Mualliflar

  • Nizom Xakimov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.trtteztro.120069

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: “uch yovuz kuch” terrorizm ShHT RATS Tinchlik missiyasi Tolibon

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada Shanxay Hamkorlik Tashkilotining (ShHT) Yevroosiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil qilinadi. ShHT o‘z faoliyati davomida xalqaro siyosatda nufuzga ega bo‘lib, mintaqaviy xavf-xatar va tahdidlarga qarshi kurashish uchun samarali mexanizmlar va mustahkam qonunchilik bazasini shakllantirgan. Ayniqsa, 2021-yilda AQSh qurolli kuchlari Afg‘onistondan olib chiqilgach va “Tolibon” hokimiyatni egallagach, yuzaga kelgan xavf-xatarlar, jumladan, terrorizm, narkotik moddalar savdosi, noqonuniy migratsiya va gumanitar inqirozlar, ShHT uchun muhim muammolar sifatida qayd etiladi. Maqolada tashkilotga a’zo davlatlarning milliy manfaatlari va xavfsizligi afg‘on masalasiga bevosita bog‘liq ekani ta’kidlanadi. ShHTning 2021-yil sentabr oyida Dushanbeda bo‘lib o‘tgan yubiley sammitida tashkilotga a’zo davlatlar afg‘on masalasini siyosiy-diplomatik yo‘llar orqali hal qilish va Afg‘onistonda barcha etnik, diniy va siyosiy guruhlar ishtirokida inklyuziv hukumat tuzish zarurligi bo‘yicha umumiy pozitsiya qabul qilishgani yoritilgan. Shuningdek, to‘liq ishtirokchi sifatida Eron mintaqaviy muammolarni hal qilishda tashkilot uchun qo'shimcha ustunlikka aylandi. Eronning Afg‘oniston rivojlanishiga ta’sir qilish imkoniyati yangi afg‘on hukumati bilan muloqot o‘rnatishda asosiy omillardan biri sifatida qaralmoqda. Shu bilan birga, ShHTning xavfsizlik sohasidagi integratsion imkoniyatlari va uning afg‘on masalasidagi ijobiy roli ham yoritilgan. Mazkur maqola tashkilotning mintaqaviy tahdidlarga qarshi kurashda muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_1-qism_Iyul-2025

17

SHHT NING MINTAQAVIY XAVF-XATAR VA

TAHDIDLARNI NEYTRALLASHDAGI O‘RNI

Nizom Xakimov

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti,

“Xalqaro munosabatlar” yo‘nalishi talabasi, mustaqil tadqiqotchi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Shanxay Hamkorlik Tashkilotining (ShHT)

Yevroosiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyati
chuqur tahlil qilinadi. ShHT o‘z faoliyati davomida xalqaro siyosatda nufuzga ega
bo‘lib, mintaqaviy xavf-xatar va tahdidlarga qarshi kurashish uchun samarali
mexanizmlar va mustahkam qonunchilik bazasini shakllantirgan. Ayniqsa, 2021-yilda
AQSh qurolli kuchlari Afg‘onistondan olib chiqilgach va “Tolibon” hokimiyatni
egallagach, yuzaga kelgan xavf-xatarlar, jumladan, terrorizm, narkotik moddalar
savdosi, noqonuniy migratsiya va gumanitar inqirozlar, ShHT uchun muhim
muammolar sifatida qayd etiladi. Maqolada tashkilotga a’zo davlatlarning milliy
manfaatlari va xavfsizligi afg‘on masalasiga bevosita bog‘liq ekani ta’kidlanadi.
ShHTning 2021-yil sentabr oyida Dushanbeda bo‘lib o‘tgan yubiley sammitida
tashkilotga a’zo davlatlar afg‘on masalasini siyosiy-diplomatik yo‘llar orqali hal qilish
va Afg‘onistonda barcha etnik, diniy va siyosiy guruhlar ishtirokida inklyuziv hukumat
tuzish zarurligi bo‘yicha umumiy pozitsiya qabul qilishgani yoritilgan. Shuningdek,
to‘liq ishtirokchi sifatida Eron mintaqaviy muammolarni hal qilishda tashkilot uchun
qo'shimcha ustunlikka aylandi. Eronning Afg‘oniston rivojlanishiga ta’sir qilish
imkoniyati yangi afg‘on hukumati bilan muloqot o‘rnatishda asosiy omillardan biri
sifatida qaralmoqda. Shu bilan birga, ShHTning xavfsizlik sohasidagi integratsion
imkoniyatlari va uning afg‘on masalasidagi ijobiy roli ham yoritilgan. Mazkur maqola
tashkilotning mintaqaviy tahdidlarga qarshi kurashda muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar:

“uch yovuz kuch”, terrorizm, ShHT, RATS, Tinchlik missiyasi,

Tolibon


Kirish:

