Mualliflar

  • Mustafаyeva Saodat Burxanovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.trtteztro.120061

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Salim Ashur lingvokulturema shakldosh so‘zlar tasavvufiy poeziya fonetik variant morfologik birlik metatiza xalq og‘zaki nutqi milliy ong stilistik yuklama

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada Salim Ashur ijodida lingvokulturemalarning estetik va semantik yuki tahlil qilinadi. Xususan, shakldosh so‘zlar orqali ma’no qatlamlarining chuqurlashuvi, tasavvufiy obrazlarning ramziy ifodasi va xalq og‘zaki nutqiga xos til birliklarining poetik funksiyasi o‘rganiladi. Shoir she’rlarida fonetik, leksik, morfologik va stilistik darajalarda namoyon bo‘ladigan lingvokulturemalar milliy ong, tarixiy xotira va axloqiy-estetik qadriyatlarni yuksak badiiy saviyada ifoda etishga xizmat qilmoqda. “Tandir”, “esang”, “turpoq” kabi so‘zlar tahlili orqali Salim Ashurning milliylik va estetik did uyg‘unligiga asoslangan poetik uslubi yoritiladi.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_1-qism_Iyul-2025

49

SALIM ASHUR SHE’RIYATIDA LINGVOKULTUREMALAR

POETIK IFODA UYG‘UNLIGI

Mustafаyeva Saodat Burxanovna

Qarshi davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi


Annotatsiya:

Ushbu maqolada Salim Ashur ijodida lingvokulturemalarning

estetik va semantik yuki tahlil qilinadi. Xususan, shakldosh so‘zlar orqali ma’no
qatlamlarining chuqurlashuvi, tasavvufiy obrazlarning ramziy ifodasi va xalq og‘zaki
nutqiga xos til birliklarining poetik funksiyasi o‘rganiladi. Shoir she’rlarida fonetik,
leksik, morfologik va stilistik darajalarda namoyon bo‘ladigan lingvokulturemalar
milliy ong, tarixiy xotira va axloqiy-estetik qadriyatlarni yuksak badiiy saviyada ifoda
etishga xizmat qilmoqda. “Tandir”, “esang”, “turpoq” kabi so‘zlar tahlili orqali Salim
Ashurning milliylik va estetik did uyg‘unligiga asoslangan poetik uslubi yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

Salim Ashur, lingvokulturema, shakldosh so‘zlar, tasavvufiy

poeziya, fonetik variant, morfologik birlik, metatiza, xalq og‘zaki nutqi, milliy ong,
stilistik yuklama


Salim Ashur o‘zining she’riy ijodida lingvokulturemalarni faqat badiiy bezak

vositasi sifatida emas, balki xalqning madaniy xotirasini, tarixiy-estetik anglashini aks
ettiruvchi asosiy vosita sifatida qo‘llaydi. Uning she’rlarida fonetik, leksik, morfologik
va stilistik darajalarda ifodalanadigan til birliklari – xususan, shakldosh so‘zlar,
dialektal variantlar, metaforik obrazlar – o‘zbek milliy ongining timsoliga aylanadi.
Mazkur maqolada shoir ijodining lingvokulturologik tahlili orqali uning poetik
tafakkuridagi milliylik, tasavvufiy obrazlar va til boyligining uyg‘unligi yoritiladi.
Shuningdek, “tandir”, “og‘irmas – og‘rimas”, “esang”, “turpoq” kabi so‘zlar misolida
shakldosh so‘zlarning poetik ifodadagi roli, stilistik yuklamasi va fonetik xususiyatlari
o‘rganiladi.Salim Ashur o‘z she’riyatida lingvokulturemalarni faqat estetik bezak
sifatida emas, balki chuqur ma’no yuklovchi badiiy vosita sifatida ishlatgan. U o‘zbek
xalqining qadriyatlarini, tarixiy xotirasini, diniy va axloqiy qarashlarini she’riy til
orqali aks ettiradi. Bu jihat, ayniqsa, tasavvufiy ruhdagi she’rlarida kuchli ko‘zga
tashlanadi. Shuningdek, lingvokulturemalar poetik nutqning milliy ruhini oshiradi,
o‘quvchida o‘zlikni anglash, tarixiy-madaniy ildizlarni eslash kabi hissiyotlarni
uyg‘otadi. Bu esa Salim Ashur poetikasining asosiy estetik omillaridan biri
hisoblanadi. Lingvokulturemalar shakli jihatidan turli darajadagi til birliklarini o‘z
ichiga oladi. Ular fonetik, leksik, frazeologik va sintaktik darajalarda namoyon bo‘ladi.
Salim Ashur she’riyatida bu birliklar o‘ziga xos badiiy shaklda berilgan bo‘lib, ular
shoirning estetik didi va milliy madaniyatga bo‘lgan chuqur e’tiborini ko‘rsatadi.
Shoirning quyidagi she’ri orqali fikrimizni ifoda etamiz: Olovga tushgan tandir,


