Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
311
CHET EL ELEMENTI BILAN MURAKKABLASHGAN ALIMENTGA
DOIR XORIJIY SUD QARORLARINI TAN OLISH VA IJRO ETISH
Toshmatov Sardorbek Baxriddin o’g’li
Toshkent davlat yuridik unversiteti magistranti
Gmail ID: toshmatosardorbek@gmail.com
Annotatsiya.
Ushbu maqolada chet el elementi bilan murakkablashgan aliment
majburiyatlariga oid xorijiy sud qarorlarini tan olish va ijro etish masalalari xalqaro
xususiy huquq nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Global migratsiya jarayonlarining ortib
borishi bilan birga alimentga oid xalqaro nizolar soni ham ko‘paymoqda. Tadqiqotda
2007-yilgi Gaaga Konvensiyasi, Yevropa Ittifoqining “Maintenance Regulation”
reglamenti, AQSH va boshqa davlatlarning yondashuvlari qiyosiy tahlil qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, xususan Fuqarolik protsessual
kodeksi va ijro to‘g‘risidagi qonunlar asosida mavjud muammolar ochib berilgan.
Xalqaro konvensiyalarning qamrovi, yurisdiksiya tamoyillari, ijro usullari va
qarorlarni rad etish asoslari asosida huquqiy muammolar ko‘rsatilgan va ularga yechim
sifatida normativ takliflar ilgari surilgan.
Kalit so’zlar:
chet el elementi, aliment majburiyati, xorijiy sud qarorlari, tan
olish, ijro etish, xalqaro xususiy huquq.
RECOGNITION AND ENFORCEMENT OF FOREIGN COURT DECISIONS
ON ALIMENTATION COMPLEX WITH A FOREIGN ELEMENT
Toshmatov Sardorbek Bakhriddin o’gli
Master's student, Tashkent State Law University
Gmail ID: toshmatosardorbek@gmail.com
Annotation:
This article analyzes the recognition and enforcement of foreign
court judgments related to child and spousal maintenance obligations involving a
foreign element, from the perspective of private international law. With the increase of
global migration and cross-border family disputes, the issue of international
enforcement of maintenance orders has become more pressing. The study
comparatively examines the 2007 Hague Convention, the EU's Maintenance
Regulation, and the approaches of the US and other jurisdictions. The national
legislation of Uzbekistan, including the Civil Procedure Code and enforcement laws,
is evaluated to identify current challenges. Key legal principles such as jurisdiction,
procedural fairness, grounds for refusal, and mechanisms of enforcement are critically
discussed. Finally, legal reform proposals are offered to enhance compliance and
efficiency in cross-border maintenance enforcement.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
312
Keywords:
foreign element, maintenance obligation, foreign court judgments,
recognition, enforcement, private international law.
Kirish
Globalizatsiya sharoitida fuqarolarning turli davlatlarda yashashi, ishlashi va
oilaviy munosabatlarga kirishishi tobora ortib bormoqda. Bu holat xalqaro xususiy
huquqning dolzarb muammolaridan biri hisoblangan xorijiy sud qarorlarini tan olish
va ijro etish, ayniqsa aliment bilan bog‘liq ishlar doirasida, o‘z ahamiyatini oshiradi.
Aliment majburiyatlari, odatda, bolalarning va sobiq turmush o‘rtaqlarning moddiy
ta’minotini kafolatlashga qaratilgan bo‘lib, ularni vaqtida va samarali ijro etilishi inson
huquqlari va ijtimoiy adolat mezonlari nuqtai nazaridan muhim hisoblanadi.
1
Er va
xotinlar, ota-onalar va bolalar bir-biriga g'amxo'rlik qilish bo'yicha qonuniy
majburiyatlarga
egaligining
bildiradi.Shunday
ekan
oilaviy
munosabat
ishtirokchilarining fuqaaroligi va ualrning qaysi irq yoki dinga mansubligi bu yerda
ahamyatli bo’lib qoladi.Shundan kelib chiqib ular o’rtasida majburiyatlarni to’laqonli
bajarishda turli yurisdiksiyaviylik ham xalqaro xususiy huquq jihatdan tartibga
solinadi.
Jumladan, turli yurisdiksiyalarning alimentga oid qarorlarni tan olishda
yuritadigan yondashuvlari farqlanishi, shuningdek, xalqaro shartnomalar, masalan,
2007-yilgi Gaaga Konvensiyasi, bu borada muhim rol o‘ynaydi. Shunga qaramay,
amaliyotda bu qarorlarning ijrosini ta'minlashda bir qator huquqiy va institutsional
to‘siqlar mavjud. Ushbu maqola aynan shu masalaga e'tibor qaratib, xalqaro xususiy
huquq doirasida alimentga oid xorijiy sud qarorlarini tan olish va ijro etishning huquqiy
asoslari, mexanizmlari va muammolarini tahlil qiladi.