ShHT (Shanxay Hamkorlik Tashkiloti) hududiy integratsiya tashkiloti

sifatida tashkil etilganligi haqida 2001-yil 15-iyun kuni Shanxayda o‘tgan sammitda
e’lon qilingan. “Shanxay beshligi” tarkibiga O‘zbekiston ham to‘la huquqli a’zo
sifatida qo‘shildi. O‘sha paytda ikkita muhim hujjat — ShHTni tuzish to‘g‘risidagi
Deklaratsiya va Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi
Konvensiya imzolangan. Tashkilotning asosiy vazifalari sifatida ShHT hududida
barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash belgilangan. Bunga terrorizm, ekstremizm,
separatizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish,
shuningdek, iqtisodiyot, energetika va gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirish


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_1-qism_Iyul-2025

18

kiradi. “Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi
Konvensiya” da terrorizm, separatizm va ekstremizm tushunchalarining kelishilgan
ta’riflari keltirilgan, bu esa ushbu “uch yovuz kuch”ga qarshi samarali kurashishda juda
muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda bunday muvaffaqiyatni hech bir xalqaro
tashkilot, jumladan, BMT ham qo‘lga kirita olmagan[1]. Biroq, G‘arb
mamlakatlarining akademik va ekspertlar jamoasi darhol ShHTni AQSh va
Yevropaning Yevroosiyo mintaqasidagi strategik manfaatlariga tahdid sifatida ko‘ra
boshladi. ShHTni “autokratlar klubi” deb atashgan, uning asosiy maqsadi “rangli
inqiloblar”ni jilovlash va G‘arb davlatlarining demokratiyani ilgari surishga qaratilgan
harakatlarini kamaytirish ekani aytilgan[2]. Ammo ShHT hech qachon harbiy-siyosiy
ittifoqga aylanish va biror davlatga qarshi chiqishni o‘z oldiga maqsad qilib
qo‘ymagan. Birinchidan, bu tashkilotning barcha rasmiy hujjatlariga zid hisoblanadi,
ikkinchidan esa, ShHT a’zo davlatlarining G‘arb mamlakatlari bilan hamkorlikka
bo‘lgan qiziqishlarini murakkablashishiga olib keladi[3]. Postbipolyar davrda ShHT
ishtirokchi davlatlari yangi hamkorlik formatini ko‘proq o‘zaro aloqalarni
mustahkamlash va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha
pozitsiyalarni muvofiqlashtirish imkoniyati sifatida ko‘rgan[4]. Ochiqlik va qarama-
qarshilikka yo‘l qo‘ymaslik tamoyillari “Shanxay ruhi” deb nomlangan konsepsiyaga
asos bo‘lgan. Ushbu birlashtiruvchi konsepsiya asosida teng huquqlilik, o‘zaro hurmat,
bir-birining qarash va yondashuvlarini qadrlash, madaniyatlar, urf-odatlar va turmush
tarzlar xilma-xilligi tamoyillari doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash
nazarda tutilgan[5]. Ushbu xususiyatlar tashkilotning ijobiy imidjini shakllantirdi va
uni jahon arenasida jozibador qildi.

Asosiy qsim:

Hozirgi bosqichda tashkilot tarkibiga Rossiya, Xitoy, Markaziy

Osiyo davlatlari (Turkmanistondan tashqari), Hindiston, Pokiston va Eron (uning
qo‘shilish jarayoni 2021-yil sentabrdan boshlangan) kiradi. ShHT tarkibiga,
shuningdek, kuzatuvchi maqomiga ega davlatlar — Afg‘oniston, Belarus, Mongoliya
kiradi. Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya, Shri-Lanka kabi davlatlar
esa ShHTning muloqot bo‘yicha hamkorlari hisoblanadi. 2021-yil sentabr oyida
Turkmaniston tashkilot sammitida tashkilotning faxriy mehmoni sifatida ishtirok etdi.
ShHTning umumiy salohiyatini baholash anchayin qiyin: birinchidan, tashkilotga a’zo
davlatlarda dunyo aholisining deyarli yarmi istiqomat qiladi; ikkinchidan, yer
yuzasining to‘rtdan bir qismini egallagan ushbu davlatlar hududida boy resurs
salohiyati mavjud; uchinchidan, ularning harbiy qudratdir. ShHTga qo‘shilgan
davlatlarni kelajakdagi jahon tartiboti haqida umumiy qarashlar birlashtiradi, bu esa bir
kuchning diktaturasiga emas, balki har bir davlatning huquq va manfaatlarini hurmat
qilishga asoslanishi kerak. ShHT shakllanayotgan ko‘p qutbli dunyo markazlaridan biri
sifatida xalqaro huquq tamoyillari va me’yorlariga rioya qilish tarafdori. ShHTning


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_1-qism_Iyul-2025

19

tashkil etilishi sovuq urushdan keyingi dunyoda muhim voqea bo‘ldi va bir qutbli
dunyo nazariyasi va amaliyotini ishonchli rad etdi [6].

