Mualliflar

  • Doniyorova Nodiraxon Hasanovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.trtteztro.120004

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: shaxsning shakllanishi axloq ruhiyat tarbiya ma’naviy axloqiy tarbiya ma’naviy-axloqiy tushunchalar ma’naviy-axloqiy xulq-atvor psixik jarayonlar muloqot ong tafakkur mulohaza

Annotasiya

Annotatsiya: Shaxs – muayyan jamiyatning a’zosi bo’lib, u psixologik jihatdan taraqqiy etgan, o’z xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi. Kadrlar tayyorlash milliy modelida ham shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

67

OʻQUVCHI YOSHLARDA SHAXS SHAKLLANISHINING

MUHIM PSIXOLOGIK BOSQICHLARI

Doniyorova Nodiraxon Hasanovna

Qashqadaryo viloyati Koson tumani MMTB qarashli

31- maktab amaliyotchi psixologi

Annotatsiya:

Shaxs – muayyan jamiyatning a’zosi bo’lib, u psixologik jihatdan

taraqqiy etgan, o’z xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida ham shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh
sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga
oshiruvchi sifatida ta’riflanadi.

Kalit soʻzlar:

shaxsning shakllanishi, axloq, ruhiyat, tarbiya, ma’naviy axloqiy

tarbiya, ma’naviy-axloqiy tushunchalar, ma’naviy-axloqiy xulq-atvor, psixik
jarayonlar, muloqot, ong, tafakkur, mulohaza

KIRISH

Shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir

etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga
samarali ta’sir etishi uchun o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish
maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o’rtasida ikki tomonlama
aloqa mavjud.

Shaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda odamning shaxs sifatida

rivojlanishiga biologic va ijtimoiy omillarning ta’siri o’rtasidagi munosabatni
belgilashga oid munozara ko’pdan buyon davom etmoqda. Insonning shaxs sifatida
rivojlanishiga ijtimoiy voqealar, tabiiy omillar yoki tarbiya ta’sir etadimi? Bu uch
omilning o’zaro munosabati qanday? Fanda biologik yo’nalish deb nomlangan nuqtai
nazar yetakchi o’rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-
biologik omillarni yuqori qo’yadi. Ular tug’ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning
hayotdagi o’rnini belgilab bergan, deydilar. XVI asr falsafasida vujudga kelgan
preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho
berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi. Xorij psixologiyasidagi yana bir
oqim – bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo’lib, uning namoyandalari,
ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o’tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi.
Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir.

Progmatizm oqimi va uning vakillari D.D’yul, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini

biologic nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni fahat miqdoriy o’zgarishdan
iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal
qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar. Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

68

biologik (nasliy) omilga bog’laydilar. Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari
rivojlanishi ijtimoiy omil omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining
jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog’liq deb ko’rsatadilar. Muhit
deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. Shu nuqtai
nazardan tarbiya tufayli bolani o’zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish
mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil
deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib
borishi, uning shaxs bo’lib kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola
yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham
birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg’or pedagogik olimlar,
psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi.

Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab

voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga
bog’liq, deb hisoblaydilar. Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida
rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o’z
navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy tuzum
mahsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi
yoki yo’q qilishi mumkin. Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo’lagi deb baholaydilar.
Bu insondagi layoqat kurtaklari bo’lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan
g’oyani ifodalaydi. Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar
yaratadi. Demak, shaxs bilan jamiyat o’rtasida ham uzviy aloqa mavjud.

O’smir va o’spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o’yin, o’qish va mehnat kiradi.

