Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
251
TAQINCHOQLAR VA ULARNING AHOLI ETNIK
HAYOTIDA TUTGAN O’RNI
Zilola Mamadaliyeva
Namangan viloyati tarixi va madaniyat davlat muzeyi ilmiy hodimi
Taqinchoqlar ham xuddi kiyimlar singari uzoq asrlar davomida shakllangan
bo‘lib, ularning o‘ziga xosligi milliy xususiyatlar, bir xalqning boshqa etnos yoki etnik
guruxlar bilan o‘zaro iqtisodiy aloqalari, siyosiy tuzumning milliy madaniyatga ta’siri
va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Xar bir xalqning etnik tarixidagi milliy an’analari,
ijtimoiy munosabat va mafkuraning ayrim xususiyatlari taqinchoqlarning nafisligida
ham o‘z aksini topadi
Taqinchoqlarning naqsh va bezagida u yoki bu etnosning asrlar davomida
ardoqlanib kelingan milliy an’analar, ijodiy mahoragi va badiiy didi ham yorqin
namoyon bo‘ladi.
A’nanaviy taqinchoqlar majmui ham xuddi kiyimlar singari ma’lum bir etnos
hamda etnografik va mahalliy guruhlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi.
Shuning uchun ham taqinchoqlarni tadqiq qilish nafaqat xalq kiyimlari evolyusiyasini
yoritishda, balki xalqning tarixi, etnogenezi, ya’ni shakllanish tarixini o‘rganish va
tarixiy nuqtai nazardan to‘g‘ri xulosa chiqarishda muhim va bebaho manbalardan biri
bo‘lib xizmat qiladi, qolaversa, taqinchoqlarga bag‘ishlangan tadqiqotlar etnik va
madaniy aloqalarni taxlil etishda ham ko‘mak beradi.
Arxeolog olimlarning ta’kidlashlaricha, hunarmandchilik tarixida dastavval
ayollar taqinchoqlari paydo bo’lgan, bo’lsa-da, keyinchalik bu bezaklarni erkaklar ham
taqishi urf bo’lgan.
Asta-sekin hayvonlarga, uylarga yoki biror buyumga ham taqinchoq taqish odatga
aylangan. Bezaklardan foydalanishga talab kuchaya boshlagach, ularning turlari
alohida mazmun-mohiyat kasb etgan. Ya’ni taqinchoqlar har hil turlarga bo‘linib, insu
jinslardan asrovchi, kasalliklardan halos etuvchi, turli tashqi ta’sirlardan muhofaza
qiluvchi, jamiyatda kishining kimligini, uning mavqeini belgilovchi vosita vazifasini
bajara boshlagan. Bunday taqinchoqlar peshona, bo‘yin, quloq, burun, qo‘l va oq
panjalarga taqilib, ular ko‘zli yo ko‘zsiz bo‘lgan hamda xat va naqshlar bilan
bezatilgan.
XIX asrning oxiri - XX asr boshlarida voha ayollarining an’anaviy turmush
tarzida taqinchoqlar o‘ziga betakror bezak beruvchi (estetik) vosita vazifasini
bajarishdan tashqari diniy-afsungarlik funksiyasini, ijtimoiy farqlarni va mintaqa
axolisining lokal-hududiy xususiyatlarini ham anglatgan. Shuningdek, taqinchoqlar
turli yosh doirasidagi farqni, ya’ni, bolalik, qizlik, kelinlik va undan keyingi davr bilan
bog’liq farqni ham anglatgan. Onalar va keksa momolar taqinchoqlari ham o‘zaro
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
252
farqlangan, qolaversa, taqinchoqlar mulkdor tabaqa vakillari hamda shahar va
qishloqning oddiy fuqarolariga tegishli taqinchoqlarga ham bo‘lingan. Umuman
olganda, taqinchoqlarda xalqimizning ming yillar mobaynida to‘plagan boy ijodiy
an’analari, ma’naviy merosi hamda badiiy-estetik tafakkuri o‘z ifodasini topgan.