Shhtning xavfsizlik sohasidagi faoliyati

SHHTga a’zo davlatlar Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqdan boshlanib, Kavkaz

va Kaspiy orqali Markaziy va Janubiy Osiyoga cho‘zilgan keng “beqarorlik yoyida”
joylashganligi sababli, tashkilot faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri mintaqaviy
barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashdir. Ushbu masalada ShHT ko‘p narsaga erishdi
[7]: birinchidan, an’anaviy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish uchun
mustahkam normativ-huquqiy asos ishlab chiqildi va u doimiy ravishda
takomillashtirilib

borilmoqda; ikkinchidan, qo‘shma antiterror mashqlari

o‘tkazilmoqda; uchinchidan, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining muntazam
uchrashuvlari tashkil etilmoqda. ShHTning asosiy yutuqlaridan biri bu 2002-yilda
Toshkentda shtab-kvartirasi joylashgan Mintaqaviy antiterror tuzilmasi (RATS)ning
tashkil etilishidir. RATS mintaqaviy va global darajadagi “uch yovuz kuch”ga qarshi
kurashda muvofiqlashtiruvchi markazga aylandi. XXI asr boshlarida postsovet
hududida sodir bo‘lgan “rangli inqiloblar” to‘lqini ShHTning mintaqaviy xavfsizlik
masalalariga alohida e’tibor qaratishiga sabab bo‘ldi. G‘arb davlatlari tomonidan
noqulay siyosiy rejimlarni ag‘darish urinishlari fonida ShHTga a’zo davlatlar
mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash mas’uliyatini o‘z zimmasiga olish
bo‘yicha muhim qaror qabul qildi. Shu tariqa, 2005-yil 5-iyulda Ostona shahrida
o‘tkazilgan ShHT sammitida tashkilotga a’zo davlatlar AQShdan Markaziy Osiyodagi
bazalarini olib chiqish muddatini belgilashni talab qilib chiqdi [8].

ShHTning xavfsizlikka qaratilgan e’tibori 2015-yil iyul oyida Ufa shahrida bo‘lib

o‘tgan sammitda qabul qilingan ShHTni 2025-yilgacha rivojlantirish strategiyasida o‘z
aksini topdi. Ushbu hujjatda, tashkilotning mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni
ta’minlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlari sifatida terrorizm, separatizm, ekstremizm,
narkotik moddalar, qurol-yarog‘, o‘q-dorilar va portlovchi moddalar, shuningdek,
yadro va radioaktiv materiallarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish belgilandi
[9]. 2018-yilda ShHTning huquqiy bazasi xavfsizlik sohasida yangi hujjatlar bilan
to‘ldirildi: birinchidan, 2019–2021-yillarda terrorizm, separatizm va ekstremizmga
qarshi kurash bo‘yicha ShHT davlatlari hamkorligi dasturi qabul qilindi; ikkinchidan,
2018–2023-yillar uchun ShHT davlatlari narkotik moddalarga qarshi strategiyasi
tasdiqlandi [10]. ShHT doirasida antiterror mashqlari mintaqaviy xavfsizlikni
ta’minlash bo‘yicha asosiy mexanizmlardan biriga aylandi. Ushbu mashqlar uch xil
ko‘rinishda o‘tkaziladi [10]: ShHTning RATS (Mintaqaviy antiterror tuzilmasi)
tashabbusi ostida maxsus xizmatlar va huquqni muhofaza qilish organlari mashqlari;
qo‘shma chegara operatsiyalari (QChO); hamda qurolli kuchlarning qo‘shma antiterror
mashqlari — “Tinchlik missiyasi”. 2021-yil mart oyida ShHT RATSning 36-
yig‘ilishida 2022–2024-yillarda terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_1-qism_Iyul-2025

20

bo‘yicha hamkorlik dasturi loyihasi ma’qullandi. Uchrashuv davomida ShHTga a’zo
davlatlarning maxsus xizmatlari vakillari 2021-yilda navbatdagi qo‘shma antiterror
mashqlari — “Pabbi-Antiterror-2021”, chegarachilar xizmatlarining sakkizinchi
yig‘ilishi va SHHT RATSning sakkizinchi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasini
o‘tkazish masalalarini muvofiqlashtirdilar [11]. 2021-yil 20–24-sentabr kunlari
Orenburg viloyatidagi Donguz poligonida o‘tkazilgan “Tinchlik missiyasi — 2021”
mashqlarida ShHTga a’zo 8 davlatdan besh yarim mingdan ortiq harbiy xizmatchi va
bir necha ming harbiy texnika ishtirok etdi [12]. Afg‘onistondagi notinch vaziyat va
mintaqaviy beqarorlik xavfining oshishi fonida ushbu mashqlar ShHT harbiylarini
terrorchilar tomonidan ehtimoliy hujumlarga tezkor javob qaytarishga tayyorlash
imkonini berdi [12].

