Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_1-qism_Iyul-2025
215
AYOLLARGA BAG’ISHLANGAN NASHRLARNING ADABIY FAOLIYATI
(“YORQIN TURMUSH” VA “YORQIN HAYOT” JURNALLARI
1936-1941-YILLAR MISOLIDA)
Doniyorova Gulrux Baxtiyorovna
Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti o‘qituvchisi
Filologiya fanlari doktori, professor
O.Fayzullayeva
taqrizi asosida
Annotatsiya:
“Yorqin turmush” va “Yorqin hayot” jurnallarining davr
ijtimoiy-adabiy hayotida tutgan o’rni va 1936-41-yillarda chop etilgan sonlaridagi
adabiy materiallarning ilmiy qimmati, tasnifi, mavzusi haqida so’z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
She’riyat, she’rlar tasnifi, adabiy muhit.
“Yorqin turmush” va “Yorqin hayot” jurnallarida chop etilgan adabiy asarlarni
ham badiiy saviyasiga ko’ra ikki guruhga bo’lib tahlil qilamiz.
1.
Badiiy jihatdan mukammal bo’lgan asarlar.
2.
Badiiy jihatdan nomukammal bo’lgan asarlar.
Badiiy va g’oyaviy jihatdan mukammal bo’lgan asarlarga “Yorqin turmush”
jurnalining 1936-yil 1-sonida Usmon Nosirning ”Hayot”, 3-sonida Zulfiyaning
“Ikkinchi toj”, 1937-yil 2-sonida Zulfiyaning “Ahd” she’rlari, 1936-yil 1-sonida
Cho’lponning “O’gaylar” hikoyasini kiritishimiz mumkin.
“Yorqin hayot” jurnalida esa 1938-yil 2-sonida “Qizlar kuylaydi” ruknida Zulfiya
she’rlari, 1938-yil 3-sonida Asqad Muxtorning “Baxtiyor qiz”, 1938-yil 4-sonida
Turob To’laning “Lobar” 1938-yil 7-8-sonlariida Asqad Muxtorning “Farzand”, 1938-
yil 9-sonida Turob To’laning “Bizning sevgi”, 1940-yil 3-sonida “Qizlar kuylaydi”
ruknida Saida Zunnunovanig “Kitobim” she’rlarini misol qila olamiz.
Jurnallarda badiiy va g’oyaviy jihatdan mukammal bo’lmagan asarlar k’op
uchrashiga sabab avvalo o’sha davrdagi ijtimoy-siyosiy tuzum ta’siri bo’lsa, yana bir
sababi tahririyat havaskor ijodkorlarni ham qo’llab-quvvatlagan. Bunga “Yorqin
turmush” jurnalining 1936-yil 1-sonida G’.Majidiyning “Gilam”, “Kolxozchi qiz
qo’shig’i” 1936-yil 3-sonida Oydinnig “Adolatxonning brigadasi”, 1937-yil 1-sonida
Umida Muhammadjonovaning “Men davr qizi”, 1937-yil 9-sonida Amin Umariyning
“Ulug’ oftob”, M. Abdullayevning “Gulsanam” she’rlarini misol qilishimiz mumkin.
“Yorqin hayot” jurnalida esa 1938-yil 1-sonida Amin Umariyning “Leninga”,
Qosimjon Hoshimning “Dilbarga” she’rlarini misol qilishimiz mumkin.
1936-1941-yillarda chop etilgan she’rlarning tuzilishi biroz tartibsiz, barmoq
vaznidagi she’rlarning qofiya, turoq, vaznlarida kamchiliklar seziladi. Bitta she’rning
har bir bandi har xil misralardan tashkil topgan. Masalan, 1937-yil 3-sonidagi
Munavvara Yusufxon qizining “Ona so’zi” she’ri to’rtlik, sakkizlik, sakkizlik, to’rtlik
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_1-qism_Iyul-2025
216
va sakkizlik tarzida yozilgan. 1938-yil 6-sonida Yoqub G’afurning “Ona” she’ri o’nlik,
yigirmalik, yigirma birlik va sakkizlikdan tashkil topgan. 1939-yil 6-sonida chop
etilgan Orif Yunusning 121 misralik “Ona va qiz” she’ri o’n uchlik, to’qson oltilik va
o’n ikkilikdan tarkib topgan. Jurnalda uchraydigan she’rlarning hammasida ham
bandlar tartibsizlik bilan tuzilmagan. Barmoq vaznining talablariga to’la javob bera
oladigan she’rlar nisbatan oz bo’lsa-da bor. 1940-1941-yildan she’rlarning bandlari
tartibga solib borilgan, ikkilik, to‘rtlik, oltilik shaklida. Shuningdek, jurnal
sahifalarida o’ta katta hajmli she’rlarni ko’p uchratamiz. Hattoki, bir, ikki va uch
sahifalik she’rlar ham bor. 1939-yil 2-3-sonlaridagi 725 misralik “Stalinga shoirlar
nomidan xat”, 1939-yil 7-8-sonlaridagi G’.G.ulom, H.Olimjon va Uyg’un
hammualliflikda yozgan 326 misra ya’ni 3 betdan iborat “Katta Farg’ona kanali
quruvchilaridan Stalinga tabrik”, 1939-yil 10-sonidagi G.G’ulom va H.Olimjon
hammualliflikda yozgan 532 misradan iborat “Katta Farg’ona kanali quruvchilaridan
Stalinga xat” kabi nihoyatda hajmi katta she’rlar mavjud. O’sha davrning ijtimoiy-
siyosiy ruhida yozilgan, katta hajmli she’rlar o’quvchi uchun ham biroz zerikarli.
