Mualliflar

  • Axmedova Dilnora Kobiljonovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.trtteztro.119983

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Korrupsiya oliy ta’lim korrupsiyaga qarshi madaniyat halollik islohot oshkoralik ta’lim sifati.

Annotasiya

Annotatsiya: Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimidagi korrupsiya holatlari, ularning salbiy oqibatlari va ta’lim sifatiga ta’siri atroflicha tahlil qilinadi.Korrupsiya oliy ta’limda adolatsizlik, tanish-bilishchilik, bilim darajasining pasayishi kabi muammolarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ta’lim muassasalarida halollik, oshkoralik, qonun ustuvorligini targ‘ib etish, korrupsiyaga qarshi madaniyatni shakllantirish dolzarb masalalardandir. Maqolada ushbu madaniyatni rivojlantirishning samarali yo‘llari, metodik asoslari va ta’sir mexanizmlari tahlil qilinadi hamda amaliy takliflar beriladi. Xususan, elektron boshqaruv tizimlari, mustaqil baholash mexanizmlari va xalqaro tajriba asosida korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb jihatlari yoritiladi. Maqola oliy ta’lim sifatini oshirish yo‘lida korrupsiyaga qarshi kurashni muhim omil sifatida ko‘rsatadi va amaliy takliflar bilan boyitilgan.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

12

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH-OLIY TA’LIM SIFATINI TUBDAN

ISLOH QILISH SARI MUHIM QADAMDIR

Axmedova Dilnora Kobiljonovna

Navoiy davlat universiteti tayanch doktaranti

Navoiy innavatsiyalari universiteti

“Ijtimoiy-gumanitar fanlar”kafedrasi o’qituvchisi

+998934642105

dilnoraaxmedova4@gmail.com

Annotatsiya:

Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimidagi korrupsiya holatlari,

ularning salbiy oqibatlari va ta’lim sifatiga ta’siri atroflicha tahlil
qilinadi.Korrupsiya oliy ta’limda adolatsizlik, tanish-bilishchilik, bilim darajasining
pasayishi kabi muammolarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ta’lim
muassasalarida halollik, oshkoralik, qonun ustuvorligini targ‘ib etish, korrupsiyaga
qarshi madaniyatni shakllantirish dolzarb masalalardandir. Maqolada ushbu
madaniyatni rivojlantirishning samarali yo‘llari, metodik asoslari va ta’sir
mexanizmlari tahlil qilinadi hamda amaliy takliflar beriladi. Xususan, elektron
boshqaruv tizimlari, mustaqil baholash mexanizmlari va xalqaro tajriba asosida
korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb jihatlari yoritiladi. Maqola oliy ta’lim
sifatini oshirish yo‘lida korrupsiyaga qarshi kurashni muhim omil sifatida ko‘rsatadi
va amaliy takliflar bilan boyitilgan.

Kalit so‘zlar

: Korrupsiya, oliy ta’lim, korrupsiyaga qarshi madaniyat, halollik,

islohot, oshkoralik, ta’lim sifati.

Annotation:

This article thoroughly analyzes cases of corruption in the higher

education system, their negative consequences, and their impact on the quality of
education. Corruption in higher education leads to problems such as injustice,
favoritism, and a decline in academic standards. Therefore, promoting integrity,
transparency, and the rule of law in educational institutions and forming an anti-
corruption culture are urgent issues. The article examines effective ways,
methodological foundations, and mechanisms for developing this culture and
provides practical recommendations. In particular, it highlights relevant aspects of
combating corruption through e-governance systems, independent assessment
mechanisms, and international experience. The article presents anti-corruption
efforts as a key factor in improving the quality of higher education, enriched with
practical suggestions.

Keywords

: Corruption, higher education, anti-corruption culture, integrity,

reform, transparency, quality of education

Аннотация:

В данной статье всесторонне анализируются случаи

коррупции в системе высшего образования, их негативные последствия и


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

13

влияние на качество образования. Коррупция в высшем образовании приводит
к таким проблемам, как несправедливость, кумовство и снижение уровня
знаний. Поэтому продвижение честности, открытости и верховенства закона в
образовательных учреждениях, а также формирование антикоррупционной
культуры являются актуальными задачами. В статье рассматриваются
эффективные пути, методологические основы и механизмы формирования
данной культуры, а также даются практические рекомендации. В частности,
освещаются актуальные аспекты борьбы с коррупцией на основе систем
электронного управления, независимой оценки и международного опыта.
Статья рассматривает борьбу с коррупцией как важный фактор повышения
качества высшего образования и содержит практические предложения.

