Mualliflar

  • Raximov Sobir Bobomurotovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.trtteztro.119996

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: shaxs o‘z-o‘zini anglash o‘z-o‘zini baholash real baholash adekvat past yuqori ruhiyat psixik jarayonlar muloqot depressiv xulq tarbiya psixologik yordam

Annotasiya

Annotatsiya. Odatda inson o‘zi haqida fikr yuritar ekan, o‘zini atrof muhit bilan bog‘laydi ya’ni yaqinlari bilan suhbatda va boshqa vaziyatlarini tahlil qilib xulosa chiqaradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘z-o‘zidan bu narsa ham bizning ongimiz bilan bog‘liq.  Shu o‘rinda ong tushunchasini yoritib berishimiz lozim.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

94

BOLALAR ONGIDA OʻZ-OʻZINI ANGLASH KOʻNIKMALARINI

RIVOJLANTIRISHNING OʻZIGA XOS PSIXOLOGIK USULLARI

Raximov Sobir Bobomurotovich

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani

25-maktab amaliyotchi psixologi

Annotatsiya.

Odatda inson o‘zi haqida fikr yuritar ekan, o‘zini atrof muhit bilan

bog‘laydi ya’ni yaqinlari bilan suhbatda va boshqa vaziyatlarini tahlil qilib xulosa
chiqaradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘z-o‘zidan bu narsa ham bizning

ongimiz bilan

bog‘liq. Shu o‘rinda ong tushunchasini yoritib berishimiz lozim.

Kalit so‘zlar:

shaxs, o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini baholash, real baholash,

adekvat, past, yuqori, ruhiyat, psixik jarayonlar, muloqot, depressiv xulq, tarbiya,
psixologik yordam

KIRISH

Ruhiy faoliyatning maxsus holdagi ob’ektiv shart – sharoitlari sifatida

odamlarning hayoti, umumiy yashash sharoiti yotadi, - deb yozadi. Bizningcha inson
o‘z-o‘zini anglashi ijtimoiy muhit, jamiyat bilan bog‘liq ekanligini bilamiz. Shaxs o‘z-
o‘zini anglaganligi tufayli emas, balki o‘z-o‘zini anglashga bo‘lgan ehtiyojlari, turtki
va motivlar borligi uchun ham insondir. Shuning uchun ham inson o‘zligini anglash
bosqichlarida o‘ziga zarur talab va shartlar qo‘yadi. Bu bosqichda inson ichki olamini
baholashi ham katta ahamiyatga ega ekanligini aytib o‘tishimiz lozimdir.

Shaxsda o

z-

o

zini baholashning 3 ko

rinishi bor

:

1.

past baholash

2.

yuqori baholash

3.

adekvar (to‘g‘ri) baholash

Bu baholash o‘z-o‘zidan emas atrof muhitdagi insonlar tomonidan bizga singdirib

qo‘yiladi.

O‘z-o‘zini past baholash bunda pozitiv ta’sirlardan ko‘ra negativ ta’sirlar

ko‘proq. Bunday past baho berish qanday paydo bo‘ladi o‘zi insonda? Shaxs uchun
faqat negativ ta’sir ostida fikrlar bildirilishi, boshqalar bilan solishtirilishi, doimiy
shunday fikrlarning mavjudligi insonning ishonchini so‘ndiradi va o‘zini past
baholashga olib keladi. Buning oldi olinmagan holda ya’ni eng yuqori darajasida oziga
suiqasd qilishgacha borishi mumkin.

O’zini yuqori baholash. Bu borada ham uchinchi shaxsning aralashuvi juda katta

ro‘l o‘ynaydi. Bolaga yoshligidan yuqori baho berilsa ya’ni “Sen loyiqsan, boshqalar
emas”, “|Sen qila olasan, hamma narsani eplaysan”- deb o‘qtirilsa, bolaga
boshqalardan ko‘ra u ko‘prog‘iga munosib ekanligi o‘qtirilib borilishi natijasida bolada


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

95

o‘ziga bo‘lgan ishonchning ortishiga, ichki “Men” ining kuchlilik qilishiga olib keladi.
Buning ham o‘ziga yarasha yomon tomonlari bor. Masalan, u bola kelajakda qandaydir
to‘siqga duch kelib, yiqilib qolsa, o‘zini tiklab olishi qiyin bo‘ladi va bu holatda o‘zini
emas balki atrofdagilarni ayblash holatiga o‘tadi. Natijada, atrofdagilar bilan muomala
qilishni xohlamay qoladi.