METODOLOGIYA
Ushbu tadqiqotda sifatli huquqiy tahlil usuli qo‘llanildi. Asosiy e'tibor xalqaro
shartnomalar, milliy qonunchiliklar, hamda xalqaro miqyosida tartiblarga qaratildi.
Xususan, 2007-yilgi Gaaga Konvensiyasi, Evropa Ittifoqi ichki normativ-huquqiy
hujjatlari (masalan, Brüssel IIa reglamenti), AQSh va Buyuk Britaniya kabi
yurisdiktsiyalar amaliyoti, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual
kodeksi, shuningdek ilmiy maqolalar va xalqaro huquqiy doktrinalar.
Ma'lumotlar kontent tahlili asosida qayta ishlanib, aliment qarorlarini tan olish
va ijro etishning prinsipial asoslari, to‘siqlari va yechimlari aniqlab olindi. Metod
sifatida qiyosiy huquq tahlili ham qo‘llanildi, bu esa turli tizimlar o‘rtasidagi
yondashuv farqlarini ko‘rsatish imkonini berdi.
1
Beaumont, P., & Holliday, J. (2016). Recent developments on the Hague Convention 2007 on the International
Recovery of Child Support. Journal of Private International Law, 12(3), 475–500p
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
313
TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA
Chet el bilan murakkablshgan aliment bilan bog’liq munosabat tushunchasiga
o’tishdan oldin, aliment tushunchasiga tarif berib o’tish ahamyatli hisoblanadi.
Xususan,
aliment
fuqarolarning o‘zaro ijtimoiy va huquqiy majburiyatlaridan biri
bo‘lib, ko‘pincha oilaviy huquq doirasida talqin etiladi. Odatda aliment to‘lash
majburiyati, turmush o‘rtog‘ining ajralishi, ota onaning farzandlariga bo‘lgan qarzlari
yoki voyaga yetmagan bolalarga bo‘lgan ta’minot sifatida yuzaga keladi. Alimentning
maqsadi, uning oluvchisi (odatda farzand yoki otaona, ajrashgan turmush o‘rtog‘i) ga
moliyaviy holatini ta’minlash, hayotiy ehtiyojlarini qoplashga yordam berishdir.
2
O’z
navbatida chet elementi bilan murakkablash o’z navbatida bu vaziyatda munosabt
ishtirokchisi(lari) turli fuqarolikka mansubligi va shu paytgacha boshqa boshqa
yurisdiksiyalarda yashovchi subyektlar hisoblanish hamda xalqaro xususiy huquq
obyekti hisoblanishini bildiradi. Jumladan,
G.Yu. Fedoseeva
o‘rinli ta’kidlaganidek,
chet el elementining nikoh-oila munosabatlarida mavjudligi ularning nikoh-oila
munosabatlari sifatidagi tavsifini o‘zgartirmaydi, aksincha qo‘llaniladigan huquqni
tanlash muammosini o‘rganish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu esa, o‘z navbatida,
ularga xalqaro xususiy huquq obyekti sifatini beradi.Bundan tashqari, u o’z fikrini
izohlab, aliment munosabatlari xalqaro xususiy huquq obyekti sifatida e’tirof etilish
uchun
birinchidan,
aliment munosabatlari xalqaro xususiy huquqiy munosabatlar
obyekti doirasiga kirishi;
ikkinchidan,
asosiy maqsad alimentga oid munosabatlarni
xalqaro xususiy huquqiy tartibga solinishidir
3
D.I. Girfanovaning
fikricha chet el
elemnti bilan murakkablashgan aliment munosabatlarida ishtirok etish uchun taraflar
oilaviy huquqning subyekti bo‘lishi hamda ushbu shaxslar oilaviy huquq va muomala
layoqatiga ega bo‘lishi zarur.
