Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
358
XALQ O‘YINLARI – MA’NAVIYAT MANBAI VA TARBIYA MAKTABI
Davlatova Saidaxon Tojimuxammadovna
Qo‘qon Universiteti Ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi
ANNOTATSIYA.
Mazkur maqolada xalq og‘zaki ijodining muhim bo‘g‘ini
bo‘lgan xalq o‘yinlarining tarbiyaviy ahamiyati, ularning milliy o‘zlikni anglash,
ma’naviy merosni saqlash va yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashdagi o‘rni
yoritilgan. Muallif xalq o‘yinlarining ildizlari chuqur tarixiy, madaniy va ijtimoiy
asosga ega ekanligini ta’kidlab, ularning shakllanishi totemistik va anmistik
qarashlarga borib taqalishini ilmiy dalillar bilan ko‘rsatadi. “Alpomish”, “Shohnoma”
kabi dostonlar hamda tarixiy manbalar orqali xalq o‘yinlarining shakli, mazmuni va
tarbiyaviy yo‘nalishlari ochib beriladi. Ayniqsa, ot, o‘q-yoy, chavandozlik, merganlik
kabi o‘yinlar vositasida yosh avlodda jasorat, fidoyilik, jismoniy tayyorgarlik kabi
fazilatlar shakllantirilganiga urg‘u beriladi.
Kalit so‘zlar:
Milliy mustaqillik, ma’naviy-axloqiy tarbiya, xalq og‘zaki ijodi,
xalq o‘yinlari, urf-odat va an’analar, jismoniy tarbiya, totemizm va a’nimizm,
qahramonlik dostonlari, ovchilik va chavandozlik, bolalar tarbiyasi, madaniy meros,
merganlik va o‘q-yoy.
АННОТАЦИЯ.
В данной статье рассматривается воспитательное значение
народных игр как важной составляющей устного народного творчества
узбекского народа. Автор подчеркивает глубокие исторические, культурные и
социальные корни этих игр, связывая их происхождение с анимистическими и
тотемистическими представлениями древности. На основе героических эпосов
(“Алпомиш”, “Шахнаме”) и исторических источников раскрывается смысл и
структура народных игр. Особое внимание уделяется играм, связанным с
верховой ездой, стрельбой из лука, ловкостью и смелостью, подчеркивая их роль
в формировании духовно и физически крепкого молодого поколения.
Kлючевые слова
: Национальная независимость, нравственно-духовное
воспитание, устное народное творчество, народные игры, обычаи и традиции,
физическое воспитание, тотемизм и анимизм, эпические поэмы, охота и верховая
езда, воспитание детей, культурное наследие, меткость и стрельба из лука.
ANNOTATION
. This article explores the educational and cultural value of
Uzbek folk games as a significant element of oral folklore. The author emphasizes the
historical, cultural, and social depth of these games, tracing their origins to animistic
and totemic beliefs of ancient times. Using heroic epics such as “Alpomish” and
“Shahnameh”, along with historical records, the article illustrates the structure, content,
and educational direction of traditional games. Special focus is given to games
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
359
involving horseback riding, archery, and physical prowess, highlighting their role in
fostering bravery, discipline, and moral development among the youth.
Keywords:
National independence, moral and spiritual education, folk oral
literature, traditional games, customs and traditions, physical education, totemism and
animism, heroic epics, hunting and horsemanship, child upbringing, cultural heritage,
archery and marksmanship.
Milliy mustaqillikka erishish tub o‘zgarish sifatida oilada va ta’lim
muassasalarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini xalq og‘zaki ijodi janrlarining
yetakchi janrlaridan biri bo‘lgan xalq o‘yinlari vositasida ma’naviy- axloqiy
tarbiyalash borasida ham jiddiy o‘zgarishlar qilishni taqozo etmoqda. Ayniqsa,
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ta’lim va tarbiyaning tub maqsadi kuchli fuqarolik
jamiyatining barpo etilishiga xizmat qilishi asosiy maqsadimiz ekanligi Sharqona
tarbiya mazmunida his etilishi zaruriyati mavjuddir.