Adekvat baholash bu – insonning o‘zini imkoniyatlaridan kelib chiqib to‘g‘ri

baholay olishiga aytiladi. Boshqalar tomonidan insonga qay darajada baho berilishi
ya’ni odam biror ish qilganda undagi xatolarni ham to‘g‘ri qabul qila olishi tushuniladi.
Shaxsga adekvat bahoni uning atrofidagi “Referent guruh” tarkibidagi insonlar beradi.
Shaxsdagi imkoniyatlarini yaxshi biladigan hamda uning yaqin kishilari - adekvat
guruh tarkibiga kiradi.

Shaxsning yashab turgan jamiyatda o‘ziga bo‘lgan bahosining adekvat bo‘lishi

yoki ba’zida oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish yo‘lida irodasini chiniqtirish uchun
ozgina yuqori baho berib, men uddalay olaman deyishi juda ahamiyatlidir. Quyida biz
o‘z-o‘ziga bo‘lgan bahosining pastligi kuzatilgan insonlar uchun psixologik
mashg‘ulotlardan birini tavsiya etishni lozim deb bildik. Bu mashg‘ulot “Men o‘zimni
sevaman hattoki” deb nomlanadi

Bu mashg‘ulotni bajarayotgan har qanday ishtirokchi har qanday vaziyatda ham

o‘ziga to‘g‘ri ya’ni yaxshi munosabatda bo‘lish kerak ekanligini anglaydi. O‘zini
ijobiy tomonlarini aniqlashga yordam beradi.

Treningni olib borilish tartibi. Ishtirokchilarga A4 formatdagi qog‘ozga o‘zlarini

chizishni ayting.

So‘ng quyidagi ko‘rsatmalarni bering:
1.

rasm yoniga o‘zingizga yoqadigan, siz g‘ururlanadigan bitta hislatingizni

marker yoki qalam bilan yozing. Gap istalgan narsa haqida ketishi mumkin. Tashqi
ko‘rinish shaxsiy xislatlar va h.k.

2.

qog‘ozni teskari tomonini o‘giring va yoqmaydigan jihatlaringizni yozing;

3.

qog‘ozni yana o‘giring. O‘zingizga yoqadigan yana bitta jihatingizni

yozing(yoqtirgan rangingizdan foydalaning). Varoqni yana o‘girib o‘zingizga
yoqmaydigan jihatingizni yozing (yoqtirmagan rangingiz bilan);

4.

har bir tarafga yoqtirmagan va yoqtiradigan jihatlaringizni yozishni

davom ettiring va ranglardan foydalaning;

5.

har bitta yoqtirmagan jihatlaringizni yozib bo‘lganingizdan so‘ng, ularni

yuqori qismiga “Men o‘zimni sevaman, hattoki…” deb yozing;

6.

o‘zingizga yoqmagan jihatingiz bo‘lsa ham, chakki emasligini tan oling.

Kamchiliklar sizning harakatlaringiz tufayli paydo bo‘lgan, ular sizni inson sifatida
hech qanday ta’riflamaydi. Yodingizda bo‘lsin har qanday vaziyatda ham siz suyukli
bo‘lishga arziysiz.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

96

So‘ng bu o‘quvchidan o‘zi yozganlari asosida o‘zini taqdimot qilishi kerak.

Taqdimot amalga oshirib bo‘lingandan so‘ng trener so‘zi quyidagicha bo‘ladi.

Har biringiz kuchli va zaif tomonlaringizni aniqlab oldingiz va siz ozingizdagi

kuchli jihatlaringizni rivojlantirasiz, o‘zgalar bilan munosabatda kerak bo‘ladigan
ijobiy tomonlaringizni orttirasiz va eng muhimi o‘zingizga ishonasiz!

O‘zligini anglashi uchun ham o‘zini to‘g‘ri baholay olishi lozim. Jamiyatda inson

hayoti uchun muhim bo‘lgan ko‘pgina his tuyg‘ular ulg‘aygan sari uning kelajagiga
salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qo‘ymaydi. Shunday ekan inson uchun ijtimoiy jamoalar
va tashqi muhit ta’siri katta ahamiyatga ega. Masalan, vatanparvarlik, adolat kabi
tushunchalar yoshlar ongida shakllanib bormoqda bunga esa asosiy sabablardan biri
mustaqillikdir. Har bir yosh avlodda shunday hislar rivojlansa ya’ni o‘zligini anglash,
uning o‘zi uchun mos xalq- madaniyatni anglash kabi tushunchalar bilan ulg‘aysa bu
o‘zligini anglashining katta poydevori bo‘lib xizmat qiladi. Inson o‘ziga qanday
narsalarni ravo ko‘rishi uning o‘ziga bergan bahosini anglatib turadi. Shaxs bo‘lib
rivojlanar ekansiz, hayotda o‘zingizga mos narsaga ega bo‘lishga o‘rganing. Siz eng
yaxshisiga loyiqsiz!

