Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
238
BUNING NOMI - XUSNI XULQ
Yigitaliyeva Shirinoy
Namangan viloyati madaniyati davlat muzeyi ilmiy xodimi
Tarbiyaning ikki qismi bor: fazilatni qo’riqlaydigan go’zal ahloq va yaramas
yo’ldan, yomon ahvolga tushishdan asraydigan xushyorlik. Bolani to’kin sochinlikda,
qimmatbaho kiyimlar kiyib o’sgan bolalardan, bunday dabdabali hayotga rag’bat
uyg’otadiganlar davrasiga aralashib qolishdan asrash kerak. Chunki voyaga yetayotgan
bola etiborsiz tashlab qo’yilsa, ko’p hollarda bu ahloqning tubanlashuviga sabab boladi
. Natijada ,bola ulg’aygach, kazzob, xasadgo’y, o’g’ri,chaqimchi, qaysar, mahmadona,
yengiltak,makkor, behayo,yaramas bir kimsaga aylanib qolishi mumkin.
Bulardan saqlanishning birdan - bir yo’li chiroyli tarbiya , keyin maktabda dars
berish bilan mashg’ul bo’lmoq . Qachonki bolada chiroyli xulq, maqtovga arzigulik bir
fe’l sodir bolsa , uni xurmat bilan sharaflamoq, ko’nglini quvontiradigan narsa bilan
taqdirlamoq , ko’pchilik orasida bu feline izhor etmoq zarur. Ba’zi holatlarda bir marta
bu fe’liga xilof ish qilib qo’ysa, ayniqsa bola bu ishni yashirishga harakat qilsa ,uni
ko’rmaganga olish foydaliroq . Chunki bola bunday holda aybidan ortiqroq jazoga
tortilib qolsa,jazo aks tasir etishi, aybini ochilib qolishiga o’rganib,xatodan
qo’rqmaydigan bo’lib qolishi ehtimol.
Bola tarbiyasida otaning qat’iyati, so’zidan qo’rqmasligi muhim ahamiyatga ega
. U o’zining bu tabiatini farzandiga doimo sezdirib turishi zarur. Ona ham o’z navbatida
otaning aynan shu xususiyatlarini bolaning yodiga solib turishi, shu tarzda farzandini
yomonliklardan qaytarib turishi lozim.
Qalbimiz azob cheksada , bir haqiqatdan ko’z yummasligimiz , bu xususidagi
to’g’ri gapni ichimizga yutmasligimiz kerak. Bolani dag’al so’kinib gapiradigan og’zi
shaloq kishilarga aralashib qolishidan asrash tarbiyasining asosi hisoblanadi. Lekin
afsuski, atrofimizda yomon xulqli ota onalar ham yo’q emas. Tilidan so’kish
tushmaydigan ota – onalar , qarg’ishdan tinmaydigan shallaqi onalar
,aroqxo’rlar,g’iybatchilar tekinxo’rlar …Xo’sh bu odamlar farzandiga qanday tarbiya
beradilar ? Bunday xonadonning farzandi yaxshi xulqli oilada tarbiya ko’rgan bolaga
qanday tasir ko’rsatadi? Bazan mayxo’r ota-onalarni ota – onalik xuquqidan maxrum
qilishadi, aslida odamlik xuquqidan o’zlarini mahrum qilgan bu kimsalarga sud xukmi
nima ekan? Ota- onalik xuquqidan mahrum bo’lgan bu kimsalarga sud xukmi nima
ekan? Ota-onalik xuquqidan mahrum bo’lgach bularning qanchasi tavba qilib, yaxshi
yo’lga o’tgan ekan ? hech qancha!
Maktabni “ilm va odob maskani “deymiz , farzandlarimiz maktabdan ko’p yaxshi
narsalarni o’rganadilar.shuning barobarinda uyda so’kishni o’rganmagan bola
maktabda maktabdagi tengdoshlaridan qo’pollikni o’rganadi. Sinfda 25-30 bola
,o’qituvchi esa bitta. Hamma bolaga bir hilda saboq bera olmaydi, har bir bolaning
hush xulqi yoki bad hulqini nazoratda tutishi mushkul.
