Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
85
IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLAR SIYOSIY
BILIMLARIGA TA’SIRI
Narimanov Qahramon Gulyamdjanovich
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti v.b. dotsenti,
falsafa fanlari bo`yicha falsafa doktori PhD
Oʻzbekistonda ijtimoiy tarmoqlar va yoshlarning ruhiy salomatligi oʻrtasidagi
munosabatlar zamonaviy jamiyatda katta ahamiyatga ega. Ijtimoiy tarmoqlar yoshlar
hayotining ajralmas qismiga aylangan boʻlsa-da, ularning ruhiy salomatligiga jiddiy
tahdid solayotgan muammolardan biri sifatida o‘rganiladi. Ijtimoiy tarmoqlarning
ijobiy taʼsiri to‘g‘risida gapirganda, maʼlumot va bilim manbayi - ijtimoiy tarmoqlar
orqali yoshlar yangi bilimlar olish, oʻqish va oʻrganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ijtimoiy aloqalar - uzoqda joylashgan doʻstlar va qarindoshlar bilan aloqada boʻlish
imkoniyati, ijodiyatni rivojlantirish - yoshlar oʻz fikrlari, sanʼati va loyihalarini
dunyoga namoyish etishlari mumkin, psixologik yordam - baʼzi ijtimoiy tarmoqlar
orqali yoshlar psixologik yordam va maslahat olishlari mumkin. Ijtimoiy tarmoqlar
o‘smirlar uchun bir tomondan yangi bilimlar olish, do‘stlar bilan aloqada o‘rnatish va
o‘z fikrlarini ifoda etish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Biroq, ikkinchi tomondan,
ular zararli kontent, kiberzo‘ravonlik, vaqtni noto‘g‘ri boshqarish va ruhiy salomatlik
muammolariga olib kelishi mumkin. Shu sababli, o‘smirlar uchun ijtimoiy
tarmoqlardan foydalanishni baholash va ularni zararli ta‘sirlardan himoya qilish, uni
saralash juda muhimdir.
Hozirgi davrda “Yo‘qolgan bog‘liqlik” tushunchasi ham keng tarqalmoqda bu
ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p vaqt o‘tkazgan o‘smirlarning haqiqiy hayotdagi aloqalar va
munosabatlardan uzoqlashishi natijasida yuzaga keladi. Ular virtual dunyoda ko‘proq
vaqt o‘tkazgani uchun haqiqiy hayotdagi insoniy aloqalar zaiflashadi. Bu ularning
ijtimoiy qobiliyatlarini pasaytiradi va ruhiy salomatlik muammolarini keltirib
chiqaradi. Ijtimoiy tarmoqlar o‘smirlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishi bilan
birga, ularning ruhiy salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. “Yo‘qolgan
bog‘liqlik” tushunchasi shuni ko‘rsatadiki, virtual dunyo va haqiqiy hayot o‘rtasidagi
muvozanatni saqlash juda muhim. Ota-onalar, o‘qituvchilar va jamiyat o‘smirlarga
ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda muvozanatli yondashuvni o‘rgatish orqali
ularning ruhiy salomatligini himoya qilishlari kerak. Ijtimoiy tarmoqlar, shubhasiz,
zamonaviy hayotning ajralmas qismiga aylangan. Ular yordamchi vosita bo‘lishi
mumkin, lekin ularning salbiy ta’sirlarini minimallashtirish uchun o‘smirlar va
ularning atrofidagi kattalar hamfikr bo‘lishlari zarur. Ammo, ijtimoiy tarmoqlardan
foydalanishda muvozanatni saqlash muhim axmiyatga ega bo‘lib, o‘smirlar va ularning
atrofidagi kattalar birgalikda ishlab, ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta’sirlarini (masalan,
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
86
vaqtni noto‘g‘ri boshqarish, kiberzo‘ravonlik, ma’lumotlarning xavfsizligi)
kamaytirishga harakat qilishlari kerak. Bu muammolar hukumatni texnologiya
kompaniyalarini qat’iyroq tartibga solishga chaqirishga olib keldi. Ko‘plab
mamlakatlarda “Onlayn xavfsizlik to‘g‘risidagi qonun” kiritilmoqda, uning maqsadi
bolalarni internetdagi zararli kontentdan himoya qilishdir. Bu qonun ijtimoiy media
platformalarini o‘zlarining kontentini nazorat qilish va bolalar uchun xavfli bo‘lishi
mumkin bo‘lgan materiallarni olib tashlashni talab qiladi. Shunga o‘xshash chora-
tadbirlar Yevropa Ittifoqida ham amalga oshirilmoqda. “Raqamli xizmatlar
to‘g‘risidagi qonun” kompaniyalarni o‘z platformalaridagi noqonuniy va zararli
kontentni olib tashlashga majbur qiladi. Bu qonun ijtimoiy media va boshqa onlayn
platformalarda foydalanuvchilar, ayniqsa yoshlar uchun xavfsizroq muhit yaratishga
qaratilgan. AQShda esa, 2021 yilda Surgeon General (Sog‘liqni saqlash bo‘yicha bosh
vrach) ijtimoiy media kompaniyalarini o‘smirlarning ruhiy salomatligi va farovonligini
hisobga olishga chaqirdi. Bu chaqiriq kompaniyalarni o‘zlarining platformalarini
yoshlar uchun xavfsizroq qilish va ularning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan
kontentni kamaytirishga undaydi.
Bundan tashqari, yoshlarni ijtimoiy tarmoqlarda koʻp vaqt oʻtkazishning salbiy
oqibatlari haqida oʻqitish, ularning haqiqiy hayotda ijtimoiy munosabatlarni
rivojlantirishga undash, oilada va ta’lim muassasalarida ruhiy salomatlikni qoʻllab-
quvvatlovchi muhit yaratish ham muhim vazifalardan hisoblanadi. Shuningdek, davlat
va nodavlat tashkilotlarning hamkorligida yoshlar uchun psixologik qoʻllab-quvvatlash
xizmatlarini kengaytirish, ularga professional yordam koʻrsatish imkoniyatlarini
yaratish va ruhiy salomatlik masalalari boʻyicha xabardorlikni oshirish orqali
jamiyatda aqliy salomatlikni yaxshilashga hissa qoʻshish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, jamiyatimiz hayoti fan-texnologiyalar rivoji bilantobora
uyg‘unlashib borayotgan bir davrda yashamoqdamiz. Shunday ekan, har
birimizijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatiga amal qilishimiz kerak.
Yoshlarning ruhiy ma’naviy olamini turli xil buzg‘unchi va zararli g‘oyalardan himoya
qilish orqalitaraqqiyot poydevori yaratiladi. Zero, ma’naviy barkamol, intellektual
salohiyatliavlod tarbiyasi eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Internet yoshlar
manfaati uchunxizmat qilishi kerak. Agar ularga axborot savodxonligi asoslari
o‘rgatilsa, bu engistiqbolli yoshlar bo‘ladi.Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar yoshlar
uchun zamonaviyaxborot olish manbasi bo‘lishi bilan birga, ularning ijtimoiy ongini
shakllantiruvchikuchli vositadir. Shu sababli ota-onalar, pedagoglar va jamiyat a’zolari
yoshlarningraqamli madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratishlari lozim.
Ijtimoiytarmoqlardan ongli va maqsadli foydalanish madaniyatini targ‘ib etish
yoshlarongining sog‘lom shakllanishiga xizmat qiladi.