Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
364
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING
OG‘ZAKI NUTQINI RIVOJLANTIRISH
Sadriddinova Zulfiya Mirzaliyevna
Qo‘qon universiteti Ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki va yozma nutqini
rivojlantirishda darslarning, ayniqsa ona tili va o‘qish fanlarining ahamiyati yoritilgan.
Nutqning tafakkur bilan uzviy bog‘liqligi, uni rivojlantirishdagi mantiqiy fikrlash,
mustaqil mulohaza yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayoni izchil ko‘rsatilgan.
Shuningdek, o‘quvchilar so‘z boyligini oshirish, talaffuz, sinonimlar bilan ishlash,
matn ustida mulohaza yuritish orqali og‘zaki ifoda madaniyatini shakllantirishning
amaliy
yo‘llari
tavsiflangan.
Maqolada
bolalarning
nutq
ko‘nikmalarini
mustahkamlash, ularni sog‘lom, fikrlovchi va barkamol shaxs etib tarbiyalashga
xizmat qiluvchi metodik tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
nutq, og‘zaki, o‘quvchi, boshlang‘ich ta’lim, metod, pedagog,
darslik, o‘qish
Annotation
This article In particular, it highlights the role of school subjects—especially the
native language and reading—in improving the oral and written speech of primary
school students. The inseparable link between speech and thinking, the development
of logical reasoning, and the ability to express independent opinions are systematically
discussed. Practical methods for enriching students' vocabulary, improving
pronunciation, working with synonyms, and engaging in text-based reflection to
enhance oral expression culture are also outlined. Special attention is given to teachers’
approaches, methodology, the use of technical tools, and the importance of continuity
in speech development. The article provides methodological recommendations aimed
at strengthening children's speech skills and fostering their growth into healthy,
thoughtful, and well-rounded individuals.
Keywords:
speech, oral, student, primary education, method, teacher, textbook,
reading
“O‘zbekiston – Yoshlar Mamlakati”. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
Miromonovich mamlakatamiz yoshlari haqida shunday fikrlar aytgan edi.
“Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib
kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz yoshlarning o‘z salohiyatini
namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat. Har qanday davlatning
tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga
erishishi, xalqning farovon bo‘lishi osha davlatda yoshlar ta’lim - tarbiyasi va
kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq. Shu ma’noda, O‘zbekistonda yoshlar
masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi”
1
.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev. BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi.
24-iyul.2019-y. strategy.uz
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
365
Bolaning ilk yoshidanoq unda og‘zaki nutq rivojlanadi uni shakllantirib boyitib
borish ota-ona, tarbiyachi ustozlar zimmasiga katta ma’suliyat yuklaydi. Bunda har bir
bola uchun alohida nutq o‘stirish bo‘yicha mashq va mashg‘ulotlar olib boriladi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar barcha darslar davomida nazariy va amaliy
bilimlarni olish bilan birga jumlalarni to‘g‘ri tuzish, o‘zaro muomala qoidalari, fikrni
bayon etish, qayta ijodiy hikoyalash, she’r yodlash orqali ularning o‘gzaki nutq
ko‘nikmalari ham rivojlantirib boriladi. Nutqni tafakkurdan ajratib bo‘lmaydi, nutq
tafakkur asosida rivojlanadi. O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi
Qonuni amaliyotga keng joriy qilinmoqda
2
. So‘nggi yillarda mamlakatimiz xalq ta’limi
tizimida ham mustaqil chuqur islohotlar o‘tkazishga keng imkoniyatlar berilmoqda.
Shunday islohotlardan biri o‘quvchilarning nutq madaniyatini takomillashtirishga
qaratilgandir. Bola nutqining to‘g‘ri shakllanishi asosan boshlang‘ich maktabda izga
solinadi va u o‘rta maktabga o‘tganida to‘laligacha takomillashadi
3
. Boshlang‘ich
ta’limda o‘qish savodxonligi fanining maqsad va vazifalari. Bola o‘qish tehnikasini
egallash uchun avallo, uning savodxonlik darajasini oshirish, og‘zaki va yozma nutqini
rivojlantirish, to‘g‘ri talaffuz etishni o‘rgatish kerak. Dastlab tanish, keyin notanish
matn ifodali o‘qitilib, o‘quvchidagi shuningdek, o‘zgalar nutqini tinglab, tushunib
olish asosiy maqsad hisoblanadi. O‘quvchining 10 daqiqadan 4 – 5 sahifali matnni
o‘qib, qayta so‘zlab bera olishi, o‘zgalar fikrini anglab, uni og‘zaki bayon qila olishi
mumkin. Bola nutqining rivoji ko‘p jihatdan uning ruhiyatiga, sog‘lom, tetik o‘sishiga,
axloqiy sifatlariga maktab o‘quv dasturini o‘zlashtirishda me’yorni ta’minlashi darslik
bilan hamohangligini belgilaydi.
