Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning samarali yo‘llari tahlil qilinadi. Unda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati, imtiyozli kreditlar, grantlar, soliq yengilliklari hamda investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar o‘rganiladi. Shuningdek, xalqaro tajribalar bilan taqqoslash asosida O‘zbekiston modeli baholanadi va mavjud muammolar hamda istiqbolli yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tiladi.