Mualliflar

  • Karimova Navbaxar Mahmudjanovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.trtteztro.129277

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: jismoniy rivojlanish kognitiv rivojlanish til va muloqot hissiy ijtimoiy rivojlanish kompetensiyalar.

Annotasiya

Annotatsiya: bolaning rivojlanishi - bu uning jismoniy, hissiy, ijtimoiy, kognitiv (bilishga oid) va til ko'nikmalarining birgalikdagi o'sishi va rivojlanishidir. Har bir soha bolaning umumiy salomatligi va muvaffaqiyatiga hissa qo'shadi. Kompetensiyalarni rivojlantirish bolaning maktabdagi muvaffaqiyati, o'zaro munosabatlari va umumiy farovonligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_1-qism_Iyul-2025

187

BOLANING RIVOJLANISH SOHALARI KOMPETENSIYALARI

Karimova Navbaxar Mahmudjanovna

Urganch davlat universitetida sirtqi maktabgacha ta'lim yo'nalishi talabasi hamda

Gurlan tumanidagi 9-sonli ko'p tarmoqli İxtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim

tashkilotida tarbiyachi

Annotatsiya:

bolaning rivojlanishi - bu uning jismoniy, hissiy, ijtimoiy, kognitiv

(bilishga oid) va til ko'nikmalarining birgalikdagi o'sishi va rivojlanishidir. Har bir soha
bolaning umumiy salomatligi va muvaffaqiyatiga hissa qo'shadi.

Kompetensiyalarni rivojlantirish bolaning maktabdagi muvaffaqiyati, o'zaro

munosabatlari va umumiy farovonligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Kalit so’zlar:

jismoniy rivojlanish,kognitiv rivojlanish,til va muloqot,hissiy

ijtimoiy rivojlanish,til va muloqot,kompetensiyalar.

Аннотация:

развитие ребёнка – это совокупное развитие физических,

эмоциональных, социальных, когнитивных (связанных со знаниями) и языковых
навыков ребёнка. Каждая область способствует общему здоровью и успешности
ребёнка. Развитие компетенций положительно влияет на успеваемость ребёнка в
школе, отношения с окружающими и общее благополучие.

Ключевые слова:

физическое развитие, когнитивное развитие, язык и

коммуникация, эмоционально-социальное развитие, язык и коммуникация,
компетенции.

Abstract:

child development is the combined growth and development of a

child's physical, emotional, social, cognitive (knowledge-related) and language skills.
Each area contributes to a child's overall health and success.

Developing competencies has a positive impact on a child's success in school,

relationships and overall well-being.

Key words:

physical development, cognitive development, language and

communication, emotional social development, language and communication,
competencies.


Maktabgacha ta'lim va tarbiya-bolalarga ta'lim va tarbiya berishga, ularni

intellektual, ma'naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga,
shuningdek bolalarni umumiy o'rta ta'limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta'lim
turi[1, 3-modda]hisoblanib, bolaning ilk rivojlanish yoshidan to 7 yoshgacha boʻlgan
davrigacha uning har tomonlama kamol topishini ta'minlashga qaratilgan ta'lim-
tarbiya jarayonini amalga oshiradi. Bugungi avlod istiqbolda yangi O'zbekistonning
taraqqiyotini ta'minlashi uchun ham jismoniy va ma'naviy sog'lom, intellektual
salohiyatli boʻlishi talab etiladi. Bu talab maktabgacha ta'lim va tarbiya tashkilotlarida


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_1-qism_Iyul-2025

188

voyaga yetayotgan yosh avlodning ta'limi va tarbiyasiga boʻlgan e'tiborni oshirishni
taqozo etadi. Shu maqsadda mamlakatimizda maktabgacha ta'lim tizimini yanada
takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim
muassasalari tarmog'ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash,
bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya
jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarni tadbiq etish, bolalarni har
tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-
sharoitlar yaratish boʻyicha muhim ishlar amalga oshirildi. Maktabgacha ta'lim tizimini
2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida esa bolaning rivojlanish sohalari
kompetensiyalarini shakllantirishning mavjud shart-sharoitlari va imkoniyatlari,
kamchiliklari oʻrganilgan hamda 2030 yilgacha bu jarayonda amalga oshiriladigan
vazifalar belgilab berilgan. Shuningdek birinchi prezidentimiz Islom Karimov hamda
amaldagi prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning asarlari va ma'ruzalari ham bolaning
rivojlanish sohalari kompetensiyalarini oʻrganishda metodologik asos sifatida xizmat
qiladi. Bu borada mamlakatimiz mustaqilligining me'mori Islom Karimov “Yuksak
ma'naviyat-yengilmas kuch” asarida shunday yozadi;-"Odamzot uchun bir umr zarur
bo'ladigan tabiiy ko'nikma va xususiyatlar, masalan, har qaysi bolaning oʻziga xos va
oʻziga mos qobiliyati, atrofidagi odamlar bilan muomalasi, tengdoshlari orasida o'zini
qanday his qilishi, yetakchilik xislatlariga ega boʻlishi yoki ega bo'lmasligi, kerak
bo'lsa, dunyoqarashi bularning barchasi avvalo uning tug'ma tabiati, shu bilan birga,
oilada oladigan tarbiyasiga uzviy bog'liq ekanini hayot tajribasi ko'p misollarda
tasdiqlab beradi.

Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirishda biz 2020 yil 22

dekabrda qabul qilingan maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat ta'lim standartlariga
koʻra ish yuritamiz. Bu standartga koʻra bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari
quyidagilardan iborat:

jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi;

ijtimoiy-hissiy rivojlanish;

nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari;

bilish jarayonining rivojlanishi;

ijodiy rivojlanish.

"Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi" sohasidagi

o'quv-tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so'ng 6-7 yoshli bola o'z imkoniyatlari va
yoshi bilan bog'liq jismoniy rivojlanish me'yorlariga mos ravishda jismoniy faollik
ko'rsatadi,turli harakatchanlik faolligini uyg'un ravishda va maqsadli bajarishni
biladi,turli hayotiy va oʻquv vaziyatlarida mayda motorika ko'nikmalaridan
foydalanadi,oʻz harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi,shaxsiy
gigiena malakalarini qo'llaydi.sog'lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi,


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_1-qism_Iyul-2025

189

Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari borasidagi ilmni o'rganar ekanmiz,
bunda rivojlangan Sharq mamlakatlaridan Yaponiya va Xitoyning oʻziga xos jihatlari
borligiga amin bo'ldik. Masalan, Yaponiyada bu kompetensiyalar maktabgacha tarbiya
berishdagi beshta yo'nalishni o'z ichiga qamrab olgan bo'lib, bular quyidagilardan
iborat.

- ijtimoiy munosabatlar;
- salomatlik, havfsizlik;
- til;
- atrof muxit;
- his-tuyg'ularini ifodalash.
Bu yo'nalishlarning bizning maktabgacha ta'lim dasturlarimizga ham xos bo'lgan

jihatlari mavjud ekan. Faqatgina nomlanishidagi farqlarni anglashimiz mumkin. Shu
bilan birga bizning standartga muvofiq "ijodiy rivojlanish" kompetensiyasi alohida
ahamiyat kasb etadi. Bunga Yaponiya maktabgacha ta'limida alohida berilmagan ekan.
Bolaning ijodiy rivojlanish kompetensiyasiga alohida e'tibor berish esa katta ahamiyat
kasb etadi. Chunki bugungi bolalar istiqboldagi kashfiyotchilar bo'lishi kutilmoqda.
Ularning intellektual salohiyati kelajakdagi mamlakatimiz taraqqiyotini ta'minlovchi
asosiy kuch sifatida e'tirof etilmoqda va shuning uchun ham juda katta e'tibor
qaratimoqda.

Jismoniy rivojlanish bolaning tanasining o'sishi, sog'lig'i va harakat

qobiliyatlarini qamrab oladi. Bu sohada bola yirik va nozik motorika ko'nikmalarini
egallaydi.

• Yirik motorika ko'nikmalari. Bular katta mushak guruhlarini ishga soladigan

harakatlardir, masalan, yugurish, sakrash, to'p uloqtirish va h.k. Ushbu
ko'nikmalarning rivojlanishi bolaning harakat koordinatsiyasini yaxshilaydi va unga
atrof-muhit bilan faol o'zaro aloqada bo'lish imkonini beradi.

• Nozik motorika ko'nikmalari. Bular kichik mushak guruhlarini ishga soladigan

harakatlardir, masalan, qalamdan foydalanish, tugmalarni qadash, rasmlar chizish va
h.k. Nozik motorika ko'nikmalari bolaning qo'l va ko'z koordinatsiyasini yaxshilaydi
va unga aniqroq vazifalarni bajarish imkonini beradi. Jismoniy rivojlanish,
shuningdek, bolaning sog'lig'ini saqlash va o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish ko'nikmalarini
ham qamrab oladi. Bular sog'lom ovqatlanish, gigiena qoidalariga rioya qilish, kiyinish
va ovqatlanish kabi kundalik vazifalarni bajarishni o'z ichiga oladi. Hissiy-ijtimoiy
rivojlanish bolaning o'z his-tuyg'ularini tushunish, boshqarish, boshqalar bilan
munosabat o'rnatish va ijtimoiy ko'nikmalarni egallash qobiliyatini qamrab oladi. Bu
sohada bola o'zini-o'zi anglashni, hissiy intellektni, empatiyani va o'zini tutish
qobiliyatini rivojlantiradi.

