Mualliflar

  • G’ulomjonova Odinaxon

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.trtteztro.120016

Annotasiya

Ezgulik – maʼnaviy-axloqiy kategoriyalar orasidagi eng muhim tushunchalardan 
biri.  Ezgulik  inson  faoliyatining  asl  mohiyatini  anglatadi,  Tangri  irodasining  inson 
qalbidagi  tajassumi  sifatida  namoyon  boʻladi.  “Ezgu  fikr,  ezgu  soʻz,  ezgu  amal” 
gʻoyasi “Avesto”dan tortib barcha muqaddas kitoblarda yetakchi oʻrin egallashi ham 
shundan.  Ezgulik  insonga  eng  kuchli  maʼnaviy  lazzat  bagʻishlaydigan,  uni  ijtimoiy 
shaxsga  aylantirib,  chinakam  baxt  sari  yetaklovchi  fazilat;  shaxsni  komillikka, 
jamiyatni esa yuksak taraqqiyotga yetkazuvchi yuksak qadriyat. U insonning axloqiy 
faoliyati  tufayli  muayyanlashadi,  yuzaga  chiqadi.  Uni  sinfiylik  yoxud  partiyaviylik 
qobigʻiga  oʻrash  mumkin  emas.  Chunonchi,  “sinfiy  dushman”ni,  yaʼni  biror-bir 
shaxsni yoki guruhni faqat boshqa sinfga mansub boʻlgani uchun jismonan yoʻqotish, 
qanchalik  boʻyab-bejalmasin,  ezgulik  boʻlolmaydi.  U  tom  maʼnodagi  yovuzlikdir. 
Totalitar tuzumlar mafkurasida ezgulikni bunday talqin etishning noilmiyligi, soxtaligi 
hozirgi kunda hammaga ayon.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

228

EZGULIKKA YO’G’RILGAN QO’SHIQ

G’ulomjonova Odinaxon

Namangan viloyati tarixi va madaniyati

davlat muzeyi katta ilmiy hodimi

Ezgulik – maʼnaviy-axloqiy kategoriyalar orasidagi eng muhim tushunchalardan

biri. Ezgulik inson faoliyatining asl mohiyatini anglatadi, Tangri irodasining inson
qalbidagi tajassumi sifatida namoyon boʻladi. “Ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amal”
gʻoyasi “Avesto”dan tortib barcha muqaddas kitoblarda yetakchi oʻrin egallashi ham
shundan. Ezgulik insonga eng kuchli maʼnaviy lazzat bagʻishlaydigan, uni ijtimoiy
shaxsga aylantirib, chinakam baxt sari yetaklovchi fazilat; shaxsni komillikka,
jamiyatni esa yuksak taraqqiyotga yetkazuvchi yuksak qadriyat. U insonning axloqiy
faoliyati tufayli muayyanlashadi, yuzaga chiqadi. Uni sinfiylik yoxud partiyaviylik
qobigʻiga oʻrash mumkin emas. Chunonchi, “sinfiy dushman”ni, yaʼni biror-bir
shaxsni yoki guruhni faqat boshqa sinfga mansub boʻlgani uchun jismonan yoʻqotish,
qanchalik boʻyab-bejalmasin, ezgulik boʻlolmaydi. U tom maʼnodagi yovuzlikdir.
Totalitar tuzumlar mafkurasida ezgulikni bunday talqin etishning noilmiyligi, soxtaligi
hozirgi kunda hammaga ayon. Ezgulik va yovuzlik odatiy, kundalik hayot mezonlari
bilan oʻlchanmaydi, ular ham “muhabbat” va “nafrat” tushunchalari singari
qamrovlilik va ijtimoiylik xususiyatiga ega. Nikoh toʻyi — kelin va kuyovning
nikohini jamoatchilikka maʼlum qilish tantanasi. Bu marosim davrlar oʻtishi bilan
qisman oʻzgarib borgan va har bir etnik guruhda oʻziga xos xususiyatlari bilan oʻzaro
farq qilgan. Oʻzbek xalqining qad. Nikoh toʻyi tizimida bir qancha marosimlar mavjud:
sovchilik, unashtirish, uy koʻrar (qiz koʻrar), fotiha toʻyi, toʻy yuborish, qiz oshi (qizlar
majlisi), nikoh oʻqitish, kelin tushdi, kelin salom, charlar, quda chaqiriq kabi
marosimlar va ular bilan bogʻliq urf-odatlar. Ularning aksari-yati hozirgacha saqlanib,
amal qilinib kelinadi. Nikoh toʻyi kuni yoki bir kun oldin qiz tomonga toʻyning oshini
pishirib yoki xomligicha yuboriladi. Qiz xonadonida jamoaga osh tortiladi. Baʼzan
kuyovnikida ham osh beriladi. Toʻy kuni yoki bir kun oldin qizning otasinikida nikoh
marosimi oʻtkaziladi. Kuyov yaqin joʻrasi, togʻasi bilan boʻlajak kelin xonadoniga
borgan. Imom kuyovga er-xotinlik burchi va huquqlarini tushuntirgach, qizning
yangasi orqali ruxsatini olib keyin "Xutbai nikoh" (nikoh haqidagi duo) oʻqigan. Qad.
oʻzbekchilik udumiga koʻra, nikoh toʻyi tantanalari kuyovnikida oʻtkaziladi. Toʻy
oqshomi kuyov joʻralari bilan, karnay-surnay, childirma-yu nogʻoralar sadolari ostida
shoʻx oʻyin-kulgi va zavkli qiyqiriqlar bilan ke-linnikiga keladi. Ular chimildiq tor-
tilgan xonada, noz-neʼmatlar toʻla das-turxon atrofida siylanadilar. Suyuq ovqat, osh
yeyilib boʻlingach, kuyov joʻralaridan biri kelin tomondan kuyov sarposini "sotib
oladi". Kuyovni qibla tarafga qaratib unga qizning onasi tayyorlagan chopon, salla


