Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
177
ESG ASOSIDA BARQAROR BOSHQARUV VA KORPORATIV
MAS’ULIYAT: O‘ZBEKISTON AKSIYADORLIK JAMIYATLARINING
XALQARO HAMKORLIK IMKONIYATLARI
Urinov Bobur Nasilloyevich
Innovatsion menejment kafedrasi mudiri
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Annotasiya:
Ushbu maqolada O‘zbekiston aksiyadorlik jamiyatlarida ESG
(ekologik, ijtimoiy va boshqaruv) tamoyillariga asoslangan barqaror boshqaruv
tizimini shakllantirishning hozirgi holati, muammolari va xalqaro hamkorlik asosidagi
istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqotda 2020–2024 yillarga oid yillik hisobotlar, xalqaro
ESG standartlari hamda Yevropa Ittifoqi va xalqaro moliyaviy institutlar bilan
hamkorlikdagi loyihalar tahlil qilindi. Muallif ESG indikatorlari asosida korporativ
mas’uliyat va barqaror boshqaruvni kuchaytirish uchun maxsus monitoring agentligi
tashkil etish, davlat-xususiy sheriklik asosida ta’lim markazlari ochish va ESG
hisobotlarini qonunchilik orqali tartibga solish bo‘yicha takliflar ishlab chiqlgan.
Kalit so‘zlar:
ESG, korporativ boshqaruv, SDG (barqaror rivojlanish
maqsadlari), CSR (korporativ ijtimoiy mas’uliyat), yashil obligatsiyalar, strategik
boshqaruv.
So‘nggi yillarda ekologik, ijtimoiy va boshqaruv (ESG – Environmental, Social,
and Governance) mezonlari global korporativ boshqaruv amaliyotlarining ajralmas
tarkibiy qismiga aylangan. Ular faqatgina kompaniyalarning ichki boshqaruv
samaradorligini oshirish bilangina cheklanmay, balki sarmoyadorlar, moliyaviy
institutlar, xalqaro reyting agentliklari va tartibga soluvchi organlar uchun ham asosiy
baholash mezoni bo‘lib xizmat qilmoqda. ESG indikatorlari hozirgi kunda kompaniya
qiymatini, bozordagi obro‘sini va barqaror rivojlanish salohiyatini belgilovchi eng
muhim omillardan biri sifatida tan olinmoqda.
Ayniqsa, iqlim o‘zgarishlari, resurslarning cheklanganligi, inson huquqlari va
shaffoflik kabi dolzarb global chaqiriqlar fonida, ESG yondashuvi xalqaro maydonda
faoliyat yurituvchi kompaniyalar uchun raqobatbardoshlikning yangi ko‘rinishiga
aylanmoqda. Ushbu tamoyillar orqali kompaniyalar o‘z manfaatdor tomonlari –
aksiyadorlar, xodimlar, mijozlar, jamiyat va davlat bilan ishonchli va uzoq muddatli
munosabatlar o‘rnatishga intilmoqda.
O‘zbekiston sharoitida ham ESG mezonlariga asoslangan korporativ boshqaruv
masalalari so‘nggi yillarda davlat siyosati va islohotlar doirasida alohida e’tibor
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
178
qaratilayotgan yo‘nalishlardan biri bo‘lib bormoqda. Jumladan, Prezidentning “Yashil
makon”, “Yashil energiya” va “O‘zbekistonda barqaror rivojlanish” kabi tashabbuslari
orqali ekologik barqarorlik va ijtimoiy mas’uliyatli investitsiyalar uchun qulay
sharoitlar yaratilmoqda. Shu bilan birga, 2023–2026 yillarga mo‘ljallangan Davlat
korxonalarini isloh qilish strategiyasi ham korporativ boshqaruv tizimida ESG
standartlarini joriy etishni ko‘zda tutadi.
