Mualliflar

  • Maxmudova Mashhura Payzullayevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.trtteztro.119997

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Ijobiy fazilatlar tarbiya mexanizm o‘quvchi o‘qituvchi qadriyat dars oila munosabat halollik mexribonlik ruhiy holat tushkunlik psixik jarayonlar muloqot ong tafakkur mulohaza

Annotasiya

Annotatsiya: Yosh avlod tarbiyasi har qanday jamiyatning istiqboli, uning ma’naviy va axloqiy taraqqiyotini belgilovchi muhim omildir. Ayniqsa, inson shaxsining shakllanishida boshlang‘ich ta’lim davri hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki bu davrda bolalarning dunyoqarashi, xarakteri, axloqiy qarashlari shakllana boshlaydi.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

90

KICHIK MAKTAB YOSHDAGI BOLALARDA IJOBIY HISLATLARNI

SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK MASALALARI

Maxmudova Mashhura Payzullayevna

Samarqand viloyati Urgut tumani

76-maktab amaliyotchi psixologi

Annotatsiya:

Yosh avlod tarbiyasi har qanday jamiyatning istiqboli, uning

ma’naviy va axloqiy taraqqiyotini belgilovchi muhim omildir. Ayniqsa, inson
shaxsining shakllanishida boshlang‘ich ta’lim davri hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Chunki bu davrda bolalarning dunyoqarashi, xarakteri, axloqiy qarashlari shakllana
boshlaydi.

Kalit so‘zlar:

Ijobiy fazilatlar, tarbiya, mexanizm, o‘quvchi, o‘qituvchi,

qadriyat, dars, oila, munosabat, halollik, mexribonlik,ruhiy holat, tushkunlik, psixik
jarayonlar, muloqot, ong, tafakkur, mulohaza

KIRISH

Boshlang’ich sinf o’quvchilarini maktab dasturiga kiritilmagan juda ko‘p

atrof-muhit hodisalari va ijtimoiy ijobiy munosabatlar haqidagi bilimlar qiziqtiradi.
Bu qiziqishlar bolaning ko‘pincha e’tiborga olinmaydigan ijobiy o‘yinlarga nisbatan
qiziqishlarida ham namoyon bo‘ladi. Bunday o‘yinlarda uning ijtimoiy qiziqishlari,
emotsiyalari, jamoa uchun tashvishlanish kabi hislari aks etadi. Qiziquvchanlik kichik
maktab yoshidagi bolalarning keng aqliy faolligini namoyon etilish shakli
hisoblanadi. Vatanga kerakli inson bo‘lish uchun o‘qishning muhimligi va
ahamiyatini bilishi uchun ochiqlik, ishonuvchanlik, ustozining barcha
topshiriqlarini bajarishga tayyorlik xususiyatlari keng ijtimoiy burch motivlari,
ma’suliyatlilik samarali shartlar hisoblanadi.

Maktab ta’limining dastlabki yillarida qiziqishlar, xususan, bilim egallashga

nisbatan qiziqishlar, intellektual qiziqishlar sezilarli darajada rivojlanadi.
Psixologlarning ta’kidlashicha, dastavval ayrim faktlarga, boshqa narsalardan ajratib
olingan yolg‘iz hodisalarga nisbatan qiziqishlar hosil bo‘ladi. 3 - 4- sinflarda esa
sabablarni, qonuniyatlarni, hodisalar o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro bog‘liqliklarni bilib
olish uchun bo‘lgan qiziqishlar rivojlanadi. 3- sinfdan boshlab o‘qishga qiziqish
differensiallasha boshlaydi. O‘quvchilardagi bunday qiziqishlar o‘zini anglash va o‘z
xatti-harakatiga baho berishi kabi xususiyatlarni shakllantiradi.Kichik maktab
yoshidagi bolalarning qiziqishlarida samarali o‘qish uchun halaqit beruvchi qator
salbiy xarakteristikalari ham mavjud. Bu yoshidagi o‘quvchilarning qiziqishlari:

-

yetarlicha amaliy natija bera olmaydi;

-

qat’iy emas, vaziyatli;


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

91

-o‘quv materiali va topshiriqlar o‘quvchining joniga tez tegadi va charchashni

yuzaga keltiradi;

– kam anglanilgan, o‘quvchining ma’lum bir predmetdagi nima yoqishini va nima

uchun yoqishini aytib bera olmasligida ko‘rinadi;

Kichik maktab davrining so‘ngiga qadar ijobiy munosabatlar o’rnatishdagi

qiyinchiliklarni yengishga nisbatan qiziqish yuzaga kelmaydi. Bularning barchasi
kichik maktab yoshida qiziqishlarning yetarli darajada rivojlanmaganligi bo‘lib,
ba’zan o‘qishga nisbatan yuzaki munosabatni keltirib chiqarishi mumkin. Bu davrdagi
o‘quvchilardagi motivlarning umumiy dinamikasiga nazar tashlansa, quyidagilarni
ko‘rish mumkin: kichik maktab davrining boshida maktabda bo‘lishning tashqi
jihatlariga, so‘ngra birinchi o‘quv mehnati natijalariga, keyinchalik, jarayonning
o‘ziga, o‘qishning mazmuniga va shundan so‘nggina bilimlarni olish yo‘llariga
qiziqish kuchli bo‘ladi.