O‘zbek xalq madaniyatining tarkibiy qismi hisoblangan xalq o‘yinlari, xalq
ma’naviyati va madaniyati yangi avlodni shakllantirish va ular orasida sog‘lom
turmush tarzini yaratishda alohida o‘rin tutadi. Zero, ma’naviyat –insonni ruhan
poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini
baquvvat, iymon-e’tqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch,
uning barcha qarashlarining mezonidir
1
. O‘rganilgan ilmiy–uslubiy va maxsus adabiy
manbalarning tasdiqlashicha, ajdodlarimizning madaniy taraqqiyoti ijtimoiy –
iqtisodiy, siyosiy va maishiy rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Bu esa
qadimda ham xalqimizning madaniy turmush tarzi rivojlanganligidan dalolat beradi.
Har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va
an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada,
tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘xna tarixiy yodgorliklar eng muhim
omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi
2
. O‘zbek xalq dostonlari ham shunday omillardan
biridir. Bu dostonlardagi Gʻirot, Boychibor, Jiyronqush, Majnunuko‘r kabi ot
obrazlarining nufuzli o‘rin tutishi ot totemi naqadar kuchli bo‘lganligidan dalolat
beradi. Shunday qilib, tabiat va hayot haqida yuzaga kelgan ibtidoiy tushuncha va
e’tiqodlar animistik hamda totemistik qarashlarni vujudga keltirgan. Tarixiy
manbalarga qaraganda, quyi poliolit davrida yer yuzasining shimoliy qismida totemga
oid “Ayiq bayramlari” ham bo‘lgan. Totem ayiqqa bag‘ishlangan afsonalarda bu
bayram haqida ba’zi ma’lumotlarni o‘qish mumkin. Ayiq bayramining variantlari va
elementlari Sibir xalqlarining ba’zilarida XX asr boshlarida ham saqlangan va bunday
bayramlarda ayiq timsolidagi kishi bosh qahramon bo‘lib, u ayiqning qiliqlarini bajarib
1
Юксак маънавият - енгилмас куч, И. А. Каримов, 28 бет
2
Юксак маънавият - енгилмас куч, И. А. Каримов, 28 бет
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
360
raqsga tushadi
3
. O‘rta Osiyoda esa “Ayiq o‘yini” hozirgi davrgacha yetib kelgan,
O‘zbekiston hududida shuningdek, Turkiya, Hindiston mamlakatlari hamda
Kavkazorti respublikalarining ayrim shahar ko‘chalarida ayiq o‘ynatib yurgan
odamlarni ko‘rish mumkin. Ular odamlar gavjum joylarda kichik tomoshalar ko‘rsatib
yurishadi. Balki bu qadimiy ayiq o‘yinlaridan bizgacha yetib kelgan, totem bayramlar
o‘yinining bir ko‘rinishi bo‘lishi ham mumkin
4
.
Biologik muhit insonning ma’naviy rivoji uchun kerak va ayni paytda zarur.
Shuning uchun ham jamiyat hayotida mehnat o‘yindan ko‘ra katta kuchga ega deb
yuritilgan. Bola o‘ynab rivojlanadi, undagi shartli reflekslar birinchi va ikkinchi
signallar tizimi, doimiy ravishda organizm atrof – muhit bilan o‘zaro faoliyat va
tarbiyaning hal qiluvchi ta’siri paytida tashkil etilgan pedagogik jarayon sifatida
shakllanadi. Shaxsning shakllanish va rivojlanish jarayoni insonning ijtimoiy
tajribasini o‘zlashtirish jarayoni hamdir
5
.
Tarbiya oldindan ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, bolaning ulg‘ayishida
muhim ahamiyatga egadir. Jamiyatdagi tajribani o‘zlashtirishda hal qiluvchi holat
bolaning o‘ziga, uning faolligi, tashqi muhit bilan o‘zaro munosabat doirasiga bog‘liq.
Shuning uchun o‘yin - bu ijodiy faollikni improvizatsion ya’ni tayyorgarliksiz holatida
erkin namoyon qilishdir. O‘zbek xalq o‘yinlari mazmunan g‘oyatda boy, shaklan
xilma-xil bo‘lib, muayyan ijtimoiy tavsifga ega. O‘yinlar xalq tantanalari
tomoshalarining eng yaxshi an’analarini o‘zida jamladi, betakror o‘ziga xosligi va
xususiyatlari bilan milliy madaniyatni nihoyatda boyitdi, avlodlar vorisligining xalq
an’analarini o‘zida mujassamlashtirdi.