ShHT doirasidagi Afg‘on masalasi va Markaziy Osiyo mamlakatlari

ShHTning jamoaviy ishida Afg‘oniston masalasi markaziy o‘rinni egallaydi,

chunki ushbu mamlakatdagi doimiy beqarorlik tashkilotga a’zo davlatlarning milliy
manfaatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. 2005-yilda Afg‘onistondagi salbiy
voqealarni oldini olish maqsadida “ShHT — Afg‘oniston” Aloqa guruhi tashkil etildi.
Ushbu guruh hamkorlik masalalari bo‘yicha birgalikda maslahatlashuvlar o‘tkazish
maydoniga aylandi. 2012-yilda ShHTning navbatdagi sammitida misli ko‘rilmagan
qaror qabul qilindi — Afg‘onistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatuvchi maqomi berildi va
hamkor maqomi chetlab o‘tildi [13]. 2021-yil avgustida Afg‘onistonda hokimiyat
o‘zgarishi ShHT oldiga ushbu yo‘nalishdagi ishlarni kuchaytirish vazifasini qo‘ydi.
Ayni paytda tashkilotga a’zo davlatlar diqqat-e’tibori narkotiklarning noqonuniy
aylanmasi, qochqinlar oqimi va radikal islomchilikning tarqalishi kabi keskinlashgan
masalalarga qaratilmoqda. Shuningdek, Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatish
muammosi dolzarb masala sifatida kun tartibida turibdi. Yangi Afg‘oniston hukumati
AQShning sobiq afg‘on hukumatining 9,5 milliard dollar miqdoridagi moliyaviy
aktivlarini muzlatib qo‘yish qarori sabab juda og‘ir ahvolda qolmoqda [14]. ShHTga
a’zo mamlakatlarning Afg‘oniston masalasiga nisbatan yondashuvlari bir-biridan
sezilarli darajada farqlanmoqda. Masalan, Tojikiston pozitsiyasi boshqa davlatlardan
keskin farq qiladi. Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon “Tolibon” harakatini
(Rossiyada taqiqlangan) Afg‘onistondagi qonuniy kuch sifatida tan olishga qarshi
chiqdi. U barcha etnik guruhlar vakillarini o‘z ichiga olgan inklyuziv hukumatni tezroq
tuzish zarurligini ta’kidlaydi [15]. Afg‘onistonda yashovchi etnik tojiklar (46%) davlat
boshqaruvida qatnashishi lozim, deb hisoblaydi [16]. Bundan tashqari, Tojikiston
Afg‘oniston bilan bir qator strategik transport-kommunikatsiya loyihalari bilan
bog‘langan. Ayniqsa, Qirg‘iziston–Tojikiston–Afg‘oniston–Eron transport yo‘lagi va
Tojikiston–Afg‘oniston–Turkmaniston temir yo‘l loyihalari diqqatga sazovor. Ushbu
loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi Tojikistonni barqaror iqtisodiy
rivojlanish yo‘liga olib chiqishi mumkin. Shu sababli, Tojikiston hukumati


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_1-qism_Iyul-2025

21

Afg‘onistonda ichki siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishga intilmoqda. Rasmiy
darajada Qirg‘iziston ham yangi afg‘on hukumatini tan olmadi, biroq “Tolibon” bilan
muloqot qilish zarurligini ta’kidladi [17]. 2021-yil sentabr oyida Qirg‘iziston
Prezidenti Sadir Japarov tashabbusi bilan Afg‘onistonga Qirg‘iziston Xavfsizlik
kengashi boshchiligidagi delegatsiya yuborildi. Delegatsiyaning vazifasi afg‘on
hukumatiga gumanitar yordam yetkazish va diplomatik muzokaralar o‘tkazish edi.
Uchrashuv davomida tomonlar Afg‘oniston ichki siyosiy vaziyatini va mintaqaviy
xavfsizlikni ta’minlash yo‘llarini muhokama qildilar [18]. O‘zbekiston rahbariyati ham
Afg‘onistonning yangi hukumati bilan muzokaralarga tayyor ekanligini ko‘rsatdi va
moliyaviy holat barqarorlashganidan keyin qo‘shma ikki tomonlama loyihalarni
amalga oshirishga umid bildirdi. 2021-yil 17-sentabrda Dushanbe shahrida bo‘lib
o‘tgan sammitda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonning xorijiy
banklardagi davlat aktivlarini muzlatib qo‘yishni bekor qilishni taklif qildi, bu bilan
mamlakatda gumanitar inqirozni oldini olishga umid bildirdi [19]. O‘zbekiston
Afg‘oniston orqali o‘tadigan Transafg‘on koridori (Mozori-Sharif–Qobul–Peshovar)
loyihasiga katta umid bog‘lamoqda. Ushbu loyiha Afg‘onistondagi vaziyat
barqarorlashgandan so‘ng amalga oshirilishi mumkin. Ammo hozirgi sharoitda
O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan transport-loyiha tashabbuslarini yaqin kelajakda
amalga oshirish qiyin bo‘lib tuyulmoqda. Qozog‘iston ehtiyotkor pozitsiyani egallab,
Afg‘onistondagi yangi hukumat bilan muloqot qilishga tayyor ekanini bildirdi. Buning
asosiy maqsadi o‘tkir gumanitar muammolarni hal qilishdan iboratdir [20].ShHT
a’zosi bo‘lmagan, biroq Afg‘oniston bilan geografik chegaraga ega bo‘lgan
Turkmaniston, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashda muhim rol
o‘ynaydi. 2021-yil 17-sentabr kuni Dushanbeda ShHT sammitida faxriy mehmon
sifatida qatnashgan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, ShHT
mamlakatlari bilan terrorizm, uyushgan jinoyatchilik va narkotik moddalar noqonuniy
aylanmasiga qarshi kurashda faol hamkorlikka tayyor ekanligini ta’kidladi [21].
Shuningdek, Turkmaniston Afg‘onistonning yangi rahbariyati bilan ikki tomonlama
muzokaralar olib borishga qiziqish bildirmoqda. TAPI gaz quvuri loyihasi bu davlat
uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lib, u orqali Turkmaniston Janubiy Osiyo
mamlakatlariga gaz eksport qilishni rejalashtiradi. 2021-yil oktabr oyida Turkmaniston
tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov va Afg‘onistonning yangi rahbariyati o‘rtasida
ushbu loyihani qayta boshlash masalasi muhokama qilindi [22]. Rossiya va Xitoy
Afg‘oniston masalasida asosiy barqarorlashtiruvchi kuch sifatida faoliyat olib
bormoqda. 2021-yil avgust oxirida V. V. Putin va Si Szinpin Afg‘onistondagi vaziyatni
barqarorlashtirish va “mintaqa yaqinidagi hududlarga beqarorlik tarqalishiga” yo‘l
qo‘ymaslikka tayyor ekanliklarini bildirdilar [23]. Rossiya va Xitoy ShHTning
imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish zarurligini ta’kidlab, Afg‘oniston
iqtisodiyotini tiklashda yordam berishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar. Biroq


