Mualliflar

  • Sodiqova Shaxnoza Ulug‘bek qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.trtteztro.131899

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. refleksiya o‘z-o‘zini baholash pedagogik faoliyat reflektiv yondashuv kasbiy rivojlanish metodik yondashuv ta’lim sifati reflektiv madaniyat.

Annotasiya

Annotatsiya. Mazkur ilmiy ishda o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishida refleksiya va o‘z-o‘zini baholashning o‘rni tahlil qilinadi. Pedagogik faoliyatda reflektiv yondashuvdan foydalanish orqali o‘z-o‘zini tahlil qilish, didaktik yondashuvlarni takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirish imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari o‘qituvchilarda reflektiv madaniyatni shakllantirish orqali ularning mustaqil va ongli faoliyatini rivojlantirish mumkinligini ko‘rsatadi. Eksperimental metodlar asosida olib borilgan ishlar natijasida refleksiyaning kasbiy o‘sishga ijobiy ta’siri amaliy jihatdan isbotlangan.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_2-qism_Iyul-2025

150

REFLEKSIYA ORQALI PEDAGOGIK FAOLIYATDA O‘Z-O‘ZINI

BAHOLASHNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI

Sodiqova Shaxnoza Ulug‘bek qizi

Andijon shahar 26-DMTM metodisti

shahnoza.sadikova92@gmail.com

Annotatsiya.

Mazkur ilmiy ishda o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishida

refleksiya va o‘z-o‘zini baholashning o‘rni tahlil qilinadi. Pedagogik faoliyatda
reflektiv yondashuvdan foydalanish orqali o‘z-o‘zini tahlil qilish, didaktik
yondashuvlarni takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirish imkoniyatlari yoritilgan.
Tadqiqot natijalari o‘qituvchilarda reflektiv madaniyatni shakllantirish orqali ularning
mustaqil va ongli faoliyatini rivojlantirish mumkinligini ko‘rsatadi. Eksperimental
metodlar asosida olib borilgan ishlar natijasida refleksiyaning kasbiy o‘sishga ijobiy
ta’siri amaliy jihatdan isbotlangan.

Kalit so‘zlar.

refleksiya, o‘z-o‘zini baholash, pedagogik faoliyat, reflektiv

yondashuv, kasbiy rivojlanish, metodik yondashuv, ta’lim sifati, reflektiv madaniyat.


Refleksiya va o‘z-o‘zini baholash bugungi kunda ta’lim tizimida

o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini ta’minlovchi muhim kompetensiyalar sirasiga
kiradi. Pedagogik faoliyatda samaradorlikka erishish, o‘z ustida ishlash, kasbiy
kamchilik va yutuqlarni anglash, ta’lim jarayoniga tanqidiy yondashish ko‘nikmalari
aynan refleksiya orqali shakllanadi. O‘z-o‘zini baholash esa refleksiya jarayonining
ichki bosqichlaridan biri bo‘lib, pedagogga o‘z faoliyatini tahlil qilish, kuchli va zaif
tomonlarini aniqlash, ta’limiy yondashuvni yangilash imkonini beradi. Bu ikki
tushuncha – refleksiya va o‘z-o‘zini baholash – nafaqat o‘qituvchining ichki o‘sishini,
balki o‘quvchilarga ta’sir qilish salohiyatini oshirishda ham hal qiluvchi omil
hisoblanadi.

Mazkur tadqiqotning maqsadi – refleksiya orqali o‘z-o‘zini baholashni

rivojlantirish

imkoniyatlarini

aniqlash,

bu

orqali

pedagogik

faoliyatni

takomillashtirishga xizmat qiluvchi metodik yondashuvlarni asoslab berishdan iborat.
Shu asosda quyidagi vazifalar belgilanadi: refleksiya va o‘z-o‘zini baholashning
nazariy asoslarini aniqlash; ularning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilish; ta’lim
amaliyotida

refleksiv

metodlardan

foydalanish

imkoniyatlarini

aniqlash;

o‘qituvchilarda refleksiv madaniyatni shakllantirish yo‘llarini ko‘rsatish.

