Mualliflar

  • Abbosov Mirsulton Mirsharof o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.trtteztro.120024

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt afzalliklar xavf-xatar xalqaro standartlar konsepsiyalar.

Annotasiya

Annotatsiya. Mazkur maqolada sun’iy intellektning huquqiy maqomini belgilash 
masalalari, afzalliklari va ijtimoiy xavflilik masalalari tahlil qilinadi. Sun’iy intellektni 
Jinoiy-huquqiy  munosabatlarga  sun’iy  intellektni  kiritish  masalalari  haqida 
mulohazalar qilinadi. 


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

195

SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINI TARTIBGA

SOLISHNING DOLZARBLIGI

Abbosov Mirsulton Mirsharof o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

ORCID: https://orcid.org/0000-0002-1173-6254

E-mail:

abbosovmirsulton@gmail.com

Annotatsiya.

Mazkur maqolada sun’iy intellektning huquqiy maqomini belgilash

masalalari, afzalliklari va ijtimoiy xavflilik masalalari tahlil qilinadi. Sun’iy intellektni
Jinoiy-huquqiy munosabatlarga sun’iy intellektni kiritish masalalari haqida
mulohazalar qilinadi.

Kalit so‘zlar:

sun’iy intellekt, afzalliklar, xavf-xatar, xalqaro standartlar,

konsepsiyalar.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yildagi 5-oktyabrdagi “Raqamli

O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6079-son Farmonida “iqtisodiyot tarmoqlarida virtual va
to‘ldirilgan reallik, sun’iy intellekt, kriptografiya, mashina o‘rganishi, katta
ma’lumotlarni tahlil qilish va “bulutli” hisoblash texnologiyalaridan foydalanish
imkoniyatlarini o‘rganish va ularni amaliyotga tatbiq etish”

1

kabi har sohada sun’iy

intellekt (keyingi o‘rinlarda SI deb yuritiladi) texnologiyalarini tatbiq etish vazifasi
qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yildagi 28-yanvardagi
“2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi PF–60-son Farmonining 65-, 84-maqsadlarida “Ijro ishini yuritish
tizimini raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish”,
“Korrupsiyaga qarshi kurashishga zamonaviy axborot, shu jumladan sun’iy intellekt
texnologiyalarini joriy etish”

2

kabi maqsadlar belgilab berilgan. SI, uni tartibga

solishga ehtiyoj, uning o‘zi va u tomonidan amalga oshirilgan ijtimoiy xavfli
qilmishiga baho berish, u tomonidan yoki uning yordamida yaratilgan ixtirolarni
patentlash masalasi, SIni huquq subyekti sifatida e’tirof etish masalalari kundan-kunga
dolzarb masalaga aylanib bormoqda.

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston –

2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF–6079-
son Farmoni //

https://www.lex.uz/docs/5030957#5031885

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yildagi 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga

mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–60-son Farmoni //

https://lex.uz/uz/docs/5841063


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

196

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 4-iyulda Shanxay Hamkorlik

Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashi majlisida a’zo davlatlar rahbarlariga:
“Hukumatlarimiz va mutasaddi idoralarimizga ShHTning innovatsion taraqqiyot,
raqamlashtirish va robotlashtirish, sun’iy intellekt, biotexnologiya, farmatsevtika va
sanoatning boshqa istiqbolli tarmoqlarini qamrab oluvchi Yangi iqtisodiy muloqot
dasturini qabul qilish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berishni taklif
qilaman”

3

degan edi. Shundan so‘ng SI 2024-yil 18-noyabr kuni Oliy Majlis

Qonunchilik palatasining majlisida so‘zlagan nutqida, “... sun’iy intellekt kabi
masalalarda qonunlar qabul qilishga zarurat bor”ligini, jahonda har bir sohaga sun’iy
intellekt, raqamli texnologiyalar kirib kelayotganiga e’tibor qaratishimiz kerakligini
ta’kidladi

4

. Ma’lumki, yaqin-yaqingacha, kundalik hayotimizda va ishlab chiqarishda

robotlar, nobiologik neyron tarmoqlari va SIdan foydalanishni faqat fantastik va erishib
bo‘lmaydigan hodisa sifatida qaralar edi. Biroq inson faoliyatiga yildan-yilga
axborotlashuv va avtomatlashuv bu boradagi tasavvurlarni haqiqatga aylantirmoqda.
Shu bilan birga, fan-texnika taraqqiyotining mazkur jarayonlari insoniyatga nafaqat
foyda, balki shu bilan birga muayyan xavf-xatarlarni ham keltirib chiqarishi
mumkinligini inobatga olishimiz lozim. Guvohi bo‘layotganimizdek, so‘nggi paytlarda
SI qarorlarining noadekvatligi va xavfli oqibatlari to‘g‘risida ommaviy axborot
vositalari, shuningdek, internet tarmoqlarida tobora ko‘proq yoritilib, bu bilan bog‘liq
bo‘lgan jamoatchilik munozaralari shiddatli tus olmoqda. Bu esa, aybdorlarni jazolash
va boshqa masalalar yuzasidan qator savollarga yechim izlashimiz kerakligini
anglatadi. SI mustaqil harakatlari orqali jinoyat sodir etishi, undan jinoyat quroli
sifatida ishlatish, jinoyat qonunchiligi muhofaza qiluvchi obyektlarga zarar
yetkazishga qaratilgan SI texnologiyalarini ishlab chiqarish uchun javobgarlik
masalasi fuqarolik-huquqiy, balki jinoiy-huquqiy jihatdan tartibga solinishi kerak.

Xalqaro normativ-huquqiy aktlarda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasida inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat
hisoblanadi. Mazkur qadriyatni muhofaza qilish uchun turli huquqiy munosabatlar
o‘rtaga chiqadi. Jumladan O‘zbekiston jinoyat qonunchiligi vazifasi Jinoyat
kodeksining 2-moddasida belgilangan bo‘lib, shaxsni, uning huquq va erkinliklarini,
jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat
xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish,

3

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shanxay Hamkorlik

Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashi majlisidagi nutqi //

https://isrs.uz/uz/ozbekiston-

yangiliklari/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-shanxay-hamkorlik-
tashkilotiga-azo-davlatlar-rahbarlari-kengashi-majlisidagi-nutqi

4

Saidov A.

Kuchli parlament va xalq vakillik organlari – Yangi O‘zbekiston tayanchi //

https://parliament.gov.uz/oz/news/kuchli-parlament-va-xalq-vakillik-organlari-yangi-ozbekiston-
tayanchi


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

197

fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida
tarbiyalashdan iboratdir

5

. Mazkur vazifalardan kelib chiqadigan bo‘lsak, bugungi

kundagi globallashuv jarayonlari, texnika inqirozi jinoyat qonunchiligi muhofaza
qiluvchi obyektlarga nisbatan tajovuzlarning yangicha ko‘rinishlarini namoyon etadi.
Bu esa jinoyat qonunchiligini takomillashtirishni taqozo etadi.

Sun’iy intellekt (SI) – bu kompyuter tizimlari va dasturlariga insonning fikrlash,

o‘rganish, muammolarni hal qilish, tilni tushunish va qaror qabul qilish kabi aql-idrok
faoliyatlarini o‘rgatishga qaratilgan texnologiyalar majmuasidir. Bu soha informatika,
matematika, lingvistika, neyrobiologiya va falsafaning kesishgan nuqtasida
shakllangan.

Sun’iy intellekt tushunchasi ilk bor 1956-yil Dartmut konferensiyasida olimlar

tomonidan muhokama qilindi. Shundan so‘ng, turli algoritmlar, tilni qayta ishlash
tizimlari va robototexnika yo‘nalishlarida jadal rivoj boshlandi. 2000-yillardan
boshlab, katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) va kuchli hisoblash quvvatlari SI
rivojiga yangi sur’at berdi. Sun’iy intellekt xususiyatiga ko‘ra, quyidagi
konsepsiyalarga asoslanadi.

1.

Mashinali o‘rganish (Machine Learning)

– tizimlar o‘z tajribasi asosida

mustaqil o‘rganadi va natijalarni yaxshilaydi.

2.

Tabiiy tilni qayta ishlash (NLP)

– kompyuterlar inson tilini tushunadi,

tarjima qiladi, muloqotda bo‘ladi.

3.

Kompyuter ko‘rish (Computer Vision)

– kompyuterlar rasm va videoni

tahlil qiladi, yuz, obyektlarni aniqlaydi.

4.

Ekspert tizimlar

– ma’lum bir sohadagi bilimlar asosida inson kabi qaror

qabul qiladi.

5.

Robototexnika

– SI yordamida aqlli robotlar ishlab chiqiladi va

boshqariladi.

Bugungi kunda sun’iy intellekt bir qancha sohalarda, xususan tibbiyotda –

kasalliklarni erta aniqlash, rentgen suratlarini tahlil qilishda, ta’limda – xususiy o‘quv
dasturlari, avtomatik baholash tizimlarida, moliyaviy va iqtisodiyotda – firibgarlikni
aniqlash, kredit reytingini baholashda, sanoatda – ishlab chiqarishni avtomatlashtirish,
texnik nosozliklarni prognoz qilishda, transportda va logistikada – avtonom
avtomobillar, yo‘l harakati tahlili o‘tkazishda keng qo‘llanilmoqda.

Sun’iy intellekt xususiyatlariga muvofiq ba’zi afzalliklarini aytib o‘tsak:

tez va aniq hisob-kitoblar

ish unumdorligini oshirish

takroriy ishlarni avtomatlashtirish

yangi imkoniyatlar yaratish

5

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi //

https://www.lex.uz/acts/111453


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

198

Shu bilan birga sun’iy intellektdan foydalanish miqyosi kengayishi ortidan

vujudga keladigan ayrim xavf-xatarlar ko‘rsatishimiz mumkin:

ish o‘rinlarining qisqarishi

maxfiylik va xavfsizlik muammolari

etik masalalar – noto‘g‘ri qarorlar, diskriminatsiya

nazoratdan chiqish xavfi

SI tizimini o‘qitish yoki o‘z-o‘zini o‘qitish uchun noto‘g‘ri ma’lumotlar;

turli sohalarda intellektual tizimlardan noqonuniy foydalanish;

SI bilan jihozlangan qurol-aslaha, harbiy va maxsus texnikaga dushman

qurolining tasodifiy ta’siri;

“Mashinalar qo‘zg‘oloni” ya’ni insoniyatga ongli ravishda qarshilik ko‘rsatish.

Sun’iy intellekt – bu zamonaviy texnologiyaning eng ilg‘or yo‘nalishlaridan biri

bo‘lib, insoniyat hayotini yengillashtirish va rivojlantirishda katta imkoniyatlar
yaratmoqda. Biroq, uning to‘g‘ri yo‘naltirilgan holda, etik me’yorlarga rioya qilgan
holda rivojlantirilishi – bugungi kunning muhim masalalaridan biridir.

Biz yuqoridagi fikrlarni umumlashtirgan holda aytishimiz mumkinki, dastlab SI

bilan jihozlangan qurollarni ishlab chiqarish, ulardan foydalanish va qo‘llashning aniq
qoidalari va tamoyillarini xalqaro huquqda mustahkamlash zarur, so‘ng ayrim SI bilan
jihozlangan qurollarning turlarini tanlab ta’qiqlash kerak degan fikrni ilgari suramiz.
Mazur ikki bosqich amalga oshirilmasa, SI bilan jihozlangan barcha qurollarni
butunlay taqiqlash zarurdir. Shuni aytishimiz mumkinki, SI bir davlatning jinoyat
qonunchiligi bilan tartibga solish samarasi, xalqaro maydonda tartibga solish bilan bir
vaqtda bo‘lishi lozim. Chunki SI va u orqali ishlovchi texnologiyalar bu global xavfdir.
SIni tartibga solish uchun xalqaro normativ tusdagi hujjat ishlab chiqilishi va barcha
uchun majburiy tusga ega bo‘lishi kerak. Normativ quyidagi qoidalarni o‘z ichiga
olishi kerak:

SI texnologiyalarini xalqaro maydonda tartibga soluvchi maxsus organ tuzilishi

asoslari, huquqlari va majburiyatlarini belgilash

SI bilan jihozlangan qurollarning ayrim turlarini tanlab ta’qiqlash;
SI bilan jihozlangan quroldan foydalanishning aniq qoida va tamoyillari;
SI bilan jihozlangan qurollardan foydalanish tartib qoidalari;
SI bilan jihozlangan qurollardan noqonuniy, xalqaro huquqqa zid holda

foydalanganlik uchun javobgarlik qoidalari.







background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

199

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Alarie B., Aidid A. The Legal Singularity: How Artificial Intelligence

Can Make Law Radically Better. University of Toronto Press. 2023. 226 pages.

2.

Abbosov M.M. Jinoyat qonunchiligida sun’iy intellekt tushunchasi va

ijtimoiy xavfliligi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolari №4 (5) –
Toshkent-2025. 375 – 382-betlar. https://doi.org/10.47390/SPR1342V5I4Y2025N58

3.

Hubig C. Benefits and Limits of Autonomous Systems in Public Security

// European Journal for Security Research. 2019. P. 1–13.

4.

Turing A.M. “Intelligent Machinery” a Report. London: National physical

laboratory. 1948. 23 pages.

5.

Бозаров С.С. Сунъий интеллект доирасида ҳуқуқий жавобгарлик.

Дис… ю.ф.д. Тошкент – 2023 й. 242 бет.

6.

Морхат П. М. Искусственный интеллект: правовой взгляд: научная

монография. М., 2017. 257 с.

7.

Мосечкин И. Н. Искусственный интеллект в уголовном праве:

перспективы совершенствования охраны и регулирования: [монография]. –
Киров: Вятский государственный университет, 2020. – 111 с.

8.

Отажонов А.А. Сунъий интeллeкт: жиноий жавобгарлик ва

қонунчиликни тартибга солиш истиқболлари // Юрист ахборотномаси – Вестник
юриста – Lawyer herald. № 6 (2024), Б. 54-69.


Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

Alarie B., Aidid A. The Legal Singularity: How Artificial Intelligence

Can Make Law Radically Better. University of Toronto Press. 2023. 226 pages.

Abbosov M.M. Jinoyat qonunchiligida sun’iy intellekt tushunchasi va

ijtimoiy xavfliligi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolari №4 (5) –

Toshkent-2025. 375 – 382-betlar. https://doi.org/10.47390/SPR1342V5I4Y2025N58

Hubig C. Benefits and Limits of Autonomous Systems in Public Security

// European Journal for Security Research. 2019. P. 1–13.

Turing A.M. “Intelligent Machinery” a Report. London: National physical

laboratory. 1948. 23 pages.

Бозаров С.С. Сунъий интеллект доирасида ҳуқуқий жавобгарлик.

Дис… ю.ф.д. Тошкент – 2023 й. 242 бет.

Морхат П. М. Искусственный интеллект: правовой взгляд: научная

монография. М., 2017. 257 с.

Мосечкин И. Н. Искусственный интеллект в уголовном праве:

перспективы совершенствования охраны и регулирования: [монография]. –

Киров: Вятский государственный университет, 2020. – 111 с.

Отажонов А.А. Сунъий интeллeкт: жиноий жавобгарлик ва

қонунчиликни тартибга солиш истиқболлари // Юрист ахборотномаси – Вестник

юриста – Lawyer herald. № 6 (2024), Б. 54-69.