Ular yo’nalishiga ko’ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, texnik, hunarmandchilik
hamda shaxsiy qiziqishga ko’ra tanlangan sohalardan iborat. Faoliyatning asosiy turi
– muloqotdir. Faoliyat faol va passiv bo’lishi mumkin. O’smir faoliyati muhit va
tarbiya ta’sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida
uning butun vujudi bilan sevib, o’z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilish, o’zini
shaxs sifatida ko’rsata olishi unda o’z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning ijtimoiy
mehnatdagi ishtirokida faollik ko’zga tashlanadi. Ta’lim jarayonida faollik o’quvchiga
bilimlarni chuqur va mustahkam egallashga, o’z qobiliyatini namoyon etishga
yo’llaydi. Bilishga bo’lgan faollik o’quvchining intellektual rivojlanishini
ta’minlaydi.Faollik ko’rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi.
Ehtiyojlarning xilma-xilligi faoliyatining ham turlarini kengaytiradi. SHunga ko’ra,
o’quvchining turli yosh davrlarida ularning faoliyati turlicha bo’ladi. Ta’lim
muassasasida hamma vaqt bir xil talab shaxs rivojlanishida ijobiy natija beravermaydi.
Turli yosh davrlarida faoliyatning turlari va mohiyati o’zgarib turishi kerak.

Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari. Ma’lum bir yosh davriga xos

bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlari yosh xususiyatlari


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

69

deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi
tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo’ladi.

Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, tug’ilganidan boshlanadi ya’ni,

muayyan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo’lishi uchun
har tomonlama yetuk komil inson deb hisoblashi va boshqalardan farq qilmog’i
kerak.“Individ” nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi. “Individ”
lotincha “individium” so’zidan olingan bo’lib, «bo’linmas»,«alohida shaxs»,
«yagona» ma’nolarini anglatadi. Individuallik esa tarbiya jarayonini amalga oshirishda
bolaning shaxsiy xususiyatlari va yashash sharoitlarini chuqur bilish hamda hisobga
olishdan iborat. Individual yondashuv o’quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga
bo’lgan qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega. Bola
harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida shakllana
boradi.

Shaxs – muayyan jamiyatning a’zosi bo’lib, u psixologik jihatdan taraqqiy etgan,

o’z xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi. Kadrlar
tayyorlash milliy modelida ham shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va
ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi
sifatida ta’riflanadi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intelektual
va ma’naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs
sifatida namoyon bo’lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning
amalga oshirilishi har bir fuharoning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish,
intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo’nalishi bo’yicha mehnat
qilish huquqni kafolatlaydi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi
uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular ta’sirida odam
inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.

Rivojlanish oddiyda murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi

holatlarga o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib borishi,
miqdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ta’minlovchi murakkab harakat
jarayoni sanaladi. Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o’rtasidagi
kurashdan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan
falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir.
Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim
ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning
rivojlanishiga biologic va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-
biridan ajratib bo’lmaydi. Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi,
turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi. Inson
butun umri davomida o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga
yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo’lsa, u jamiyat a’zosi
sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o’ziga munosib o’rin


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

70

egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini
to’g’ri ko’rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish
lozim.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda,bolalarning tarbiyasiga to’g’ri yondashish, uni

muvaffaqiyatli o’qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos
xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o’sishi
ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo’ladi.
Abu Ali Ibn Sino, Yаn Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham
bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o’tganlar. Bolaning o’ziga xos xususiyatini
hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan
turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, ko’rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash,
sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg’ayrat yoki
g’ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, palapartish va chala ishlaydigan,
yig’inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati
tizimining ta’siri bo’lib, o’qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of
the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-
SCIENCE. In

Conference Proceedings

(pp. 41-43).

2.

Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O’RGANISHDA XVI-
XVIII ASRLARDA YAPONIYA

DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI.

Scientific progress

,

1

(6).

3.

Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O’QITISHDA ISPANIYA
XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI.

Scientific progress

,

1

(6).

4.

Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI
O’RGANISHDA MITANNI

DAVLATCHILIGINING

O’RNI

VA

AHAMIYATI.

Scientific progress

,

1

(6), 616-619.

5.

Ziyo.net

Bibliografik manbalar

Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O’RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O’QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O’RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O’RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

Ziyo.net