Tadqiqotda quyidagi metodlardan foydalanildi: ilmiy-nazariy manbalarni tahlil

qilish, pedagogik kuzatuv, suhbat va so‘rovnoma, refleksiv yozuvlar tahlili,
eksperiment usuli. Ushbu metodlar orqali mavzuga ilmiy yondashish va amaliy
xulosalar chiqarish imkoni yaratildi.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_2-qism_Iyul-2025

151

Refleksiya tushunchasi zamonaviy pedagogikada o‘qituvchining kasbiy o‘sishi

va o‘zini anglash jarayonida asosiy tarkibiy qismlardan biri sifatida qaraladi. Falsafiy
nuqtayi nazardan refleksiya – inson tafakkuri, ong va faoliyatining o‘ziga qayta
yo‘naltirilgan shakli bo‘lib, shaxsning o‘zini tanishi, tahlil qilishi va baholashi
jarayonini anglatadi. Psixologiyada esa refleksiya shaxsning o‘z fikrlari, hissiyotlari va
xatti-harakatlarini idrok etish, ular ustida fikr yuritish qobiliyatidir. Pedagogikada esa
refleksiya o‘qituvchining o‘z ta’limiy faoliyatini ongli ravishda tahlil qilishi, o‘zining
kasbiy harakatlari va ularning natijalariga baho berishidir.

Refleksiyaning bir nechta shakllari mavjud bo‘lib, ular pedagogning faoliyatiga

har xil yo‘nalishda ta’sir ko‘rsatadi. Shaxsiy refleksiya – o‘qituvchining o‘z hissiyoti,
qadriyatlari va motivatsiyasini tahlil etishidir. Kasbiy refleksiya – o‘z faoliyat uslubi,
o‘qitish texnologiyalari va metodlariga tanqidiy yondashishdir. Amaliy refleksiya –
dars jarayonida yuzaga kelgan pedagogik vaziyatlarni tahlil qilishni o‘z ichiga oladi,
nazariy refleksiya esa ta’lim jarayonining asosiy konseptual jihatlarini tushunishga
qaratilgan. Refleksiya pedagogik jarayonda bir nechta muhim funksiyalarni bajaradi:
tahliliy, o‘zgartiruvchi, baholovchi va rivojlantiruvchi. U o‘qituvchiga o‘z
faoliyatining kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, yangicha yondashuvlarni izlash,
tajriba orttirish hamda kasbiy o‘sishga erishish imkonini beradi. Shu bois refleksiya
zamonaviy o‘qituvchining asosiy kasbiy kompetensiyalaridan biri sifatida e’tirof
etiladi.

Pedagogik faoliyatda o‘z-o‘zini baholash – bu o‘qituvchining o‘z faoliyatiga

nisbatan ongli, tanqidiy va tahliliy munosabat bildirish jarayonidir. Ilmiy nuqtayi
nazardan u shaxsning ichki reflektiv faolligiga asoslangan bo‘lib, kasbiy o‘sish, o‘zini
anglash va mustaqil rivojlanishning muhim omili hisoblanadi. O‘z-o‘zini baholash
mazmunan o‘z harakatlarini baholash, maqsadga muvofiqligini tekshirish, natijalarni
tahlil qilish va kelgusidagi faoliyatni takomillashtirishga yo‘naltiriladi. Bu jarayon
og‘zaki, yozma, raqamli yoki reflektiv kundaliklar shaklida amalga oshirilishi
mumkin. O‘z-o‘zini baholashning pedagogik samaradorlikka ta’siri bevosita
o‘qituvchining o‘z faoliyatiga bo‘lgan mas’uliyatini oshiradi. U orqali o‘qituvchi
nafaqat o‘zining didaktik yondashuvini, balki o‘quvchilarga ta’sirini, dars
samaradorligini ham chuqurroq anglaydi. Bu esa kasbiy refleksiyani faollashtiradi, o‘z
ustida ishlashga turtki bo‘ladi va sifatli ta’lim berish imkoniyatlarini kengaytiradi.