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_1-qism_Iyul-2025

22

bu, yangi afg‘on hukumati radikal guruhlar faoliyatini nazorat qilish sharti bilan
amalga oshiriladi. 2021-yil 17-sentabrda Dushanbeda o‘tgan ShHTning 20 yillik
yubiley sammitida Afg‘oniston muammosini siyosiy-diplomatik vositalar bilan hal
qilish kerakligi ta’kidlandi. Sammit yakunida qabul qilingan Dushanbe
deklaratsiyasida Afg‘onistonda barcha etnik, diniy va siyosiy guruhlar vakillarini o‘z
ichiga olgan inklyuziv hukumat tuzish zarurligi qayd etildi. Shuningdek, ShHT
terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha uch yillik hamkorlik
dasturini qabul qildi. Shu bilan birga, Eronning ShHTga to‘laqonli a’zo sifatida qabul
qilinishi jarayoni boshlanishi muhim voqea bo‘ldi. Bu qaror ShHTning xalqaro
miqyosdagi salohiyatini oshirishga xizmat qiladi [24].

Eron va ShHT: O‘zaro manfaatli hamkorlik

Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashishi sharoitida ShHT a’zo davlatlarining

Eronni to‘laqonli ishtirokchi sifatida tashkilotga qabul qilish qarori zarur bo‘lib
ko‘rinadi. Eron, Afg‘oniston bilan umumiy geografik chegaraga ega bo‘lib, madaniy
va lingvistik o‘xshashlikni hisobga olgan holda, ushbu davlatdagi ichki siyosiy
barqarorlikdan manfaatdor. Shia ozchiligi, hazoralar va tojiklar bilan yaqin aloqalari
orqali Eron Afg‘onistonda o‘z manfaatlarini ilgari surib kelgan [25]. Eron tojik va
hazora partiyalarini - “Jamiat Islomiy” va “Hizbi Vahdat”ni qo‘llab-quvvatlagan [26].
Bundan tashqari, Eron rahbariyati G‘irot, Foroh hamda asosan shialar yashaydigan
Bomiya, Daykundi va Gor viloyatlariga sarmoya kiritgan [26]. Eron har doim
Afg‘onistondagi voqealarni diqqat bilan kuzatib kelgan va ushbu hududdan kelayotgan
xavf-xatarlarni bartaraf etishda faol qatnashgan. Shu bilan birga, Eron mintaqada
barqarorlik va xavfsizlikni xorijiy davlatlar emas, balki mintaqa davlatlari ta’minlashi
kerak, deb hisoblaydi [27]. AQShning Afg‘onistondan chiqishi Evroosiyo davlatlari
uchun afg‘on masalasida faol siyosiy-diplomatik harakatlarni katalizatori bo‘lishi
kerak. Eron rahbariyati xalqaro terrorizm va narkotiklar kontrabandasi kabi
masalalardan chuqur tashvishda, chunki bu tahdidlar bevosita Eron milliy xavfsizligini
qamrab oladi. Eron narkotiklar bilan kurashda Afg‘oniston bilan ikki tomonlama
hamkorlikka tayyor ekanligini namoyish etgan [28]. Ammo, Eronda ushbu tahdidlarga
samarali

