Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
71
TA’LIM OLISHDA OʻZLASHTIRISHI ORTDA QOLGAN BOLALAR
BILAN ISHLASHNING ZAMONAVIY PSIXOLOGIK USULLARI
Karjanbayeva Zamira Anarbayevna
Toshkent viloyati Yangiyo'l tumani MMTBga qarashli
48-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologi
Annotatsiya.
Oʻqishda orqada qoladigan bolalar umumtaʼlim maktablarida
oʻqiganliklari uchun oʻzlarini maktab jamoasining teng huquqli aʼzosi deb
hisoblaydilar. Bunday oʻquvchilar maktab jamoasidagi noqulay holatlarni,
etishmovchiliklarni toʻldirishni xohlaydilar va koʻpincha aksil ijtimoiy guruhlarga
qoʻshilib, voyaga etmagan jinoyatchilar qatorini toʻldirishadi.
Kalit soʻz
: oʼzlashtirmovchi oʼquvchilar, psixik taraqqiyotdan orqada qolish,
tafakkur, aqliy taraqqiyot, taʼlim,ruhiy holat , tushkunlik, psixik jarayonlar, muloqot,
ong, tafakkur, mulohaza, muloqot
KIRISH
Oʻquvchilar oʻzlashtirmasligini bartaraf etishda V.F.Shatalovning shartli
signallar boʻyicha olib borgan tajribalari eʼtiborga loyiq. Oʻqituvchi oʻquvchilarga
katta bir boʻlimni oʻqib kelish vazifasini topshiradi, oldin shartli belgilar bilan
tushuntirib beradi. Oʻquvchilar bir-birlarini tekshiradilar. Kuchli oʻquvchilar
dasturdan tashqaridagi mavzularni ham oʻqishlari mumkin. Boʻsh oʻquvchilar eng
zarur bilimlarni egallaydilar.
Psixik taraqqiyotda orqada qolgan bolalarga qulay psixologik iqlim yaratish juda
muhim. Ularga engilroq topshiriqlar, yaxshilab tushuntirish, savol-javobga koʻproq
vaqt ajratish lozim. Bolaning rivojlanishida taʼlimning etakchi roliga ishonish ular
bilan ishlaganda ozgina ijobiy siljishni ham payqash, oʻquvchilarni muvaffaqiyatga
erishishlariga ishontirish muhim hisoblanadi.
M.M.Bezrukix, S.P.Efimova tadqiqotlarida oʻqishda qiynaladigan bolalarni
quyidagi guruhlarga ajratishgan: A) Zaif bolalar.
B) Asabiy bolalar.
V) Psixik taraqqiyotda vaqtincha orqada qolgan bolalar.
G) Chapaqay bolalar.
Bolada vujudga kelishi mumkin boʻlgan qiyinchiliklarni oʻqituvchi asosan
oʻzlashtirish bilan belgilaydi. Bunda bolalar qariyb bir xil baholanadi: aʼlochi – demak
u yaxshi oʻquvchi, ikkichi – yomon oʻquvchi. Bunday oʻquvchiga qoʻllaniladigan
choralar ham bir xil. Bolaning ota-onasi maktabga chaqirilib, oʻgʻli (yoki qizi) bilan
shugʻullanmayotgani, yomon tarbiyalanayotganligi haqida maʼlum qilinadi. Yoki
oʻqituvchi oqibati haqida oʻylamasdan oʻquvchini butun sinf oldida baqirib
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
72
haqoratlaydi, izza qiladi. Koʻpchilik tajribali oʻqituvchilar oʻquvchilar
oʻzlashtirmasligini uning dangasaligi, tarbiyasizligi, ishyoqmasligi bilan bogʻlaydilar.
Muallifning fikricha, koʻp kasal boʻluvchi zaif bolalar organizmi darmonsizligi tufayli
ishga va oʻqishga qobiliyatlari kamayadi. Bunday bolalar bilan individual
shugʻullanmasa, tez orada ular oʻzlashtirmovchi oʻquvchilar qatoriga kiradilar. Biron
narsadan qattiq qoʻrqqan bolalarda asabiylashish alomatlari -duduqlanish, enurez va
boshqalar paydo boʻladi. Bunday bolalar bilan ham oʻqituvchi maxsus
shugʻullanmasa, oʻzlashtirmovchi oʻquvchilarning soni ortishi mumkin.
Oʻquvchilar
oʻzlashtirmasligining sabablaridan biri bolaning psixik
taraqqiyotdan vaqtincha orqada qolishi bilan koʻpincha bogʻliq. Turli mutaxassislar
tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, oʻzlashtirmovchilik 50%
psixik taraqqiyotda orqada qolish bilan, 24% xulq-atvorning buzilishi, 4% aqliy
etishmaslik va nutqning rivojlanmaganligi bilan bogʻliq.
