Mualliflar

  • Azimova Gulmira Xayrullayevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.trtteztro.126241

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Ekologik ta’lim-tarbiya tushuntirish ko‘rsatmali amaliy induktiv deduktiv reproduktiv muammoli suhbat savol-javob hadislar hikoyalar rivoyatlar izohlash ko‘zdan kechirish kuzatish qiyoslash taqqoslash tasavvur qilish ishontirish ibrat olish namuna keltirish talab qilish odatlantirish rag‘batlantirish.

Annotasiya

Annotatsiya.  Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ekologik ta’lim va tarbiyani amalga oshirishda shakl, vosita va metodlardan foydalanish usullari ko ‘rib chiqilgan.  


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_1-qism_Iyul-2025

105

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR UCHUN EKOLOGIK

TA’LIM VA TARBIYANI AMALGA OSHIRISHDA SHAKL,

VOSITA VA METODLARDAN FOYDALANISH

Azimova Gulmira Xayrullayevna

Navoiy davlat universiteti, Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabasi

Annotatsiya.

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ekologik

ta’lim va tarbiyani amalga oshirishda shakl, vosita va metodlardan foydalanish usullari
ko ‘rib chiqilgan.

Kalit so‘zlar.

Ekologik ta’lim-tarbiya, tushuntirish, ko‘rsatmali, amaliy, induktiv,

deduktiv, reproduktiv, muammoli, suhbat, savol-javob, hadislar, hikoyalar, rivoyatlar,
izohlash, ko‘zdan kechirish, kuzatish, qiyoslash, taqqoslash, tasavvur qilish,
ishontirish, ibrat olish, namuna keltirish, talab qilish, odatlantirish, rag‘batlantirish.

Аннотация.

В данной статье рассмотрены способы использования форм,

средств и методов в реализации экологического образования и воспитания
дошкольников.

Ключевые

слова.

Экологическое

образование-воспитательное,

разъяснительное, поучительное, практическое, индуктивное, дедуктивное,
репродуктивное, проблемное, беседа, вопросы и ответы, хадисы, рассказы,
повествования, толкование, обзор, наблюдение, сравнение, сравнение,
воображение, убеждение, поучение, подача примера, требование, привыкание,
поощрение.

Annotation.

In this article, the methods of using forms, tools and techniques in

the implementation of environmental education and education for preschool children
are examined.

Keywords.

Environmental education-educational, explanatory, indicative,

practical, inductive, deductive, reproductive, problematic, conversational, question-
and-answer, Hadith, stories, narratives, annotation, browsing, observation, analogy,
comparison, imagining, persuasion, admonition, sampling, demand, habituation,
stimulation.


Boshlang‘ich ekologik ta’lim va tarbiyani amalga oshirishda maktabgacha

yoshdagi bolalar saviyasiga mos va xos ish shakllari, vositalari va metodlarini tanlab
olish muhim shartdir. MTTda boshlang‘ich ekologik tarbiyaning eng samarali
yo‘llaridan biri uni mehnat tarbiyasi bilan qo‘shib olib borish, ya’ni bolaning bo‘sh
vaqtlarini foydali ishlarga jalb qilishdir. Chunki, tabiatga ozor berish bilan bog‘liq
bo‘lgan sho‘xliklar ma’lum darajada bolaning bo‘sh qolishi natijasida kelib chiqadi. U
qiladigan ishi yo‘qligidan mushukning dumiga ip bog‘laydi, qushlarning iniga chiqib,


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_1-qism_Iyul-2025

106

polaponlarini oladi va hokazolar. Aslida bola jonvorlarga ozor bermasdan, ular bilan
do‘st tutunib ham olam-olam zavq olishi mumkin. Biz unga qanoatli do‘stlari uchun
inlar yasab, ho‘raklar tayyorlashni o‘rgatishimiz maqsadga muvofiqdir.

