Mualliflar

  • Muxammadova Gulbaxor Qobiljon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.trtteztro.120064

Annotasiya

 Bugungi kunda oliy ta‘lim tizimi har tomonlama takomillashib bormoqda va hozirgi zamon talablari asosida unga tashkil etilishi va yuqori samara berishi kabi masalalarni qo‘ymoqda. Oliy o‘quv yurtlarida olib borilayotgan o‘quv jarayonining ta‘lim sifati va samaraligi ushbu oliy ta’lim muassasasida tayyorlangan bo‘lajak mutaxassislarga ko‘ra belgilanadi va shu asosda mutaxassislarni tayyorlashga zamonaviy talablar asosida yondashish maqsadga muvofiqdir.

Kompetensiya - bu hozirgi kundagi zamonaviy adabiyotlarda keng qo‘llaniladigan termin bo‘lib,  ta’lim, xodimlarni tanlash, mehnat natijasini baholash, ta’limning muvaffaqiyatligi, talabalarning kasbga yo‘naltirilganligi va shu kabi dolzarb masalalarni qamrab oladi.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_1-qism_Iyul-2025

40

TIBBIY TA’LIMDA KASBIY KOMPETENSIYALARNI

SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Muxammadova Gulbaxor Qobiljon qizi

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

Bugungi kunda oliy ta‘lim tizimi har tomonlama takomillashib bormoqda va

hozirgi zamon talablari asosida unga tashkil etilishi va yuqori samara berishi kabi

masalalarni qo‘ymoqda. Oliy o‘quv yurtlarida olib borilayotgan o‘quv jarayonining

ta‘lim sifati va samaraligi ushbu oliy ta’lim muassasasida tayyorlangan bo‘lajak

mutaxassislarga ko‘ra belgilanadi va shu asosda mutaxassislarni tayyorlashga

zamonaviy talablar asosida yondashish maqsadga muvofiqdir.

Kompetensiya - bu hozirgi kundagi zamonaviy adabiyotlarda keng qo‘llaniladigan

termin bo‘lib, ta’lim, xodimlarni tanlash, mehnat natijasini baholash, ta’limning

muvaffaqiyatligi, talabalarning kasbga yo‘naltirilganligi va shu kabi dolzarb

masalalarni qamrab oladi.

«Kompetentlik» termini esa ta’lim faqatgina yakka, texnik yoki tajribaviy bilim va

qobiliyatlarni egallash masalalari bilan bog‘iq bo‘libgina qolmay, balki individ shaxsni

keyinchalik rivojlantirishga baza bo‘lib, xizmat qila oladigan qobiliyat va ko‘nikmalar

majmuasini ifoda etadi. Shu bilan birga ushbu g‘oyaning talqini Yevropa davlatlarining

deyarli barchasida turlicha o‘z talqin qilingan. Masol uchun qaraydigan bo‘lsak, 80-

yillardan boshlab Germaniyada, «kasbiy faoliyatda kompetentlik» iborasi kasbiy

tayyorgarlikning boshlang‘ich darajasi mobaynida talabalarning erishishlari shart

bo‘lgan maqsadlar ifodalangan. Ushbu o‘qitish kursi o‘zaro bog‘liqlik, texnik

kompleks va umumiy bilimlardan iborat bo‘lib, bu oliy ta’lim bitiruvchining

kelajakdagi ish joylarida ishni davom ettirish imkonini berar edi. Bu umumiy malaka

o‘zgarishsiz qolishi mumkin emas, u rivojlanib borishi kerak, chunki individ va jamiyat

manfaatlaridan kelib chiqqan holda mehnat bozorining talablari va sharoitlari ham

o‘zgarib turadi.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_1-qism_Iyul-2025

41

Oliy ta'limning holati, mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligining mazmuni va

tuzilishi asosan jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy ehtiyojlari bilan

belgilanadi.

Mamlakatimiz ta'limini modernizatsiya qilish dasturini va "ta'lim" milliy loyihasini

amalga oshirish oliy ta'lim natijalarini baholashni bilim, ko‘nikma va malakalar soniga

qarab kelajakdagi mutaxassisning kasbiy kompetentsiyasi darajasini baholashga

yo‘naltirishga olib keladi.

Shifokorning kasbiy kompetentsiyasi deganda bilim, kasbiy va hayotiy tajriba,

qadriyatlar va moyilliklardan foydalangan holda kasbiy pedagogik faoliyatning real

vaziyatlarida yuzaga keladigan kasbiy muammolarni va odatdagi kasbiy muammolarni

hal qilish qobiliyatini belgilaydigan integral tavsif tushuniladi.