boshqa oʻquvchilar bilan ijtimoiy aloqalarni oʻrnatishga
qiynalishadi.

4.

Maktabda umumiy atmosfera

: Maktabda zoʻravonlikning mavjudligi

oʻquvchilarning oʻzaro munosabatlariga salbiy ta’sir qiladi. Bunda maktab jamoasida
qoʻrquv, stress va xavotir muhitining yuzaga kelishi mumkin. Bu esa, maktabning
umumiy atmosferasini buzadi va barcha oʻquvchilarning rivojlanishiga salbiy ta’sir
koʻrsatadi.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_1-qism_Iyun-2025

187

Zoʻravonlikning sabablarini oʻrganish

Maktabda zoʻravonlikni kamaytirish uchun uning sabablarini chuqur tahlil qilish

zarur. Zoʻravonlikni keltirib chiqaruvchi omillar orasida:

Uyda yoki oilada zoʻravonlik

: Oila muhitidagi zoʻravonlikni koʻrgan bolalar,

bunday xatti-harakatlarni maktabda ham namoyon etishlari mumkin.

Ijtimoiy ta’sirlar

: Media, ijtimoiy tarmoqlar va doʻstlar orasida zoʻravonlikni

normal holat deb koʻrsatuvchi ta’sirlar.

Kam rivojlangan ijtimoiy va emotsional koʻnikmalar

: Ba’zi oʻquvchilar oʻz

hissiyotlarini boshqarish, muammolarni hal qilish va boshqa oʻquvchilar bilan muloqot
qilish boʻyicha etarli koʻnikmalarga ega emaslar.

Maktabdagi

qoʻllab-quvvatlash

tizimlarining

zaifligi

:

Maktabda

zoʻravonlikka qarshi kurashish uchun yetarlicha oʻqituvchilar, psixologlar yoki boshqa
yordam koʻrsatuvchi shaxslar boʻlmasligi.

Bularning barchasi maktabda zoʻravonlikning oldini olish va unga qarshi

kurashish uchun aniq, samarali dasturlar va strategiyalarni ishlab chiqishni taqozo
etadi. Maktabda zoʻravonlikni kamaytirish va xavfsiz muhit yaratish uchun ta’lim
olish, jamoaviy ishlash va oʻquvchilarni oʻzaro hurmatga asoslangan muloqotga
undash juda muhimdir.

Bolalarning oʻzi himoyalanmagan, zaif ijtimoiy qatlam boʻlishlariga qaramay,

koʻp hollarda tabiiy ofatlar, harbiy harakatlar hududida qolib ketadilar, jismoniy,
emotsional va jinsiy zoʻrlanish qurboniga aylanadilar. BMTning bergan
maʼlumotlariga koʻra har yilda 14 yoshgacha boʻlgan bolalarning 2 mln.ga yaqini ota


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_1-qism_Iyun-2025

188

onalar zoʻravonligidan qiynaladilar. Ularning har oʻntadan biri hayotdan koʻz yumadi,
ikki mingtasi esa hayotni oʻz joniga qasd qilish bilan yakunlaydi.

Zoʻravonlik bir necha koʻrsatkichlar boʻyicha klassifikasiyalanadi:

ochiq va yopiq (kimdir oshkor qiladi, kimdir yashiradi);

hozirda ham davom etayotgan yoki oʻtmishda sodir boʻlgan;

birlik yoki koʻplikda, uzoq yillar davom etuvchi;

sodir etilayotgan joy va muhitga koʻra zoʻravonlik: uyda qarindoshlar

tarafidan, maktabda pedagog yoki bolalar tomonidan, koʻchada bolalar yoki notanish
kattalar tarafidan boʻlishi mumkin.

Asanova ishlarida taklif etilgan quyidagi zoʻrlik klassifikatsiyasi keng tarqalgan:

Jismoniy zoʻravonlik 18 yoshgacha bshlgan bolalarga nisbatan koʻrsatilgan tasodifiy
boʻlmagan jarohatning har qaysisi. Jismoniy zoʻravonlik yuzga urish, itarish, boʻgʻish,
yumdalash, kamar yoki arqon bilan kaltaklash, ogʻir predmetlar va pichoqlar bilan
jarohatlar yetkazish shaklida namoyon boʻladi. Jismoniy zoʻravonlik oʻz ichiga
bolalarni

narkotik,

alkogol

moddalariga

jalb

qilishni,

zaharlovchi

yoki

hushsizlantiruvchi tibbiy preparatlar (masalan, vrach tomonidan yozib berilmagan
uyqu chaqiruvchilarni, shuningdek choʻktirishga urinishlarni ham qamrab oladi. Jinsiy
zoʻravonlik bolalar (qiz yoki oʻgʻillarni) kattalar yoki boshqa bolalar tomonidan
oʻzining jinsiy ehtiyojlarini qondirish, manfaat olish maqsadida ulardan
foydalanishidir. Jinsiy zoʻravonlik oʻz ichiga har qanday jinsiy aloqani, jinsiy
organlarning tana kontaktini, bolalarni fohishabozlikka, pornobiznesga jalb qilishni,
bolaning oldida jinsiy organlarni yalangʻoch holda koʻrsatish va unga sezdirmasdan
yechinayotganida kuzatish kabi hollarnmi qamrab oladi. Bolaning zarurat va
qiziqishlariga eʼtiborsizlik ota onalar yoki ayrim sabablarga koʻra ularning oʻrnini
bosuvchi shaxslar tomonidan bolaning ovqatga, qiyinishga, uy joyga, taʼlim olishga,
tibbiy yordamga boʻlgan majburiy taʼminlanishi kerak boʻlgan zarurat va ehtiyojlarini
taʼminlamaslik. Bolani baxtsiz hodisalarga olib keluvchi qarovsiz qoldirishlar
yuqoridagilarga misol boʻla oladi.

