Mualliflar

  • Sultonov Jasur Rustam o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.trtteztro.119982

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: ish beruvchi xodim shartnoma subyekt

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada mehnat shartnomasini tuzishda ishtirok etuvchi asosiy subyektlar — ish beruvchi va xodimning huquqiy maqomi tahlil qilinadi. Shuningdek, mehnat huquqiy munosabatlarining shakllanishida ushbu ikki tomonning roli, majburiyatlari va huquqlari yoritiladi.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

16

MEHNAT SHARTNOMASINI TUZISHDA ISHTIROK ETUVCHI

SUBYEKTLAR: ISH BERUVCHI VA XODIMNING HUQUQIY MAQOMI

Sultonov Jasur Rustam o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

jasuryurist@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada mehnat shartnomasini tuzishda ishtirok etuvchi

asosiy subyektlar — ish beruvchi va xodimning huquqiy maqomi tahlil qilinadi.
Shuningdek, mehnat huquqiy munosabatlarining shakllanishida ushbu ikki tomonning
roli, majburiyatlari va huquqlari yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

ish beruvchi, xodim, shartnoma, subyekt


Mehnat shartnomasi bu ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuziladigan, ma’lum bir

ishni bajarish, mehnat sharoitlari, ish haqi va boshqa muhim jihatlarni belgilab
beruvchi huquqiy hujjatdir. Tabiiyki bu hujjatni tuzish shartnomaning subyektlari
o‘rtasida amalga oshiriladi. Mehnat huquqining subyektlari deganda mehnat
qonunchiligiga ko‘ra, ijtimoiy mehnat munosabatlarida ishtirok eta oladigan hamda bu
sohada subyektiv huquqlar va majburiyatlarga ega bo‘ladigan yuridik hamda jismoniy
shaxslar nazarda tutiladi. Amaldagi Mehnat kodeksining 19-moddasiga muvofiq,
xodim va ish beruvchi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarning subyektlaridir.
Shuningdek, mehnat huquqi subyektlari bo‘lib ish beruvchi va xodimlarning vakillik
organlari ham qatnasha oladilar.

Mehnat bozorining zaruriy ishtirokchilaridan biri ish beruvchidir. Ish beruvchi

mavjudligi tufayligina mehnat bozori mavjud bo‘ladi va faoliyat yurita oladi. Ish
beruvchi mehnat bozorining iste’molchisi bo‘lib, bozorga taklif etilayotgan ish
kuchining tovar sifatidagi bahosi uning tomonidan bildiriladigan talabga bog‘liq
bo‘ladi

1

.

Qonunchilikda, ish beruvchining huquqiy maqomi aniq belgilab qo‘yilgan. Unga

ko‘ra, ish beruvchi — bu xodim bilan mehnat shartnomasini tuzuvchi va unga nisbatan
mehnat qonunchiligiga muvofiq ish joyini tashkil etish, ish haqi to‘lash, xavfsizlik va
boshqa sharoitlarni yaratish majburiyatini oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir. Ish
beruvchi sifatida qonunda belgilangan tartibda ta’sis etilgan va davlat ro‘yxatiga
olingan yuridik shaxslar mehnat munosabatlarida qatnashishlari mumkin. Ish beruvchi
sifatida mehnat munosabatlarida ishtirok etuvchi subyektlar mulkchilik shakli, oldiga
qo‘yilgan maqsadi va boshqa xususiyatlariga ko‘ra tasniflanishlari mumkin. Ular
davlat mulkiga asoslangan xo‘jalik tashkilotlari va davlat korxonalaridan, nodavlat

1

Муаллифлар жамоаси. Меҳнат ҳуқуқи. Дарслик. –Т.: ТДЮУ нашриёти, 2018. – 62 бет.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

17

mulkchilik shaklidagi tadbirkorlik subyektlaridan (tijoratchi tashkilotlar), notijorat
tashkilotlardan, davlatning markaziy va mahalliy idoralaridan, tijorat va notijorat
tashkilotlarining birlashmalari (korporatsiyalar)dan, xorijiy sarmoya asosida tashkil
etilgan chet el korxonalari hamda chet el investitsiyasi ishtirokidagi qo‘shma
korxonalardan, tegishli hollarda vakolatnoma asosida ish yurituvchi korxona va
tashkilotlarning filiallaridan iborat bo‘lishi mumkin

2

.

Ish beruvchilar xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish hamda

bekor qilish, jamoa muzokaralari tashabbusi bilan chiqish va jamoa shartnomalarini
tuzish, xodimlarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka
tortish; ichki hujjatlarni qabul qilish kabi huquqlarga ega hisoblanadi.

Xodim esa bu ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzib, belgilangan ishni

bajarishga va mehnat intizomiga rioya qilishga majbur bo‘lgan jismoniy shaxsdir.

Ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan yo‘l qo‘yiladi. Bunda shaxslar mehnatga oid

huquq layoqatiga va muomala layoqatiga ega bo‘lishi lozim. Albatta, yosh masalasida
qonunchilikkda turli mustasno holatlar ham mavju. Jumladan, yoshlarni mehnatga
tayyorlash uchun umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarining
o‘qitish jarayonini buzmaydigan yengil mehnatni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi
uchun ishga qabul qilishga — ular o‘n besh yoshga to‘lishi bilan ota-onadan birining
yozma roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

15 yoshga to‘lmagan shaxslar bilanota-onasining har ikkisi rozilik bildirgan va

vasiylik hamda homiylik organi ruxsat bergan taqdirda mehnat shartnomasi tuzishga
ruxsat beriladi. Tabiiyki, bu ularning sog‘lig‘iga va ma’naviy rivojiga salbiy ta’sir
ko‘rsatmasa va bunda shartnoma tuzish madaniy-tomosha muassasalari, televideniye,
radioeshittirishlar hamda boshqa ommaviy axborot vositalarida yoki professional sport
sohasida ijodiy ishlar yaratish va ijro etishda ishtirok etish uchungina tuzilishi mumkin.
Bunday kasblarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan tasdiqlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi
2. Ўзбекистон Республикасининг Меҳнат кодексига шарҳ (илмий-амалий,
моддалар бўйича шарҳлар). – Т.: «Адолат», 2018 й. – 864 б.
3. Муаллифлар жамоаси. Меҳнат ҳуқуқи. Дарслик. –Т.: ТДЮУ нашриёти, 2018.
– 505 бет.

2

Ўзбекистон Республикасининг Меҳнат кодексига шарҳ (илмий-амалий, моддалар бўйича шарҳлар). – Т.:

«Адолат», 2018 й. – 66 б.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi

Ўзбекистон Республикасининг Меҳнат кодексига шарҳ (илмий-амалий, моддалар бўйича шарҳлар). – Т.: «Адолат», 2018 й. – 864 б.

Муаллифлар жамоаси. Меҳнат ҳуқуқи. Дарслик. –Т.: ТДЮУ нашриёти, 2018. – 505 бет.