Taqinchoqlarning yuqorida sanab o‘tilgan belgilari va o‘zaro farqli jixatlari ichida
turli tarixiy-etnografik mintaqalarga xos xududiy xususiyatlari va ramziy
funksiyalarining ajralib turishi muxim axamiyat kasb etadi. Ma’lum bir tarixiy-
etnografik mintaqalar taqinchoqlarining ikkita tarixiy-madaniy tipga bo‘linishini
ko‘rish mumkin. Ayollarning an’anaviy taqinchoqlari xilma-xil bo‘lib, ular etnik
jixatdan shakli, ko‘rinishi va qaysi ma’dandan tayyorlanganligi bilan ham farqlanib
turadi. Lekin shu o‘rinda aytib o‘tish zarurki, ayollar taqinchoqlari ham turli tarixiy
davrlarda ijtimoiy-siyosiy muhit, tabiiy sharoitlar ta’sirida o‘zgarib, yangi bo‘laklar va
shakllar bilan boyib borgan. Biroq, shuni ham unutmaslik lozimki, ko‘p xollarda
taqinchoqlar avloddan-avlodga meros tariqasida o‘tib kelishi natijasida o‘zining eng
qadimiy, an’anaviy shaklini saqlab qolgan.
Milliy taqinchoqlar va zargarlik bezaklari kiyim-kechak, ayniqsa, ayollar
kiyimining eng muhim badiiy zeb-ziynatlaridan biri bo‘lib, bu kiyimlarning bichimi va
shakli bilan uzviy boglangan, ranga, ko‘rinishi va vazifasi bilan hamohang bo‘lgan.
Voha ayollarining an’anaviy taqinchoqlari ham umumo‘zbek taqinchoqlari
singari ko‘pincha kumushdan, oltindan, jezdan, misdan, bronzadan tayyorlangan
hamda turfa xil uslubdagi naqsh va bezaklar asosida zeb berib yasalgan. Usta zargarlar
uzuk, zirak, bilakuzuk, marjonga o‘xshagan va axolining kundalik turmush tarzida
taqishga mo‘ljallangan sodda zeb-ziynatlarni yasash bilan birga yuksak mahorat talab
qiladigan o‘ta murakkab nakshli zargarlik buyumlarini ham tayyorlaganlar.
Vohaning an’anaviy taqinchoqlari taqilishiga qarab 4 ta asosiy guruxga bo‘linadi:
Boshga va burunga taqiladigan taqinchoqlar;
Ko‘krak, bo‘yin, kaftga taqiladigan bezak buyumlari va taqinchoqlar;
Tananing bel qismiga o‘raladigan va taqiladigan taqinchoqlar;
Qo‘l taqinchoqlari;
Ushbu taqinchoqlar va bezak buyumlari ayollarning yoshi, kiyimining rangi, mato
turi va tikilish usuliga qarab taqilgan. Ularning ko‘plari hozirda ham taqilsa, ayrimlari
yangi turdagi taqinchoqlarning kirib kelishi natijasida iste’moldan chiqib ketgan. Xar
bir ayol o‘z didiga mos taqinchoqlar kompleksiga ega bo‘lgan va o‘z o‘rnida taqib,
doimiy saqlab yurgan. Xatto, taqinchoqlar ayollarning merosiy mulki ham
hisoblangan. Vohada qizlar turmushga chiqib, kelin bo‘lganlaridan keyin dastlab
bayramlarda, mexmon kelganda yoki mexmondorchilikka borganida barcha
taqinchoqlarini taqishgan. Boshqa paytlarda ayollar zirak, uzuk va bilakuzuk kabi
sodda zeb-ziynatlarni taqib yurishgan.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
253
Boshga taqiladigan taqinchoqlar ichida kallaning peshona qismiga taqiladigan
taqinchoqlar o‘ziga xosligi bilan alohida ajralib turgan va ular ham o‘z navbatida
peshonaga, sochga, quloqqa va burunga taqiladigan taqinchoqlar singarilarga
bo‘lingan.
Peshona taqinchoqlari ham o‘z navbatida uchga bo‘lingan va birinchi guruhga
«tillaqosh», ikkinchisiga «bargak» va «silsila», uchinchisiga «mohitilla», «zulfitilla»
va «xatabak» kirgan.
Peshonaga taqiladigan taqinchoqlar. XX asrning birinchi yarmida an’anaviy
peshona taqinchoqlari ichida «tillaqosh» o‘ziga xosligi bilan ajralib turgan. Yarim
doirani eslatadigan bu taqinchoqning asosi kumush parchasidan kesib olingan va
o‘sgan qosh shaklida yoki qanotini yoygan qushga o‘xshatib yasalgan. Yuqori qismi
esa murakkab panjarali shakl bilan tugaydi.
