Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_1-qism_Iyul-2025
160
QISHLOQ XO'JALIGIDA POLIZ MAHSULOTI XARAJATLARINI
OPTIMALLASHTIRISH VA EKSPORT SALOHIYATINI
OSHIRISH YO‘LLARI
Nurimbetov Timur Uzakbergenovich
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
xalqaro aloqalar bo'yicha prorektori
Annotatsiya
: Ushbu maqolada poliz mahsulotlarining sifati va xavfsizligini
ta’minlash, shuningdek, ularning eksport hajmini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlar
atroflicha yoritilgan. Meva-sabzavot va poliz mahsulotlarining asosiy tashqi bozorlari,
eksport geografiyasi, eksportning dinamikasi va tarkibi chuqur tahlil qilinib, bu
boradagi dolzarb masalalar hamda istiqbolli yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilgan.
Kalit so‘zlar:
Eksport hajmi,
poliz, dinamikasi, mahsulot, geografiyasi, ishlab
chiqarish, sifat, xavfsizlik, meva-sabzavot, tadbirkor, xo‘jalik.
Аннотация:
В этой статье подробно описаны усилия, направленные на
обеспечение качества и безопасности польской продукции, а также увеличение
объема ее экспорта. Подробно анализируются основные зарубежные рынки
плодоовощной продукции и плодоовощной продукции, география экспорта,
динамика и состав экспорта, особое внимание уделено актуальным проблемам и
перспективным направлениям в этой связи.
Ключевые слова:
Объем экспорта, политика, динамика, продукт,
география, производство, качество, безопасность, фрукты и овощи,
предприниматель, экономика.
Abstract:
This article provides a detailed overview of efforts to ensure the quality
and safety of melon products, as well as to increase their export volume. The main
foreign markets for fruits, vegetables and melon products, the geography of exports,
the dynamics and composition of exports are analyzed in depth, with special attention
paid to current issues and promising directions in this regard.
Keywords:
Export volume, melon, dynamics, product, geography, production,
quality, safety, fruits and vegetables, entrepreneur, economy.
Kirish.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda poliz mahsulotlarining sifati va
xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, eksport salohiyatini oshirish yo‘nalishida keng
ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Uzoq muddat davomida qishloq xo‘jaligi
sohasida tub islohotlar o‘tkazilib, ilg‘or va zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etishga
qaratilgan chora-tadbirlar poliz va oziq-ovqat sanoatini butunlay yangi bosqichga olib
chiqdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu o‘z navbatida meva-sabzavot mahsulotlarini
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_1-qism_Iyul-2025
161
yetishtirish, qayta ishlash, saqlash, qadoqlash va xorijga eksport qilishdagi yuqori
natijalarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Natijalar va munozara.
Bugungi kunda ko‘plab tadbirkorlar, dehqon va fermer
xo‘jaliklari ushbu jarayonlarni chuqur o‘rganib, amaliy tajriba to‘plamoqda. Ular
uchun taqdim etilayotgan turli imtiyozlar va keng imkoniyatlardan samarali
foydalanish natijasida eksport sohasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilmoqda [1].
Ayniqsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bu borada yetakchi mavqega ega bo‘ldi.
Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida xorijga poliz mahsulotlarini eksport qilgan
hududlar orasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi peshqadamlik qildi – 289,3 ming
tonna. Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, bu borada
keyingi o‘rinlarni Toshkent viloyati – 217 ming tonna va Samarqand viloyati – 180,1
ming tonna bilan egalladi. Qolgan hududlar bo‘yicha ushbu ko‘rsatkichlar quyidagicha
taqsimlandi:
Surxondaryo viloyati – 157 ming tonna;
Xorazm viloyati – 144 ming tonna;
Namangan viloyati – 141,5 ming tonna;
Andijon viloyati – 106,8 ming tonna;
Toshkent shahri – 89,1 ming tonna;
Jizzax viloyati – 77,1 ming tonna;
Buxoro viloyati – 67,6 ming tonna;
Qashqadaryo viloyati – 49,3 ming tonna;
Sirdaryo viloyati – 45,4 ming tonna;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 23,7 ming tonna;
Navoiy viloyati – 10,6 ming tonna.
Hozirgi kunda Respublikamizda poliz mahsulotlarining turli xil navlarini
yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va xorijga eksport qilish borasida keng imkoniyatlar
mavjud [2]. Biroq, bu salohiyatdan to‘liq va samarali foydalanilmayapti.
Mamlakatning eksport imkoniyatlarini kengaytirishda qishloq xo‘jaligi tarmog‘i
alohida o‘rin tutadi. Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra,
2023-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga umumiy qiymati
1,0 milliard AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,6 million tonna poliz mahsulotlarini
eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 168,3
ming tonnaga ortgan.
Amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar, mavjud adabiyotlar tahlili hamda poliz
mahsulotlarini eksport qilish salohiyatini oshirish bo‘yicha yuzaga kelayotgan
muammolar va ularning yechimlari chuqur o‘rganildi. Ushbu tahlillar natijasiga ko‘ra,
eksport hajmini kengaytirish uchun xalqaro bozorlardagi texnik to‘siqlarni bartaraf
etish, xalqaro standartlarga moslashish, sinov laboratoriyalarini ilmiy-uslubiy asosda
tashkil qilish va rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi [3]. Bu esa poliz
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_1-qism_Iyul-2025
162
mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligini oshirib, xalqaro maydonda eksport
hajmini sezilarli darajada ko‘paytirishga xizmat qiladi.
1-jadval
Respublika poliz mahsulotlari eksportining dinamikasi va tarkibi
Mahsulotlar
Eksport qilingan poliz
mahsulotlarini hajmi (ming tonna)
Eksport hajmi
2024 yil
Meva va rezavorlar
2 054,2
Quritilgan meva va rezavorlar
335
Sabzavotlar
819
Piyoz
199,5
Karam
142
Pomidor
71
Uzum
218
Mayiz
73,6
Yeryong‘oq
18,3
Tarvuz-qovun
135,8
Shu bilan birga, jahon bozorida poliz mahsulotlariga qo‘yilayotgan sifat va
xavfsizlik standartlari, organik poliz mahsulotlariga bo‘lgan talabning ortib borishi,
shuningdek, respublikamizda yetishtirilayotgan mahsulotlarning xalqaro bozordagi
mavqeini mustahkamlash poliz mahsulotlarini sertifikatlashtirish jarayonini yanada
takomillashtirish uchun qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab
qilmoqda.
O‘zbekiston bog‘dorchilik, sabzavot-polizchilik kabi qishloq xo‘jaligining asosiy
tarmoqlarida boy tajriba va yuksak ilmiy salohiyatga ega davlatlardan biri hisoblanadi
[4]. Ayniqsa, so‘nggi yillarda ushbu sohaning rivojlanishiga qaratilgan alohida e’tibor
tufayli bu jarayon yanada aniq va yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Natijada meva-
sabzavot, uzum, poliz ekinlari va kartoshka kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
yetishtirish hajmi barqaror o‘sib borib, ichki ehtiyojni to‘liq qondirish bilan birga,
eksport salohiyati ham sezilarli darajada oshmoqda. Juda qisqa vaqt ichida o‘rik,
olxo‘ri, gilos, uzum, yong‘oq, karam va boshqa ko‘plab meva va sabzavotlar eksport
hajmi bo‘yicha O‘zbekiston dunyoning yetakchi davlatlari qatoridan mustahkam o‘rin
egallaganini yaqqol tasdiqlaydi.
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston sharoitida yetishtirilayotgan
eksportga mo‘ljallangan poliz mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash,
ularning raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirishdagi
muammolar va ularning yechimlari yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_1-qism_Iyul-2025
163
Mamlakatimizda eksport uchun mo‘ljallangan poliz mahsulotlarini keng ko‘lamda
yetishtirish, ularning xavfsizligini ta’minlash, xalqaro bozorlardagi texnik to‘siqlarni
bartaraf etish, xalqaro standartlarga moslashtirish kabi ustuvor yo‘nalishlar
belgilangan. Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar va eksport-import
faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarning sifatsiz mahsulot uchun javobgarlik darajasini
oshirish bo‘yicha muhim tavsiyalar ilgari surilgan
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi PF-5995-sonli
“Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik koʻrsatkichlari xalqaro
standartlarga muvofiqligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar
toʻgʻrisida”gi qarori.
2.
Muminov
Najmiddin
Shamsiddinovich,
Odinaev
Mirzamad
Isaevich,
Abdirayimov Azizbek Roʻziqul Oʻgʻli, Rajabov Sardor Jumaboy Oʻgʻli, (2021).
Problems Of Quality Assurance And Export Potential Of Grapes. The American
Journal of Agriculture and Biomedical Engineering, 3(06), 38-44.
3.
Хакимов, Д. В.У., Мамажонов, А.А., & Саттаров, М.О. (2020). Управление
внутренним аудитом в соответствии с международными стандартами.
Universum: экономика и юриспруденция, (4 (69)), 4-12.
4.
Хакимов Д.В. и др. Улучшения потенциала национальной инфраструктуры
качества и проблемы экспорта плодоовощной продукции //Итоги и
перспективы развития агропромышленного комплекса. – 2018. – С. 502-508.