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_1-qism_Iyul-2025

50

Toledan shishgan tandir, Yuragim pishgan tandir, Taft tutgan kengliklarim, Birodar
tengliklarim. She’rda qo‘llanilgan “tandir” so‘zi shakldosh so‘zlarga xos holatdir.
She’riy kontekstda shakldoshlik orqali bir so‘zning turli qirralari yoritiladi, bu esa
she’rning ma’no qatlamlarini chuqurlashtiradi. Birinchi misradagi “Olovga tushgan
tandir”, ya’ni o‘zbek xalqiga xos taom “tandir”(go‘shtni) olovga tushishi, ikkinchi
misradagi “Toledan shishgan tandir, ya’ni haqiqiy tandir ma’nosi, ammo shishgan
so‘zi bilan qizib, jonlangan, tiriklashgan holat obraz hosil qilinmoqda. Tandir hayotga
o‘xshatilmoqda – kuchga to‘lgan, tole bilan (baxt bilan) shishgan. Bu yerda “tandir”
endi faqat non pishirish emas, balki ichki kuch, harorat, hayotiylik timsoli. “Yuragim
pishgan tandir” misrasida “tandir” yurak ramzi sifatida ishlatilgan. Shoir yuragini
issiqlik, iztirob, his-tuyg‘u pishirgan tandirga qiyoslaydi. Bu – inson ichki olamining
issiqligini ko‘rsatadi. Ya’ni, yurak tandir – metafora, majoziy-obrazli o‘xshatish.
Toshni yordi tar chechak, Suvga bordi har chechak, Sirlar gullar bu kecha. Birinchi
misrada chechak, qadimda qo‘llanilgan kasallik nomi (vabo); obrazli ifoda etilgan.
Ikkinchi misrada gul, o‘simlik, tabiatdagi chechak (suv tomon yo‘nalgan har bir jonli
narsa); chechaklar haqiqiy gul sifatida tasvirlangan. — ular suvga boradi, ya’ni hayot
manbaiga intiladi. Shoirning “Qo‘llarimdan tutmang ketaman” misrali she’rida
so‘zlarning shakldoshlik hodisasi qo‘llanilgan, bo‘lib, bu she’rning ifodaviyligini
oshirishga xizmat qilgan. Qo‘llarimdan tutmang ketaman, Ko‘nikkanman, ketmoq
og‘irmas. Har qadamda xiyonat ko‘rgan, Qalb endi og‘rimas. Mazkur misralardagi
“og‘irmas” va “og‘rimas” so‘zlari shakldosh fe’llar bo‘lib, ular fonetik jihatdan
o‘xshash, ammo etimologik manbasi, semantik ma’nosi va stilistik yuklamasi jihatdan
farqlanadi. Har ikkisi ham inkor shaklidagi istak yoki shart maylida bo‘lsa-da, biri
og‘irlik bilan bog‘liq harakatni, ikkinchisi esa ruhiy yoki jismoniy og‘riq holatini
ifodalaydi. Bu holat shakldoshlikning tipik misoli bo‘lib, ayniqsa fonetik yaqinlik
orqali adashtirilishi mumkin bo‘lgan birliklar qatoriga kiradi. O‘zbek tilining
morfologik tizimida ayrim fe’llar fonetik jihatdan o‘zaro juda o‘xshash ko‘rinishda
namoyon bo‘ladi. Bunday hodisa tilshunoslikda shakldoshlik deb yuritiladi. Shakldosh
so‘zlar – bu shakli yaqin yoki bir xil, lekin mazmunan yoki grammatik jihatdan farqli
birliklardir. Bunday holat ayniqsa fe’l yasovchi negizlar o‘xshash bo‘lganda tez-tez
uchraydi. Masalan, “og‘irmas” va “og‘rimas” so‘zlari fonetik shakli jihatidan deyarli
bir xil ko‘rinsa-da, aslida ular turli asoslardan yasalgan, mazmunan butunlay boshqa,
lekin grammatik shakllanish jihatidan o‘xshash birliklardir. “Og‘irmas” so‘zi
“og‘irlamoq” fe’lidan yasalib, odatda istak yoki shart maylining inkor shakli sifatida
qo‘llanadi. U “og‘irlashtirmasin”, “yuk qilmasin”, mazmunini beradi. Masalan: “U
gapni og‘irmas, yengil olib ketadi”. Boshqa tomondan, “Og‘irmas” so‘zi og‘rimoq
fe’lidan yasalgan bo‘lib, bu ham istak/shart maylida, inkor shaklida keladi va
“og‘rimaydi”, “dard sezilmaydi” ma’nolarini bildiradi. Masalan: “Qalb endi og‘rimas”.
Har ikki so‘z ham fe’l, ikkalasi ham inkor + mayl shaklida yasalgan, ammo semantik