Ekologik ta’lim va tarbiyaga doir mavjud tadqiqot ishlarida tavsiya etilishicha, bu

borada quyidagi shakl, metod va vositalardan foydalanish maqsadga muvofiq:
tushuntirish, ko‘rsatmali, amaliy; induktiv va deduktiv, reproduktiv, muammoli;
suhbat, savol-javob; hadislar, hikoyalar, rivoyatlar, maqolalar o‘qib berish, qayta
hikoya qilish; izohlash, ko‘zdan kechirish; kuzatish; qiyoslash va taqqoslash; tasavvur
qilish; ishontirish, ibrat olish uchun misol va namuna keltirish; talab qilish,
odatlantirish va rag‘batlantirish; o‘yinlar, shu jumladan, improvizatsiyalarda ishtirok
etish, kolleksiya to‘plash, sayr, ekologik kechalar, ekologiya haftaligi va b.:

MTTda tashkil etiladigan ekologik tarbiyaning shakl, metod va vositalari

Shakllar

Metodlar

Vositalar

“Tabiat” burchagidagi

ishlar;

sayr;

ekologik kechalar;

ekologiya haftaligi;

shoirlar va olimlar bilan

uchrashuvlar;

sahna ko‘rinishlari;

kattalarga yordam;

bellashuvlar

Kuzatish; tushuntirish;

tabiat go‘zalliklaridan

zavqlantirish;

tajriba;

bolalarni gapirtirish;

nutqiy-mantiqiy

masalalar yechish;

suhbat; ekologik

o‘yinlar;

didaktik o‘yinlar

Hadislar;

rivoyat va

hikoyatlar;

she’rlar;

pandu nasihatlar;

maqol va matallar;

topishmoqlar;

ertaklar;

loto;

labirint;

rebus;

videoroliklar

Tabiat burchagi

bolalarni tabiat bilan tanishtirishga, kichkintoylarda ularga

mehr paydo etish, muhabbat uyg‘otish ishida katta yordam beradi. Tabiat burchagidagi
jonzotlarni bolalar har kuni ko‘radi, bu narsa tarbiyachilar ishini yengillashtiradi: ular
tirik mavjudotlarni muntazam kuzatib boradi va parvarishlaydi. Ularni parvarish qilish
natijasida bolalar zaminimizdagi o‘simliklar va hayvonot dunyosining nihoyatda turli-
tumanligi to‘g‘risida, o‘simliklar, hayvonlar qay tariqa o‘sib rivojlanib borishi, ularga
qanday sharoitlar yaratib berilishi zarurligi to‘g‘risida tasavvur hosil qiladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar mushukcha, kuchukcha, qo‘zichoq, tipratikon yoki

quyon bolasini darhol ushlab ko‘rmoqchi, ularning oldiga borib silamoqchi, orqasidan
quvlab ushlab olmoqchi bo‘lganliklari ko‘p marta kuzatilgan. Bolalar bu jonivorlarga
tezda in yasashga kirishadi. Uni parvarilaydi. Ota-onalar bolaning zo‘r hafsala va


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_1-qism_Iyul-2025

107

ishtiyoq bilan boshlagan ana shu tashabbusini qo‘llab-quvvatlashlari, maslahatlar bilan
unga yaqindan yordam berishlari kerak.

Jonli burchakda qushlar va hayvonlarni parvarish qilish bolalarda tabiatga, undagi

barcha jonli va jonsiz narsalarga qiziqish, muhabbat uyg‘otish, ularni his etish,
mehribonlik ko‘rsatish tuyg‘ularining shakllanishiga yordam beradi. Qushlar va
hayvonlar bilan yaqin munosabatda bo‘lish bolaning bilimini har tomonlama
boyitishga olib keladi. Bolalarni jonli tabiat, undagi hayvonot dunyosi, o‘simliklar
olami bilan muntazam ravishda tanishtirib boriladi. Bunda ishlar yil davomida reja
asosida tashkil etiladi. Mashg‘ulotlar suhbat, kuzatish, o‘yin faoliyatlari bilan bog‘lab
o‘tkaziladi. Bunda bolalar ona tabiatga, jonzotlar va qushlarga muhabbatli, mehrli
bo‘lib, ularni asrab-avaylashga o‘rganadi.

Sayr

chog‘ida bola o‘zidagi bilimlarni, tabiat oldidagi mas’uliyat hissini, ya’ni

o‘z irodasini amaliyotda sinab ko‘radi. Bolalarni sayr vaqtida dalada o‘tloqda o‘tlab
yurgan qo‘y, echki va buzoq, sigirlar bilan yaqindan tanishtirish uchun ularning
yashash sharoiti, insonlar uchun foydasi haqida hikoya qilib boriladi. Ovqatlarni
mazali qilayotgan go‘sht, yog‘, quymoq, sut va qatiqlar shu hayvonlar tufayli ekanligi
bolalarga tushuntiriladi.