Xalq o‘yinlarining paydo bo‘lishini aniqlashda O‘rta Osiyo xalqlariga oid mehnat
va ov qurollari qadimiy inshootlarning qoldiqlari, tog‘dagi konlari va g‘orlar,
qoyalarda ishlangan suratlar asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Ba’zi manbalarda o‘yinlarning ilk vatani sharqiy Afrika deb berilgan bo‘lsa-da,
arxeologiya fanining eng so‘ngi ma’lumotlariga ko‘ra ilk poliolit davrining oxiridan
boshlab O‘rta Osiyoda ibtidoiy odamlar yashay boshlagan.Tarixiy ma’lumotlarga
ko‘ra ibtidoiy odamlar hayotida ovchilik o‘yinlari salmoqli o‘rin tutgan. Ba’zi
ma’lumotlarda o‘yinlar ovdan oldin o‘tkazilishi yozilgan bo‘lsa, boshqalari ovdan
keyingi o‘yinlar haqida fikrlar bayon qilingan.
Agar bu ma’lumotlarni chuqurroq bayon qiladigan bo‘lsak, unda ovchilik
o‘yinlari ovdan oldin ham, undan keyin ham o‘tkazilgan deyish mumkin.
3
Janhunen, Juha.
Tracing the Bear Myth in Northeast Asia
. University of Helsinki, 2001.
4
Dudeck, Stephan.
The Bear Festival in Western Siberia: Ritual Revivals among the Khanty and Mansi
. Arctic
Anthropology, 2011.
5
Vygotsky, L.S.
Play and its Role in the Mental Development of the Child
. Soviet Psychology, 1978.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
361
Ovdan oldingi o‘yinlar ov oldi mashqlari vazifasini o‘tagan hamda jiddiy o‘ziga
xos kichik marosim shaklida uyushtirilgan. Ovdan so‘nggi o‘yinlar ov muvaffaqiyatli
tugagandan so‘ng uyushtirilgan deb taxmin qilishimiz mumkin. Mashhur qomusiy
olim Mahmud Qoshg‘ariyning “Devon-u lug‘otit turk” asarida ov haqida qadimiy
qo‘shiq va termalarni uchratamiz . Qo‘shiqlarda ov qilishning dastlabki namunalari
tasvirlanadi:
Ov qushlarini ushlatib,
Tulki, to‘ng‘iz tishlatib,
Itlarimiz ishlatib,
Hunar bilan gerdaydik.
Mamlakatimiz hududlaridagi eng qadimgi davrlar haqidagi ko‘plab ilmiy tadqiqot
ishlari olib borilgan bo‘lib, ularning natijalari xalq o‘yinlarning paydo bo‘lish haqida
ham ayrim xulosalar chiqarish imkonini beradi:
1. Ilk poliolit davri. Bundan taxminan 800 ming yil avval tugagan. Bungacha iliq
iqlim bo‘lib, odamlar yer yuzining katta hududlariga tarqalgan. Bundan 140-150 ming
yil avval – Muste davrida atrof – muhitni muzlik qoplay boshladi. Shunda odamlar
yashash uchun tabiat bilan kurash boshladilar. Toshlardan qurollar yasash
takomillashadi; yirik hayvonlar va baliq ovlash odamlarning kundalik ehtiyojiga
aylanadi. Hammaga ma’lumki, nayzani ushlash tartiblari, u bilan nishonni aniq
mo‘ljalga olish va uzoqqa uloqtirish unchalik qulay va oson emas. O‘ljani poylash va
qo‘lga kiritish uchun turli xil murakkab harakatlarni bajarishga to‘g‘ri kelgan. Bolalar
ham shunday jarayonlarda faol qatnashganlar, hayotiy amaliy, ko‘nikma va
malakalarni shu harakatlar asosida mustahkamlashgan. Natijada xalq o‘yinlarining
usullari vujudga kelgan.