Psixologik zoʻravonlik doimiy yoki vaqti vaqti bilan bolani haqoratlash,

oʻqituvchi, tarbiyachilar, ota-onalar tarafidan koʻrsatiladigan qoʻrqituvlar; uning
insoniylik gʻururini kamsitish, ularni u qilmagan ishda ayblash, bolaga muhabbatning
yoʻqligini, unga adovatni namoyish etish. Shuningdek, bu zoʻravonlik turiga doimiy
yolgʻon va bolaga qoʻyilayotgan talablar uning yoshiga mos emasligi ham kiradi.

Emotsional zoʻravonlik. Ayrim tadqiqotchilar har qanday zoʻravonlik asosida

emotsional zoʻravonlik, xoʻrlanganlik yotadi degan fikrdalar. Odatda jabrlanuvchi bola
bir vaqtning oʻzida zoʻravonlikning bir qancha turini boshdan oʻtkazadi. Masalan,
zoʻravonlik qurboni boʻlgan kattalar va bolalar koʻpincha jismoniy (kaltaklash) va
emotsional (oʻldirish yoki mayib qilish qoʻrqituvlari) zoʻrlashni boshdan kechiradilar.
Bolalar ustidan zoʻravonlik va eʼtiborsizliklar boʻlishiga ijtimoiy, hamda madaniy


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_1-qism_Iyun-2025

189

sharoitlar ham olib keladi: jamiyat ongida aniq jismoniy jazo bahosini yoʻqligi, OAVda
zoʻravonlikni namoyish etilishi. Tadqiqotlar ota onalarda norozilikni, asabiylashishni
va bulardan keyin zoʻrlashni keltirib chiqaruvchi bolalarda mavjud bir qator
xususiyatlarni aniqladilar.

Zoʻrlik qurboni boʻlish ehtimoli yuqori boʻlgan bolalar quyidagi xususiyatlarga

ega:

istalmagan bolalar, shuningdek, ota onasi undan oldingi bolani yoʻqotgandan

keyin tugʻilgan bolalar;

boshqalardan tashqi qiyofasi bilan ajralib turuvchi yoki ota-onalariga maʼqul

boʻlmagan xususiyatli bolalar (masalan, bolaning boshqa jinsda ekanligi);

Oʻsmirlik yoshiga kelib bu xolat ularda jinsiy qiziqishlarning sekinlashuviga olib

keladi.

A) xafagarchilikka asos boʻlmagan narsalarga ҳam kulgi boʻldim deb qarashi, oʻz

g’ururini oʻzgalar oldida toptalishi, oʻzini “erga” urilgan deb qarashi va undan uyalishi,
oʻzgalar tomonidan oʻzini xoʻrlangandek xis qilishi.

B) xali uni tanqid qilmasliklaridan oldin, yaxshisi ular bilan umunosabat

oʻrnatmaslik

V) xoʻrlanishdan qoʻrqishi tufayli hammadan oʻzini chetga tortishi G) aslida

oʻzgalar tomonidan qabul qilinishini oʻylash.

D) oʻz xatolaridan qayg’urishi va muvaffaqiyatlarni kamsitish, oʻzini oʻzi past

baholashidan azoblanishi va boshqa begonalar bilan kechadigan har qanday aloqadan
qiynaladi atrofdagilar ularni “ortiqcha” deb oʻylaydi va oʻsmirlik davriga xos boʻlgan
giperkompenoʻiatsiya reaktsiyasi ularda uchraydi.

Ye) ota – ona yoki oila a’zolarining shahvoniy hayotga ichkilikka berilishini
Yo) oila a’zolari ichida sudlangan odamning uchrashi.
J) tengqurlarining salbiy ishlarga (haqorat qilishga, ichishga, chekishga, qoʻli

egrilikka) oʻrgatishi va hakozo.

Z) madniy – ma’rifiy ishlab chiqarishi va jamoatchilikni kamchiliklari.

Oʻsmirlik

– organizm taraqqiyotidagi shiddat va notekislik bilan xarakterlanib

bu davrda tananing intensiv tarzdagi rivojlanishi va suyaklarning qotishi roʻy beradi.
Yurak va qon tomir xarakterlarida ham notekislik roʻy beradi va u bolani fe’lining
oʻzgaruvchan, dinamik va ba’zan noma’qulliklar va noqulayliklarni keltirib chiqaradi,
bular albatta asab tizimiga ham ta’sir koʻrsatadi. Bola tezda achchiqlanadigan yosh
tormozlanishi yuz berganda anchagacha depressiya holatidan chiqmaydigan
tushkunlikda ham qolishi mumkin.