qarshi

kurashish

faqat

kollektiv

yondashuv

va

pozitsiyalarni

muvofiqlashtirish orqali amalga oshishi mumkinligini tushunishadi. Shu sababli, 2018-
yil sentabrda Afg‘oniston va Eron bir tomonda, Rossiya va Xitoy esa ikkinchi tomonda
terroristik tashkilotlarning yagona bazasini yaratish va mintaqaviy xavfsizlikni
ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishgan [28]. Eron Afg‘onistonni rivojlantirishda eng
faol ishtirok etgan davlatlardan biridir. Ikkala davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik
ikkala tomon uchun ham foydali bo‘lgan. Afg‘onistondan Eronga yiliga 1,5 milliard
dollargacha naqd pul kelib tushgan [29]. Eron Afg‘onistonga energetik bo‘lmagan
mahsulotlar - qurilish materiallari, plitka, keramika eksport qilgan. Eron transport va
energetika infratuzilmasini tiklash, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_1-qism_Iyul-2025

23

Afg‘onistonga moliyaviy yordam ko‘rsatgan. Afg‘oniston Eronda Markaziy va
Janubiy Osiyoni birlashtiruvchi yirik transport-kommunikatsiya loyihalarining
potentsial ishtirokchisi sifatida ko‘rilgan [29]. Shunday qilib, 2019-yilda ochilgan
Afg‘oniston - Eron - Hindiston savdo koridori orqali Afg‘oniston Hindistonga o‘z
mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Qiziqarli tomoni shundaki,
Eronga nisbatan xalqaro sanksiyalarni kuchaytirish tashabbuskorlaridan biri bo‘lgan
AQSh ushbu transport koridorini sanksiyalar doirasidan chiqardi. AQSh
ma’muriyatining ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlashi, Markaziy Osiyo davlatlarini
kelajakda ushbu loyihaga qo‘shish va ularning Rossiyaga transport bog‘liqligini
kamaytirishga qaratilgan [31].

Xulosa:

2021-yil avgust oyida Tolibon boshchiligida Afg‘onistonda yangi siyosiy

rejimning o‘rnatilishi mintaqaviy tahdid va xavflarni kuchaytirdi. Ularni bartaraf etish
ShHT kabi ko‘p tomonlama hamkorlik formatlarining ustuvor vazifalaridan biri
hisoblanadi. ShHT o‘z faoliyati davomida nafaqat mintaqaviy tahdid va xavflarga
qarshi kurashishga tayyor ekanligini namoyish etdi, balki terrorizmga qarshi kurashda
mustahkam huquqiy asos va mexanizmlarni ham yaratdi. Hozirda, Afg‘onistonda
hokimiyat almashgani munosabati bilan, ShHT mavjud siyosiy-diplomatik salohiyatni
to‘liq ishga solib, mintaqadagi vaziyatni barqarorlashtirishga harakat qilishi kerak.
Afg‘onistonda ichki siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish Evroosiyo davlatlarini
qiziqtirgan energetika va transport sohasidagi qator istiqbolli loyihalarni amalga
oshirishga imkon yaratadi.

Adabiyotlar:

1.

Alimov R. Shanghai Cooperation Organization: formation, development,
prospects. Moscow: Publishing House «The Whole world»; 2017. 368 p. (In
Russ.).

2.

Ziegler E. Charles. Central Asia, the Shanghai Cooperation Organization, and
American Foreign Policy. Asian Survey. 2013;53(3):484-505.

3.

Lukin A.V. Shanghai Cooperation Organization and Russian interests in Central
Asia and Afghanistan. Bulletin of MGIMO University. 2011;5(20):37-47. (In
Russ.).

4.

Lukin A. V. Shanghai Cooperation Organization: in search of a new role. 2015.
July

9.

URL:

https://globalaffairs.ru/articles/shanhajskaya-organizacziya-

sotrudnichestva-v-poiskah-novoj-roli/

5.

Narysov S. J. SCO: achievements and prospects. Shanghai Cooperation
Organization and the modern world. Analytical reports of MGIMO Ministry of
Foreign Affairs of Russia. May. Moscow: 2007. Issue 3(18). 74 p. (In Russ.).

6.

Chuphrin G. SCO: Que vadis. International life. 2008;6:53-64. (In Russ.).


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_1-qism_Iyul-2025

24

7.

Barsky K. Shanghai Cooperation Organization on the eve of the Bishkek Summit:
the

main

tasks

of

the

moment.

2013.

May

22.

URL:

https://interaffairs.ru/news/show/9544

8.

Efremenko D.V. Shanghai Cooperation Organization after expansion: new
challenges and prospects. West. Moscow. un-ta. Ser. 25. International relations
and world politics. 2019;11(3):128-159. (In Russ.).

9.

Development Strategy of the Shanghai Cooperation Organization until 2025.
URL:
http://static.kremlin.ru/media/events/files/ru/a3YPpGqLvQI4uaMX43lMkrMbF
NewBneO.pdf

10.

Alimov R. The summit in Qingdao became a milestone for the SCO. 2018. June
10. URL: https://tass.ru/mezhdunarodnaya-panorama/5280634

11.