2. Urug‘chilik jamiyati Matriarxar – ona urug‘i yetakchilik qilgan jamiyat
egallagan edi. Bunda ayollar tirikchilik uchun kerak bo‘lgan noz-ne’matlarni saqlash,
ovqat tayyorlash, zarur yoqilg‘i bilan ta’minlash, bolalarni parvarish qilish va
tarbiyaviy ishlarda faollik qilishgan. Erkaklar esa, asosan ovchilik bilan
shug‘ullanganlar, mehnat qurollarini yasaganlar. Urug‘chilik jamoalarining paydo
bo‘lishi va taraqqiy etishi bilan asta sekin madaniyat sohasida ham o‘zgarishlar sodir
bo‘ldi. Jamoa yig‘ilishlarida qo‘shiqlar, o‘yinlar va raqslar, xalq o‘yinlari ijro etila
boshlandi. Xalq o‘yinlari unsurlarining paydo bo‘lishi xuddi shu davrga to‘g‘ri keladi.
Bevosita mehnat bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina musobaqa, o‘yinlar mustaqil
tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi va ulardan urug‘ jamoasining turli yoshdagi guruhlari
foydalana boshlaydi.
Xalq o‘yinlarining dastlabki namunalari insoniyatning ongi, tafakkuri rivoji bilan
bog‘liq bo‘lgan. Ularning paydo bo‘lishida o‘sha davr shart – sharoitlari odamlarning
ov va turmush tajribalari, dunyoqarashi, urf – odat va marosimlar alohida e’tiborga
molik bo‘lgan. Xalq o‘yinlari tasodifan paydo bo‘lgan emas, qadimiy ajdodlarimiz
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
362
ularni shu darajaga olib kelguncha, og‘ir mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tganlar. Har bir
davrda o‘sib kelayotgan yosh avlodni jismonan barkamol qilib tarbiyalash tabiiy va
ijtimoiy zarur edi.
Demak, ajdodlarimizning ovchilik faoliyati asosida – “ovchilik o‘yinlari”,
chorvachilik asosida “xo‘kiz, ot, ayiq o‘yinlari” shakllandi. Xalq og‘zaki ijodining
noyob durdonasi bo‘lmish “Alpomish” dostoni millatimizning o‘zligini namoyon
etadigan, avlodlardan-avlodlarga o‘tib kelayotgan qahramonlik qo‘shigidir . Bu doston
chavandozlik, merganlik, mardlik, haqida so‘zlaydi.Shu o‘rinda kichik bir misolga
murojaat kilaylik.Ota-bobolarimizning qadimiy tasavvurlariga ko‘ra, o‘q-yoy—
hokimiyat nishoni hisoblangan. Alpomish yetti yoshida o‘n to‘rt botmon birichdan—
bronzadan yasalgan yoydan o‘q otib, “alp” degan unvonga ega bo‘ldi. Otgan o‘qi
Askar tog‘ining katta cho‘qqisini yulib o‘tadi. Yana dostonda Barchin erga tegish
uchun 4 ta shart qo‘yadi. Shartlarning ikkitasi o‘q – yoy otish bilan bog‘liq.
Grek tarixchisi Gerodot Xorazmiylar bilan yonma – yon yashayotgan saklar
qabilasidagi mohir merganlar haqida bunday deb yozgan: saklar qabilasining odamlari
o‘qi bejiz ketmaydigan juda mohir merganlar sifatida shuhrat qozonganlar”.
Shuningdek, o‘zbek xalq o‘yinlari orasida chavondozlik bilan bog‘liq bo‘lgan o‘yinlar,
musobaqalar doimiy ravishda o‘tkazilib turilgan, lekin ulardagi jismoniy mashqlarning
asosiy yo‘nalishi harbiy – amaliy tavsifga ega bo‘lgan. Xalqimizni otsiz tasavvur qilish
qiyin, shuningdek ilk bolalik chog‘idanoq ot minish bu yurtda yashovchilar uchun odat
tusiga kirgan. Xalqimiz orasida ot bilan bog‘liq “Qiz quvmoq”, “Ag‘darish”, “Poyga”,
“Ko‘pkari, uloq”, “Ot ustida qilichbozlik”, “Qovoq o‘yini”, “Chavgon” kabi xalq
o‘yinlari ko‘plab o‘tkazilgan.
Abulqosim Firdavsiy “Shohnoma” asarida “uloq” so‘zini ko‘p ishlatgan. Al
Maqsudiy Qurbon hayiti haqida: “Bayram kuni jurjonliklar bilan bekrobotliklar
o‘rtasida tuya kallasini qo‘lga kiritish uchun tortishuv bo‘ladi”, deb qimmatli
ma’lumotlar qoldirgan.