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

229

kiygiziladi. Kuyov joʻralar muborakbod etgach, surnay xonishi ostida kuyovni qizning
onasi, xola-ammalari bilan koʻrishgani olib kelishadi. Ona va buvining oq fotihasi,
ezgu duolarini olib kuyov oʻz joʻralari bilan uyiga qaytadi. Kelinga oq libosini kiydirib,
otasi, buvasi va togʻa, amaki kabi yaqin qarindoshlar bilan xayrlashgani olib chiqadilar.
Kelin yangalari, dugonalari davrasida otasining oldiga kelib taʼzim ila bergan nonu
tuziga rozilik soʻraydi. Otasi qizining peshonasidan oʻpib, yelkasidan quchib roziligini
bildiradi, baxt tilaydi. Qiz onasi oldiga borib "ona-jon, bergan oq sutingizga rahmat"
deb bagʻriga singib rozi-rizolik soʻraydi. Kelin mashinaga chiqmasidan avval ota unga
oq fotiha beradi, baxt tilaydi. Ishtirokchilarning hammasi duoga qoʻl ochib unga joʻr
boʻladilar. Eng qadim odatimizga muvofiq kelin kuyovning uyiga qadar yor-yor bilan
kuzatib koʻyiladi. Bu odatlar har viloyatda, qishloklarda oʻziga xos tarzda oʻtkaziladi.

Kelin salom — nikoh toʻyi marosimlaridan. Kelin salom turkiy va boshqa

xalqlarda turli shakllarda uchraydi. Kelin tushgan kunning ertasiga ertalab kuyovning
ota-onasi va yaqinlariga hurmat yuzasidan oʻtkaziladi. Mahallaning dasturxonchisi
yoki K.s.ni boshqaruvchi kelinni yasantirib, yuziga parda yopgan holda hovliga olib
chiqadi, qiziq gaplar, hikmatli soʻzlar, baytlar bilan kelin yoniga keluvchilarga
murojaat qilgan. Kelin jim turgancha gap kimga qaratilgan boʻlsa, oʻshanga qarab
taʼzim qilgan. Baland ovoz bilan birinchi boʻlib, qaynota, soʻng qaynona nomini aytib
K.s. deydi. K.s. kuyov ota-onasidan boshlanib, oiladagi eng kichik bolalargacha,
qoʻniqoʻshnilarga ham bagʻishlangan.