Qolaversa, havaskor shoirlarga tegishli bo’lgan 1936-yil 3-sonida Oydinning 104
misralik “Adolatxonning brigadasi”, 1937-yil 9-sonidagi M. Abdullayevning 100
misralik “Gulsanam”, 1939-yil 11-sonidagi O’tkir Rashidiyning 168 misra ya’ni 1,5
sahifadan iborat “Ko’rub qoldim olma tagida” she’rilarining hajmi ham juda katta.
Aslida she’rning g’oya va mazmun-mohiyati jihatidan kuchli biroq, hajm jihatidan
kichikroq bo’lishi ham shoirning mahoratidan darak beradi.
“Yorqin turmush” va “Yorqin hayot” jurnallaridagi she’rlarni mavzusiga ko’ra
quyidagicha tasniflash mumkin:
1.
Ijtimoiy-siyosiy mavzudagi she’rlar: 1937-yil 9-sonida Vosit
Sa’dullaning “Ochil oppog’im”, Amin Umariyning “Ulug’ oftob”, 14-betida M.
Abdullayevning “Gulsanam”;
2.
Ma’naviy-ma’rifiy mavzudagi she’rlar: 1937-yil 7-8-sonlarida Rahmat
Fayziy “Baxtiyor”, Rahmat Fayziy “Zebi xola o’qushda”, 1937-yil 9-sonida Toji
Rahmoniy “Rohat bergan senga ming rahmat”;
3.
Maishiy mavzudagi she’rlar: 1937-yil 12-sonida Orif Yunus “Nar”,
Sulton Akbaralining “Ishchi qizga”, 1938-yil 1-sonida Qosimjon Hoshimning
“Dilbarga”;
4.
Vatan, mehnat va muhabbat mavzudagi she’rlar: 1938-yil 2-sonida Akram
Ahrorning “Zafar qo’shug’i”, Chig’oyning “Bluxerga”, Toji Rahmoniyning
“Do’stlik”, “Qizlar kuylaydi” ruknida Zulfiya she’rlari, Tohir Otaxonning “Hur
o’lkam” she’rlari chop etilgan.
Jurnalda havaskor shoirlar tomonidan yozilgan she’rlarni ko’p uchratamiz.
“Qizlar kuylaydi” ruknida ham Oftob Xolbotirova, Oydin, Zulfiya, Saida Zunnunova
kabi taniqli jurnalist va ijodkor ayollar bilan birga yurtimizning turli hududlarida
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_1-qism_Iyul-2025
217
istiqomat qilayotgan havaskor ayollarning she’rlari chop etilgan. She’rlar asosan
yoshlik, vatan, muhabbat va mehnat mavzularida yozilgan.
XX asr adabiyoti o‘zbek mumtoz va yangi o‘zbek adabiyoti o‘rtasida o‘ziga xos
ko‘prik vazifasini o‘tadi. Ijod yo‘nalishi, janrlar tizimi, badiiy tasvir prinsiplari
yangilandi, mavzular ko’lami kengaydi. Bu esa tabiiyki, ijodkorlarning asarlariga o‘z
ta’sirini o‘tkazdi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Ergash Ochilov “Tarjimashunoslikning nazariy masalalri” T.: Innovasiya-Ziyo
2022-y
2.
“Yorqin turmush” va “Yorqin hayot” jurnalarining 1936-1941 yillardagi sonlari
3.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Saodat
4 . https://press.natlib.uz/ru/publications/saodat