O’zbekiston hududida tillaqoshning uch xil - buxorocha, xivacha va toshkentcha
turlari ma’lum. Samarqandcha tillaqosh «qoshitillo», «tillaqosh», Buxoroda
«boloabru» (tojikcha «qosh ustida» demakdir), Fargona vodiysida «tillaqosh»,
Nurotada «tillabargak» yoki «taxtachabargak» nomlari bilan atalgan. Qashqadaryo
vohasida ham mazkur taqinchoq «tillaqosh» deb yuritilgan. Bu davrda
Respublikamizning boshka mintaqalarida bo‘lgani singari, vohada ham mazkur
taqinchoqni asosan turmushga chiqqan kelinlar taqishgan. Shahrisabz, qarshi
shaxarlaridagi o‘ziga to‘q oilalar o‘z qizlarining seplari uchun savdogarlardan tillaqosh
sotib olishgan va to‘y kuni yoki to‘ydan so‘ng o‘tkaziladigan «kelin salom», «yuz
ochar» marosimlarida kelinlikning o‘ziga xos ko‘rki sifatida uni sovg‘a qilishgan.
Samarqand va Buxoroda ham tillaqosh asosan kelinlarning to‘y tantanalarda taqadigan
peshona taqinchog’i hisoblangan.
Endi esa bevosita ushbu taqinchoqning «tillaqosh» deb nomlanishi masalasiga
to‘xtalib o‘tsak. Haligacha mazkur taqinchoq nomini bildiruvchi so‘zning
etimologiyasi borasida yakdil qarash mavjud emas. Ayrim mualliflarning yozishicha,
ushbu taqinchoqning «tillaqosh» deb atalishiga sabab, mazkur taqinchoqning pastki
qismi qosh shaklidagi tilladan yasalgan bo‘lib, ustki qismiga uchburchak shakldagi
turli xil toshlar o‘rnatilganligidadir . Boshqa tadqiqotchilar, jumladan, san’atshunos
olima D. A. Faxretdinovaning fikricha, tillaqoshning bunday shaklda yasalishiga inson
qoshi emas, balki qushning yoyilgan qanoti asos bo’lgan. Chunki qosh bunday burilish
shakliga ega emas ekan. Bundan tashqari, «qosh» so‘zi talaffuziga ko‘ra «qush» so‘zi
bilan o‘zaro uyqash xam xisoblanadi, qolaversa, an’anaviy kashtalardagi tillaqoshga
o‘xshash shakl xam «qush qanoti» deyiladi. Biz bu borada ikkinchi muallifning
fikrlarini ma’qullagan xolda shuni ta’kidlaymizki, eng qadimgi davrlarda Markaziy
Osiyoning azaliy axolisi orasida tovus, tustovuq va xo‘roz kabi parrandalar muqaddas
qushlar sifatida e’zozlangan. Ular serpushtlik goyasi bilan aloqador bo‘lib, quyosh
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
254
turkumiga xos parrandalar xisoblangan. Shu bois, oltin va kumushdan yasalgan
taqinchoqlarda ushbu qushlar tasviri yoki pati qo‘llanilgan.
Markaziy Osiyoda yashagan o‘troq axolining qadimiy peshona taqinchoqlaridan
biri sifatida XX asrning boshlariga qadar keng ommalashib kelgan «moxitillo» yoki
Buxoro amirligi xududida keng tarqalgan «bibishik» va «sarguzon» kabi peshona
taqinchoqlariga xam qush boshi shaklida bezak berilgan. Bundan tashqari, Buxoroda
«qush duo», «qush kokili», Xorazmda «butun tirnoq», «yarim tirnoq» va «xo‘kiz
shoxi» nomlari bilan ataluvchi taqinchoqlar xam bo’lgan. Aynan qush shaklidagi
taqinchoqlarni tayyorlashga qo‘qon zargarlari juda moxir bo‘lishgan.
G. Grigorevning fikricha, chakkaga taqiladigan gajakning yasalishiga xam qush
tasviri asos bulgan. Umuman olganda, qush tasviri va ularning ramzlari aks etgan
taqinchoqlar ko‘pincha o‘troq dexqonchilik bilan shugullangan axoli orasida
kelinlarning peshona va chakkaga taqiladigan taqinchoqlariga xos an’anaviy bezak
vazifasini bajargan. Demak, tillaqosh juda qadimiy maxalliy taqinchoqlardan biri
bo‘lib, qadimgi odamlarning atrofdagi olamdan ilxomlanishi natijasida yaratilgan.
Uning ilk shakliga qushning yoyilgan qanoti asos bo‘lgan va mazkur taqinchoqning
evolyusiyasi jarayonida uning kelib chiqishi bilan bogliq dastlabki tasavvurlar unutilib,
tillaqoshni inson qoshn bilan qiyoslash asnosida yuzaga kelgan qarashlargina xalq
orasida saqlanib qolgan.