Bir maktabda o’qituvchi sinfga kirsa,qaysidir bad xulqli qora taxtaga oq bo’r
bilan ahloqsiz rasmni chizib ,bexayo so’zlarni yozib qo’yibdi. Buni ko’rgan
muallimning rangi o’zgardi, lablari titradi.bunday xollarda ko’pchilik”bu kimning
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
239
qilig’i”deb baqirib, bollarga taxdid qila boshlaydi.Bu muallim esa g’azablanganini
shogirdlariga sezdirmadi. Chunki u go’zal hulq egasi edi , go’zal hulq esa qahr g’azab
kelganda bilinadi.Muallim indamaygina qo’liga lattani olib ,taxtani artib qo’ydi.
Nimadir o’ylanganday u yoqdan bu yoqqa yurdi ,so’ng dedi:
---Bolalar ,uzoqni ko’ra oladigan bo’linglar …ha uzoqni ko’ra oladigan
bo’linglar!faqatgina xozirgi kunni xozirgi mavsumni va yilni o’ylamanglar.Hech
bo’lmasa ,hayolan besh o’n yil keyingi hayotga sayohat qilinglar . Bugun shunday
narsalar yozing, chizing va gapirinki,kelajakda o’g’il va qizingizga or-nomus darsi
berganingizda yuzingiz qizarmasin.. .bugun shunday yashanki, ertaga umr
yoldoshingiz yuziga uyalmay qaray oling va o’zingizga o’zingiz :”Bu hammani nazar
pisand qilmay ,yechib almashtirib ketsa bo’laveradigan poyabzal dep o’ylayaptiku”
demang.
Bu hikmatga yo’g’rilgan gaplarni shogirdlariga qanchalik tasir qilganini tasavvur
etavering. Ha kishi yoshlik chog’ida fazilat egallash uchun zahmat cheksa, qariganida
fazilatning o’zi unga hizmat qiladi. Afsuski hozirgi darsliklarda go’zal hulq sohibi
bo’lish yo’llari haqida ma’lumot kam. Muallimlaraytaylik adabiyot darsida
yozuvchining tarjimai holiga ko’proq ahamiyat beradilar. U yozgan kitobni
o’qimaganliklari tufayli asardan olinishi lozim bo’lgan mavzuni chetlab o’tishga
harakat qiladilar . Bolaga yozuvchining qachon va qayerda tug’ilgani shart emas.
Aksincha adib yozgan asarlar o’quvchining dunyoni anglashiga qanchalik hizmat
qiladi,uni o’qigan odamning manaviy olami qanchalik boyiydi – shuni bilish
muhimroq. Bola adabiyot darsida badiiy adabiyotni tushinishi, fikrlash va tahlil
qilishni o’rganishi shart.bu fazilatlarsiz go’zal hulqqa erishish qiyin. Insonni tirikchilik
uchun harakati so’nmagani kabi go’zal xulq egallashga bo’lgan intilishi to’xtamasligi
shart. Sharafli hadisda “beshikdan to lahatga qadar ilm egallang”deyilishini xulq
egallashga nisbatan ham anglasak bo’ladi. Odamni Yoshi ulg’ayib , hayot tajribalariga
ega bo’lgandan so’ng ham bu intilishni to’xtatmasligi kerak. Bu yoshda uning
masuliyati ikki hissa ortadi . birinchidan u zurriyotlarini va atrofdagi boshqa yoshlarni
tarbiya qilishi shart. Ikkinchidan o’zini ozi tarbiyalashni davom ettirishi zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.”Moziydan sado” –ilmiy-amaliy,ma’naviy-ma’rifiy jurnal.2022-2023-yillar sonlari.
2.”Farg‘ona vodiysida muzey ishi va faoliyati” I.Yusupov, I.Karimov.
2022-yil, O‘zbekiston Respublikasi .Madaniy meros agentligi.
3.”Moziy soboqlari” – Alijon Azizov. Namangan- 2021-yil.
4.”San’at” jurnali- 2013-yil.
5.”Guliston” –ijtimoiy-siyosiy,ilmiy-badiiy,madaniy-ma’rifiy jurnal. 2021-2022-yil.