Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
247
XALQARO MUZEYLAR KUNI
Uralova Muazzam
Namangan viloyat Tarixi va madaniyati davlat muzeyi ilmiy kotib
Tarixi va Ahmiyati
Xalqaro muzeylar kuni har yili 18-mayda nishonlanadi. Ushbu kun muzeylarning
ahamiyatini oshirish va ularni ijtimoiy, madaniy hamda ta'lim sohasidagi rolini tan
olish maqsadida tashkil etilgan. 1977-yilda ICOM (Xalqaro Muzeylar Kengashi)
tomonidan yaratilib, ushbu kun butun dunyo bo'ylab turli xil tadbirlar va faoliyatlar
bilan o'tkaziladi.
Maqsad va vazifalar Xalqaro muzeylar kunining asosiy maqsadi muzeylarning
jamoatchilikdagi o'rnini ko'rsatishdir. Muzeylar nafaqat tarixiy va madaniy merosni
saqlab qolish, balki ularni o'rganish va yangi avlodga etkazishda muhim rol o'ynaydi.
Shuningdek, bu kun muzeylarga tashrif buyurish orqali ularning tadbirlarida ishtirok
etish, va muzeylar taqdim etgan bilimlarni o'rganish imkonini beradi.
Tadbirlar va faoliyatlar Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan ko'plab tadbirlar,
ko'rgazmalar va seminarlar tashkil etiladi. Muzeylar o'zlarining yangi ko'rgazmalarini
taqdim etish, bepul ekskursiyalar o'tkazish yoki turli tematik tadbirlar o'rganish
imkoniyatini yaratishadi. Bu tadbirlar asosan oilalar, talaba va kichik yoshdagi bolalar
uchun mo'ljallangan bo'lib, ularning madaniy merosga qiziqishini oshirishga
qaratilgan.
Muzeylarning ro’li Muzeylar nafaqat tarixiy narsalarni ko'rsatadi, balki ularning
taqdimoti, ilmiy tadqiqotlar va ta'lim dasturlari orqali jamiyatga xizmat qiladi.
Zamonaviy muzeylar interaktiv va qiziqarli tajriba taqdim etadi hamda odamlarni
ijodkorlikka va yangi bilimlar o'rganishga ilhomlantiradi. Bu, o'z navbatida, global
madaniyat va an'analararo dialogni rivojlantirishga xizmat qiladi. Muzeyshunoslik ilmi
va muzey amaliyotining umumiy majmuiga kommunikatsiya to‘g‘risidagi
tushunchaning kiritilishi bu sohaga kommunikatsion yondashish uslubi deyiladi.
Hozirgi kommunikatsiyaning umumiy ilmiy tushunchasi ikki xil: birinchisi bu
1949 yilda Klod Shennon ishlab chiqargan aloqaning matematik nazariyasi, unda
ma’lumot yetkazib berish ishining asosiy elementlari belgilangan: ma’lumot manbai
kanal, uzatgich, qabul qilgich, shovqin va manzil egasi.
Ikkinchi manba - Kanadalik faylasuf Marshall Maklyuen konsepsiyasi, u 1960
yilda chop etilgan qator ishlarida inson jamiyati rivojini o‘z ichiga til, yo‘llar, pul,
televideniye, kompyuter, bosma nashrni oladigan kommunikatsiya vositalari rivoji
sifatida ko‘rib chiqishni taklif etdi. Shennon va Maklyuen tushuncha va qarashlarining
birikishi “kommunikatsiya” tushunchasining turli bilim sohalarida tarqalishiga olib
keldi.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
248
“Kommunikatsiya” iborasi axborot beruvchi va qabul qiluvchi orasidagi aloqa
yaratuvchi tizim degan ma’noni anglatadi. Kommunikatsiya monolog yoki dialog
tariqasida bo‘lishi mumkin.
Muzey kommunikatsiyasining nazariy asosini amalda ko‘z oldimizga
keltirishimish uchun uni amaliy shakl tariqasida misol qilib keltirish mumkin.
Bu amaliy shakl o‘z ichiga: nazariyani, tarixni, tadqiqotni, loyihadagi ko‘rinishni
qamrab oladi. Shularga asosan muzey ishidagi kommunikatsion yondashish
nazariyasini amalga tadbiq etish uslubi yaratiladi.
Muzey amaliyotiga kommunikatsion yondashishning nazariy asoslari orqali
jamiyatda muhrlanib qolgan muzey to‘g‘risidagi tarixiy, nazariy va an’anaviy
tushunchalarga yangicha izoh beriladi va tarixdan bizgacha yetib kelgan muzey
faoliyatida ishlatiladigan ba’zi poetik iboralar va so‘zlarning me’yoridan ortiq
ishlatilishiga ham barham beriladi.