The special services of the SCO countries approved the draft anti-terrorism
program

for

2022-2024.

2021.

March

18.

URL:

https://www.ritmeurasia.org/news–2021-03-18–specsluzhby-stran-shos-odobrili-
proekt-programmyborby-s-terrorizmom-na-2022-2024-gg.-53778

12.

On the SCO joint military exercises “Peace Mission–2021”. 2021. September 29.
URL: http://rus.sectsco.org/archive_news/20210929/782852.html

13.

Mezentsev D. SCO strategy — development and expansion. 2015. December 30.
URL:

https://russiancouncil.ru/analytics-and-comments/comments/strategiya-

shos-razvitie-irasshirenie/

14.

The US Treasury has stated that it is not going to unfreeze the financial assets of
Afghanistan. 2021. October 19. URL: https://tass.ru/ekonomika/12705467

15.

Meeting with the Minister of Foreign Affairs of the Islamic Republic of Pakistan
Makhdoom

Shah

Mahmoud

Kureishi.

2021.

July

12.

URL:

http://prezident.tj/ru/node/26368

16.

Rahmon called for the inclusion of Tajiks in the government of Afghanistan.
2021.

September

24.

URL:

https://tj.sputniknews.ru/20210924/rahmon-

afghanistan-pravitelstvo-tadzhiki-1042468623.html

17.

The Kyrgyz authorities have expressed their position on the Taliban. 2021.
November 5th. URL: https://rus.azattyk.org/a/31546943.html

18.

Diplomats from Kyrgyzstan met with the Taliban on behalf of Zhaparov. 2021.
September 24. URL: https://tj.sputniknews.ru/20210924/taliban-afghanistan-
kyrgyzstan-zhaparov-1042469925.html

19.

Uzbekistan proposed to unfreeze the assets of Afghanistan in foreign banks. 2021.
September 17. URL: https://www.gazeta.uz/ru/2021/09/17/frozen-assets/

20.

Tokayev outlined Kazakhstan’s position on Afghanistan. 2021. September 9.
URL: https://orda.kz/tokaev-oboznachil-poziciju-kazahstana-po-afganistanu/


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_1-qism_Iyul-2025

25

21.

The President of Turkmenistan took part in the SCO summit as an honorary guest.
2021. September 18. URL: https://e-cis.info/news/568/94710/

22.

The Ministry of Foreign Affairs of Turkmenistan held talks with the Taliban:
results.

2021.

October

31.

URL:

https://tj.sputniknews.ru/20211031/turkmenistan-peregovory-taliby-
1043195233.html

23.

Putin and Xi Jinping discussed the situation in Afghanistan by phone. 2021.
August 25. URL: https://www.interfax.ru/world/786496

24.

Kortunov A. International multilateralism: opportunities and constraints. 2021.
August

30.

URL:

https://russiancouncil.ru/activity/workingpapers/mezhdunarodnaya-
mnogostoronnost-vozmozhnosti-i-ogranichiteli/

25.

Fedorova I.E. Iranian-Afghan relations at the present stage. Eastern Analytics.
2019;4:135-141. (In Russ.).

26.

Partnership between Russia and Iran: current state and prospects of development.
INF report №29. Moscow: INF; 2017. 183 p. (In Russ.).

27.

Karami J. Central Eurasia needs institutions. 2009. July 5. URL:
https://globalaffairs.ru/articles/czentralnoj-evrazii-nuzhny-instituty

28.

Kirichenko V.P. Participation of the Khazars of Afghanistan in the Syrian
conflict. Russia and the Muslim world. 2019;4(314):70-78. (In Russ.).

29.

Kortunov A. Solving the problem of Afghanistan: necessary conditions and
international consequences. INF report №76. Moscow: INF; 2021. 42 p. (In
Russ.).

30.

The Afghanistan-Iran-India trade corridor has been opened through the port of
Chabahar. 2019. February 25. URL: http://casp-geo.ru/otkryt-torgovyj-koridor-
afganistan-iran-indiya-cherez-port-chabahar

31.

Knyazev A. About the fate of trans-Afghan projects. 2021. June 29. URL:
https://ia-centr.ru/experts/aleksandr-knyazev/aleksandr-knyazev-o-sudbakh-
transafganskikh-proektov/

Bibliografik manbalar

Alimov R. Shanghai Cooperation Organization: formation, development, prospects. Moscow: Publishing House «The Whole world»; 2017. 368 p. (In Russ.).

Ziegler E. Charles. Central Asia, the Shanghai Cooperation Organization, and American Foreign Policy. Asian Survey. 2013;53(3):484-505.

Lukin A.V. Shanghai Cooperation Organization and Russian interests in Central Asia and Afghanistan. Bulletin of MGIMO University. 2011;5(20):37-47. (In Russ.).

Lukin A. V. Shanghai Cooperation Organization: in search of a new role. 2015. July 9. URL: https://globalaffairs.ru/articles/shanhajskaya-organizacziya-sotrudnichestva-v-poiskah-novoj-roli/

Narysov S. J. SCO: achievements and prospects. Shanghai Cooperation Organization and the modern world. Analytical reports of MGIMO Ministry of Foreign Affairs of Russia. May. Moscow: 2007. Issue 3(18). 74 p. (In Russ.).