Bolalar agressiv xatti-harakat namunalarini quyidagi uch asosiy manbaga

asoslanib toʻplaydi:

1.Nosogʻlom oila muhiti.

Bu kabi oilalarda ota-ona bilan farzand oʻrtasidagi

munosabatning ijobiy psixologik iqlimda emasligi, farzandlar oʻrtasidagi


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_1-qism_Iyun-2025

190

kelishmovchiliklar, oiladagi mojarolar, nizolar, oilaviy hamohanglikni mavjud
emasligi bolalarda agressiv hulq-atvorni shakllanishiga olib keladi. Bolalardagi
agressivlikning namoyon boʻlishi oilaviy muhitning ta’sir darajasiga bogʻliq
hisoblanadi.

2.Tengdoshlar guruhi.

Bolalar oiladan tashqarida oʻz tengqurlari bilan boʻlgan

munosabatda ham agressiv xatti-harakatlarni oʻzlariga singdiradilar. Koʻpgina hollarda
bolalar tengdosh doʻstlarining xatti-harakatlarini kuzatgan tarzda, oʻzlarini agressiv
boshqarishga urinadilar.

3.Ommaviy axborot vositasi.

Bugungi kunda bolalarga ta’sir etayotgan eng

kuchli quroldir. Bu borada internetning ta’siri kuchayib bormoqda.

Bolalar internet aloqalari orqali oʻzlarining xususiyatlariga toʻgʻri kelmaydigan

ma’lumotlar bilan ham tanishmoqdalar. Shu oʻrinda oynai jahon orqali namoyish
etilayotgan turli jangari fil’mlar, koʻrsatuvlar ham bolalarda agressiv xususiyatlarni
tarkib topishga ta’sir qilmoqda. Psixologik kuzatuvlarga koʻra, oiladagi iqlim, ota-ona
oʻrtasidagi oʻzaro munosabat, ota-ona bilan bola oʻrtasidagi munosabat, oilaviy
hamohanglik yoki aksincha kelisha olmaslik, opa-singillari, aka-ukalari bilan yaqinlik
darajasi, farzandi tomonidan qilingan notoʻgʻri, yanglish xatti-harakatlarga nisbatan
ota-onaning ta’sirlanishi – oilada shaklllanib kelayotgan agressiv xatti-harakatlarini
belgilab beruvchi omillar boʻlib hisoblanmoqda.

Adabiyotlar roʻyxati:

1. Abdullayev, A. (2020). «Zoʻravonlik va uning maktabda tarqalishi: Psixologik

va sotsiologik tahlil.» Oʻzbekiston psixologiya jurnali, 5(2), 45-58.

2. Ibragimov, F. (2019). «Maktabda zoʻravonlikning oldini olishda oila va

maktabning roli.» Oʻzbekiston pedagogika va ta’lim innovatsiyalari, 12(1), 123- 136.

3. Kamilov, Sh. (2021). «Oʻquvchilarda psixologik zoʻravonlikni

kamaytirishning usullari.» Psixologik ta’lim (3), 78-92.

4. Mamatov, B. (2022). «Internet zoʻravonligining ta’siri va unga qarshi kurashish

usullari.» Jahon ta’limi va internet psixologiyasi, 7(4), 50-67.

5. Shamshodov, X. (2018). «Maktabda oʻquvchilar oʻrtasidagi zoʻravonlikning

sabablari va oldini olish usullari.» Oʻquvchi va jamiyat, 4(3), 102-115.

6. Sharipov, D. (2023). «Zoʻravonlikka qarshi kurashishda oʻqituvchilarning

roli.» Pedagogika va metodika (9), 111-124.

Bibliografik manbalar

Abdullayev, A. (2020). «Zoʻravonlik va uning maktabda tarqalishi: Psixologik va sotsiologik tahlil.» Oʻzbekiston psixologiya jurnali, 5(2), 45-58.

Ibragimov, F. (2019). «Maktabda zoʻravonlikning oldini olishda oila va maktabning roli.» Oʻzbekiston pedagogika va ta’lim innovatsiyalari, 12(1), 123- 136.

Kamilov, Sh. (2021). «Oʻquvchilarda psixologik zoʻravonlikni kamaytirishning usullari.» Psixologik ta’lim (3), 78-92.

Mamatov, B. (2022). «Internet zoʻravonligining ta’siri va unga qarshi kurashish usullari.» Jahon ta’limi va internet psixologiyasi, 7(4), 50-67.

Shamshodov, X. (2018). «Maktabda oʻquvchilar oʻrtasidagi zoʻravonlikning sabablari va oldini olish usullari.» Oʻquvchi va jamiyat, 4(3), 102-115.

Sharipov, D. (2023). «Zoʻravonlikka qarshi kurashishda oʻqituvchilarning roli.» Pedagogika va metodika (9), 111-124.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари