Annotasiya: O’z-o’zidan ma’lumki agressiyani keltirib chiqaruvchi sabablar
mavjud. Tadqiqotchilar agressiyani keltirib chiqaruvchi sabablarga subektiv omillarni
keltirib o’tganlar. Bular: tarixiy xotira, qasd olish udumlari, ayrim diniy oqimlar
(fanatizm, ekstremizm g’oyalari), ommaviy axborot vositalari (ayniqsa, televideniye),
ayrim siyosatchilarning individual axloqiy jihatlarining bevosita ta’sir etish
imkoniyatlarini ta’kidlaydilar.