4
X. Abduraxmonova
5
chet el elementi bilan
murakkablashgan aliment munosabatlari haqida fikr bildirib, chet el elementi bilan
murakkablashgan aliment majburiyatlarining subyektlari bo‘lgan ota-ona va bolalar
bir-birlariga nisbatan huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladilar. Bunda voyaga
yetmagan bolalarga hamda nikohsiz tug‘ilgan bolalarga (otalik belgilangandan so‘ng)
aliment to‘lash bo‘yicha majburiyatlarda ota-ona tengdir deb ta’kidlaydi. Xalqaro
xususiy huquqda ushbu jarayon, bir tomondan, davlat suvereniteti va ichki
yurisdiktsiya mustaqilligini hurmat qilishni, ikkinchi tomondan esa xalqaro adolat,
2
Gavhar KHOLIKOVA, “Chet el elementi bilan murakkablashgan aliment munosabatlari tushunchasi va kollizion
masalalari”
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp148-154
3
Федосеева Г.Ю. Брачно-семейные отношения как объект международного
частного права Российской Федерации: автореф. дис. … д-ра юрид. наук. М., 2007
4
Гирфанова Д.И. Субъекты алиментных обязательств в международном частном праве // Вестник экономики,
права и социологии. 2013. – № 4
5
X.B.Abduraxmonova “Xalqaro xususiy huquqda ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlarning tartibga solinishi”
Yuridik fan doktori (Dsc) dissertatsiyasi, -Toshkent: 208 b
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
314
inson huquqlari va bolalarning manfaatlarini ta'minlashni talab etadi.
6
Shu sababli bu
jarayoni tartibga solish uchun ko’plab xalqaro xususiy huquqiy konvensiyalar va turli
xil bitimlar mavjud. Xalqaro xususiy huquqda aliment majburiyatlarini tartibga solish
moddiy va protsessual normalarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, Xorijiy sud
qarorlari bilan bog'liq qarz yoki ta’minotga oid
amaliyotning
to'rtta shakli mavjud
bo’lib, ular:
Shakl
Xususiyati
Amalda qanday ishlaydi
1-shakl
To‘liq tan olish va
avtomatik ijro
Xorijiy qaror mahalliy qaror sifatida darhol ijro
qilinadi (masalan, Yevropa Ittifoqi ichida).
2-shakl
Tan olish, lekin
ehtiyotkor tekshirish
bilan
Mahalliy sud faqat g’araz niyat yoki protsessual
buzilish mavjudligini tekshiradi.
3-shakl
Xalqaro comity asosida
tan olish
Tan olish ixtiyoriy bo’ladi.Bunda xalqaro do‘stlik va
hurmat tamoyili asosida ijro qilinadi (masalan,
AQSHda).
4-shakl
Dalil sifatida tan olish
Xorijiy qaror faqat yangi da’voda dalil sifatida
ishlatiladi, avtomatik ijro mavjud emas.
Bu to’rtala sahklning aniq shartnoma konvensiyalardan farqli jihati shundaki,
ular majburiy ta'sirga ega
emas.
7
Xususan, aliment majburiyatlarini tartibga
solishning xalqaro xususiy-huquqiy modeliga normalarning ikkita bloki kiritiladi.
8
Birinchisi,
xalqaro va aliment majburiyatlarining asosiy jihatlarini tartibga
soluvchi kollizion normalar, shuningdek, munosabatlarning ushbu sohasidagi
mintaqaviy yoki ikki tomonlama huquqiy yordam shartnomalari darajasida
mustahkamlangan normalar.
Ikkinchi blokka,
“xorijiy element” kiritilgan holda
kollizion tartibga solishni belgilaydigan va shu sababli xalqaro xususiy huquq tarkibiga
kiruvchi milliy qonunchilik normalaridir. Agar birinchi blokka kiruvchi xalqaro
hujjatlarni belgilaydigan bo‘lsak, ularning qatoriga, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan 1956-
yilgi Konvensiyadan tashqari, “Bolalar foydasiga alimentlar bo‘yicha sud qarorlarini
tan olish va ijro etish to‘g‘risida”gi 1958-yilgi Gaaga konvensiyasini, "Farzandlikka
olish to‘g‘risidagi qarorlarning yurisdiksiyasi, qo‘llaniladigan huquq va tan olinishi
to‘g‘risida"gi 1965-yilgi Gaaga konvensiyasini , “Aliment majburiyatlariga nisbatan
qo‘llaniladigan huquq to‘g‘risida”gi 1973-yilgi Gaaga konvensiyasini, “Ota-onalar
mas’uliyati va bolalarni himoya qilish choralari bo‘yicha yurisdiksiya, qo‘llaniladigan
6
Silberman, L. (2008). The recognition and enforcement of foreign judgments in the United States. Recueil des cours,
326, 233–392.
7
Prasobsook Boondech
,
Recognition and Enforcement of Foreign Court Judgments on Maintenance and Alimony.
https://so01.tci-thaijo.org/index.php/tls/article/view/257896/171383
8
X.B.Abduraxmonova “Xalqaro xususiy huquqda ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlarning tartibga solinishi”
Yuridik fan doktori (Dsc) dissertatsiyasi, -Toshkent: 208 b.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
315
huquq, tan olish, ijro etish va hamkorlik to‘g‘risida”gi 1996-yilgi Gaaga
konvensiyasini, “Bolalar va oilaning boshqa a’zolariga nisbatan alimentlarni xalqaro
undirish tizimi to‘g‘risida”gi 2007-yilgi Gaaga konvensiyasini va boshqalarni kiritish
lozim. Yuqorida keltirilgan konvensiyalar xalqaro xususiy huquqda alimentlarni
undirishni kompleks tartibga solishni ta’minlaydi.