O‘z-o‘zini baholash va tashqi baholash bir-birini to‘ldiruvchi, biroq farqli

jarayonlardir. Tashqi baholash – bu boshqa shaxslar, masalan, rahbarlar, hamkasblar
yoki ekspertlar tomonidan beriladigan ob’ektiv fikr bo‘lsa, o‘z-o‘zini baholash –
sub’ektiv, ichki kuzatuvga asoslangan jarayondir. Tashqi baholash mezonlarga
tayansa, o‘z-o‘zini baholash shaxsiy me’yor va qadriyatlarga asoslanadi. Shu bois har
ikki baholash shakli uyg‘un qo‘llanganda o‘qituvchining kasbiy rivoji yanada
mukammal yo‘lga qo‘yiladi.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_2-qism_Iyul-2025

152

Refleksiya va o‘z-o‘zini baholash bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan,

o‘qituvchining kasbiy rivojlanishida o‘zaro ta’sir qiluvchi jarayonlardir. Refleksiya
o‘z-o‘zini baholashning ichki mexanizmi sifatida faoliyat natijalarini tahlil qilish,
ularni anglash va o‘zgarishlar kiritish uchun zarur bo‘lgan fikrlashni shakllantiradi.
Refleksiya vositasida o‘qituvchi o‘z faoliyatining sabab-natija bog‘liqliklarini
tushunadi, bu esa o‘z-o‘zini baholash jarayonini faollashtirib, undan amaliy natijalar
olishga xizmat qiladi. Reflektiv yondashuv shaxsning o‘z harakatlari va qarorlarini
chuqur tahlil qilish, ularning asosini anglash va yangi yondashuvlarni shakllantirish
imkonini beradi. Ayniqsa, didaktik faoliyatda yuzaga keladigan muammolarni tahlil
qilishda refleksiya orqali o‘qituvchi o‘zining pedagogik qarorlarini qayta ko‘rib
chiqadi va ularni takomillashtirishga intiladi. Bu jarayon nafaqat baholashni, balki
yangicha pedagogik fikr yuritishni ham rag‘batlantiradi.

Ustozlarda reflektiv madaniyatni shakllantirish uchun metodik asoslar zarur

bo‘lib, ular ichida pedagogik portfoliolar yuritish, kasbiy kundaliklar yozish, darsdan
keyingi tahliliy suhbatlar, kuzatuvlar va o‘zaro fikr almashuvlar muhim rol o‘ynaydi.
Reflektiv treninglar va amaliy mashg‘ulotlar esa o‘qituvchilarda o‘zini tahlil qilish
ko‘nikmasini mustahkamlab, kasbiy o‘sishga zamin yaratadi. Shu orqali pedagogik
faoliyatda ongli, asosli va samarali o‘zgarishlar amalga oshiriladi.

Refleksiya orqali o‘z-o‘zini baholashni rivojlantirish zamonaviy pedagogik

amaliyotda o‘qituvchining kasbiy salohiyatini oshirishda muhim yo‘nalish
hisoblanadi. Bu borada refleksiv texnologiyalar samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Jumladan, kundalik yuritish orqali o‘qituvchi har bir darsdan so‘ng o‘z faoliyatini
yozma tarzda tahlil qiladi, bu esa vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishlarni ko‘rishga va ularni
baholashga imkon yaratadi. Pedagogik portfoliolar esa o‘qituvchining yutuqlari,
muammolari va tajribalarini tizimli tarzda jamlashga yordam beradi. Shuningdek, “o‘z-
o‘ziga savol berish” usuli orqali pedagog o‘z qarorlarini tanqidiy baholaydi, video-
tahlil esa darslarni tashqi kuzatuv orqali ob’ektiv tahlil qilish imkonini beradi.

Refleksiv faoliyatni faollashtirishda interaktiv metodlarning o‘rni beqiyosdir.