Muzey faoliyatiga kommunikatsion yondashuvning amaliy jarayonida esa
mavjud sharoitni hisobga olgan holda muzey ishini o‘rganish, rejalashtirish va tashkil
etish ko‘zda tutiladi.
Muzey faoliyatiga kommunikatsion yondashuvning loyihaviy shaklini amalga
oshirishda muzey ishiga yangi tizmlarni tadbiq etish, ishning yangicha tashkiliy
usullarini qo‘llash kabilar tushuniladi.
Shuningdek, muzey faoliyatini loyihalashtirishda kommunikativ yondashishning
yana bir usuli - har bir muzey jihozi, ko‘rgazmasi va eksponatining dramaturgik
senariysini yaratish va bunda jihozlarning o‘ziga xos tarixi, xususiyati, madaniy
ahamiyati va tilini aks ettirishga urinish lozim.
Buni quyidagicha izohlash mumkin. Hammamizga ma’lumki, muzeydagi har bir
ashyo o‘z-o‘zidan yig‘ib saqlanmaydi. U muzey mutaxasislari tomonidan biror bir
qadriyatga ega bo‘lgan ashyo sifatida ma’lum maqsadni ko‘zlagan holatda muzeyning
doimiy faoliyatiga qo‘shiladi va muzeyga tashrif buyuruvchilar bu eksponatlarni
o‘zining madaniyati doirasida qabul qilib, baho beradi. Agarda tashrif buyurganlarning
dunyoqarashi va tushunchasi muzey mutaxasislarining madaniy va ilmiy
tushunchalariga mos kelsa ular orasida muloqot kelib chiqadi va ashyolarning haqiqiy
qadriyati va ma’nosi yaqqol anglanadi. Shuning natijasida muzeyda biz
kommunikatsiya deb atayotgan o‘zaro muloqot vujudga keladi va biz bu holatni
muvofaqiyatli natijasini ko‘ramiz.
Modomiki muzey mutaxasislari va tomoshabinlar o‘rtasida namoyish
qilinayotgan ashyoning asl qadr-qimmati to‘la tushunilib, unga to‘g‘ri baho berilmasa
orada anglashilmovchilik vujudga keladi va muloqot buziladi. O‘zaro muloqotning
buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, ashyoga baho berishda nuqtayi nazarning bir-biriga mos
kelishini ta’minlash uchun balki uchinchi tarafni ham muloqotga qo‘shishga yoki
narsani tasviriy namoyish qilishning o‘zgacha yo‘llarini qo‘llash lozim bo‘ladi.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
249
XX asrning 60 yillari oxirida muzeyshunoslikda kommunikativ nazariyani
kanadalik olim Dunkan F. Kameron birinchi bo‘lib ishlab chiqdi. Uning ishlari
muzeyshunoslik nazariyasining rivojlanishida haqiqiy burilish yasab, muzeyga
boshqacha ko‘z bilan qarash, ya’ni bu joy muzeyga keluvchi muzey eksponatlari bilan
muloqot o‘rnatish uchun barcha shartsharoitlar yaratilgan maskan sifatida
yondashishga olib keldi. Bu muloqotning asosida muzeyga tashrif buyuruvchidan
narsalarning “tilini bilish” talab qilinsa ko‘rgazma namoyishining tashkilotchilaridan
narsalarni so‘zsiz tushuna oladigan qilib namoyish etish talab qilinishi yotadi.
Masalaga bunday yondashish Kameronga bir trafdan muzey faoliyatini mohirona
tashkil etilishini, narsalarni to‘plash va saqlashni ta’minlash imkoniyatini yaratish,
ikkinchi tomondan muzey bilan odamlar orasida muloqot muhitini yaratish
imkoniyatini beradi.
Bu ish avvalambor namoyish eta bilish muammosiga oid bo‘lib, bu jarayonda
asosiy yuk va vazifa tasviriy muloqot san’atini mohirona amalga oshira oladigan
dizayner va rassomlar zimmasiga tushadi. Bu jarayonda muzey pedagoglari zimmasiga
tushadigan vazifaga ham ko‘proq urg‘u beriladi. Chunki ular ekskursovodlarga
o‘xshab ekspozitsiyaga joylashtirilgan eksponatlar ma’nosini so‘z orqali ifodalab
berish bilan birga muzeydagi berilayotgan axborot tomoshabinlarni o‘zlari tushunib
olish va anglashga yordam beradi.
Bunda o‘zaro aloqani ta’minlash lozimligini ham unutmaslik kerak. Buni
ta’minlash bilan muzey psixologi va sotsiologi shug‘ullanadi. Ularning vazifasiga
(ilmiy xodim, rassom va dizaynerlar yordamida) namoyish etish jarayonining
ta’sirchanligini oshirib (muzey pedagoglari yordamida) anglash malakasini paydo
qilish muzeylar kommunikatsiyasini rivojlantirish kiradi.
Shunday qilib muzey kommunikatsiyasi nazariyasi asosida namoyish qilish
tajribasi, muzey pedagogikasi hamda muzeydagi ijtimoiy psixologik tadqiqotlar
yotadi.
Muzeydagi eksponatlar ma’lum davrda jamiyatda yuz bergan voqealarni ashyoviy
dalillar sifatida saqlaydi va biror madaniy yoki tarixiy voqeani isbotlash uchun ulardan
dalil sifatida foydalaniladi. Bunda voqeaning o‘zigina emas balki namoyish qilishdan
asosiy maqsadni aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Shu turdagi axborotni mohiyatini anglab olishga intilishning o‘ziga xos xususiyati
uni yaqqol namoyish qila olishiga ham bog‘liq. Muzey eksponatlarini namoyish
etishda yangi usullar ham qo‘llanilmoqda. Muzeyga keluvchilarning orasida
imkoniyatlari chegaralangan ham bo‘lishi mumkinligini hisobga olib namoyish
qilishning noan’anaviy usullaridan ham foydalanilmoqda. Elektron moslamalar
yordamida ashyolarga virtual shakl berish orqali turli toifadagi odamlarga, hatto
bolalarga ham taassurot qoldirish mumkin bo‘lmoqda.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
250
Internetga muzey axborotini joylashtirish biroz murakkabroq. Buning uchun
muzeyning elektron versiyasini yaratish lozim bo‘ladi. Muzey faoliyatini Internetga
kiritish orqali uning kengroq tanilishiga yordam beradi. Ya’ni:
— muzeyning shuhrati oshadi;
— internetda muzeyning aksi paydo bo‘ladi. Shu orqali u dunyoga taniladi;
— hamkorlikda ko‘rgazmalar uyushtirish imkoniyatlari ortadi; — muzeyning
ijtimoiy-siyosiy ahamiyati oshadi.
Internet multimedia texnologiyalari bilan uzviy bog‘liqdir. Bu orqali beriladigan
axborotning turli vositalaridan foydalanish mumkin, ya’ni matn, tasvir, video, audio
sifatida yuborish yoki qabul qilish mumkin. Ko‘pchilik kompakt disklarda
tarqatiladigan multimedia dasturlarini yaxshi biladi. Bunday dasturlar maxsus firmalar
tomonidan ishlab chiqiladi va murakkab jarayon hisoblanadi. Bu holda muzey
mahsulot o‘rniga o‘zida mavjud axborotni berib ayrboshlaydi. Bunday disklar
muzeyning o‘zida SD yaratuvchilari tomonidan sotilishi mumkin. Multimedia
dasturlarini bolalarbop qilib chiqarish yoki muzeyda namoyish qilish ham juda
qiziqarli bo‘ladi. Bular maxsus terminal yoki videoblok sifatida bo‘lishi va tashrif
buyuruvchilarga axborot berishda ishlatilishi mumkin.
Axborot tizimini kelajakda qanday tasavvur qilish mumkin?
Ilg‘or texnologiyalar barcha muzey xizmatlariga faol ta’sir ko‘rsatadi. Ular qayta
ishlash va vizual axborot yozish, yangi vositalarni qo‘llashga, tasvirlar va ma’lumotlar
bankini yaratish, yozishning raqamli tasvir va yozuvlar uslublarini qo‘llashning
quyidagi ko‘rinishlari bilan ta’minlaydi:
Xulosa.
Xalqaro muzeylar kuni — bu muzeylar, madaniy meros va jamiyat o'rtasidagi
aloqani qozonish uchun ajoyib imkoniyatdir. Ushbu kunni nishonlash orqali har
birimiz muzeylarga bo'lgan qiziqishimizni oshirishimiz va ularning qadrini
tushunishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Almeyev R. Muzei Uzbekistana i sotsialno-kulturnie perspektivi ix razvitiya. –
Tashkent: Izdatelsko-poligraficheskiy dom imeni Gafura Gulyama. 2007.
2.Ilalov I. Muzeyevedeniye. – Tashkent: Musiqa, 2006.
3.Kuryazova D.T. O‘zbekistonda muzey ishi tarixi. Toshkent: San’at, 2010.
4.Stolyarov B.A. Muzeynaya pedagogika. Istoriya, teoriya, praktika. – Moskva:
Visshaya shkola, 2004.
5.Yureneva T.Yu. Muzeyevedeniye. – Moskva: Akademproyekt, 2003.