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_1-qism_Iyul-2025

51

maydonlari tubdan farqlanadi: biri tashqi harakatni (og‘irlashtirishni) bildirsa,
ikkinchisi ichki holat – ya’ni jismoniy yoki ruhiy og‘riqni bildiradi. Shunday qilib, bu
ikki so‘z fonetik shakldosh, ammo etimologik va semantik nuqtai nazardan shakldosh
emas, balki cheklangan shakldosh so‘zlar qatoriga kiradi. Shakldosh so‘zlarning bu
kabi holatlari tahlili o‘zbek tilining morfofonologik tizimida mavjud bo‘lgan shakl va
ma’no o‘zaro munosabatlari, shuningdek nutqdagi aniqlik va ifoda vositalari xilma-
xilligini tushunishda muhim ahamiyatga ega. Bu kabi tahlilni shoirning “Meni onam
turpoq edi” she’ri misolida ham ko‘rishimiz mumkin. She’rdagi “Meni onam esang
tandir” misralarida “esang” so‘zi egalik olmoshining qadimgi yoki xalq og‘zaki
nutqdagi shakliy varianti, ma’nodoshi hisoblanadi. Egalik olmoshlari egalik
munosabatini bildiruvchi til birliklaridir. O‘zbek tilida ular quyidagicha shakllanadi:
Shaxs Adabiy shakl Lahjaviy (shevaga xos) shakl Misol Men mening menim / manim
Manim yuragimda dard bor Sen sening esang / esan / ezang Manim onam esang tandir
Mazkur misralarda “esang” shakli sening so‘zining xalq tiliga xos yoki qadimiy
ko‘rinishidir. U o‘zbek tili tarixida va hozirgi shevalarida mavjud. “Sening” – adabiy
til qoidalariga mos, normativ shakl hisoblanadi. “Esang” – fonetik jihatdan “sen”
so‘ziga -ang qo‘shimchasi orqali (yoki birikish orqali) yuzaga kelgan variant
hisoblanadi. Variantlar – tilning ichki boyligini ko‘rsatadi. Egalik olmoshlaridagi
variantlik tildagi tarixiy qatlam va territorial lahjalar asosida shakllanadi. “Esang”
shakli dialektologik birlik sifatida qadimiy matnlarda va folklorda uchraydi. Bu
shakllar ko‘pincha she’r, maqol, xalq qo‘shiqlarida fonetik moslik (qofiya) uchun
tanlanadi. “Esang” so‘zining ishlatilishi ko‘pincha lingvokulturema sifatida qaraladi.
Bu so‘zlar orqali madaniy xotira, milliy ifoda, folklor poetikasi saqlanadi. Masalan:
“Manim onam esang tandir” – bu misrada “esang” orqali ona obrazining muqaddasligi,
tandir – hayot markazi sifatidagi ma’naviy ramz kuchayadi. “Esang” va “sening”
so‘zlari shaklan turlicha bo‘lsa-da, semantik jihatdan mutlaqo mos keladi. Ularning
farqi stilistik, tarixiy va hududiy omillar bilan belgilanadi. Tilning adabiy va og‘zaki
qatlamlari o‘rtasidagi bu kabi o‘zgarishlar tilshunoslikda variantlik, dialektologiya va
lingvokulturologiya doirasida o‘rganiladi. “Esang” – “sen” (ikkinchi shaxs) + egalik