Jumladan, 2007-yilgi Gaaga Konvensiyasi xorijiy aliment qarorlarini tan olish
va ijro etish mexanizmlarini standartlashtirish va soddalashtirishga qaratilgan eng
muhim xalqaro hujjatlardan biridir.
9
Konvensiya 21 yoshga to’lmagan shaxsga
nisbatan ota ona va bola munosabatlaridan kelib chiqadigan aliment majburiyati,
turmush o’rtog’i (er yoki xotin)ni moddiy jihadan ta’minlash to’g’risidagi xorijiy
davlat sud qarorlarini tan olish va ijroga qaratishga doir sohalarga nisbat qo’llaniladi.
Bu esa ishtirokchi davlatlarning vakolatli organlari o‘rtasida hamkorlik tizimini
yaratish, aliment undirish haqidagi qarorlar doirasida ariza berish jarayonining
qulayligi va soddaligini ta’minlash, bunday qarorlarni tan olish va ijro etish uchun
shart-sharoitlar yaratish, shuningdek ularni tez va majburiy ijro qilish bo‘yicha
samarali uslublarni ishlab chiqish orqali amalga oshiriladi.
10
Bu konvensiya ijro
mexanizim bo’yich asosiy hujjat hisoblanib, konvensiyaning
4-moddasiga
asosan, har
bir ishtirokchi davlat ushbu konvensiya bilan yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun
markaziy organ belgilashi shart.Chunonchi, konvensiyaga muvofiq alimentga bo’g’liq
sud qarorini ishtirokchi davlatlar orasida tan olish va ijro etish uchun bir nechta
shartlarga javob berish kerak.Jumladan:
Javobgar (debitor) qaror chiqarilgan paytda daʼvo ochilgan davlatda doimiy
yashagan bo‘lishi;
Javobgar sud yurisdiksiyasini ochiqchasiga tan olishi yoki unga e’tiroz
bildirmasdan daʼvoni ko‘rib chiqishda qatnashgan bo‘lishi;
Kreditor (aliment oluvchi shaxs) daʼvo ochilgan vaqtda o‘sha davlatda doimiy
yashagan bo‘lishi;
yoki aliment belgilanayotgan bola daʼvo ochilgan vaqtda qaror chiqarilgan
davlatda doimiy yashagan bo‘lishi va javobgar ham u yerda bolaga moddiy
yordam ko‘rsatgan bo‘lishi.
Bundan tashqari, alimentga oid bo‘lmagan daʼvolarda tomonlar sud
yurisdiksiyasini yozma ravishda kelishib olgan bo‘lsa, yoki shaxsiy maqom
(personal status) va ota-onalik huquqlari bo‘yicha qaror chiqarilgan bo‘lsa,
11
tan
9
Convention of 23 November 2007 on the International Recovery of Child Support and Other Forms of Family
Maintenance.
https://www.hcch.net/en/instruments/conventions/full-text/?cid=131
10
Кучиева Юлия Александровна
,
Признание и исполнение иностранных судебных решений по взысканию
алиментов.
11
Convention of 23 November 2007 on the International Recovery of Child Support and Other Forms of Family
https://www.hcch.net/en/instruments/conventions/full-text/?cid=131
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
316
olish mumkin. Shu bilan birga, Konvensiya davlatlarga ayrim bandlarga (masalan,
kreditorning yashash joyiga asoslangan yurisdiksiyaga) nisbatan istisnolar kiritish
imkonini beradi.
Muhim jihati shundaki
, agar qaror bolaning alimentiga taalluqli
bo‘lsa va tan olinish faqat texnik sabablarga ko‘ra rad etilayotgan bo‘lsa, Konvensiya
bolaning aliment olish huquqini alohida taʼminlashni talab qiladi. Shuningdek, qaror
tan olinishi uchun u chiqarilgan davlatda hali ham huquqiy kuchga ega va ijro etilishi
mumkin bo‘lishi kerak.