Psixik taraqqiyotda vaqtincha orqada qolish bolada turli sabablarga koʻra
vujudga kelishi mumkin. Koʻpincha bu bolaning ona qornida va tugʻilishi vaqtidagi
oʻzgarishlar (patologiya), irsiyat, ilk bolalik davrida bolaning jarohatlanishi va ogʻir
kasalliklarga chalinishi sabab boʻlishi mumkin. Bunday omillarning markaziy nerv
sistemasiga noqulay taʼsir etishi natijasida eng nozik insoniy funktsiyalarning
taraqqiyoti toʻxtaydi. Shu bilan birga bola tarbiyalanayotgan ijtimoiy muhitning roli
ham muhim. Bolaga onaning erkalashlari etishmasligi, unga etarlicha eʼtibor
bermaslik, unga iliq munosabatda boʻlmaslik, unga yaxshi qaramaslik, vaqt
ajratmaslik kabi omillar muhim rolʼ oʻynaydi. Bola qanchalik kichik boʻlsa, bu omillar
shunchalik ahamiyatlidir. Xuddi shu sabablarga koʻra mehribonlik uylarida, kunu-tun
ishlaydigan bogʻcha va yaslilarda tarbiyalanayotgan bolalarda psixik taraqqiyotda
orqada qolish uchraydi.
Oʻqituvchilarning oʻzlashtirmovchilikni yoʻqotish boʻyicha qoʻllaydigan
vositalari - bu qoʻshimcha mashgʻulotlardir. Lekin bu vosita orqali koʻpincha
maqsadga erishib boʻlmaydi. Ayniqsa, bu vosita oʻzlashtirmovchi oʻquvchilarning
birinchi tipi uchun mahsuldor hisoblanmaydi. Ularning tafakkur faoliyati
xususiyatlarini oʻzgartirishga yoʻnaltirilgan maxsus ishlar olib borilishi zarur.
Qoʻshimcha darslar ikkinchi tipga kiradigan oʻquvchilar uchun ham mahsuldor
hisoblanmaydi, chunki bu holda oʻqishga nisbatan ahloqiy ustanovkalarini
oʻzgartirishlari zarur. Qoʻshimcha darslar teskari natija berishi oʻqishga nisbatan
salbiy munosabatini kuchaytirishi mumkin. Koʻpincha oʻqituvchilar sababini
tushunmasdan
oʻzlashtirmovchi
oʻquvchilarni
“qobiliyatsizlar”,
”aqli
etishmaydiganlar” safiga kiritib qoʻyadilar. Tez orada oʻqituvchilar oʻzlashtirmovchi
oʻquvchilarga eʼtibor bermay qoʻyadilar, sinfda qolmasliklari uchun “uch” baho
qoʻyadilar.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
73
Keyinchalik bunday oʻquvchilarda maktabga nisbatan salbiy munosabat
rivojlanadi, shaxs xarakteri patologik shakllanadi. Psixik taraqqiyotda vaqtincha
orqada qoladigan bolalarga individual ishlashning mahsuldor usullari qoʻllanilsa,
umumtaʼlim maktabida bemaʼlol oʻzlashtiruvchi oʻquvchilar qatorida boʻladilar.
Muammoning pedagogik jihatlari yoritilgan didaktik ishlarda oʻquvchi qanday
oʻqishi, oʻqish jarayonida uning rivojlanish xususiyatlari qanday, ular duch keladigan
qiyinchiliklarni qanday engadi, pedagogik taʼsirlar natijasida uning psixikasida
qanday oʻzgarishlar roʻy beradi kabi savollarga javob berilmaydi. Psixologlar oʻquv
jarayonida namoyon boʻladigan oʻzlashtirmovchi oʻquvchilarning shaxs
xususiyatlariga, ular oʻquv faoliyatining oʻziga xosliklarini aniqlashga eʼtibor
qaratdilar. Bunday izlanishlarga misol sifatida P.P.Blonskiy, L.S.Slavina,
N.A.Menchinskaya, Z.I.Kalmikova, N.S.Korsakovalarning tadqiqotlarini kiritish
mumkin. Koʻpchilik horijiy mamlakatlar pedagoglari ishlarida har bir oʻquvchiga
yagona bilimlar minimumini berish zaruriyatidan kelib chiqmaydilar. Ular hukmron
sinf buyurtmasini ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ravishda bajarib, test diagnostikasidan bir
tomonlama foydalanib, mehnatkashlarning farzandlari eng quyi taʼlimni olishlari zarur
deb hisoblaydilar. Shu bilan birga taraqqiyparvar horijiy pedagoglar ishlarida
oʻquvchilar oʻzlashtirishini oshirish muammosiga bunday yondashuvga tanqidni
uchratish mumkin. Yuqorida keltirilgan adabiyotlar tahlilidan oʻzlashtirmovchilikni
bartaraf etishning didaktik, tarbiyaviy, psixologik, fiziologik, ijtimoiy jihatlarini
birgalikda qaraydigan ishlar juda kamligi koʻrinib turibdi.
