Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_2-qism_Iyul-2025
123
XALQONA SHE’RIYATDA OBRAZLILIKNING ASOSIY TAMOYILLARI
Yallayev Behzod Toshtemirovich
Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, 16-maktab
Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Istiqlol solnomasi jamiyatimiz hayoti, xususan, milliy she’riyatda juda katta
o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Ayniqsa, alohida yo‘nalish sifatida bo‘y ko‘rsatayotgan
she’riyat talqinlar borasida jiddiy tadqiqotlar olib borilganligi quvonarli hol. Har bir
ijod namunasi davr ruhiyati, inson hayoti, quvonch-iztiroblari, maqsad-intilishlarini
muayyan darajada qamrab olishi ayni haqiqat. Shu ma’noda Tilak Jo‘ra she’riyati bu
vazifani baholi qudrat yoritishga o‘zlarida imkon topdi. Xalqlarning ijtimoiy-ruhiy,
madaniy-ma’rifiy sohadagi olib borayotgan ulkan islohotchilik an’analari bugungi
kunda jahon hamjamiyatida o‘zining munosib bahosini olmoqda. Biz olib borgan
tadqiqot mobaynida xalqona she’riyati mavzu-mundarijasi, ijtimoiy-psixologik
asoslari, g‘oyaviy takomili yuzasidan aniqlik kiritamiz.
Prof. N.Rahimjonov qayd etishicha: “Hayot haqiqatini badiiy haqiqatga
aylantirish o‘zbek she’riyati taraqqiyotining barcha davrlari uchun ham bosh xususiyat
bo‘lib kelgan. Lekin unga erishish yo‘llari ko‘p, usullari nihoyatda xilma-xil. Xususan,
majoziy obrazlilik haq so‘zni aytishning, voqelikni realistik idrok etishning
shakllaridan biri. SHe’rga yolg‘on yot narsa. U o‘lim bilan barobar. Shoir o‘zini
o‘limdan, yolg‘ondan asrashi kerak. Shu ma’noda, har bir she’rning yuzaga kelishi, bu
o‘lim bilan yuzlashish demak. Har bir odam, shu jumladan, shoir ham o‘zi bilan o‘zi
kurashib yashaydi. Ana shu jarayon – o‘zi bilan kurashishning o‘zi san’at, qolgan
hammasi omilkorlik. Shu boisdan, shoirning o‘z jonini saqlaydgan joyi yo‘q”
1
.She’rda
yolg‘on tuyg‘u, yolg‘on ifodalar aralashgan ijod namunalarini ko‘rdik.Sobiq itfoq
davrda ayrim shoirlar she’rlarini bugun o‘qishga o‘zingizda xijolat hissini sezasiz
shunday ekan shoir hech qachon ko‘ngul buyuganini yozish kerakligi o‘sha
o‘timdoshlarimizning bugungi ahvolidan xulosa chiqargan shoirlardan biri Tilak Jo‘ra
bo‘lsa kerak.Tilak Jo‘ra tug‘ma shoir bo‘lib to‘g‘ilganligi uning she’rlarining yozilish
tarixidan bilsa bo‘ladi.Shoir mustaqillikni atigi uch yillini ko‘rdi xolos, she’rlarining
deyarli ko‘pisni turg‘unlik yillari yozgan.Birorta she’r buyurtma bilan yozilmagani
bugungi kun nigohi bilan qaragan kishi albatta sezadi.
“Yo‘l yursam-yo‘limda,
O‘ltirsam- o‘rnimda,
Yotganimda -qo‘ynimda,
1
Раҳимжонов Н. Мустақиллик даври шеърияти. –Т., Фан. 2007. –Б.97.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_2-qism_Iyul-2025
124
O‘lar bo‘lsam-bo‘ynimda
Borsan, vatanim!”
Qancha qora bo‘lmasin,
Kechaning kunduzi bor!
Qancha daydi bo‘lmasin,
Shamolning ildizi bor!
“Yo‘l yursam- yo‘limda,
O‘ltirsam -o‘rnimda,
Yotganimda -qo‘ynimda,
O‘lar bo‘lsam bo‘ynimda
Borsan, Vatanim!”
2
Ushbu she’rda shoir vatan tuyg‘usining abadiyligi va ajralmasligi bu qarash
nafaqat shoirlarga mavzu har bir kishi uchun abadiy yorliq vatan so‘zi. Shoir o‘zining
hissiyotlarini oddiy harakatlar, yurish,o‘tirish, yotish hattoki o‘lish holatlari orqali
obrali ifodalaydi.O‘lim paytida ham vatanim menga yuk emas, balki sharafdir vatanni
bo‘ynimga ko‘tarib ketaman deydi.Shu o‘rinda yozuvchi Chingiz aytmatovning
“Qiyomat”romanidagi oltovlon va yettinchi hikoyasidagi qahramonining gapi
beixtiyor yodga to‘shadi. “Vatanni olib ketib bo‘lganda edi xurjunga solib o‘zim bilan
olib ketgan bo‘lardim” -deydi.Olib o‘zing bilan yurolmaganing uchun u vatanda degan
gapi insonni xayratlantiradi. “Agar o‘zing qayerga borsang olib yurganingda u vatan
bo‘larmidi” -degan edi. Balki shu satrlar Tilak Jo‘raga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgandir.
Shuning uchun ham har bir misrada ichki sadoqat, ko‘ngul yaqinligi va fidoylik barx
o‘rib to‘radi.
Ispan faylasufi Xose Ortega-i-Gasset qayd etishicha: “Har qanday san’atning
tarixi inson qalbining tomonlaridan birini ifodalashga bo‘lgan urinishlardir. Xuddi shu
narsa uni boshqa san’atlardan ajratib turadi. Bu urinishlar shunday bir egri chiziqni
tashkil qiladiki, san’at kamalakning yengil o‘qi kabi shu chiziq bo‘ylab zamon qa’riga
o‘z maqsadi sari intiladi. Intihosiz ufqdagi shu nuqta har qaysi san’atning yo‘nalishini,
mohiyatini va ma’nosini ko‘rsatib turadi”
3
, demak olimning fikrlari o‘rnidir. Har bir
xalq o‘zining urf-odatlari, qadriyatlari, tili, madaniyati, tarixi bo‘lganidek, ularni
avloddan-avlodga yetkazadigan adabiyoti ham bo‘ladi. Bu adabiyotning asrlar
davomida takomillashib, boyib, sayqallanib borishida muhim rol o‘ynaydi. Jumladan,
Shoir Tilak Jo‘ra XX asr ibtidosida Yevropa mamlakatlarida urfga kirgan adabiy oqim
2
Тилак Жўра. Сайланма.Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон миллий кутибхонаси нашриёти.-2011-.126 б
3
Хосе Ортега-и-Гассет. Одам Ота жаннатда. –Т., Маънавият. 2010. –Б.307.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_2-qism_Iyul-2025
125
bo‘libgina qolmay, u uzoq o‘tmish an’analarini jiddiy o‘zgartirganligi bilan ham qadrli.
Bu borada olib borilgan katta-kichik tadqiqotlar olam va odam muammolari borasida
muayyan darajada tasavvur qilish imkonini beradi.
Adabiyotlar:
1. Rahimjonov N. Mustaqillik davri she’riyati. –T., Fan. 2007. –B.97.
2.Tilak Jo‘ra. Saylanma.Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutibxonasi
nashriyoti.-2011-.126 b
3.Xose Ortega-i-Gasset. Odam Ota jannatda. –T., Ma’naviyat. 2010. –B.307.