Agarda,
agar qarorning tan olinishi davlatning jamoat tartibiga (ordre public)
yaqqol zid bo‘lsa;
qaror protsessual firibgarlik (masalan, soxta ma'lumot taqdim etish) natijasida
olingan bo‘lsa;
o‘sha ish bo‘yicha ilgari boshqa davlatda yoki ayni davlatda ochilgan va davom
etayotgan ish mavjud bo‘lsa;
yoki ilgari chiqarilgan va hali ham amal qilayotgan boshqa qaror bilan ziddiyat
yuzaga kelsa
sud tomonidan qarorni tan olish va ijroga qaratish rad etiladi. Shuningdek,
agar javobgar sud jarayonida ishtirok etmagan bo‘lsa va unga daʼvo yoki sud qarori
haqida yetarlicha va tegishli xabarnoma berilmagan bo‘lsa, yoki u qarorga nisbatan
apellyatsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan bo‘lsa, qaror tan olinmaydi. Xususan,
bu borada tadqiqot olib borgan
Beaumont va Holliday
12
o‘z tadqiqotida
konvensiyaning xalqaro oilaviy huquq doirasida eng muhim normativ vosita sifatidagi
rolini e’tirof etadi. Ular ta’kidlaganidek, konvensiya orqali
aliment talab qiluvchilar,
ayniqsa bolalar, transmilliy darajada o‘z huquqlarini tez va samarali himoya qilish
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ammo,
Gaudreault-DesBiens fikricha
13
,
Sud
yurisdiksiyasining yetarlicha asoslanmaganligi, taraflarga adolatli sud jarayoni
kafolatlarining taqdim etmasligi, qaror jamoat tartibiga zid bo‘lishi va qarorning hali
kuchga kirmasligi asosiy muammo bo’lib qolmoqda.
Bundan tashqari,
Bu
konvensiyaga a’zo bo’lmagan davlatlar ijro ikki tomonlama shartnomalar, hamjihatlik
yoki ichki qonunlarga bog'liq bo'lib, ko'pincha oldindan aytib bo'lmaydigan
oqibatlarga va uzoq davom etadigan sud jarayonlariga olib keladi.
14
Yagona
standartlarning yo'qligi patchwork landshaftini yaratadi.
Bundan tashqari, Yevropa ittifoqi doirasida aliment munosabatlariga oid sud
qarorlarini tan olish va ijroga qaratishda Council Regulation (EC) No 4/2009
("Maintenance Regulation") bilan tartibga solinadi.Unga ko’ra, aliment majburiyatlari
12
Beaumont, P., & Holliday, J. (2016). Recent developments on the Hague Convention 2007 on the International
Recovery of Child Support. Journal of Private International Law, 12(3), 475–500.
13
Gaudreault-DesBiens, J.-F. (2019). The challenges of enforcing international maintenance obligations: Between
harmonization and sovereignty. Canadian Journal of Family Law, 32(2), 229–261p.
14
Mondaq (2025). Enforcement of Foreign Judgments Comparative Guide – Turkey
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
317
yuzasidan chiqarilgan qarorlar Evropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasida minimal protsessual
to‘siqlarsiz tan olinadi va ijro etiladi.
15
Shuningdek, Aliment qarorlarini tan olish va ijro
etish masalasida reglament ikki asosiy ega bo’lib, agar qaror Gaaga 2007 Konvensiyasi
qamrovidagi ishga oid bo‘lsa, maxsus protsedura asosida amalga oshiriladi, aksi bo’lsa,
oddiy protsedura qo‘llaniladi.
16
Bu konvensiyaning ahamiyatli jihati shundaki,tan olish
uchun alohida sud qaroriga ehtiyoj yo’q hisoblanib, Aliment qarori avtomatik tarzda
tan olinadi va bevosita ijro uchun topshiriladi.Bundan tashqari, aliment qarorining tan
olinishi yoki ijro etilishi rad qilinishi mumkin bo‘lgan asoslar qat’iy cheklangan.
Maintenance Regulation 24-moddasiga ko‘ra, qarorni tan olish yoki ijro etish quyidagi
hollarda rad qilinadi:
Agar qarorning tan olinishi aniq ravishda davlatning jamoat tartibiga ("ordre
public") zid bo‘lsa;
yoki agar javobgar taraf protsessual huquqlardan mahrum bo‘lgan bo‘lsa, ya’ni
unga sud ishidan xabardor etilmagan yoki u o‘zini himoya qilish imkoniyatiga ega
bo‘lmagan bo‘lsa.
Boshqa hollarda sud ishni rad eta olmaydi.Bu konvensiyaning ya’ni
maintenance regulation 3-moddasiga ko‘ra, alimentga oid da’volar uchun bir necha
asosiy yurisdiksiya qoidalari belgilanadi.Daʼvo quyidagi joyda ko‘riladi:
aliment oluvchining
doimiy yashash joyi (habitual residence) bo‘yicha
sudda;
aliment beruvchining
doimiy yashash joyi bo‘yicha
sudda;
agar aliment masalasi boshqa bir asosiy da’vo bilan birgalikda, masalan, nikoh
bekor qilish yoki ota-onalik masalasi bilan birgalikda ko‘rilsa,
ana shu asosiy da’vo
ko‘rilayotgan
sudda.Bundan tashqari, taraflar o‘zaro
aniq bitim orqali
yurisdiksiyani
belgilab olishlari ham mumkin
Keyingi navbatda, Markaziy Osiyo davlatlar, shu jumladan, O’zbekiston oilaviy
munosabatlarda sud qarorlarini tan olish va ijroga qaratish bo’yicha aniq konvensiyaga
a’zo emas,Ammo,bu davlatlar o’rtasida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo'yicha
huquqiy yordam ko'rsatish bo'yicha ikki tomonlama va ko'p tomonlama shartnomalar
mavjud bo’lib, bu turdagi munosabatlar tartibga ular orqali tartibga solinaadi.MDH
davlatlar orasida “Fuqarolik,oilaviy va jinoiy ishlar bo’yicha huquqiy yordam”
ko’rsatish bo’yicha Minsk konvensiyasining 51-moddasiga ko‘ra, har qanday
ahdlashuvchi tomon boshqa ishtirokchi davlat hududida qabul qilingan qarorlarni, shu
jumladan oilaviy masalalarga doir qarorlarni tan olishi va ijrosini ta’minlashi shart.
17
Biroq,
konventsiyaga a'zo davlatlar qarorlarining xalqaro tan olinishi va ijro etilishiga
15
European Parliament and Council. (2009). Council Regulation (EC) No 4/2009 of 18 December 2008 on jurisdiction,
applicable law, recognition and enforcement of decisions and cooperation in matters relating to maintenance
obligations. Official Journal of the European Union
https://eur-lex.europa.eu/legal-
content/EN/TXT/?uri=CELEX%3A32009R0004
16
Beaumont, P., & Walker, L. (2017).
EU Maintenance Regulation: jurisdiction, applicable law, and recognition and
enforcement
. Journal of Private International Law, 13(2), 365-395.
17
Минской конвенции “О правовой помощи и правовых отношениях по гражданским, семейным и уголовным
делам”
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
318
qaramay, bunday qarorlarni amalga oshirishning ishlab chiqilgan tartibi va
metodologiyasining yo'qligi muammo bo'lib qolmoqda. Bundan tashqari, yuridik
yordam bo'yicha ham ko'p tomonlama, ham ikki tomonlama shartnomalar nazarda
tutilgan
Bundan tashqari
, sud yordami to'g'risidagi ham ko'p tomonlama, ham ikki
tomonlama shartnomalar xorijiy sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlarni qabul qilishni
rad etish uchun kamida ikkita asosni nazarda tutadi.Jumladan, O’zbekiston
respublikasida xorijiy davlat sud qarorlarini tan olish va ijroga qaratish, xususan,
oilaviy munosabatlarga oid sud qarorlari ham, 1958-yilgi Nyu York konvensiyasi
asosida tan olinadi va ijroga qaratiladi.
18
Masalan, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik
protsessual kodeksning 364-moddasiga ko’ra, Chet davlat sudlarining
fuqarolik
ishlari yuzasidan
hal qiluv qarorlari, jinoyat ishlari bo‘yicha chiqarilgan hukmlarining
jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga oid qismi, shuningdek chet
davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) fuqarolik nizolari bo‘yicha chiqargan hal
qiluv qarorlari O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari
tomonidan tan olinishi hamda
ijroga
qaratilishi belgilangan.
19
O’zbekiston
Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi
qonunning 6-moddasida Chet el sudlari va arbitrajlari qarorlarini ijro etish O‘zbekiston
Respublikasi sudi tomonidan chet el sudining yoki arbitrajining qarori asosida berilgan
ijro varaqasida ijro etilishi belgilangan.
20
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi
qonunchiligi esa, xorijiy sud qarorlarini tan olishda reciprocitet tamoyiliga tayanadi,
ya’ni qaror tan olinishi uchun ikkinchi davlat tomonidan ham O‘zbekiston sud qarorlari
tan olinishi talab qilinadi.Bu normativ hujjatlar ijro organlarining vakolatini belgilaydi,
lekin xorijiy element ishtirokidagi holatlarda qo‘llaniladigan maxsus protseduralar
mavjud emas. Bu esa amaliyotda chalkashliklarga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, bu
tizimning muammoli jihati shuki, davlat ijro byurosi xorijiy qarorlarni ijro etishda
ko‘plab holatlarda
qarorni tan olish to‘g‘risidagi sud ajrimini talab qiladi
. Biroq bu
talab barcha holatlarda ham adolatli emas. Chunki ayrim davlatlar bilan O‘zbekiston
o‘zaro tan olishni avtomatik tarzda kafolatlovchi ikki tomonlama shartnomalarga ega.
Shu sababli, ayrim hollarda qaror tan olinmasdan, bevosita ijro etilishi mumkin. Biroq,
sud va ijro tizimlaridagi amaliy tafovutlar tufayli bu imkoniyat kam hollarda
qo‘llaniladi
Shunday qilib, xalqaro miqyosida alimentga bog’liq qarorlarni tan olish va
ijroga oid munosabatlarga bog’liq konvensiyaning qamrov tor doirani qamrab olgan
bo’lib, konvensiyaga barcha davlatlar qo‘shilmagan. Masalan, Markaziy Osiyo
mamlakatlarining aksariyati, shu jumladan O‘zbekiston, hali ushbu hujjatga a’zo emas.
18
United Nations Convention on the Recognition and Enforcement of Foreign Arbitral Awards (New York, 10 June
1958)
https://www.newyorkconvention.org/english
19
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi.
https://lex.uz/ru/docs/-3517337#-3525302
20
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunni.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
319
Bu esa huquqiy tartibotning barqarorligini ta’minlashda muayyan cheklovlarni yuzaga
keltiradi. Huquqshunoslar
G. Biukovic
21
va R. Michaels fikricha
22
, agar davlatlar
xalqaro shartnomalarda qatnashmasa, bu ularga nisbatan xalqaro hamkorlik
samaradorligini pasaytiradi va ularni ko‘proq ichki normativ aktlarga bog‘liq holda
harakat qilishga majbur etadi.
Ularning bu borada pozitsiyasi:
Gordana Biukovic
Ralf Michaels
Global yondashuvga ehtiyoj bor, aliment va oilaviy
qarorlar uchun soddalashtirilgan tizim lozim
Tan olishda xalqaro adolat va
javobgarning huquqlari muvozanatda
saqlanishi zarur
Formal protseduralardan ko‘ra, real adolatga
urg‘u berish kerak
Comity va public policy tamoyillarining
moslashuvchan talqini zarur
Xorijiy qarorlar tan olinishini osonlashtirish orqali
aliment oluvchilarning manfaatini himoya qilishni
kuchaytirish kerak
Hamma qarorlarni avtomatik tan olish
xavfli: sifat nazorati va minimal
protsessual kafolatlar zarur
Sud qarorlarini tan olish va ijro etishning xalqaro va milliy mexanizmlari o‘zaro
integratsiyalashuvi nafaqat huquqiy, balki siyosiy va ijtimoiy muammo. Global
huquqiy makonda harakat qilayotgan shaxslar uchun huquqiy barqarorlik, oldindan
bilish mumkinligi (legal certainty), va tan olish kafolatlari asosiy himoya vositalaridir.
XULOSA
Xorijiy alimentlar to‘g‘risidagi sud qarorlarini tan olish va ijro etish ko‘p qirrali
huquqiy va amaliy muammolar bilan to‘laligicha qolmoqda. Bularni hal qilish
qonunchilik innovatsiyalari, xalqaro shartnomalar ishtiroki, protsessual islohotlar va
salohiyatni oshirishning kombinatsiyasini talab qiladi. Kelajakdagi ishlanmalar
shartnoma ishtirokini kengaytirishga, protsessual samaradorlik uchun texnologiyadan
foydalanishga, sud va amaliyotchilar ta'limini rivojlantirishga qaratilishi kerak. Gaaga
Konvensiyasi qarorlarni tan olish jarayonida soddalashtirilgan isbotlash yukini, tezkor
yuritish muddatlarini va qarorlarning avtomatik tan olinishini belgilaydi. Bu esa,
avvalgi ikki tomonlama bitimlarga asoslangan, ko‘p hollarda siyosiy va diplomatik
muammolarga olib keluvchi tartiblarga nisbatan ancha ustunlikka olib kelgan. Shunday
bo’lsada, amaliyotda yuqorida keltirilgam ko’plab muammolar mavjud.Buning uchun
quydagi takliflar keltiramiz.
Birinchi navbatda,
2007-yilgi aliment, 1980-yilgi
bolaning noqonuniy olib chiqilishi, va 1993-yilgi Farzandlikka olish bo’yicha
konvensiya qamrovni kengaytirish lozim. Bu fuqarolarga xalqaro huquqiy himoya
beradi.