Chuphrin G. SCO: Que vadis. International life. 2008;6:53-64. (In Russ.).

Barsky K. Shanghai Cooperation Organization on the eve of the Bishkek Summit: the main tasks of the moment. 2013. May 22. URL: https://interaffairs.ru/news/show/9544

Efremenko D.V. Shanghai Cooperation Organization after expansion: new challenges and prospects. West. Moscow. un-ta. Ser. 25. International relations and world politics. 2019;11(3):128-159. (In Russ.).

Development Strategy of the Shanghai Cooperation Organization until 2025. URL: http://static.kremlin.ru/media/events/files/ru/a3YPpGqLvQI4uaMX43lMkrMbFNewBneO.pdf

Alimov R. The summit in Qingdao became a milestone for the SCO. 2018. June 10. URL: https://tass.ru/mezhdunarodnaya-panorama/5280634

The special services of the SCO countries approved the draft anti-terrorism program for 2022-2024. 2021. March 18. URL: https://www.ritmeurasia.org/news–2021-03-18–specsluzhby-stran-shos-odobrili-proekt-programmyborby-s-terrorizmom-na-2022-2024-gg.-53778

On the SCO joint military exercises “Peace Mission–2021”. 2021. September 29. URL: http://rus.sectsco.org/archive_news/20210929/782852.html

Mezentsev D. SCO strategy — development and expansion. 2015. December 30. URL: https://russiancouncil.ru/analytics-and-comments/comments/strategiya-shos-razvitie-irasshirenie/

The US Treasury has stated that it is not going to unfreeze the financial assets of Afghanistan. 2021. October 19. URL: https://tass.ru/ekonomika/12705467

Meeting with the Minister of Foreign Affairs of the Islamic Republic of Pakistan Makhdoom Shah Mahmoud Kureishi. 2021. July 12. URL: http://prezident.tj/ru/node/26368

Rahmon called for the inclusion of Tajiks in the government of Afghanistan. 2021. September 24. URL: https://tj.sputniknews.ru/20210924/rahmon-afghanistan-pravitelstvo-tadzhiki-1042468623.html

The Kyrgyz authorities have expressed their position on the Taliban. 2021. November 5th. URL: https://rus.azattyk.org/a/31546943.html

Diplomats from Kyrgyzstan met with the Taliban on behalf of Zhaparov. 2021. September 24. URL: https://tj.sputniknews.ru/20210924/taliban-afghanistan-kyrgyzstan-zhaparov-1042469925.html

Uzbekistan proposed to unfreeze the assets of Afghanistan in foreign banks. 2021. September 17. URL: https://www.gazeta.uz/ru/2021/09/17/frozen-assets/

Tokayev outlined Kazakhstan’s position on Afghanistan. 2021. September 9. URL: https://orda.kz/tokaev-oboznachil-poziciju-kazahstana-po-afganistanu/

The President of Turkmenistan took part in the SCO summit as an honorary guest. 2021. September 18. URL: https://e-cis.info/news/568/94710/

The Ministry of Foreign Affairs of Turkmenistan held talks with the Taliban: results. 2021. October 31. URL: https://tj.sputniknews.ru/20211031/turkmenistan-peregovory-taliby-1043195233.html

Putin and Xi Jinping discussed the situation in Afghanistan by phone. 2021. August 25. URL: https://www.interfax.ru/world/786496

Kortunov A. International multilateralism: opportunities and constraints. 2021. August 30. URL: https://russiancouncil.ru/activity/workingpapers/mezhdunarodnaya-mnogostoronnost-vozmozhnosti-i-ogranichiteli/

Fedorova I.E. Iranian-Afghan relations at the present stage. Eastern Analytics. 2019;4:135-141. (In Russ.).

Partnership between Russia and Iran: current state and prospects of development. INF report №29. Moscow: INF; 2017. 183 p. (In Russ.).

Karami J. Central Eurasia needs institutions. 2009. July 5. URL: https://globalaffairs.ru/articles/czentralnoj-evrazii-nuzhny-instituty

Kirichenko V.P. Participation of the Khazars of Afghanistan in the Syrian conflict. Russia and the Muslim world. 2019;4(314):70-78. (In Russ.).

Kortunov A. Solving the problem of Afghanistan: necessary conditions and international consequences. INF report №76. Moscow: INF; 2021. 42 p. (In Russ.).

The Afghanistan-Iran-India trade corridor has been opened through the port of Chabahar. 2019. February 25. URL: http://casp-geo.ru/otkryt-torgovyj-koridor-afganistan-iran-indiya-cherez-port-chabahar

Knyazev A. About the fate of trans-Afghan projects. 2021. June 29. URL: https://ia-centr.ru/experts/aleksandr-knyazev/aleksandr-knyazev-o-sudbakh-transafganskikh-proektov/