Sayr chog‘ida tarbiyaviy vaziyatlarni yuzaga keltirish va bolalarni atrof-muhitda

sodir bo‘layotgan voqealarga hozirjavoblik bilan munosabat bildirishga o‘rgatish
muhim ahamiyatga kasb etadi. Sayr paytida ilgaridan kelishib olganday, tayyorgarlik
natijasi sifatida “timsolga kirish” imkoniyati yaratilishi mumkin. Kimdir tabiatga ziyon
yetkazuvchi, kimdir tabiatni muhofaza etuvchi bo‘ladi. Bunday paytda bolalar o‘zlari
payqagan nojo‘ya hatti-harakatning oldini olish tashabbusini ko‘rsatishlari kerakligi
sayrga qadar tayinlab qo‘yiladi.

Tabiatdagi yilning istagan faslida go‘zallik va rang-baranglik, o‘zgarishlar

bolalarning bevosita hissiy holatiga ta’sir etadi, ularda kuzatish, so‘rash, fikr yuritish,
hikoya qilish istagini uyg‘otadi. Bu narsa ularning mantiqiy fikrlash va nutqini o‘stirish
uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Bu borada

ekologiya haftaliklari

ning tutgan

o‘rni beqiyos. Chunonchi, har faslda bir marta ekologiya haftaliklari o‘tkazilib,
mashg‘ulotlardan tashqari tadbirlar tizimi amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berishda

kuzatish

va

tushuntirish

metodlaridan keng foydalaniladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni

ko‘rsatmali-timsolli fikrlashga o‘rgatish, buning uchun bilib olish kerak bo‘lgan
ob’ektlarni ko‘rsatmalilik asosida va kuzatishga qulay tarzda taqdim etish, ayniqsa,
tabiatning go‘zalliklaridan zavq olish vaziyatini tez-tez yuzaga keltirib turish,
bilimlarni shu yo‘llar bilan singdirish orqali ularning aqliy rivojlanishiga erishiladi.

Bolalar tabiat bilan bir butun organizm darajasida tanishadilar. Eng avval ayrim

o‘simliklar, hayvonlar, ularning yashash usullari bolaning idrok va faoliyat ob’ektiga
aylanadi. Jonli tabiat ob’ektlarining tashqi muhit bilan aloqasi o‘quv-biluv mavzui


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_1-qism_Iyul-2025

108

bo‘lib qoladi: o‘simliklar oziqlanish uchun o‘z ildizi bilan tuproq ichkarisiga kirib
boradi, hayvonlar makonda joy almashtirib yuradi, ovqat topib yeydi va h.k.

Ayniqsa, harakatlanadigan yorqin, rangin ob’ektlar maktabgacha yoshdagi

bolalarda alohida, o‘ta kuchli qiziqish uyg‘otdi, xotirasida timsollar qoldiradi. Ana shu
ob’ektlar yordamida bolalarning hayvonlar o‘zlari yashab turgan muhitga
moslashganliklari kuzatiladi. M: qo‘y va sigir kabi uy hayvonlarining o‘t-o‘lanlar bilan
ovqatlanishi ana shunday moslashuv oqibati ekanligiga yaqqol misol bo‘la oladi.
O‘simlik va hayvonlarning ayrim ko‘zdan yana ham uzoqroq bo‘lgan bog‘liq jihatlari,
bundagi o‘zgarishlarni kuzatish maktabgacha yoshdagi bolalar fikrlashini ekologik
yo‘naltirish, ularni tahlil qilish va solishtirish yo‘li bilan anglashga o‘rgatish imkonini
beradi.

MTTda bolalarga tabiatning nafosatli namunalarini ko‘rsatgan, go‘zallikni idrok

ettirgan, uning qismlarini o‘rgangan, sensor tekshiruv o‘tkazgan, tabiiy go‘zallikning
turli xil o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini tushuntirgan holda suhbatlar o‘tkazish
foydali.

Tabiat ob’ektlarini ko‘zdan kechirish jarayonida bolalarning kuzatishlarini

boshqarish, olgan estetik-ekologik taassurotlari haqidagi avvalgi bilimlaridan
foydalanish, yangilarini ketma-ket hikoya qilish yo‘li bilan ma’lum qilish maqsadga
muvofiqdir. Ekologik bilimlarga doir estetik tushunchalarni bolalar ongiga singdirish
va ularni go‘zallikning eng oddiy alifbosidan bahramand qilish muhim ahamiyat kasb
etadi. Bolalarni eshitilganlar yuzasidan estetik-ekologik mazmunda o‘zaro
suhbatlashishga da’vat etish, qayta hikoya qilishni talab qilish zarur bo‘ladi.
Ekskursiya, sayr haqidagi hikoyalar mazmunli chiqadi.