Nutq – kishi faoliyatining turi, til vositalari asosida tafakkurini ishga solishdir.
Nutq o‘zaro aloqa va xabar funksiyasini, o‘z fikrini his-hayajon bilan ifodalash va
boshqalarga ta’sir etish vazifasini bajardi. Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishining
aktiv faoliyatining muhim vositalaridan biridir, o‘quvchi uchun esa nutq maktabda
muvaffaqiyatli ta’lim olish qurolidir. Modomiki, shunday ekan, ta’lim jarayonini
shunday tashkil etish kerakki, toki o‘quvchilar bilim olish bilan birgalikda, ta’lim
jarayonining obyekti bo‘lib qolmasdan, ta’lim jarayonida o‘qituvchining teng
hamkoriga aylansin va mustaqil fikrlay olish malakasini ham egallab borsin. Hayot
jumboqlarini, tabiat tug‘dirgan muammolarni o‘rganish, ularga tegishli javob topish
istagi, yana ham to‘g‘rirog‘i, baxt-saodatga erishish muammosi, insonning o‘zini va
olamni bilishga bo‘lgan qiziqishi asrlar mobaynida fikrlashga, o‘z fikrlarini mantiqiy
asoslashga da’vat qilib keladi. Sharq allomalari asarlarida bu muammoga alohida
to‘xtalib o‘tilgani bejiz emas. Zero, mustaqil, ongli faoliyat yuritadigan insongina o‘z
xalqi, Vatani, ota-onasi oldidagi burchini uddalay oladi va har qanaqa yot ta’sirlarga
berilib ketmaydi, inson degan ulug‘ nomga munosib ish ko‘radi. Sharq va G‘arb
olimlari bu muammoni o‘zlari yashab o‘tgan davr ijtimoiy muhitidan kelib chiqqan
holda yechishga harakat qilganlar. So‘nggi davrlarga mansub olimlarning asarlarida
esa ilmiylik uslubi ustunlik qiladi
4
. O‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun o‘qituvchilar,
2
Ta’lim to‘g‘risidagi qonun QRQ-637-son. 23.09.2020-LEX.UZ
3
Madrahimov O‘. Boshlang‘ich sinf O‘quvchilarini nutqini O‘stirish.T. 2016.
4
O‘zbek tilining izohli lug‘ati — M.: 2006-y. 2 – tom. – B.652.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
366
o‘quvchilarning talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilish va bog‘lanishi nutqni faol
egallashlarida yordam beradigan metod va usullardan foydalanish kerak bo‘ladi.
Bolani kichik yoshdanoq ravon tilda gapirishga, fikrni erkin bayon qilishga o‘rgatib
borish muhim. Bola nutqining uzviy rivojlanish bosqichlariga nazar tashlasak, 2 yoshli
bola taxminan 25 – 40; 3 yoshli bola 100 – 120; 6 – 7 yoshli bola esa 300 – 400 so‘z
boyligiga ega bo‘ladi. Bolaning so‘z boyligini oshirish uchun ko‘proq kim?, nima?,
qanday?, qanaqa?, nechta?, nima qildi? Yoki nima qilmoqda? – degan savollar
sinflarida o‘tiladigan yozuv va o‘qish darslari tashkil etadi.
Shuningdek 2021-yilda o‘tkazilgan PIRLS xalqaro baholash dasturida 70 ga
yaqin davlatlar qatorida mamlakatimizdagi 4-sinf o‘quvchilari ham ilk marotaba
ishtirok etdi. Har besh yilda o‘tkaziladigan PIRLS dasturi 4-sinf o‘quvchilarining o‘qib
tushunish ko‘nikmasini xalqaro darajada baholaydi. Tadqiqot doirasida asosiy e’tibor
o‘zlashtirilgan ma’lumotlarni qanday qilib qo‘llay olish qobilyatlarini namoyon
qilishga qaratilgan. O‘quvchi bu jarayonning faol qatnashuvchisi bo‘lib, ma’no
yaratadi, matn ustida mulohaza yuritadi va ushbu mulohazalar asosida og‘zaki fikrini
namoyon qiladi. Tadqiqotning afzalligi shundaki bola mantiqan mulohaza yuritmoqda
ham og‘zaki fikrlashi ko‘nikmalari rivojlanmoqda. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar
barcha darslar davomida nazariy va amaliy bilimlarni olish bilan birga jumlalarni
to‘g‘ri tuzish, o‘zaro muomla qoidalari fikrni bayon etish qayta ijodiy hikoyalash, she’r
yodlash orqali og‘zaki nutq ko‘nikmalari ham rivojlantirib boriladi. Nutqni
tafakkurdan ajratib bo‘lmaydi, nutq tafakkur asosida rivojlanadi. Ona tili darslari
bolalar lug‘atini boyitishga samarali yordam beradi nutqni tuzishga o‘rgatadi. O‘qish
darsi va u bilan bog‘liq holda olib boriladigan ekskursiya o‘quvchilarga tabiat
hodisalari, kishilar hayoti va mehnati haqida bilim beradi. Matematika darslarida
bolalar yangi tasavvur va tushunchalar, juda ko‘p so‘z va terminlar bilan o‘z nutqilarini
boyitadilar, mantiqiy fikrlaydilar
5
. Boshlang‘ich sinfdagi boshqa darslarda ham
o‘quvchi nutqi xilma-xil so‘zlar bilan boyitiladi. Inson tafakkurining beqiyos
kengliklari xususida “Qur’oni Karim” va “Avesto”da diniy asosda talqin qilingan
bo‘lsa, o‘rta asrlarda yashab ijod etgan Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy kabi
qomusiy olimlar ilmiy-badiiy usulda talqin qilganlar
6
. So‘nggi davrlarga mansub
olimlarning asarlarida esa ilmiylik uslubi ustunlik qiladi.