O‘qishning ijtimoiy ahamiyatini tushunish o‘qish mazmunini va bilimlarni

egallash yo‘llariga qiziqish bilan mustahkamlanishi zarur. Bunday holda kichik
maktab davrining oxirlariga borib, o‘qishga nisbatan motivatsiyaning pasayishi
ko‘zga tashlanmaydi. Bilish motivlari quyidagicha o‘zgarib boradi: kichik maktab
yoshidagi o‘quvchilarning qiziqishlari alohida bir faktlarga qiziqishdan, qonuniyat
va prinsiplarga qiziqishga aylanib boradi. Oxirgi yillarda o‘tkazilgan psixologik
tadqiqotlar kichik maktab yoshining o‘rtalariga borib bilimlarni o‘zlashtirish
yo‘llariga qiziqish yuzaga kelishi mumkinligini ko‘rsatib berdi. Kichik maktab
davrida mustaqil ta’lim motivlari ham yuzaga kelib, lekin ular eng oddiy shaklda -
bilimlarni olish qo‘shimcha manbalariga va qo‘shimcha kitoblarni vaqti-vaqti bilan
o‘qishga qiziqish bilan yuzaga keladi. Ijtimoiy motivlar birinchi sinfga kelganida
differensial bo‘lmagan umumiy tushunishdan o‘qish va o‘rganishning zarurligi
sabablarini chuqur anglashga, “o‘zi uchun” o‘qish mazmunini anglab etishga
tomon o‘zgarib, ijtimoiy motivlarni amaliy xarakter kasb etishiga sababchi bo‘ladi.
Yosh avlod tarbiyasi har qanday jamiyatning istiqboli, uning ma’naviy va axloqiy
taraqqiyotini belgilovchi muhim omildir. Ayniqsa, inson shaxsining shakllanishida
boshlang‘ich ta’lim davri hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki bu davrda bolalarning
dunyoqarashi, xarakteri, axloqiy qarashlari shakllana boshlaydi.Shu sababli
boshlang‘ich sinf davrida berilgan tarbiya nafaqat o‘quvchining hozirgi xulq-atvori,
balki kelajakdagi yetuk shaxs sifatidagi kamolotiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Zamonaviy ta’lim tizimi nafaqat bilim berish, balki barkamol, ijtimoiy jihatdan faol,
mustaqil fikrlovchi va axloqiy fazilatlarga ega shaxsni voyaga yetkazishni maqsad
qilgan. Bunday shaxsni tarbiyalash esa eng avvalo ijobiy fazilatlarni shakllantirish
orqali amalga oshiriladi. Mehr-oqibat, odob, halollik, sabrtoqat, mas’uliyat, o‘zaro
hurmat, vatanparvarlik, mas’uliyatlilik, do‘stlik kabi ijobiy fazilatlar insonning
jamiyatda to‘laqonli yashashi va muvaffaqiyatga erishishida muhim rol o‘ynaydi.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

92

Bu ijobiy fazilatlar orqali bola nafaqat yaxshi inson, balki ijobiy fazilatlarga ega

fuqaro sifatida shakllana oladi. Bunday yondashuv Yangi O‘zbekiston taraqqiyot
konsepsiyasida ilgari surilgan “inson qadri uchun” tamoyilining amaliy ifodasidir.

Boshlang‘ich ta’lim bosqichi – bu nafaqat o‘quvchilarga dastlabki bilim va

ko‘nikmalar beriladigan davr, balki ularning shaxsiyati, axloqiy qarashlari, ijtimoiy
munosabatlari va dunyoqarashi shakllanadigan eng muhim bosqichdir. Ushbu davrda
ijobiy fazilatlarni shakllantirish orqali insonning kelajakdagi ma’naviyaxloqiy qiyofasi
asos solinadi. Boshlang‘ich ta’lim bosqichi o‘quvchilarning shaxsiy sifatlari, ijtimoiy
ko‘nikmalari va axloqiy qarashlarini shakllantirish uchun eng qulay davr hisoblanadi.
Bu bosqichda o‘qituvchi va ota-onaning hamkorligi, tarbiyaviy muhit, didaktik
materiallar va metodlarning to‘g‘ri tanlanishi orqali o‘quvchilarda ijobiy fazilatlarni
muvaffaqiyatli shakllantirish mumkin.