Yuqorida keltirilgan adabiyotlar tahlilidan kelib chiqib quyidagi jihatlarni
koʻrsatib oʻtish mumkin:
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
74
1)
ommaviy maktab oʻquvchilari oʻzlashtirmasligi sabablarini diagnostika
qiladigan usullarni ishlab chiqish;
2)
oʻquvchilar oʻzlashtirmasligiga sabab boʻladigan subʼektiv va obʼektiv
omillarni ishlab chiqish;
3)
oʻzlashtirmovchilikni bartaraf etish boʻyicha maktab, oila va jamoatchilik
hamkorligi boʻyicha ishlar tizimini ishlab chiqish.
Umumtaʼlim maktablarida har bir sinflarda oʻzlashtirmovchi oʻquvchilar albatta
uchraydi. Bu oʻquvchilarda oʻzlashtirmovchilik sabablarini oʻrganganimizda ularda
psixik taraqqiyotta orqada qolish kuzatildi. Ayniqsa tafakkur faoliyatining
anglanmaganligida oʻquvchi masalani qanday echganligini aytib bera olmaydi, oʻz
xatolarini payqamaydi, u yoki bu javobni berayotganida qanday belgilarga
tayanganligini koʻrsatib bera olmaydi. Aqlning taqlidchanligi echimning maʼlum
usullarini koʻchirib olishga intilishida, echimning dastlabki foydalanilgan usuli bilan
chegaralanganida namoyon boʻladi.
Z.I.Kalmikova ikkinchi tip ichida 3 turni ajratadi. Birinchi turga aqliy
taraqqiyotda orqada qolishining dastlabki sababi noqulay ijtimoiy-psixologik
omillarning taʼsirida nafaqat bilimlarning, balki aqlning ijobiy xislatlari shakllanishi
sekinlashgan bolalar kiradi. Bogʻcha davrida onalarning ular bilan
shugʻullanmasligini, ularning bogʻchada emas uyida tarbiyalanishi, uning shaxsiy va
intellektual rivojlanishiga taʼsir qiladi. Bunday bolalar maktabda oʻqishga kam
tayyorlanganliklari uchun darrov oʻqishda orqada qoluvchi bolalar safiga qoʻshilib
qoladilar. Ikkinchi turga kiruvchi bolalarda mavhum, soʻz mantiq tafakkurga nisbatan
koʻrgazmali tafakkur ustun turadi. Mavhum va soʻz mantiq tafakkur juda oz
rivojlangan boʻlib, yoshiga mos emas. Uchinchi turga psixologik taraqqiyoti
kechikkan bolalar kiradilar. Bunday bolalarda koʻrgazmali va soʻz-mantiq
tafakkurning quyi rivojlanganligi va markaziy nerv sistemasi taraqqiyotida baʼzi
kamchiliklar koʻzga tashlanadi.
XULOSA
Oʻqishda orqada qoladigan bolalar umumtaʼlim maktablarida oʻqiganliklari
uchun oʻzlarini maktab jamoasining teng huquqli aʼzosi deb hisoblaydilar. Bunday
oʻquvchilar maktab jamoasidagi noqulay holatlarni, etishmovchiliklarni toʻldirishni
xohlaydilar va koʻpincha aksil ijtimoiy guruhlarga qoʻshilib, voyaga etmagan
jinoyatchilar qatorini toʻldirishadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Krayg G. Nesposobnost k ucheniyu. V kn.: Psixologiya razvitiya. – SPb.:Piter.
2002. S. 497.
2.
Nishanova Z.T. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarning ijodiy fikrlash
qobiliyatini rivojlantirish boʻyicha mashgʻulotlar majmui. Bu kitobda: Oʻzlashtira
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
75
olmaydigan boshlangʻich sinf oʻquvchilari bilan olib boriladigan psixologik -
korreksion ishlar. -T.: Oʻzbekiston respublkasi davlat matbuot qoʻmitasi. 1996.
B.16-27.
3.
Psixoterapiya detey i podrostkov. Pod.red. F.Kendalla. SPb.: Piter. 2002. –S.106.
4.
Sunnatova R.I. Kak pomoch detyam uchitsya. // Boshlangʻich talim. 1999. №3.
B.40-41.