Ключевые слова

: Коррупция, высшее образование, антикоррупционная

культура, честность, реформа, открытость, качество образования


Kirish.

Korrupsiya bugungi kunda global miqyosda ijtimoiy taraqqiyotga

jiddiy to‘siq bo‘lib qolayotgan murakkab va ko‘p qirrali muammo sanaladi.
Ayniqsa, ta’lim sohasidagi korrupsiya jamiyat taraqqiyotining asosi bo‘lgan bilim,
malaka va kompetensiyalarning haqiqiy qadriyat sifatida shakllanishiga to‘sqinlik
qiladi. Oliy ta’lim tizimida korrupsion holatlarning mavjudligi bilim olish
jarayonining adolatliligi va shaffofligiga putur yetkazadi, raqobatbardosh kadrlar
tayyorlashga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, korrupsiyaga qarshi kurash ta’lim
sifatini isloh qilishda muhim strategik omil sifatida qaralishi lozim.Uni oldini olish
undanda

katta

masala

bo’lib,davlatimiz

rahbari

tabiri

bilan

aytgandek,”Korrupsiyaning oldini olish –davlat xizmatiga professional va fidoyi
kadrlarni tanlash hamda ularni “halollik vaksinasi bilan emlash”dan boshlanadi”.

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha
milliy kengashning kengaytirilgan yig’ilishidagi nutqlariga ko’ra,korrupsiyaga
qarshi kurashish hududiy kengashlari tarkibi to’liq yangilanishi,ularga viloyat xalq
deputatlari kengashi raislari bosh bo’lishi aytib o’tildi.Hududiy kengashlar
insongacha tushib,korrupsiyaviy omillarni aniqlaydi,ularga berish uchun qaysi
qonunni o’zgartirish zarur,degan savollarga javob topadi.Hamda milliy kengash
takliflar kiritishi belgilab olindi.

O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida so‘nggi yillarda ochiqlik va shaffoflikni

ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shunga qaramay,
ayrim oliy ta’lim muassasalarida hali-hanuz:

-kirish imtihonlarida noqonuniy vositachilik,

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha milliy kengashning kengaytirilgan

yig’ilishidagi nutqi,2025-yil 5-mart


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

14

-baholarni adolatsiz qo‘yish,
-dissertatsiyalarni pul evaziga yozib berish,
-xizmat vakolatlaridan shaxsiy manfaatlar yo‘lida foydalanish holatlari

kuzatilmoqda.

Bu holatlar nafaqat ta’lim sifatini, balki yoshlarda halollik, mehnatsevarlik,

bilim olishga bo‘lgan qiziqishni pasaytiradi. Korrupsion muhitda shakllangan
mutaxassis jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘sholmaydi.

Huquqiy choralar muhim bo‘lsa-da, korrupsiyaga qarshi kurashda madaniy va

axloqiy omillar muhim rol o‘ynaydi. Korrupsiyaga qarshi madaniyat halollik va
vijdonlili,qonunga

hurmat,fuqarolik

pozitsiyasi,ijtimoiy

javobgarlik

kabi

tamoyillarga asoslanadi.Talabalarda bu qadriyatlarni shakllantirish uchun
korrupsiyaga qarshi madaniyat asoslari bo‘yicha alohida kurslar joriy etishi,halollik
kodekslarini ishlab chiqishi,ochiq baholash tizimini yo‘lga qo‘yishi
zarur.”Islohotlarimiz natijadorligi-avvalo,sadoqatli,fidoyi va korrupsiyaga toqatsiz
yangi avlodga bevosita bog’liq.Bu ishda fikri toza yosh avlodni tarbiyalash ustuvor
vazifaga aylanishi shart”.