Bolalarga jonli va jonsiz tabiatdagi har bir narsaning betakror go‘zallik ekanligini

anglatish, his ettirish, kuzattirish, har bir narsaning o‘ziga xosligini aniqlatish, ularning
o‘zaro munosabatda va o‘zaro aloqada ekanligiga ishora qiluvchi belgilarini ajratish
muhim rol o‘ynaydi.

Tevarak-atrofni kuzatish, rasm solish jarayonida bola ranglarni, tovushlarni,

makon va tabiat ob’ektining shaklini qabul qilishga o‘rganadi. Bu narsa go‘zallikni his
etishga olib keladi. Tarbiyachining vazifasi shundan iboratki, u bolalarning aqliy kuch-
g‘ayratini uyg‘otdi, tabiat go‘zalliklar hissini rivojlantiradi va tabiatga bo‘lgan insoniy
munosabatlarning axloqiy-estetik tomonlarini ko‘rsatadi. Tabiatdan zavqlanish
go‘zalliklarni idrok etishda yorqin namoyon bo‘ladi.

Bolalardan bog‘chaga kelishda va ketishda, ko‘cha-ko‘yda atrof-muhitga qanday

zarar yetkazilayotganligini ko‘rganliklari haqida so‘zlab berish so‘ralishi, ya’ni,
bolalarni gapirtirish ham muhim ekologik metodlar sirasiga kiradi. Bu usul
kichkintoylarda kuzatuvchanlikni va ekologik tarbiya olgan yoki olmagan odamlar
orasidagi farqni ajratish tuyg‘ularini o‘stiradi. M: bolalar quyidagicha gap topib


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_1-qism_Iyul-2025

109

keladilar: “Bir bola gugurt olib, xazonlarni yoqdi. O‘tib ketayotgan bir kishi uni koyib,
olovni o‘chirtirdi” va h.k.

Bolalarning tabiatni muhofaza qilish amaliyotida uch xil faoliyatdan (ta’lim,

mehnat, o‘yin) keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, bolalarning ekologik
mazmundagi o‘yin faoliyati ta’lim unsurlariga ega bo‘lib, tegishli ko‘nikmalarni hosil
qilishda ularning ahamiyati katta bo‘ldi.

Didaktik o‘yin o‘quv-bilish vazifalari (m: narsaning xossalari va sifatini aniqlash,

turli buyumlarni tasnif qilish va guruhlash) o‘yin bilan (topish, rol ijro etish,
musobaqalashish) qo‘shib olib boriladiki, bunda didaktik o‘yin ta’limning alohida
shakli – yengil, tez va bolalar tomonidan oldindan mo‘ljallanmagan bilimlarni
o‘zlashtirish shakliga aylanadi. M: “Bu hayvonning nomi “Qizil kitob”ga kiritilganmi?
Shu hayvonni top” o‘yini. Tarbiyachi bolalarni doira shaklida turg‘izib, hayvon nomini
aytadi va koptokni biror bolaga otadi. Bola koptokni ilib olib, “Qizil kitob”ga kirgan
yoki kirmaganligini aytadi.

Tabiatni muhofazasiga doir o‘yin mazmunini ishlab chiqishda shaxsning axloqiy

pozitsiyasi, odamlarning o‘zaro munosabatlari, ularning tabiiy muhitga insonparvarlik,
g‘amxo‘rlik bilan munosabatlari markaziy o‘rinda turmog‘i lozim.

Rolli o‘yinlar har bir ishtirokchiga mustaqillik va uyushqoqlik namoyon etish

imkonini berdi. Ijodiy rolli o‘yinlar tushunchalarni, tasavvurlarni, faktlarni tiklash,
qayta guruhlash tariqasida kechdi. M: rolli o‘yin sifatida bolalardan biri maqbul va
nojo‘ya harakatlar qilib ko‘rsatadi. Nojo‘ya xatti-harakatga kelganda, bolalar:
“To‘xta!” – deb buyruq berishlari kutiladi. Kuzatishlarning ko‘rsatishicha, bunday
paytlarda ko‘p vaqt sukutda bo‘ladigan bolalarda ham qat’iyat, jur’at paydo bo‘ldi. Bu
esa o‘yinning muhim jihati hisoblanadi.