Yusuf Xos Hojib begona davlatga boradigan elchining o‘ziga xos bo‘lgan
fazilatlar: bilimdonlik, chechanlik, tadbirkorligidir deydi: “Shaxmat va narda o‘yinlari
elchining fazilatlarini shu darajada aks ettirishi lozimki, toki hariflari undan ustun
bo‘lmasin. Chavgon o‘yinida mohir, yoy tortishga qodir, qushchilik, ovchilik,
sirlaridan xabardor bo‘lish ham elchi fazilatlarini oshiradi.”
Ajdodlarimiz qoldirgan qadimiy qo‘lyozmalar, dostonlar, ertaklar, rivoyatlar,
topishmoqlar va qo‘shiqlarda kurash haqidagi ko‘plab atamalar uchraydi. Buyuk
ajdodlarmizdan biri Mahmud Qoshg‘ariy ham o‘z asarlarida milliy kurashimizning
qoidalari,usullari haqida qator misollar keltiradi. Masalan, olishish, tortishish, tepdi,
kurashdi, kurash tushdi, yiqitdi, uni chalib yiqitdi, kamar qaytardi, ko‘tardi, qayirdi,
tepishdi, sakrashdi, uning oyog‘ini kurashda chaldi, qayirdi, ular ikkovi bir –
birlarining bo‘ynini qayirishda bellashdilar kabilarni keltirib o‘tgan.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
363
Mashhur hakim Abu Ali Ibn Sino “Tib qonunlari” kitobida kurashning ikki turini
tavsiflab, ularni mohiyatini va qo‘llanish qoidalarini mufassal yozib qoldirgan. Uning
ta’rificha, kurashning bir turida belidan ushlashga ruxsat bermay, oyoq ishlatmasdan
kurashish bo‘lsa, ikkinchisi qaysi joydan ushlab olsa shu yerdan mahkam tutib va
oyoqlar yordamida harakat qilishdir. Ammo kurashning ikkala turida ham qo‘llar bilan
oyoqdan olish qat’iyan man qilingan.
Xulosa qilib aytish mumkinki, x
alq o‘yinlari – bu faqatgina qadimiy madaniyat
namunasi emas, balki zamonaviy ta’lim jarayonida tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va
o‘rgatuvchi vosita sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan kuchli pedagogik resursdir.
Ularni boshlang‘ich ta’limda tizimli va maqsadli qo‘llash, yosh avlodni barkamol inson
qilib tarbiyalashga xizmat qiladi. Demak, xalq og‘zaki ijodiyoti – o‘tmish va kelajak
o‘rtasidagi mustahkam ko‘prikdir.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Janhunen, Juha. Tracing the Bear Myth in Northeast Asia. University of
Helsinki, 2001.
2. Dudeck, Stephan. The Bear Festival in Western Siberia: Ritual Revivals among
the Khanty and Mansi. Arctic Anthropology, 2011.
3. Vygotsky, L.S. Play and its Role in the Mental Development of the Child.
Soviet Psychology, 1978.
4. Abduqodirov, R. O‘zbek xalq o‘yinlari: tarixi va pedagogik ahamiyati.
Toshkent: Ma’naviyat, 2019. Tandfonline (Cambridge Core) nashr qilingan maqola:
5. “The Shahnameh of Ferdowsi as World Literature”, Iranian Studies, 2015,
vol. 48(3), Franklin Lewis
6. Davlatova, S. T. qizi Abdullayeva, FS (2023). Bolalarning ma’naviy-axloqiy
tarbiyasiga oid ota-onalarning qarashlari. Educational Research in Universal Sciences,
2(16), 819-823.
7.
Tojimukhammadovna, D. S. (2025). Pedagogical Foundations of Developing
Students’ Professional Competencies in Club Classes.
International Journal of
Pedagogics
,
5
(04), 141-145.
8. Абдурахимова Д.А. “Халқ оғзаки ижоди- маънавий тарбия воситаси”
.Ўқув қўлланма.Тошкент, 2004 йил.
9. Аҳмедов.Б - тузувчилар ва изоҳлар муаллифи. Аждодлар ўгити,
ҳикоятлар, ҳикматлар, таснифлар . Тошкент, Чўлпон, 1991 йил.