Annotatsiya: Mazkur maqolada nutq buzilishlari bo‘lgan bolalar bilan ishlashda qo‘llanilayotgan zamonaviy pedagogik, psixologik va logopedik yondashuvlar tahlil qilinadi. Nutq rivojlanishida nuqsonlarga ega bolalarni aniqlash, tashxislash, individual reabilitatsiya va korreksiya usullari, innovatsion texnologiyalar, axborot vositalaridan foydalanishning ahamiyati yoritiladi. Zamonaviy metodik yondashuvlarning samaradorligi, logopedik ishlarning natijadorligi va ta’lim tizimida integratsiyalashgan yondashuvlar ko‘rib chiqiladi.