Treninglar, davra suhbatlari va “pedagogik ko‘zgu” usuli orqali o‘qituvchilar bir-
birining tajribasini tahlil qilib, o‘z faoliyatini solishtirish va baholash ko‘nikmasini
shakllantiradi. Ushbu metodlar ijtimoiy o‘zaro ta’sir va fikr almashishga asoslangan
bo‘lib, reflektiv fikrlashni chuqurlashtirishga xizmat qiladi. O‘qituvchilarning
refleksiv kompetensiyasini rivojlantirishda kasbiy rivojlanishga yo‘naltirilgan muhit,
metodik qo‘llab-quvvatlash, ta’lim tashkilotida ochiq muloqot va tahliliy
madaniyatning mavjudligi asosiy omillar hisoblanadi. Shuningdek, doimiy o‘zini
baholashga undovchi tashkiliy mexanizmlarning joriy etilishi refleksiya madaniyatini
mustahkamlashga yordam beradi. Shu tariqa, refleksiya orqali o‘z-o‘zini baholash
samarador tarzda rivojlanadi va bu pedagogik faoliyatning sifatini oshiradi.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_2-qism_Iyul-2025

153

Tadqiqot doirasida o‘qituvchilarning refleksiya asosida o‘z-o‘zini baholash

malakalarini shakllantirishga qaratilgan tajribaviy ishlar olib borildi. Eksperiment ikki
bosqichda – diagnostik va natijaviy bosqichlarda amalga oshirildi. Dastlabki bosqichda
o‘qituvchilarning reflektiv kompetensiyasi va o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalari
savolnomalar, suhbatlar hamda dars tahlillari orqali o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra,
ko‘pchilik pedagoglar o‘z faoliyatini yuzaki tahlil qilishi, refleksiv yondashuvdan kam
foydalanishi aniqlandi.

Eksperiment davomida o‘qituvchilarga refleksiv kundaliklar yuritish, video-

tahlil asosida o‘z darslarini tahlil qilish, o‘zaro dars kuzatuvlari va “pedagogik ko‘zgu”
metodikasi joriy qilindi. Ushbu faoliyatlar natijasida pedagoglar o‘z faoliyatini
chuqurroq tahlil qila boshladi, mustaqil baholash va fikr yuritish ko‘nikmalari sezilarli
darajada rivojlandi. Xususan, qatnashgan o‘qituvchilarning 75 foizi darsni
rejalashtirishda refleksiv elementlardan foydalanganini va o‘z ustida ishlashga
nisbatan motivatsiyasi oshganini bildirdi.

Olingan natijalar tahlili shuni ko‘rsatdiki, refleksiya asosida olib borilgan

metodik yondashuv o‘qituvchilarda kasbiy o‘sish ehtiyojini kuchaytiradi, pedagogik
faoliyatga tanqidiy qarashni rivojlantiradi hamda o‘z-o‘zini baholash orqali ta’lim
sifatini oshirishga xizmat qiladi. Bu esa reflektiv yondashuvning amaliy ahamiyatini
tasdiqlaydi.

O‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, refleksiya va o‘z-o‘zini

baholash pedagogik faoliyatning ajralmas tarkibiy qismlaridan bo‘lib, ular
o‘qituvchining kasbiy o‘sishini ta’minlaydi, ta’lim sifatini oshiradi hamda mustaqil va
ongli faoliyat yuritishiga xizmat qiladi. Refleksiya orqali o‘z-o‘zini baholash jarayoni
o‘qituvchiga o‘z tajribasini tahlil qilish, pedagogik qarorlarini asoslash, metodik
yondashuvlarini takomillashtirish imkonini beradi. Bu jarayon faqat nazariy emas,
balki amaliy asosda yo‘lga qo‘yilganda ko‘zga ko‘rinarli ijobiy natijalar beradi.
O‘qituvchilarga refleksiya ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun quyidagi amaliy
tavsiyalarni ilgari surish mumkin: kasbiy kundalik yuritish va portfoliolarni tizimli
tarzda shakllantirish; darslardan keyingi o‘z-o‘zini tahlil qilish uchun maxsus refleksiv
savollar majmuasini ishlab chiqish; o‘zaro kuzatuvlar va fikr almashuvlar tashkil etish;
treninglar va metodik seminarlar orqali reflektiv yondashuvni amaliyotga tatbiq etish.