Boshlangʻich sinf lider oʻquvchilarining ijobiy fazilatlarini shakllantirish uchun,

oʻqituvchi avvalo, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv prinsipini bilishi, dars mobaynida
darsga asoslangan ta’lim nazariyasi boʻlishi, etika, estetika, madaniyat va axloqiy
tarbiyaning ijtimoiy-psixologik bir-biriga bogʻliqligi, tarbiyaviy jarayonni tizimli
yondashuv asosida tashkil qilishi va mana shu mexanizmlarni bilishi lozim.

Mutaxassislarning aniqlashicha, boshlang‘ich sinf lider o‘quvchilarida ijobiy

fazilatlarni shakllantirish o‘qituvchining pedagogik mahorati, tarbiyaviy metodlar, oila
bilan hamkorlik va ta’lim muhitiga bevosita bog‘liq. Lider o‘quvchilarda ijobiy
fazilatlarni singdirishda o‘qituvchining shaxsiy namunasi hal qiluvchi ahamiyatga ega.
O‘quvchilar ko‘pincha o‘qituvchining xulq-atvorini o‘zlashtiradi. Oʻqituvchi qanday
saviyada va koʻrinishda boʻlsa boshlangʻich sinf oʻquvchilari ham xuddi shu
koʻrinishda boʻladi. Agar boshlangʻich sinflarda faoliyatga asoslangan metodlar (rolli
o‘yinlar, tarbiyaviy suhbatlar, muammoli vaziyatlar) qo‘llanilsa, hayotiy vaziyatlardan
foydalanish orqali axloqiy tushunchalar yanada samarali o‘zlashtiriladi. Ota-onalar


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

93

bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar ijobiy fazilatlarning mustahkamlanishiga
xizmat qiladi, ammo ko‘pchilik hollarda bu hamkorlik yetarli darajada emas. Ijtimoiy
loyihalar, kichik guruhli faoliyatlar va jamoaviy tadbirlar orqali bolalarda ijtimoiy
mas’uliyat va hamjihatlik hissi shakllanadi.O‘qituvchi tomonidan muntazam tarzda
berilgan ijobiy rag‘bat (maqtov, rag‘batlantirish, ishonch) bolalarning o‘ziga bo‘lgan
ishonchini oshiradi va ijobiy xatti-harakatlarni kuchaytiradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Yangi O‘zbekiston – eng avvalo,

yangi fikrlaydigan, tashabbuskor, bilimli va vataniga sadoqatli yoshlar davlati bo‘lishi
kerak.” Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, yoshlarda aynan ijobiy fazilatlarni
shakllantirish – zamon talabi bo‘lib, bu masala ta’lim-tarbiyaning markaziy
muammolaridan biriga aylanmoqda. Yangi O‘zbekiston g‘oyalari inson manfaatlarini
ustuvor qo‘yish, har bir fuqaroning ijtimoiy va ma’naviy rivojlanishi uchun teng
imkoniyatlar yaratish, avlodlar orasida uzviylikni ta’minlashga qaratilgan. Ushbu
g‘oyalarni ro‘yobga chiqarish esa eng avvalo maktabdan, xususan, boshlang‘ich ta’lim
bosqichidan boshlanishi lozim. Chunki aynan shu bosqichda insonning shaxsiyati,
qarashlari va ijtimoiy yo‘nalishi shakllanadi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinf lider o‘quvchilariga ijobiy sifatlarni

singdirish, asosan, maktab va oila muhitining o‘zaro uyg‘unligi orqali amalga oshadi.
Umuman olganda, boshlang‘ich ta’lim bosqichida olib boriladigan maqsadli, tizimli va
izchil tarbiyaviy ishlar nafaqat shaxsning, balki jamiyatning kelajakdagi ijtimoiy-
madaniy qiyofasini belgilashga xizmat qiladi. Shu bois ushbu yo‘nalishdagi ilmiy-
amaliy tadqiqotlar, metodik ishlanmalar va o‘quv dasturlarining doimiy
takomillashtirilishi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston
taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bu – ma’naviy barkamol, axloqiy yetuk,
vatanparvar va tashabbuskor avlodni voyaga yetkazishdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston – ma’naviy
yuksalish sari” nutqi. – Toshkent, 2021.

2.

“2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Inson kapitalini rivojlantirish strategiyasi”. –
Toshkent, 2022.

3.

Nishonova Z. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2015.

4.

Yo‘ldosheva N. Boshlang‘ich ta’limda tarbiyaviy jarayon. – Samarqand:
Zarafshon, 2020.

5.

Montessori M. Bola va uning tarbiyasi. – Toshkent: Ma’rifat, 2010.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston – ma’naviy yuksalish sari” nutqi. – Toshkent, 2021.

“2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Inson kapitalini rivojlantirish strategiyasi”. – Toshkent, 2022.

Nishonova Z. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2015.

Yo‘ldosheva N. Boshlang‘ich ta’limda tarbiyaviy jarayon. – Samarqand: Zarafshon, 2020.

Montessori M. Bola va uning tarbiyasi. – Toshkent: Ma’rifat, 2010.