Tabiat bilan insonning o‘zaro aloqador ekanligini o‘rgatish, umuman, bolalarda

atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish – uzoq vaqtni o‘z ichiga
oladigan jarayon. Buning uchun bolalarning atrof-muhit, tabiat bilan har tomonlama
doimiy aloqalarini ta’minlash zarur. MTT hududida, sayr chog‘ida bog‘da, tabiat
quchog‘ida bo‘lish, bu muddatda turli xil ekologik o‘yinlar uyushtirish ana shu
imkoniyatni yuzaga keltiradi.

Voqeaband rolli o‘yinlar bola hayotida katta rol o‘ynaydi. Dastlab sahna

ko‘rinishlari tariqasida tayyorlanadigan o‘yin chog‘ida bola tabiatni muhofaza qilish
bilan shug‘ullanuvchi turli mutaxassislar rolini ijro etadi, ko‘pchilik ana shunday
mutaxassislarni ko‘radi, shunday mutaxassislar borligidan darak topadi, keyinchalik
o‘zi ham shu mutaxassis rolini o‘ynashga muvaffaq bo‘ladi. Boshqacha aytganda,
o‘yin jarayonida bola bilan mutaxassis o‘rtasida muloqot sodir bo‘ladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni ekologik tarbiyalashda nutqiy mantiqiy masala

yechish metodidan ham foydalanish mumkin. Bunday masalalar tabiat haqida
topishmoq-hikoyalardir. Qo‘yilgan masalani yechish, savolga javob berish uchun


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_1-qism_Iyul-2025

110

bolalar tabiat hodisalari orasidagi ma’lum bog‘lanishlar va qonuniyatlarni o‘zlari
uchun tushunib olgan bo‘lishlari kerak. Tarbiyachi bolalarga nutqiy mantiqiy masala
berar ekan, ularni aqliy faoliyat usullaridan (qiyoslash, hodisalarni turli tomondan
ko‘rib chiqish, masalani yechish yo‘llarini izlash) vaziyatiga solishi zarurki, bu narsa
fikrlashning mustaqil, aqlning o‘tkir bo‘lishiga turtki beradi.

Bolalar tomonidan tabiatdagi narsa va hodisalar, odamlarning ayrim nojo‘ya

xatti-harakatlari haqida hikoya-etyudlar tuzish ijodiy topshiriq turlaridan biridir.
Albatta, bu ish daf’atan boshlanmasligi kerak. Dastlab ishni bolalarbop hikoyalar
tanlash va ularni so‘zlab berish usuliga murojaat etishdan boshlash lozim. Bu hikoyalar
oxir-oqibatda hikoya-etyudlar tuzish uchun andaza vazifasini bajaradi.

MTTda ekologik mavzulardagi videofilmlardan foydalanish maqsadga muvofiq.

Bugungi kunda bolalarbop bunday videodisklar va filmlar ko‘payib bormoqda. Har bir
namoyishdan so‘ng bolalar bilan ko‘rilgan filmlar haqida suhbat o‘tkazilishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30 oktabrdagi “2030 yilgacha
bo’lgan davrda O’zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish
konsepsiyasini tasdiqlash” to’g’risidagi PF-5863-sonli farmoni.

2.

“Ilk qadam” davlat o’quv dasturi, Toshkent 2022, 6-bob 30-b.

3.

Jumanova.F.U. Kasb-hunar kollejlari O’quvchilarida ekologik madaniyatni
shakllantirish. Ped.fan.nom.dis..-2010 y. 12b.

4.

Karamatova.D.S, Tolliyeva.G.R., Qilichova.M.J./O’quvchilarda ekologik ong va
ekologik madaniyatni rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo sifatida 2022,
119-b.

Bibliografik manbalar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30 oktabrdagi “2030 yilgacha bo’lgan davrda O’zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash” to’g’risidagi PF-5863-sonli farmoni.

“Ilk qadam” davlat o’quv dasturi, Toshkent 2022, 6-bob 30-b.

Jumanova.F.U. Kasb-hunar kollejlari O’quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirish. Ped.fan.nom.dis..-2010 y. 12b.

Karamatova.D.S, Tolliyeva.G.R., Qilichova.M.J./O’quvchilarda ekologik ong va ekologik madaniyatni rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo sifatida 2022, 119-b.