Hissiy intellekt.Bu o'z his-tuyg'ularini va boshqalarning his-tuyg'ularini tushunish

va boshqarish qobiliyatidir. Hissiy intellekt bolaning munosabat o'rnatish, hamkorlik


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_1-qism_Iyul-2025

190

qilish va konfliktlarni hal qilish qobiliyatiga bevosita ta'sir qiladi. Ijtimoiy
ko'nikmalar.Bular boshqalar bilan o'zaro aloqada bo'lish, hurmat ko'rsatish, navbat
kutish, qoidalarga rioya qilish kabi ko'nikmalardir. Ijtimoiy ko'nikmalar bolaning
tengdoshlari va kattalar bilan muvaffaqiyatli muloqot qilishiga yordam beradi. Hissiy-
ijtimoiy rivojlanish, shuningdek, bolaning o'z-o'zini boshqarish qobiliyatini ham
qamrab oladi. Bu o'z impulslarini nazorat qilish, qoidalarga rioya qilish va o'z xatti-
harakatlari uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishni o'z ichiga oladi. Kognitiv
rivojlanish bolaning fikrlash, o'rganish, xotirlash, muammolarni hal qilish va ijodiy
qobiliyatlarini qamrab oladi. Bu sohada bola mantiqiy fikrlash, tasavvur, diqqatni
jamlash va til ko'nikmalarini rivojlantiradi.

• Fikrlash: bu ma'lumotlarni qayta ishlash, tushunchalarni shakllantirish va

mantiqiy xulosalar chiqarish qobiliyatidir. Fikrlash bolaning muammolarni hal qilish,
qaror qabul qilish va yangi ma'lumotlarni o'zlashtirish qobiliyatiga ta'sir qiladi.

• Xotira: bu ma'lumotlarni saqlash va qayta tiklash qobiliyatidir. Xotira bolaning

o'rganish, eslab qolish va kelajakda foydalanish uchun ma'lumotlarni saqlash
qobiliyatiga bevosita ta'sir qiladi.

• Muammolarni hal qilish: bu qiyinchiliklarni aniqlash, yechimlar izlash va eng

yaxshi yechimni tanlash qobiliyatidir. Muammolarni hal qilish ko'nikmalari bolaning
har qanday vaziyatda muvaffaqiyatli harakat qilishiga yordam beradi. Kognitiv
rivojlanish, shuningdek, bolaning tasavvurini va ijodiy qobiliyatlarini ham qamrab
oladi. Bu uning yangi g'oyalar yaratish, o'z fikrlarini ifodalash va o'ziga xos yechimlar
topish qobiliyatini o'z ichiga oladi. Til va muloqot rivojlanishi bolaning tilni tushunish,
gapirish, o'qish va yozish qobiliyatini qamrab oladi. Bu sohada bola so'z boyligini
oshiradi, grammatik qoidalarni o'rganadi va boshqalar bilan samarali muloqot qilish
ko'nikmalarini egallaydi.

• Tilni tushunish: bu boshqalarning gaplarini tushunish, topshiriqlarni bajarish va

murakkab ma'lumotlarni o'zlashtirish qobiliyatidir.

• Gapirish: bu o'z fikrlarini aniq va tushunarli tarzda ifodalash, savollarga javob

berish va hikoyalar aytish qobiliyatidir.

• O'qish va yozish: bu yozma matnni tushunish, o'qish va o'z fikrlarini yozma

ravishda ifodalash qobiliyatidir. Til va muloqot ko'nikmalari bolaning ijtimoiy
aloqalari, ta'lim olishi va kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun muhim ahamiyatga ega.
Bolaning rivojlanishi - bu ko'p qirrali va dinamik jarayon bo'lib, unda jismoniy, hissiy-
ijtimoiy, kognitiv va til rivojlanishi o'zaro bog'liq holda kechadi. Bolaning to'liq
salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun har bir sohani rivojlantirishga e'tibor qaratish
muhimdir. Ota-onalar, o'qituvchilar va jamiyat bolaning rivojlanishiga yordam berish
va ularning farovonligini ta'minlash uchun birgalikda harakat qilishlari kerak.



background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_1-qism_Iyul-2025

191

Foydalanilgan adabiyot va havolalar:

1.

O’ktamovna, S. M. (2024). MAKTABGACHA TA'LIMDA TABIAT
BURCHAGINI TAYYORLASH. Multidisciplinary Journal of Science and
Technology, 4(3), 661-667.

2.

O’ktamovna, S. M. (2024). EXTRACURRICULAR ACTIVITIES IN PRIMARY
GRADES. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(3), 654-660.

Bibliografik manbalar

O’ktamovna, S. M. (2024). MAKTABGACHA TA'LIMDA TABIAT BURCHAGINI TAYYORLASH. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(3), 661-667.

O’ktamovna, S. M. (2024). EXTRACURRICULAR ACTIVITIES IN PRIMARY GRADES. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(3), 654-660.