Ikkinchidan
, Ijro tizimini xalqaro platformasini iSupport tizimi, interpol va
21
Biukovic, G. (2011). Recognition and Enforcement of Foreign Judgments: Is There a Need for Harmonization?
https://open.library.ubc.ca/cIRcle/collections/ubctheses/24/items/1.0072108
22
Michaels, R. (2017).
Recognition and Enforcement of Foreign Judgments
. In Encyclopedia of Private International
Law
https://www.elgaronline.com/view/nlm-book/9781782547228/b9781782547228-110.xml
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
320
davlatlararo ijro xizmatlari bilan aloqani yo‘lga qo‘yish lozimi.
Uchinchidan,
O’zbekiston sharoitida xorijdan keladigan hujjatlar uchun avtomatik tarjima, apostil,
qonuniylashtirish tizimini e-konsullik asosida yuritish lozim.
REFERENCES:
1.
Beaumont, P., & Holliday, J. (2016). Recent developments on the Hague
Convention 2007 on the International Recovery of Child Support.
Journal of
Private International Law, 12
(3), 700p;
2.
Kholikova, G. (2023). Chet el elementi bilan murakkablashgan aliment
munosabatlari tushunchasi va kollizion masalalari.
Journal of Law Research
,
6(2), 148–154. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp148-154;
3.
Федосеева, Г.Ю. (2007).
Брачно-семейные отношения как объект
международного частного права Российской Федерации: автореф. дис. …
д-ра юрид. наук
. Москва;
4.
Гирфанова, Д.И. (2013). Субъекты алиментных обязательств в
международном частном праве.
Вестник экономики, права и социологии
,
(4);
5.
Abduraxmonova, X.B. (n.d.).
Xalqaro xususiy huquqda ota-ona va farzandlar
o‘rtasidagi munosabatlarning tartibga solinishi
. Yuridik fan doktori (DSc)
dissertatsiyasi. Toshkent: 208 b.
6.
Silberman, L. (2008). The recognition and enforcement of foreign judgments in
the United States.
Recueil des cours
, 326, 233–392;
7.
Boondech, P. (2023). Recognition and Enforcement of Foreign Court Judgments
on Maintenance and Alimony.
Thai Legal Studies
thaijo.org/index.php/tls/article/view/257896/171383;
8.
Convention of 23 November 2007 on the International Recovery of Child
Support
and
Other
Forms
of
Family
Maintenance.
https://www.hcch.net/en/instruments/conventions/full-text/?cid=131;
9.
Kuchieva,Y.A. (n.d.).Признание и исполнение иностранных судебных
решений по взысканию алиментов
https://cyberleninka.ru/article/n/priznanie-i-ispolnenie-inostrannyh-sudebnyh-
resheniy-po-vzyskaniyu-alimentov;
10.
Beaumont, P., & Walker, L. (2017). EU Maintenance Regulation: jurisdiction,
applicable law, and recognition and enforcement.
Journal of Private
International Law, 13
(2), 365–395;
11.
Gaudreault-DesBiens, J.-F. (2019). The challenges of enforcing international
maintenance obligations: Between harmonization and sovereignty.
Canadian
Journal of Family Law, 32
(2), 229–261;
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
321
12.
Mondaq. (2025). Enforcement of Foreign Judgments Comparative Guide –
Turkey.https://www.mondaq.com/turkey/litigation-mediation-
arbitration/1352912/enforcement-of-foreign-judgments-comparative-guide;
13.
European Parliament and Council. (2009). Council Regulation (EC) No 4/2009
of 18 December 2008 on jurisdiction, applicable law, recognition and
enforcement of decisions and cooperation in matters relating to maintenance
obligations.
Official Journal of the European Union.
lex.europa.eu/legal-content/EN/TXT/?uri=CELEX%3A32009R0004;
14.
Минская конвенция “О правовой помощи и правовых отношениях по
гражданским, семейным и уголовным делам”. https://lex.uz/docs/2741652;
15.
United Nations Convention on the Recognition and Enforcement of Foreign
Arbitral
Awards
(New
York,
10
June
1958).
https://www.newyorkconvention.org/english;
16.
O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik protsessual kodeksi
17.
O‘zbekiston Respublikasi.
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro
etish to‘g‘risida”gi qonun.
18.
Biukovic, G. (2011).
Recognition and Enforcement of Foreign Judgments: Is
There
a
Need
for
Harmonization?
https://open.library.ubc.ca/cIRcle/collections/ubctheses/24/items/1.0072108;
19.
Michaels, R. (2017). Recognition and Enforcement of Foreign Judgments. In
Encyclopedia
of
Private
International
Law
.
https://www.elgaronline.com/view/nlm-
book/9781782547228/b9781782547228-110.xml