Aksiyadorlik jamiyatlari (AJ) esa bu jarayonlarning markazida turibdi. Ular
davlat va xususiy sektor integratsiyasi nuqtai nazaridan muhim vosita bo‘lib, ko‘plab
xalqaro moliyaviy institutlar bilan aloqada bo‘lgan, fond bozori orqali kapital jalb
qiluvchi subyektlardir. Shu sababli ESG indikatorlari asosida ularning korporativ
mas’uliyatini kuchaytirish nafaqat tashqi sarmoya jalb qilish imkoniyatlarini
kengaytiradi, balki ularning barqaror rivojlanish va xalqaro standartlarga
integratsiyalashish darajasini oshiradi.
Mazkur tadqiqotda tizimli tahlil va kontent-tahlil usullari orqali O‘zbekistonda
faoliyat yurituvchi aksiyadorlik jamiyatlarining ESG mezonlariga moslashuv darajasi
o‘rganildi. Buning uchun 2020–2024 yillarda qabul qilingan strategik hujjatlar, xalqaro
ESG reyting agentliklari tahlillari va “Toshkent RFB” da ro‘yxatdan o‘tgan
kompaniyakar yillik hisobotlari tahlil qilindi. Shuningdek, xalqaro tajribadan –
Yevropa Ittifoqi, Yaponiya, Janubiy Koreya va Singapurdagi ESG asosli boshqaruv
modelalari o‘rganildi.
O‘zbekiston aksiyadorlik jamiyatlarining (AJ) ESG mezonlariga muvofiqligi
bo‘yicha o‘tkazilgan kontent-tahlil natijalari ularning bu boradagi faoliyatlari hali
boshlang‘ich bosqichda ekanligini ko‘rsatdi. Jumladan, tahlil qilingan 20 ta yirik
AJning faqat 5 tasida ekologik va ijtimoiy ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan to‘liq yillik
hisobot mavjud bo‘lib, bu umumiy ko‘rsatkichning atigi 25 foizini tashkil etdi.
Shuningdek, kompaniya kuzatuv kengashlarida mustaqil direktorlar ulushi
o‘rtacha 12–15 foiz atrofida bo‘lib, xalqaro tajribada qabul qilingan 30 foizlik mezonga
nisbatan ancha past darajada. Bunday holat korporativ qarorlar qabul qilishda xolislik
va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha samaradorlikni cheklaydi.
Gender balansi masalasida ham sustlik mavjud: kompaniya boshqaruv
kengashlarida ayollar ulushi 10 foizdan oshmaydi, bu esa BMTning 5-sonli Barqaror
rivojlanish maqsadi (gender tengligi)ga zid holat hisoblanadi. Ekologik
indikatorlarning ochiqligi esa 22 foiz darajasida bo‘lib, faqat bir necha kompaniya
atrof-muhitga ta’siri, energiya sarfi va chiqindilar haqida alohida hisobot taqdim etadi.
Shu bilan birga, xalqaro hamkorlik aloqalari mavjud bo‘lsa-da, ularning ESG
yondashuvlarini to‘laqonli joriy etishdagi hissasi hali cheklangan. Misol uchun,
Yevropa Ittifoqi, Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB), va UNDP bilan bog‘liq loyihalarda
ishtirok etilgan, biroq bu loyihalar odatda loyiha darajasida qolib, tizimli korporativ
o‘zgarishlarga olib kelmayapti.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
179
Quyidagi jadvalda O‘zbekiston aksiyadorlik jamiyatlarining ESG indikatorlari
bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlari xalqaro standartlar bilan taqqoslangan:
Ko‘rsatkich
O‘zbekiston AJ
(o‘rtacha)
Xalqaro standart
(ESG)
Mustaqil direktorlar ulushi
12–15%
≥30%
CSR bo‘yicha yillik hisobotlar
mavjudligi
25%
≥70%
Gender
balansi
(Kengashdagi
ayollar ulushi)
10%
≥40%
Atrof-muhit indikatorlari ochiqligi
22%
≥60%
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, Mustaqil direktorlar ulushi xalqaro me’yordan
deyarli 2 baravar past, CSR hisobotlari ko‘lami atigi 25% bo‘lib, bu kompaniyalarning
ijtimoiy mas’uliyat yondashuvini sust bajarayotganini ko‘rsatadi, Gender balansi
muammosi aniq ko‘rinmoqda: 10% ga teng, bu esa rahbarlik darajasida ayollar
ishtirokini oshirish zarurligini bildiradi, Atrof-muhit indikatorlari ochiqligi ham yetarli
emas, bu ESG bo‘yicha shaffoflikni ta’minlashda qiyinchiliklar borligini anglatadi.
Yuqoridagi natijalar O‘zbekiston aksiyadorlik jamiyatlarida ESG yondashuvining
hali shakllanish bosqichida ekanligini yaqqol ko‘rsatmoqda. Hisobot berishdagi
kamchiliklar, mustaqil direktorlarning yetarli bo‘lmagan ulushi, gender tengligi va
ekologik ochiqlikdagi sustkashliklar ESG tamoyillari kompaniyalar faoliyatida
to‘laqonli integratsiyalashmaganligini bildiradi. Bu esa, o‘z navbatida, investorlarda
ishonchni shakllantirish va xalqaro fond bozorlarida kapital jalb qilish imkoniyatlarini
sezilarli darajada cheklaydi.
Biroq ijobiy tomoni shundaki, O‘zbekistonda ESG bo‘yicha huquqiy va
institutsional asoslar asta-sekin shakllanmoqda. Jumladan, Davlat korxonalarini
transformatsiya qilish strategiyasi, "Yashil obligatsiyalar" bozorini rivojlantirish
tashabbuslari, va “O‘zbekiston – 2030” strategik rivojlanish dasturi ESG
yondashuvining milliy darajada muhimligini tasdiqlaydi.
Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, ESG indikatorlarining korporativ boshqaruv
kodeksiga majburiy element sifatida kiritilishi kompaniyalarning barqarorlik,
shaffoflik va ijtimoiy mas’uliyatini kuchaytiradi. Masalan, Yevropa Ittifoqida ESG
hisobotlari 2024 yildan boshlab barcha yirik kompaniyalar uchun majburiy bo‘ladi
(CSRD – Corporate Sustainability Reporting Directive). Xuddi shunday, Janubiy
Koreya kompaniyalari 2025 yilgacha ESG hisobotlarini to‘liq joriy etishi shart.
O‘zbekiston AJlari uchun bu kabi tajribalardan o‘rnak olib, bosqichma-bosqich ESG
amaliyotlarini joriy etish strategiyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Shuningdek, xalqaro moliyaviy institutlar – Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki
(EBRD), Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC), BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) bilan
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
180
hamkorlikni kuchaytirish orqali quyidagi yo‘nalishlarda ESG salohiyati
mustahkamlanishi mumkin:
ESG
bo‘yicha
hisobot
standartlari,
atrof-muhit
baholash
metodologiyalari, va ta’lim dasturlari ishlab chiqilishi.
Yashil obligatsiyalar, barqaror kredit liniyalari va ijtimoiy mas’uliyatli
investitsiyalar.
Davlat ishtirokidagi AJlarda ESG bo‘yicha ichki siyosatlar, audit
komissiyalari va tashqi baholovchilar tizimini yo‘lga qo‘yish.
Shu tarzda, ESG indikatorlari asosida barqaror boshqaruvni shakllantirish
O‘zbekiston
AJlarining
xalqaro
investitsiya
maydonidagi
pozitsiyasini
mustahkamlaydi, sarmoyadorlar bilan shaffof va uzoq muddatli aloqalarni yo‘lga
qo‘yadi hamda SDG (Barqaror rivojlanish maqsadlari)ga erishishdagi milliy sa’y-
harakatlarga xizmat qiladi.
O‘zbekiston aksiyadorlik jamiyatlarida ESG (Ekologik, Ijtimoiy va Boshqaruv)
yondashuvining joriy holati shuni ko‘rsatadiki, bu tizim hali rivojlanishning
boshlang‘ich bosqichida. Tahlillar natijasiga ko‘ra, ESG indikatorlari bo‘yicha hisobot
berish darajasi past, mustaqil direktorlar va ayollar ulushi yetarli emas, hamda ekologik
shaffoflikning pastligi kompaniyalarning barqaror rivojlanish strategiyalarini
cheklamoqda. Biroq mavjud tashabbuslar – davlat strategiyalari, xalqaro institutlar
bilan hamkorlik va normativ-huquqiy bazaning shakllanishi – kelgusida bu yo‘nalishni
samarali rivojlantirish uchun zarur asosni yaratmoqda.
Shu munosabat bilan, quyidagi strategik takliflar ilgari suriladi:
Yillik ESG hisobotlarini baholovchi va kompaniyalarni reytinglovchi
mustaqil ESG Monitoring Agentligini tashkil etish lozim. Bu agentlik xalqaro
metodologiyalar asosida ishlaydi va ochiqlikni ta’minlaydi.
“Yashil obligatsiyalar” va “barqaror kreditlar”ni jalb etish uchun xalqaro
moliyaviy institutlar (IFC, EBRD, ADB) bilan texnik va moliyaviy sheriklikni
kuchaytirish zarur. Bu orqali AJlar xalqaro kapital bozorlariga ESG asosidagi chiqish
imkoniyatiga ega bo‘ladi.
ESG bo‘yicha ta’lim va akkreditatsiya markazlari tashkil etilishi kerak.
Ular menejerlar, direktorlar kengashi a’zolari va hisobot tayyorlovchilarni o‘qitadi va
sertifikatlaydi. Bu markazlar BMT va Yevropa ittifoqi grantlari asosida faoliyat
yuritishi mumkin.
Kompaniyalar uchun ESG indikatorlari asosida hisobot berishni qonuniy
majburiyat sifatida belgilash zarur. Bu moliyaviy hisobotlar kabi nazorat qilinadigan
holatga aylanishi kerak.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
181
O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan, masalan “Strategik ochiqlik
indeksi”, “Korporativ mas’uliyat indeksi” kabi indikatorlar ishlab chiqilishi ESGga
lokal yondashuvni kuchaytiradi.
Ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi O‘zbekiston aksiyadorlik
jamiyatlarining investitsion jozibadorligini oshiradi, xalqaro reytinglar va
indekslardagi pozitsiyasini mustahkamlaydi, eng asosiysi – barqaror iqtisodiy o‘sish
va ijtimoiy javobgarlikka asoslangan biznes muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.
Natijada, O‘zbekiston global ESG me’zonlariga moslashgan holda SDG – Barqaror
rivojlanish maqsadlariga muvofiqlikni ta’minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон – стратегияси. – Т.: “Ўзбекистон”, 2021.
2.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “2023–2026 йилларда давлат
корхоналарини трансформация қилиш стратегияси тўғрисида”ги Фармони. –
Тошкент, 2023.
3.
EBRD. Transition Report: Business Environment and ESG. – London, 2023.
4.
ESG va moliyaviy barqarorlik: O‘zbekiston moliya bozorlari kontekstida. //
Iqtisodiyot va ta’lim
– 2024. – №1.
5.
European Bank for Reconstruction and Development (EBRD). ESG Integration in
Transition Economies. – London: EBRD, 2023.
6.
European Commission. Corporate Sustainability Reporting Directive (CSRD). –
Brussels: EC, 2023.
7.
IFC. ESG Integration in Emerging Markets. – Washington: IFC, 2023.
8.
IFC. Performance Standards on Environmental and Social Sustainability. –
Washington: IFC, 2022.
9.
Ionescu, L. ESG Factors and Corporate Sustainability. //
Journal of Risk and
Financial Management
. – 2022. – T. 15. – №2. – B. 72.
10.
OECD. Corporate Governance and Green Finance. – Paris, 2022.
11.
UNDP Uzbekistan. ESG-based Public-Private Partnership Toolkit. – Tashkent,
2023.
12.
UNDP Uzbekistan. National ESG Strategy Framework. – Tashkent: UNDP, 2023.
13.
UNDP Uzbekistan.
Sustainability Reporting in Uzbek Corporations
. – Tashkent,
2023.