Tillaqoshga nazar tashlar ekanmiz, uning eng pastki qismi shildiroq bilan
bezatilganini ko‘rishimiz mumkin. Etnograf olima O.A. Suxarevaning yozishicha,
dastlabki paytlarda tillaqoshda shildiroq mavjud bo‘lmagan va u qoshning ustiga
taqilgan. Keyinchalik esa uning tarkibiga turli xil toshlarning ulanishi natijasida u
peshonaga taqiladigan taqinchoqqa aylangan. Ta’kidlash joizki, o‘zbeklarda azaldan
zargarlik buyumlarini yasashda qimmatbaxo va yarim qimmatbaxo toshlardan samarali
foydalanilgan. Shuningdek, bunday toshlar tabobatda xam qo‘llanilgan bo‘lib,
xalqimizda toshlarning shifobaxshlik xususiyatiga egaligi to‘grisida o‘ziga xos
e’tiqodiy ishonchlar mavjud bulgan. Umuman olganda, bunday e’tiqodiy qarash
nafaqat Markaziy Osiyo xalqarida, balki, qadimgi Sharq mamlakatlarida xam keng
tarqalgan bulib, bu ko’pincha qimmatbaxo toshlarning magik kuch-qudratiga ishonch
darajasigacha ko‘tarilgan.
Tillaqosh XX asrning birinchi choragigacha ayollar taqinchoqlari majmuida
muxim o‘rinni egallagan bo‘lsa, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab yangi turdagi
taqinchoqlarning kirib kelishi va turli-tuman o‘zgarishlar natijasida kundalik hayotdan
chiqib ketgan va uning o‘rnini o‘sha davr ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy talablariga mos
keluvchi yangi taqinchoqlar egallagan. Tillaqosh va uning rivojlanish bosqichlari
to‘grisidagi fikrlarimizni yakunlash asnosida shuni xam ta’kidlab o‘tish joizki, ba’zi
mualliflar mavjud faktlarni to‘g’ri talqin etmasliklari natijasida ushbu taqinchoq
tarixini birmuncha keyingi davr bilan bog’lab taxlil etadilar. Jumladan, etnograf olima
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
255
N.G. Boroznaning «tillaqosh XIX asr oxiri - XX asr boshlarida turmush tarziga kirib
kelgan», degan fikri, bizningcha, haqiqatdan yiroqdir.
Chunki, tillaqoshning uzoq evolyutsion yo’lni bosib o’tganligini va qadimiy
tarixga ega ekanligini yuqoridagi fikrlar xam tasdiqlaydi. Shu o‘rinda, qadimgi rus
madaniyati tarixi bo’yicha mutaxassis B.A. Rbakovning «toj va marjonlardagi
tasvirlarni oddiy estetik bezak sifatida emas, balki qadimgi tasavvurlar bilan
bog’lanadigan yashirin yozuv deb baxolash kerak»,- degan fikrini keltirib o‘tish
joizdir.
Zeb-ziynatlar ayollar kiyim-kechagining tarkibiy qismi sanaladi. Ular orasida
sochga taqiladigan shokilali marjonmunchoqlar, popuklar, tangalar, qadama bezaklar,
gajimlar, zalvorli kumush ziynatlar, ikki chekkaga va quloqqa taqiladigan
peshonaband, tillaqosh, zulf, shokilador ziraklar, isirg‘a va buloqilarni sanab ko‘rsatish
mumkin. Shu bilan birga bo‘yin va ko‘krakka taqiladigan marvaridlar, zebigardon,
tumor va boshqalar, qo‘lga va barmoqlarga taqiladigan bilaguzuk, uzuklar, kiyim
ustiga taqiladigan xilma-xil tugma, marjon, tumorlar kabilar keng tarqalgan.Ayollar
taqinchoqlarini yasashda tilla, kumush, marjon, feruza, sadaf singari noyob va
qimmatbaho toshlardan foydalanilgan.
Taqinchoqlar ishlab chiqarish xom ashyo sifatida qimmatbaho va rangli metallar
(qalay, oltin, kumush va b) qotishmalari, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar
(feruza, olmos, aqiq, yoqut vab) plastmassa, tabiiy toshlar, suyak , emal, shisha va
boshqalar ishlatiladi.
Tilla-bargak, tillaqosh, gajak, tavq, marjon, zebigardon, nazigardon, sirg‘a,
bilakuzuk kabi barcha turdagi taqinchoqlarni kelinlar bezak sifatida ishlatishgan. Shu
bilan birgalikda, bu taqinchoqlar ayollarni balo-qazolardan, yomon ko‘zlardan
asrovchi vazifasini ham bajargan.