O’zbek xalq to’y marosimi juda ko’p qadimiy udum va rasm – rusumlardan

tarkib topgan bo’lib, unda aytiladigan qo’shiqlarda ajdodlarimizning turmush tarzi,
orzu-tilaklari, yaxshlik va ezgulik haqidagi qarashlari, odob-axloq, mexr-oqibat
bilan bog’liq tasavvuelari mujassamlashgan. Xar bir viloyatdagi urf odatlar turli
hil, masalan, Farg’ona vodiysi viloyatlarida esa «kelinsalom» qo’shiqlari mavjud.
Kelin qo’shiq mazmuniga monand xolda egilib tazim berib turadi, kuyovning
qarindoshlari esa «ko’p yashang qulluq »- deyishadi. Qo’shiqning avvali Ollohga,
payg’ambarimiz Muhammad S.A.V ga, bag’ishlanadi. Bu janrning tarifiy bayon
qismida ba’zan kuyovning qarindosh - urug’lari, to’yda xizmat qilgan barcha
ishtirokchilarga xos xususiyatlar yumorga yo’g’rilgan bandlar orqali yengil kulgi
ostiga xam olinadi. Dastlabki salom xonadonning ulug’lariga, undan keying bandlar
qaynota, qaynona , aka-uka, opa-singil, amma-hola, tog’a-amaki, qo’ni -qo’shni,
ma’sul shaxslarga bag’ishlanadi. Bunday shakldagi ta’rif o’zbek millatiga xos
xususiyat, ta’rifiy bayon jarayonida yoritiladi. Bunday qo’shiqlar 4,5,6,8,12 misrali
band tuzilishiga ega bo’lib, birinchi va ikkinchi misralarda asosiy fikri ifodalansa,
keyingi misralar takrorlanuvchi naqoratdan tashkil topgan va matnda tematik,
ritmik-sintatik, leksik-morfologik parallelism xosil qilinib, nikoh to’yi uchun muhim
bo’lgan xodisa- salom qildirish udumining o’ziga hos tasviri ifoda etilgan. Qolaversa,
mazkur janr ijrosida uy ostonasidagi ta’zim xarakati, kelinni olov atrofida


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

230

aylantirish, uch marta shirin suv ichirish, chimildiq tutish, kelinning qo’liga yog’ ,
un solish kabi udumlariga rioya qilinishi bu marosim qo’shig’I qadim zamonlardan
buyon kuylanganligi va qo’shiqning shakllanishiga ta’zim harakati asos bo’lganligini
ko’rsatadi. Xullas, kelinsalom xalqimiz badiiy tafakkurinining tarixiy taraqqiyoti
natijasida yuzaga kelgan qadimiy qo’shiqlardan biri bo’lib, ajdodlarimizning ezgu
tilaklari, orzu intilishlari badiiy bezaklarga boy, betakror misralaralarda yuksak
mahurat bilan ifoda etilgan. Ushbu udum o’zbek xalq manaviy merosning eng qadimiy
va umrboqiy qadryatlaridan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.”Moziydan sado” –ilmiy-amaliy,ma’naviy-ma’rifiy jurnal.2022-2023-yillar sonlari.
2.”Farg‘ona vodiysida muzey ishi va faoliyati” I.Yusupov, I.Karimov.
2022-yil, O‘zbekiston Respublikasi .Madaniy meros agentligi.
3.”Moziy soboqlari” – Alijon Azizov. Namangan- 2021-yil.
4.”San’at” jurnali- 2013-yil.
5.”Guliston” –ijtimoiy-siyosiy,ilmiy-badiiy,madaniy-ma’rifiy jurnal. 2021-2022-yil.


Bibliografik manbalar

”Moziydan sado” –ilmiy-amaliy,ma’naviy-ma’rifiy jurnal.2022-2023-yillar sonlari.

”Farg‘ona vodiysida muzey ishi va faoliyati” I.Yusupov, I.Karimov.

-yil, O‘zbekiston Respublikasi .Madaniy meros agentligi.

”Moziy soboqlari” – Alijon Azizov. Namangan- 2021-yil.

”San’at” jurnali- 2013-yil.

”Guliston” –ijtimoiy-siyosiy,ilmiy-badiiy,madaniy-ma’rifiy jurnal. 2021-2022-yil.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари