Mualliflar

  • To`ramirzaev R.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.trtteztro.120051

Annotasiya

 
    Bolaligida loydan, keyinchalik qum, plastilindan turli (kuchukcha, хо'tikcha va 
boshqa) shakllar yasab о'ynamagan bola bo'lmasa kerak. Ana shu bolalik ermaklari 
ayrim bolalarning kelajagini ham belgilab beradi. Katta bo'lgan sari bolaning ermagi 
orzu-  havasga,  keyinchalik  hayotining  mazmuniga  aylanadi.  Shu  tariqa  tasviriy 
san'atning  haykaltaroshlik  sohasi  shakllanib,  alohida  san'at  turiga  aylangan.  Usta 
Hamrobuvi  Rahimova  ana  shunday  yaratuvchilardandir.  U  yaratgan  hushpulaklar, 
mayda shakllar о'zbek mayda xaykaltaroshlik san'atining ajoyib namunalaridir. Ular 
dunyo bo'ylab tarqalib ketgan, turli muzeylar, shaxsiy to'plamlarda saqlanadi hamda 
о'zbek san'atini dunyoga ko'z- ko'z qilib turadi.  


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

293

O'ZBEK SAN'ATINI DUNYOGA TANITGAN

HAYKALTAROSHLIK SAN`ATI

To`ramirzaev R.

Namangan viloyati tarixi va madaniyati

davlat muzeyi ilmiy xodimi

Bolaligida loydan, keyinchalik qum, plastilindan turli (kuchukcha, хо'tikcha va

boshqa) shakllar yasab о'ynamagan bola bo'lmasa kerak. Ana shu bolalik ermaklari
ayrim bolalarning kelajagini ham belgilab beradi. Katta bo'lgan sari bolaning ermagi
orzu- havasga, keyinchalik hayotining mazmuniga aylanadi. Shu tariqa tasviriy
san'atning haykaltaroshlik sohasi shakllanib, alohida san'at turiga aylangan. Usta
Hamrobuvi Rahimova ana shunday yaratuvchilardandir. U yaratgan hushpulaklar,
mayda shakllar о'zbek mayda xaykaltaroshlik san'atining ajoyib namunalaridir. Ular
dunyo bo'ylab tarqalib ketgan, turli muzeylar, shaxsiy to'plamlarda saqlanadi hamda
о'zbek san'atini dunyoga ko'z- ko'z qilib turadi.

Tasviriy san'atning asosiy turlaridan biri bo'Igan haykaltaroshlik san'atida

borliqni hajmli shakllar orqali makonda tavsvirlanadi. Stol ustiga qo'yiladigan
haykalchalar, ko'cha va xiyobonlarga о'rnatilgan turli haykal va yodgorliklar,
binolarning devorlari, tanga va medallarning yuzasidagi bo'rtma tasvirlar
haykaltaroshlikning turli ko'rinishlari hisoblanadi. Haykaltaroshlik asarlari о'rni,
bajaradigan vazifasi, ishlanish uslubi va ko'rinishiga qarab turlicha nomlanadi.
Haykaltaroshlik asarlari asosan dumaloq va relyef (bo'rtma tasvir) ko'rinishida bo'ladi.
Dumaloq haykallarga hamma tomondan aylanib ko'rish mumkin bo'lgan haykallar
kiradi. Masalan, maydon va xiyobondagi yirik haykal va yodgorliklar, har xil mayda
haykalchalar, taglikka о'rnatilgan haykallar. Во'rtma haykallar odatda biror yuzaga
bo'rttirib ishlangan bo'ladi. Bunday haykallar bir so'z bilan relyef deb ataladi («relyef»
fransuzcha so'z bo'lib, yuza degan ma'noni bildiradi) Relyeflarni faqat old tomondan
ko'rish mumkin. Bunday haykaltaroshlik asarlarida; kenglik, tabiat manzaralari
ko'rinishi, hayotda sodir bo'lgan voqealar ma'lum muhitda aks ettiriladi.
Haykaltaroshlik asarlari bajaradigan vazifasi, mazmuniga qarab mahobatli, dastgoh,
bezak vа mayda haykaltaroshlik turlariga bo'linadi. Ме'morlik bilan uzviy bog'liq
bo'lgan haykaltaroshlik asarlari, yodgorliklar mahobatli haykaltaroshlik turiga
taalluqli. Shahar maydonlarida ko'pincha bronzadan quyilgan, marmar granitdan
ishlangan mahobatli haykallarni ko'rish mumkin. Bunday haykallar Toshkent,
Samarqand, Farg'ona va Vatanimizning boshqa shaharlarida ko'plab uchraydi. Bu
haykallar mahobatli (monumental) haykalta- roshlikka mansub. Haykaltarosh L.
Jabborovning Amir Temur haykallari, Alisher Navoiy haykali vа boshqalar ana
shunday haykallar sirasiga kiradi.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