Nutq rang-barang ifodali tovushlarning majmuasidan iborat. Bu tovushlar
harakati natijasida paydo bo‘ladi. Shuning uchun nutq organlari fiziologiyasini,
ularning faoliyatini turli-tuman nutq tovushlarining paydo bo‘lish manbalarini
o‘rganish va ulardan ongli foydalana bilish talaffuzning aniq va to‘g‘riligini
taʻminlovchi omillardan biridir. Shuning uchun ham o‘quvchilar bilan so‘z va uning
maʻnolarini egallash ustida uzluksiz ish olib borish lozim. Bunda sinonim so‘zlarni
doimiy ravishda tadrijiy tarzda o‘quvchining nutqiga singdirish alohida ahamiyatga
ega. Masalan: yuz, yashil, ixcham, dumaloq, aft, zangori, kichkina, aylana, bashara,
ko‘k, jajji, lo‘nda, o‘qituvchi so‘zlar matnning zaruriy elementlari ekanligini
o‘quvchilarga singdirib borishni unutmasligi kerak.
5
A.N.Aminov, A.M.Majidov. Tarbiya (ota-onalar va murabbiylar uchun ensklopediya) ”Davlat” 2010.
6
Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri. – T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993. – B.224.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
367
O‘quvchilarni og‘zaki bayonga tayyorlash yuzasidan umumiy nutqqa xos bir
qator maxsus ishlar olib borilgandan so‘ng uyushtirilgan amaliy mashg‘ulotlar
o‘quvchi og‘zaki nutqnning alohida takomillashishiga yordam berish kerak. Bunda
ayniqsa o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim. So‘zlarning ma‘nosini tushunishlari qiyin
bo‘lsa, sinonimlardan foydalanish juda muhimdir.
Nutq o‘stirish ishida izchillik bo‘lish, ya‘ni bola maktabga kelgan kundan
boshlab, uning nutqidagi nuqsonlarni aniqlash va uni bartaraf etish yo‘llarini belgilash
muhim axamiyatga ega. Bola nutqini rivojnishiga vositalar izlash, rasmlar texnik
vositalar, kitoblar tanlash, sayr-sayohatlar tashkil qilish, baxslar o‘tkazish kabi tadbirni
amalga oshirish zarur. Bolaning so‘z boyligini oshirish yo‘llarini izlash, unga
muntazam ravishda yangi so‘z, eng kamida 4-5 ta yangi so‘z o‘rgatib borish muhimdir.
So‘zlarning ma’nosini va qo‘llanishini o‘quvchilarning nutqiga singdirish ham muhim
azaliy ahamiyatga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh.
Assambleyasining 72 - sessiyasida so‘zlagan nutqi.
2. Ta’lim to‘g‘risidagi qonun QRQ-637-son 23.09.2020.
3. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dastiri.Toshkent-2010.
4. Abdullayeva Q. va boshqalar 2-sinfda O‘qish darslari – T: 2004. Safarova R.,
Darslik T :Ma’naviyat 2016. G‘offorova T., va boshqalar
5. O‘. Boshlang‘ich sinf O‘quvchilarini nutqini O‘stirish.T. 2016
6. O‘qish kitobi : Umumiy O‘rta ta’lim maktablarining 1 - sinf uchun darslik - Sharq
nashriyot - matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati Toshkent -
8. Shoxsanamxon, N. (2025, January). FARG ‘ONA DAVLAT PEDAGOGIKA
INSTITUTINING
TASHKIL
TOPISH
TARIXI.
In INTERNATIONAL
CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION (Vol. 2, No. 1, pp.
21-25).
9. Mirzaliyevna, S. Z., & Muxlisaxon, V. (2024). BOSHLANG ‘ICH SINLARDA
NUTQIY XATOLARNI BARTARAF ETISHNING USULLARI. University
Research Base, 441-444.