qo‘shimchasi (“-ng”) – ammo bu yerda “-e” unlisi yoki bo‘g‘in orttirma shaklda
ishlatilgan. – Xalq shevalarida bu kabi shakllar uchraydi: “esang”, “ezang”, “asan”,
“asing” – bularning barchasi “sening” degan ma’noni beradi. Tandir – o‘zbek
madaniyatida uyning yuragi, non pishadigan, hayot baxsh etadigan joy sifatida talqin
qilinadi. Bu misrada “ona – tandir” timsoli bilan taqqoslanib, hayot beruvchi, mehr
beruvchi obraz sifatida yuksaltirilmoqda. Shu bilan birga she’rda metatiza hodisasini
ham ko‘rish mumkin. Metatiza – bu fonetik o‘zgarish bo‘lib, so‘z tarkibidagi
fonemalar (tovushlar) o‘z o‘rnini o‘zgartiradi. “Turpoq” aslida “toproq” so‘zining
metatizalashgan shaklidir. Ya’ni, “t-o-p-r-o-q” → “t-u-r-p-o-q”. Bu yerda “p” va “r”
tovushlari joyini almashtirgan. Natijada, fonetik variant hosil bo‘lgan: turpoq. Metatiza


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_1-qism_Iyul-2025

52

til taraqqiyotining tabiiy bosqichi sifatida qaraladi. O‘zbek tilining ayrim shevalarida
va folklor matnlarida metatiza natijasida hosil bo‘lgan shakllar ko‘p uchraydi: Adabiy
shakl Metatizalashgan shakl Izoh to‘pori turopi “porillatgan” ma’nosida topmoq
tupmoq (shevada) “topmoq”ning variant toproq turpoq Ma’nosi o‘zgarmaydi, ammo
shakli o‘zgaradi “Turpoq – turpoq. Meni onam turpoq edi” misrasi, fonetik takror
(allitatsiya) bilan og‘zaki ohang yaratadi. “Turpoq” so‘zining ishlatilishi mazmuniy
kuch beradi: Ona – hayot bergan, ammo endi yer bag‘rida – turpoqga aylangan. Bu
yerda metatizalashgan so‘z og‘zaki nutqqa xos hissiy ta’sirni yaratadi. Shu bilan birga,
metatiza badiiy matnda ifodaviy kuch, ritmik uyg‘unlik va milliy ohang berishda
xizmat qiladi. “Tasavvuf talqinida tuproq Haqqa sidq-u sodiqlik, nafsga hayot beruvchi
illatlardan poklik, kibrga barham berish ramzi mazmunida qabul qilinadi” . Folklor
matnlarida bu kabi shakllarning saqlanib qolishi, o‘z navbatida, lingvokulturologik
ahamiyatga ham ega. Jumladan, “Yonginamda yongan o‘lim, Qonlarimda qongan
o‘lim” misralarida shoir “o‘lim” so‘zidan radif sifatida foydalanadi. Bizga ma’lumki,
o‘zbek madaniyatida o‘lim hayotning tabiiy davomi, lekin ilohiy sinov, taqdirning
yakuniy bosqichi, axloqiy saboq deb tushuniladi. “Janoza”, “oxirat”, “qabr”, “savob-
gunah”, “ajru mukofot” kabi tushunchalar bilan bog‘liq. Badiiy adabiyotda ko‘p
hollarda metafora, personifikatsiya vositasi sifatida qo‘llanadi. Shoir tashqi tahdid,
ichki fojiaviy holat, dard sifatida tasvirlanadi.