Qadimdan dolzarb bo‘lib kelayotgan masalalardan biri bu-“Shaxs”

tushunchasidir. Shaxs individualligini o‘rganadigan psixologiya esa – “Shaxs
psixologiyasi” hisoblanadi. Shaxs nima? Bu so‘z taxminan insoniyatning tarixiy
madaniyatidan uch yuz yil ilgari paydo bo‘lgan. Ko‘pincha shaxs ong va o‘zini anglash
orqali namoyon bo‘ladi. Ba’zi psixologlarning fikricha “Shaxs bu – psixologik
xususiyatlar yig‘indisi”. Lekin undan tashqari shaxsda individuallik ham bo‘lishi
lozim. Bulardan kelib chiqib shaxs – o‘zining menligiga ega bo‘lgan, o‘z irodasi orqali
o‘zini boshqara oladigan va xatti – harakatlarini nazorat qila oladigan odamga aytiladi.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

97

Shu o‘rinda shaxsda o‘z-o‘zini anglash tushunchasi xususida to‘xtalib o‘tishimiz

lozim. Merriyam Vebster lug‘atiga binoan, o‘z-o‘zini anglash tushunchasi – “O‘ziga
tegishli bo‘lgan va undan kelib chiqadigan harakatlar yoki holatlarni anglash” deb
ta’riflanadi.

V.S Merlin olib brogan tadqiqotlari bo‘yicha bu jarayon 4 qismni o‘z ichiga oladi:
1.

o‘zi va dunyoning qolgan qismi o‘rtasidagi farqni anglash

2.

faoliyat sub’ektining faol boshlanishi sifatida “Men” ongi ;

3.

o‘z aqliy xususiyatlarini anglash, hissiy o‘z-o‘zini baholash;

4.

ijtimoiy va axloqiy o‘z- o‘zini hurmat qilish, muloqot va faoliyatning

to‘plangan tajribasi asosida shakllanadigan o‘z-o‘zini hurmat qilish.

Shaxs o‘z-o‘zini anglay olishini bilish uchun kuzatuv usulidan foydalanishimiz

mumkin. Bunda kuzatuv davomida e’tibor beradigan narsalarimiz quyidagilardan
iborat:

Insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchi

Atrof muhitga munosabati

Odatda inson o‘zi haqida fikr yuritar ekan, o‘zini atrof muhit bilan bog‘laydi ya’ni

yaqinlari bilan suhbatda va boshqa vaziyatlarini tahlil qilib xulosa chiqaradi. Bundan
ko‘rinib turibdiki, o‘z-o‘zidan bu narsa ham bizning

ongimiz bilan bog‘liq. Shu

o‘rinda ong tushunchasini yoritib berishimiz lozim. Ong bu – ijtimoiy tarixiy sharoitda
odam mehnatining tarkib topishida, til yordamida boshqalar bilan doimiy munosabatda
bo‘lish natijasidir. Ong - tug‘ma emas yoki tabiat tomonidan in’om etilmagan, balki
insonlar o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar mahsuli.

XULOSA

Ba’zi psixologik adabiyotlarda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra o‘z-o‘zini anglash

bu – ongning o‘zidir deydi. Yana boshqa qarashlarga ko‘ra rus psixologi A.N Leontev
shunday talqin qiladi: “Individual ongdagi mohiyat bilan mazmun o‘rtasidagi ziddiyat
o‘zini-o‘zi anglashning sababchisidir”. S.L Rubinshtayn tadqiqotlariga asoslanib
aytadigan bo‘lsak, o‘z-o‘zini anglashni shakllanishining asosiy manbai bu - ong va
undagi ziddiyat bo‘lmasdan, balki insonning ijtimoiy muhitda tarkib topishi va
rivojlanishi sanaladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

Z. Maturazova, S. Uzaqbayeva. “O‘z-o‘zini anglash va baholashning inson
hayotidagi o‘rni va ahamiyati”.

2.

Yadgarova .Shaxsni o‘rganishda proyektiv metodikalarning afzalliklari tahlili.
Scientific journal of the Fergana State University, 2023

3.

Ibragimovna Y. O. Organization of independent work of students as a means of
increasing the professional and communicative competence of future teachers
//Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities. – 2021. – Т. 1.
– №. 1.5 Pedagogical sciences

4. Ziyo.net

Bibliografik manbalar

Z. Maturazova, S. Uzaqbayeva. “O‘z-o‘zini anglash va baholashning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati”.

Yadgarova .Shaxsni o‘rganishda proyektiv metodikalarning afzalliklari tahlili. Scientific journal of the Fergana State University, 2023

Ibragimovna Y. O. Organization of independent work of students as a means of increasing the professional and communicative competence of future teachers //Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities. – 2021. – Т. 1. – №. 1.5 Pedagogical sciences

Ziyo.net