294

Memorial inshootlar («memorial» lotincha — «xotira» so'zidan) ham mahobatli

haykaltaroshlikka kiradi. «Jasorat”, «Xotira maydoni» memorial majmualari atrof-
muhit bilan uyg'unlashib ketadi, shuning uchun bunday ishootlar haykaltaroshlik
ansambllari deb ataladi. Yodgorliklar, memorial ansambllarda odatda vatanparvarlik
(fikr vа tuyg'ulari) aks etgan bo'ladi. Bezak haykaltaroshligiga istirohat bog'lari,
xiyobonlar, ko'chalar vа binolarning devorlarini bezash uchun ishlangan haykallar
kiradi. Bu turda turli hayvonlar (baliq, qurbaqa, laylak vа hokazolar), ramziy bezak va
shakllar keng qo'llaniladi. Ко'rgazma, uylarga qo'yishga mo'ljallangan haykallar
dastgoh haykaltaroshligi turiga taalluqlidir. Bu tur san'at asarlarini har bir badiiy
muzeyda ko'rish mumkin. U yaqindan turib tomosha qilinadi. Shuning uchun u ancha
nozik ishlangan bo'ladi, ularda insonning ichki dunyosi о'z ifodasini topadi. Bular
portretlar, turli haykallardir.

Haykaltaroshlikda yog'och, tosh, granit, marmar, metall, beton, ganch kabilar

xom-ashyo tarzida ishlatiladi. Haykaltarosh haykalning mazmuni va о'rnatiladigan
о'rniga qarab turli xil xomashyoni tanlaydi: maxsus loy, suyak, sement, gips...,
qimmatli metallar — oltin, kumush, nikellar ham haykaltaroshlikda xomashyo bo'lа
oladi.

Haykaltaroshlikda rang deyarli ishlatilmaydi. Asar rangini odatda haykal uchun

tanlangan xomashyo (marmar, granit, bronza va hokazolar) belgilaydi. Xalq
haykaltaroshligida

haykallarni

bo'yash

hollari

uchraydi.

Jumlаdаn

Sharq

haykaltaroshligida qadimda haykallarni bo'yash keng tarqalgan. Haykaltaroshlikning
yana bir ko'rinishi- qadimdan keng tarqalgan turi terrakota («terrakota» italyancha so'z
bо'lib, pishirilgan loy, demakdir). Loydan yasalib, maxsus pechlarda pishiriladi. U
pishirilgandan so'ng qizil, ba'zan sarg'ish tusga ega bo'ladi. Keng ma'noda esa loydan
yasalib, pechda pishirilgan haykaltaroshlik asarlari tushuniladi. Haykaltaroshlikning
bu turi о'zbek san'atida qadimdan rivojlangan, bugungi kunda ham bu san'at
ko'pchilikni о'ziga jalb etgan. Yuqorida tilga olingan Н. Rahimova haykallari
terrakotaga mansub Terrakota iqtidorli yoshlar markazi, to'garaklarda keng о'rganiladi.
0'zbekistonda haykaltaroshlikning barcha turlari taraqqiy etgan. Uning rivojida
haykaltaroshlardan А. Ahmedov, А. Boymatov, I. Jаbborоv, М. Musaboyev, О.
Ro'ziboyev, J. Quttimurodov, Н.Husniddinxo'jayev, У. Shapiro kabilarning hissalari
katta.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.”Moziydan sado” –ilmiy-amaliy,ma’naviy-ma’rifiy jurnal.2022-2023-yillar sonlari.
2.”Farg‘ona vodiysida muzey ishi va faoliyati” I.Yusupov, I.Karimov.
2022-yil, O‘zbekiston Respublikasi .Madaniy meros agentligi.
3.”Moziy soboqlari” – Alijon Azizov. Namangan- 2021-yil.
4.”San’at” jurnali- 2013-yil.
5.”Guliston” –ijtimoiy-siyosiy,ilmiy-badiiy,madaniy-ma’rifiy jurnal. 2021-2022-yil

Bibliografik manbalar

”Moziydan sado” –ilmiy-amaliy,ma’naviy-ma’rifiy jurnal.2022-2023-yillar sonlari.

”Farg‘ona vodiysida muzey ishi va faoliyati” I.Yusupov, I.Karimov.

-yil, O‘zbekiston Respublikasi .Madaniy meros agentligi.

”Moziy soboqlari” – Alijon Azizov. Namangan- 2021-yil.

”San’at” jurnali- 2013-yil.

”Guliston” –ijtimoiy-siyosiy,ilmiy-badiiy,madaniy-ma’rifiy jurnal. 2021-2022-yil