Salim Ashur ijodida lingvokulturemalar chuqur semantik yuk ko‘taruvchi badiiy

vosita sifatida xizmat qiladi. Shoir tilning fonetik, morfologik va stilistik
imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda, o‘zbek xalqining madaniy merosi,
axloqiy qarashlari va tarixiy xotirasini poeziya vositasida ifodalaydi. Ayniqsa,
shakldosh so‘zlar orqali yaratilgan ma’no qatlamlari she’rning ichki falsafiy
chuqurligini oshiradi. “Tandir”, “esang”, “turpoq”, “og‘irmas – og‘rimas” kabi til
birliklari shoir poetikasida estetik did va milliylik uyg‘unligining ifodasi sifatida
ko‘zga tashlanadi. Bunday yondashuv nafaqat estetik go‘zallik, balki madaniy xotirani
saqlash va milliy ongni uyg‘otish nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Salim Ashur she’riyatidagi til va madaniyat uyg‘unligi uning ijodini zamonaviy
lingvokulturologik tahlil uchun boy manbaga aylantiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Alimov, L.T. (2009).

O‘zbek tili stilistikasi

. Toshkent: Fan.

2.

G‘aniyeva, M. (2015).

Lingvokulturologiya asoslari

. Toshkent: O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi nashriyoti.

3.

Karimov, I. (2012).

O‘zbek adabiyoti tarixi

. Toshkent: O‘qituvchi.

4.

Mannonov, A. (2014).

O‘zbek tili morfologiyasi

. Toshkent: TDPU nashriyoti.

5.

Shukurov, S. (2021).

Poetika va milliy tafakkur

. Samarqand: Zarafshon.

6.

Salim Ashur. She’rlar. https://kh-davron.uz/kutubxona/multimedia/salim-ashur-sherlar.html

7.

Qodirova, N. (2018). “Shakldosh so‘zlar: lingvistik va uslubiy tahlil”,

Filologiya fanlari jurnali

,

№4.

8.

Xaitov, Z. (2020).

Dialektologiya va adabiy til variantlari

. Andijon: Ilm ziyo.

Bibliografik manbalar

Alimov, L.T. (2009). O‘zbek tili stilistikasi. Toshkent: Fan.

G‘aniyeva, M. (2015). Lingvokulturologiya asoslari. Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi nashriyoti.

Karimov, I. (2012). O‘zbek adabiyoti tarixi. Toshkent: O‘qituvchi.

Mannonov, A. (2014). O‘zbek tili morfologiyasi. Toshkent: TDPU nashriyoti.

Shukurov, S. (2021). Poetika va milliy tafakkur. Samarqand: Zarafshon.

Qodirova, N. (2018). “Shakldosh so‘zlar: lingvistik va uslubiy tahlil”, Filologiya fanlari jurnali, №4.

Xaitov, Z. (2020). Dialektologiya va adabiy til variantlari. Andijon: Ilm ziyo.