2

Chet el tajribasida korrupsiyaga qarshi kurashning bir nechta samarali yo‘llari

mavjud:

-elektron boshqaruv tizimlari (masalan, raqamli baholash, onlayn imtihonlar,

avtomatlashtirilgan o‘qituvchi yuklamalari) inson omilini kamaytiradi;

-akademik erkinlik va mustaqil baholash agentliklari orqali ta’lim sifatining

real monitoringi yo‘lga qo‘yiladi;

-xalqaro akkreditatsiya tizimlari korrupsion xavf darajasini pasaytiradi,

raqobatbardoshlikni oshiradi.

Chet el tajribasiga ko’ra, Germaniya va Skandinaviya davlatlarida ta’lim

tizimida baholash to‘liq raqamlashtirilgan.Janubiy Koreyada esa professorlar
faoliyati mustaqil baholovchilar tomonidan monitoring qilinadi.Gruziyada
korrupsiyaga qarshi kuchli ijtimoiy nazorat, fuqarolik jamiyatining faolligi
ustuvordir. O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida ham bu yo‘nalishdagi islohotlar
boshlangan.Davlat test markazi orqali markazlashgan imtihonlar, elektron baholash
tizimlari va “Halollik kodekslari” joriy qilinmoqda.Davlat test markazi orqali
markazlashgan imtihon tizimi joriy etildi.Oliy ta’lim muassasalarida elektron
baholash tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.Korrupsiya holatlariga “nol toqat” tamoyili
asosida yondashilmoqda.“Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida oliy ta’limda
monitoring olib borilmoqda.

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha milliy kengashning kengaytirilgan

yig’ilishidagi nutqi,2025-yil 5-mart


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

15

Xulosa va takliflar.

Oliy ta’limda korrupsiyaga qarshi kurash faqat jazolovchi

mexanizmlarga emas, balki madaniy, axloqiy, boshqaruv va texnologik vositalarga
asoslanishi kerak. Bu borada quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin:

1. Oliy ta’limda halollik tamoyillarini institutlashtirish;
2. Barcha bosqichlarda ochiq baholash tizimini kengaytirish;
3. Talaba va o‘qituvchilarning korrupsiyaga qarshi immunitetini kuchaytirish

bo‘yicha maxsus trening va kurslarni joriy etish;

4. Mustaqil baholovchi agentliklar va nodavlat monitoring tizimlarini

shakllantirish;

5. Raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish.
“Korrupsiyaga qarshi kurashda barchamiz yagona kuch bo‘lib harakat qilsak,

albatta, yanada katta ijobiy samaraga erishamiz. Shu bois, mahalla faollari,
nuroniylar, ziyolilar, yozuvchi va shoirlar, san’at va madaniyat xodimlari,
tadbirkorlar, taniqli shaxslar, rahbarlar, deputat va senatorlar – umuman butun
jamoatchilik birlashib, korrupsiyaga ‘jamiyat tanasidagi saraton’ sifatida qarashi
kerak.”

3

Shunday ekan, korrupsiyaga qarshi kurash – oliy ta’lim sifatini tubdan isloh

qilish sari olib borilayotgan islohotlarning ajralmas va strategik tarkibiy qismidir.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha

milliy kengashning kengaytirilgan yig’ilishidagi nutqi,2025-yil 5-mart.

2. Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida Qonuni – 2017-yil 3-yanvar.
3. “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosati” mavzusida O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti nutqlari va farmonlari – turli yillarda.

4. Mavzuga oid Adliya vazirligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi nashrlari.
5. Xakimov N., Korrupsiyaga qarshi kurashishda yoshlarning roli. – Toshkent, 2021.
5. Karimov N., Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi. – Toshkent, 2020.
6. Toshboev A., Huquqiy madaniyat va korrupsiyaga qarshi kurash. – Toshkent, 2022.



3

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha milliy kengashning kengaytirilgan

yig’ilishidagi nutqi,2025-yil 5-mart

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha milliy kengashning kengaytirilgan yig’ilishidagi nutqi,2025-yil 5-mart.

Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida Qonuni – 2017-yil 3-yanvar.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosati” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nutqlari va farmonlari – turli yillarda.

Mavzuga oid Adliya vazirligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi nashrlari.

Xakimov N., Korrupsiyaga qarshi kurashishda yoshlarning roli. – Toshkent, 2021.

Karimov N., Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi. – Toshkent, 2020.

Toshboev A., Huquqiy madaniyat va korrupsiyaga qarshi kurash. – Toshkent, 2022.