Shunday taqinchoqlardan biri, kelinlar peshonasiga taqadigan tillaqosh bo‘lib, u
ma’danga xuddi qoshga o‘xshatib shakl berish orqali yasalgan. Uning pastki qismi
xuddi yaproq ko‘rinishidagi shokildalardan iborat bo‘lib, yuqori qismi nafis bezatilgan
vatoshlar qadab chiqilgan. Tillaqoshning yuqori qismi naqshinkor bo‘lmagan
ko‘rinishi bolo-abru deb atalgan.
Yana bir taqinchoq turi tilla bargak bo‘lib, u ham peshonaga taqilgan.Tilla bargak
bir-biriga ulangan kvadrad tangalardan iborat bo‘lib, yuqori qismida marjon feruza
toshlar bilan bezatilgan gulsimon tangachalar qatori joylashgan. Pastki qismini esa
barg ko‘rinishidagi mayda shokilalar to‘ldirgan. Buxoro tillabarglari tuzilish jihatidan
Xorazm ayollarining manglay tuzi taqinchog‘iga juda o‘xshashdir.
Ko‘pgina taqinchoqlar bejizga barg ko‘rinishli bezaklar bilan bezatilmagan.
Qadim zamonlarda odamlar bargni hayot va tabiatning uyg‘onish ramzi deb bilishgan.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
256
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Buxoro an’anaviy liboslarining shakllanish
jarayoni bevosita hududdagi etnografik holat, aholining etnik tuzilishi, ijtimoiy siyosiy
jarayonlarning o‘zgarib borishi,tashqi aloqalar, mustamlaka tuzumi bilan bog‘liq
ravishda kechdi. Buxoro vohasi milliy liboslari qay davrda bo‘lishdan qat’i nazar o‘z
jozibasi va ko‘rkini yo‘qotmay saqlab kelmoqda. Voha hududidagi matolar, ularga
ishlov berish qadim davrlardan tortib hozirgi kunga qadar o‘z ahamiyatini yo‘qotmay
kelmoqda.
Hozirgi zamon rivojlangan usullar bevosita o‘tmish an’analarini o‘zida
mujassamlashtirgan holda rivojlanmoqda.Ulardagi har bir naqsh, bezaklar, ranglar o‘z
ma’no-mazmuniga ega bo‘lgan. An’anviy liboslarning voha aholisining o‘zigagina xos
bo‘lgan xususiyatlari, bezaklari, ma’no-mazmunining boyligi hozirgi davrga qadar o‘z
ko‘rinishi yo‘qotmay saqlanib qolishida katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Milliy liboslarda har bir detal o‘z o‘rni va ma’nosiga ega edi. Bunda davr va har
bir millatning o‘ziga xos qadriyatlari va an’analari bilan birga tashqi ta’sirlarning ham
o‘rni beqiyos bo‘ldi. Buxoro vohasi liboslari o‘zining serhashamliligi bilan ayniqsa
ajralib turardi. Milliy liboslarning ahamiyat darajasining ortganini hozirgi kunda
bevosita yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Liboslar bilan bir qatorda milliy taqinchoqlar ham bevosita nafaqat tariximizni
o‘rganish borasida ashyoviy manba sifatida foydalanilishi mumkin, shuningdek
bundan buyumlarning barida milliy o‘zligimiz saqlanib qolgan hisoblanadi. Ularni
asrash, kerakli o‘rinlarda ishlatish oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri
hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Ярашова, М. (2024). ЖАҲОН ЭТНОЛОГИЯСИ ФАНИ ВА УНИ
ЎҚИТИШНИНГ ЗАМОНАВИЙ МЕТОДОЛОГИЯСИ. Modern Science and
Research, 3(10), 362–368.
2.
Ярашова, М. (2024). БУХОРО ВОҲАСИДА МАТО ВА МАТО ТАЙЁРЛАШ
УСУЛЛАРИ. 782–787.
3.
Yarashova Mohlaroyim Shuhratovna. (2024). Muyiddin Ibn Arabiyning Tasavvuf
Ta’limotida Tahsil Olgan Ayol Ustozlari Va Ta’lim Bergan Ayol Shogirdlari, 52,
622–625.
4.
Yarashova, M. (2024). ILK O’RTA ASR MANBALARIDA KIYIM-
KECHAKLAR VA ULAR BILAN BOG’LIQ ATAMALAR TAVSIFI. 621–632.
5.
Ярашова, М. (2025). ПАРАНЖИ ВА УНИНГ ЎРГАНИЛИШ ТАРИХИ. 160–
168.
6.
Yarashova, M., Sa’dullayev, U.Yo’ldosheva, F. (2025). BUXORO VOHASI
AYOLLARINING AN’ANAVIY BOSH KIYIMLARI- DO‘PPI VA RO‘MOL.
600–607.