Kelgusidagi tadqiqotlar uchun o‘qituvchilarning refleksiv kompetensiyasini

yosh guruhlar, fan yo‘nalishlari yoki tajriba darajalari bo‘yicha tahlil qilish,
shuningdek,

raqamli

texnologiyalar

yordamida

refleksiyani

rivojlantirish

imkoniyatlarini o‘rganish istiqbolli yo‘nalishlar sifatida qaralishi mumkin. Bu
yo‘nalishlar zamonaviy ta’limda reflektiv pedagogikaning izchil rivojlanishiga xizmat
qiladi.



background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_2-qism_Iyul-2025

154

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Kodirov O. Reflective Teaching Perspectives of EL Teaching in Uzbek

Schools // Excellencia: International Multidisciplinary Journal of Education. – 2024. –
T. 1. – № 1. – B. 22-28.

2.

Jonibekova M.U. The Nature, Characteristics and Importance of Reflective

Practice in Foreign Language Learning and Teaching // Current Research Journal of
Pedagogics. – 2024. – T. 5. – № 10. – B. 126-132.

3.

Maxmudova M.M. Bo‘lajak o‘qituvchilarda refleksiv pozitsiyani

rivojlantirish // O‘zbekiston pedagogik tadqiqotlar jurnali. – 2023. – T. 2. – № 3. – B.
47-54.

4.

Masharipova F. Fostering Reflective Practice: A Pathway to Effective

Teaching and Professional Growth // English Language and Literature Journal. – 2024.
– T. 3. – № 1. – B. 9-17.

5.

Inoyatova G. Refleksiya – pedagogning kasbiy o‘sish omili sifatida // Ta’lim

va Innovatsion Tadqiqotlar Jurnali. – 2023. – T. 4. – № 2. – B. 33-39.

6.

Yo‘ldosheva M. Refleksiv madaniyatni shakllantirishning psixologik asoslari

// Psixologiya va Pedagogika. – 2022. – T. 6. – № 1. – B. 14-18.

7.

Tursunova D. O‘qituvchilarda reflektiv kompetensiyani rivojlantirish

metodikasi // Pedagogik Izlanishlar. – 2023. – T. 7. – № 3. – B. 58-64.

8.

Abdullayeva N. Kasbiy rivojlanishda o‘z-o‘zini baholashning roli //

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ilmiy axborotnomasi. – 2023. – T. 5. –
№ 2. – B. 25-30.





Bibliografik manbalar

Kodirov O. Reflective Teaching Perspectives of EL Teaching in Uzbek Schools // Excellencia: International Multidisciplinary Journal of Education. – 2024. – T. 1. – № 1. – B. 22-28.

Jonibekova M.U. The Nature, Characteristics and Importance of Reflective Practice in Foreign Language Learning and Teaching // Current Research Journal of Pedagogics. – 2024. – T. 5. – № 10. – B. 126-132.

Maxmudova M.M. Bo‘lajak o‘qituvchilarda refleksiv pozitsiyani rivojlantirish // O‘zbekiston pedagogik tadqiqotlar jurnali. – 2023. – T. 2. – № 3. – B. 47-54.

Masharipova F. Fostering Reflective Practice: A Pathway to Effective Teaching and Professional Growth // English Language and Literature Journal. – 2024. – T. 3. – № 1. – B. 9-17.

Inoyatova G. Refleksiya – pedagogning kasbiy o‘sish omili sifatida // Ta’lim va Innovatsion Tadqiqotlar Jurnali. – 2023. – T. 4. – № 2. – B. 33-39.

Yo‘ldosheva M. Refleksiv madaniyatni shakllantirishning psixologik asoslari // Psixologiya va Pedagogika. – 2022. – T. 6. – № 1. – B. 14-18.

Tursunova D. O‘qituvchilarda reflektiv kompetensiyani rivojlantirish metodikasi // Pedagogik Izlanishlar. – 2023. – T. 7. – № 3. – B. 58-64.

Abdullayeva N. Kasbiy rivojlanishda o‘z-o‘zini baholashning roli // O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ilmiy axborotnomasi. – 2023. – T. 5. – № 2. – B. 25-30.